Turk Tili To’g’risida Umumiy Tushunchalar

TURK TILI TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR

Turk tili Turkiya Jumhuriyatining davlat tilidir. Turkcha lahjalar Turkiyadan tashqari Bolqon, Kipr, Iroq turklari orasida ham tarqalgan.

Turk tili – turkiy tillar oilasiga kiruvchi tillardan biri. Okumaya devam et

Ona Til

“Ona til bilgan kishilarni e’zat qilgim kelur

Ona tilni og’zidan oltin berib olgim kelur”

Onaga bo’lsa muhabbat ona tilda so’zlashar

So’zlagan har bir kishining hurmatin qilgim kelur Okumaya devam et

Qadimgi Turk Obidalari

Reja:

1.“Turkiy xalqlar adabiyoti” fanining predmeti va vazifasi.

2.Barcha turk xalqlariga tegishli bo’lgan qadimgi folklor asarlari.

3.“Alpomish”, “Manas”, “Go’ro’g’li” kabi dostonlarning Okumaya devam et

Amir Temur o’g’lining o’limi haqida rivoyat

AMIR TEMUR O‘G‘LINING O‘LIMI HAQIDA RIVOYAT

I

Qish bilan bahor jangi – ayamajuz kechalaridan birida men sizlarga Amir Temur haqidagi afsonalarning birini hikoya qilib berish maqsadida qo‘limga qalam oldim. Okumaya devam et

Turkiy Tilim sen azaldan buyuk tildirsan

Qadimgi turkiy tilda aralashtirmoq, qo­rishtirmoq ma’nolarini ifodalovchi «jo‘g‘urmaq» so‘zidan olinib, suyuq qatiq ma’nosini anglatadigan «yo‘g‘urt» so‘zi ingliz tili orqali boshqa tillarga «yogurt» shaklida tarqalgan.

Okumaya devam et

O‘zbek Adabiyoti Xorijiy Tillarda

XX asrning birinchi yarmida sho‘ro totalitar siyosati milliy fi krsizlikni kuchaytirish maqsadida bir necha avlodning eng salohiyatli farzandlarini yo‘q qildi. Natijada, tarixni harakatga keltiruvchi ulug‘ shaxslardan xoli ommaviy jarayon milliy tafakkurdagi qo‘rquv va tobelik asosiga qurildi. Biroq, o‘sha suronli yillarda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Okumaya devam et

Rauf Parfi O’zturk – Thakurning oxirgi she’ri

Rauf Parfi O’zturk – Thakurning oxirgi she’ri

(7.05.1941)

Ayroliq kunidir, tug’ilgan kunim.

Robindranath Thakur Okumaya devam et

O‘zbekistonda adabiy harakatlar

O‘zbek adabiyoti tarixida (saroylar atrofidagi adabiy muhitni istisno qilganda) qalam ahlini o‘zaro uyushtirib, adabiy harakatga yo‘nalish berib turgan tashkilotlar bo‘lmagan. Shuning uchun ham o‘zbek adabiyoti XX asrning birinchi choragiga qadar “Qo‘qon adabiy muhiti”, “Xorazm adabiy muhiti”, “Toshkent adabiy muhiti” Okumaya devam et

Til borki, yashaydi millat

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 221-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 21 fevral – Xalqaro Ona tili kuniga bag‘ishlangan “Til borki, yashaydi millat” mavzuida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tilshunos olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, o‘zbek tili Okumaya devam et

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)

Zahiriddin Muhammad Bobur O’rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan Okumaya devam et

Alisher Navoiy (1441-1501)

XV asr jahon ma’naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kuni (1441 yil 9 fevral)da Hirotda tug‘ilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulug‘ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja o‘g‘li Shohrux Mirzoning Okumaya devam et

Vahud Mahmud haqida so’z

Yigirmanchi asr birinchi choragidagi Turkiston madaniy hayotiga fidoyi ziyolilarning ulug‘ xizmatlari ko‘rk bag‘ishlab turadi. Vadud Mahmud shu avlodning bir vakilidir. Vadud Mahmud 1898 yilda Samarqand okrugining Yuqori Darg‘am tumaniga qarashli Tayloq qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi Mahmud Pirmuhammad imom bo‘lgan Okumaya devam et

Vadud Mahmud. Fuzuliy Bag’dodiy (1925)

Fuzuliy o‘ninchi asr hijriyda Iroq Arabida yashag‘on bir shoirdir. Bag‘dod tevarakida — Karbaloda, bir rivoyatga qarag‘onda Hullada to‘qquzinchi asri hijriyning oxirlarida tug‘ulmishdir. Oti Muhammaddir. Otasi Sulaymon degan olim bir zotdir. Aslining biri turk, biri fors bo‘lg‘onig‘a doir ikki rivoyat mavjuddir. Faqat o‘zining siyoqi turklik tomonig‘a og‘irlig‘ini ko‘rsatadir. Okumaya devam et

Vadud Mahmud. Alisher Navoiy (1925)

Hijriy 5 asr ila 10 asr orasidag‘i besh yuz yilliq bu davr Xuroson va Movarounnahrda islom madaniyatining gullagan mavsumi edi. Beshinchi asr(lar) arabning yangi ruhiy ortishi bilan Eronning yer yuzida mumtoz mavqe tutg‘on davridir. U vaqtlar rub’i maskunning eng fayzli qitasi va ma’lum dunyoning og‘izlarda doston bo‘laturg‘on Okumaya devam et

Chengiz Xonning Oq Buluti

«Chengiz Xonning Oq Buluti»  Chengiz Aytmatog’lining «Asrga tatigulik kun» romaniga ilova qilingan qissa. Yozuvchi kitobxonlarni romanda taqdiri noma’lum bo‘lib qolgan Abutalip Quttiboev bilan qaytadan uchrashtiradi.

«Chengiz xonning oq buluti» qissasida ikki yo‘nalish – bir tomondan pok qalbli Abutalip bilan beshafqat Tansiqboev o‘rtasidagi murosasiz to‘qnashuv, ikkinchi tarafdan esa, dunyoni larzaga keltirgan Chengizxonning fojiasi bir-biri bilan botiniy bog‘lanib ketgan. Okumaya devam et

«Adabiyot yashasa – millat yashar…»

Har qanday chinakam iste’dod sohibi kabi Abdulhamid Cho‘lpon ham ijodning deyarli hamma sohalarida samarali faoliyat ko‘rsatgan. U ham shoir, ham nosir, ham dramaturg, ham tarjimon, ham publitsist bo‘lishi bilan birga, barkamol munaqqid, mohir adabiyotshunos, o‘ziga xos tarzda fikrlaydigan san’atshunos ham bo‘lgan. Okumaya devam et

Abdulhamid Cho’lpon: Adabiyot nedir? (1914)

Adabiyot har bir millatning hisli ko‘ngul tarixining eng qorong‘u xonalarida maishat (tirikchilik)ning ketishiga qarab har xil tusda va rangda yetishgan, fayzli til birla taqdir etula olmaydirg‘on bir guldir. Ushