Turkistonda

Turkning yuragi – Turkiston vatanimiz bor,

Tuproqlari jannat makon chamanimiz bor.

Dunyolarni zabt aylagan samanimiz bor,

Mayli o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz bo‘laylik,

Turkistonda bir daraxt bir yildiz bo‘laylik. Okumaya devam et

Yurakdagi Buxoro

Ilgarilari Buxoroni ermakka — tomosha uchun tomosha qilardik. Kun o‘tdi, yil o‘tdi, nomim shu ulug‘ zaminning nomiga tutashligini his etgan onimdan boshlab vujudimni dahshatli bir qo‘rquv egalladi: Buxoroni tomosha qilish mumkin emas! Farzand tomoshabin, yurt esa hech qachon saylgoh bo‘lmas ekan… Okumaya devam et

Irqchilik va fashizmga ko‘z yummang

Irqchilik va fashizmga ko‘z yummang           

Xayit G‘afur

O‘z paytida o‘ta millatchi va antikommunist bo‘lgan. Germaniyani millatchilik saqlab qolishiga ishongan va Adolf Gitlerning hokimiyatga kelishiga xayrixoh bo‘lgan Okumaya devam et

Qadimgi Turk Obidalari

Reja:

1.“Turkiy xalqlar adabiyoti” fanining predmeti va vazifasi.

2.Barcha turk xalqlariga tegishli bo’lgan qadimgi folklor asarlari.

3.“Alpomish”, “Manas”, “Go’ro’g’li” kabi dostonlarning Okumaya devam et

“Turkiylar” (Turklar)

Qilichin tashladi beklar nihoyat,
bosildi tulporlar,
tig‘lar suroni,
urhoga o‘rgangan tillarda oyat,
turkiylar tanidi komil xudoni.
Qilichlar zangladi… Okumaya devam et

Fitrat She’riyati

Abdurauf Parfi – 18.7.2001

Ushbu she’rni Abdurauf Fitrat she’riyati va Turkiston mavzuiga kirish sifatida qabul qilgaysiz.

Onam! Seni qutqarmoq uchun
Jonmi kerakdir. Okumaya devam et

Xalq harakatlari va hukumatlar o‘rtasidagi kurashlar va ularga munosabatlar haqida

Ushbu kunlarda Vatanda ham, yurt tashqarisida ham bir qiziq vaziyat yuzaga keldi: Guyoki hamma Marsga uchiriladigan bir kemaga “Start!” degan buyruq berilishini kutib turganday. Yangi Harakatni tuzilgani Karimov rejimini sarosimaga solib qo‘ydi ammo ayni paytda u minglab vatandoshlarimizning qalblarida umid uchqunlarini ham yoqa boshladi. Okumaya devam et

Go’zal Turkiston

Go’zal Turkiston senga ne bo’ldi?

Sahar vaqtida gullaring so’ldi,

Chamanlar barbod qushlar ham faryod

Hammasi mahzun bo’lmas mi dilshod? Okumaya devam et

O‘zbek muxolifati Germaniyada Karimovga qarshi birlashdi

“O‘zbekiston xalq harakatia” Karimov 2005 yilning 13 mayidagi kabi otishga jur’at etmaydi deya hisoblaydi

O‘zbek muxolifati Germaniyada Karimovga qarshi birlashdi

Germaniyaning Dyusseldorf shahrida Okumaya devam et

“Muhammad Solih O‘zbekistonga qaytsin!”

“Muhammad Solih O‘zbekistonga qaytsin”, deydi Toshkentdan qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini o‘zbek ziyolilari vakili deb tanishtirgan Sanjarali aka.

– Taklifim yurt tashqarisida yurgan Muhammad Solih kabi siyosiy jamoat arbobi darajasidagi insonlarni Okumaya devam et

O‘zbekiston Xalq Harakati Bildirishi

2011 yil 2-4 may kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida  O‘zbekiston Xalq Harakati tashkiliy qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ushbu harakat ta’sischilari bo‘lmish Andijon Adolat va Tiklanish Tashkiloti, Erk Demokratik Partiyasi, Tayanch Jamiyati, O‘zbekiston Demokratik Kuchlari Forumi, Okumaya devam et

O‘zbek Adabiyoti Xorijiy Tillarda

XX asrning birinchi yarmida sho‘ro totalitar siyosati milliy fi krsizlikni kuchaytirish maqsadida bir necha avlodning eng salohiyatli farzandlarini yo‘q qildi. Natijada, tarixni harakatga keltiruvchi ulug‘ shaxslardan xoli ommaviy jarayon milliy tafakkurdagi qo‘rquv va tobelik asosiga qurildi. Biroq, o‘sha suronli yillarda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Okumaya devam et

Temuriylar va jahon sivilizatsiyasi

Samarqandda Amir Temur tavalludining 675 yilligi munosabati bilan «Temuriylar renessansining jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni» mavzuida ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Arxeologiya instituti va xalqaro Amir Temur jamg‘armasi Okumaya devam et

Rauf Parfining tesha tegmagan gaplari

Vafotiga 6 yil to‘lgan buyuk shoir Rauf Parfidan nafaqat huzun bir she’riyat, balki kulguga to‘la g‘aroyib gaplar ham qoldi.

29 mart kuni o‘zbek xalqining isyonkor shoiri,  na bir urfga kirgan mafkura va na hokimiyat tepasiga kelgan shaxslarga qulluq qilmasdan, millat va she’rga Okumaya devam et

Turkiston legioni

Boymirza Hayit

1935 yil oxirigacha Turkiston turklari Sovet Armiyasiga safarbar etilmas edi. 1935 yilda qabul qilingan «Sovet Armiyasiga safarbarlik» qonuniga asosan 1935—38 yillar ichida Qizil Armiya xizmatlariga turkistonliklar oz miqdorda olingandi. 1939 yil so‘ngida Sovet Ittifoqi bilan Okumaya devam et

Boymirza Hayit:“Vatan sizlarniki bo’lgani kabi meniki hamdir”

Boymirza Hayit Turk dunyosi qurultoyida, Turkiya, 1995 yil. Jahongir Muhammadning shaxsiy arxividan

Muhtaram Boymirza Hayit! Eng avvalo, o’zingiz haqingizda batafsil gapirib bersangiz. Zero, siz tug’ilgan yurtda bu haqda to’la ma’lumotga ega emasmiz. Qolaversa, bu borada turli xil fikrlar yuradi… Okumaya devam et

Rauf Parfi O’zturk – Thakurning oxirgi she’ri

Rauf Parfi O’zturk – Thakurning oxirgi she’ri

(7.05.1941)

Ayroliq kunidir, tug’ilgan kunim.

Robindranath Thakur Okumaya devam et

Turkistonning xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari

1.XV asr ikkinchi yarmi va XVI asr boshlarida Movarounnahrdagi vaziyat.

Markaziy Osiyo ayniqsa o‘zbek xalqi tarixida –xonliklar davri alohida o‘rin tutadi. Ko‘p ming yillik o‘zbek xalqi tarixida bu davr o‘zining muddati bilangina emas, Okumaya devam et

XX asrning 50-70 yillarda O‘zbekiston

Urush g‘alaba bilan tamomlanib, tinch qurilishga o‘tilgandan so‘ng O‘zbekiston respulikasining ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy hayotida xalq xo‘jalik masalalari, tashkiliy va madaniy oqartuv masalalari asosiy o‘rinni oldi. Okumaya devam et

O‘zbekistonda adabiy harakatlar

O‘zbek adabiyoti tarixida (saroylar atrofidagi adabiy muhitni istisno qilganda) qalam ahlini o‘zaro uyushtirib, adabiy harakatga yo‘nalish berib turgan tashkilotlar bo‘lmagan. Shuning uchun ham o‘zbek adabiyoti XX asrning birinchi choragiga qadar “Qo‘qon adabiy muhiti”, “Xorazm adabiy muhiti”, “Toshkent adabiy muhiti” Okumaya devam et

Qirg‘iziston o‘zbeklari bugun mashirqu mag‘ribda sarson

Qirg‘iziston janubidagi o‘z joylarini tashlab ketishga majbur qilingan o‘zbeklar bugun mashirqu mag‘ribda sarson

Shu kunda qirg‘izistonlik o‘zbekni Yaqin Sharqda ham, Uzoq Sharqda ham uchratish mumkin. Iyun voqealaridan keyin O‘shning o‘zidan 60 ming kishi Okumaya devam et

Siyosatning tugashi yoki Temurning suyak pullari

Islom Karimov “avgust” va’dasini berganida kamzulidan hali SSSR nishoni tushmagan edi.

Amir Temur olis yurtlarda urush qilayotgan paytda qo‘li qisqa bo‘lib, askarlarga to‘lashga puli qolmadi. Darhol pul keltiring, deb Samarqandga chopar yubordi. Sal o‘tib chopar pul o‘rniga xat bilan qaytib keldi. Xat Bibixonimdan edi. Okumaya devam et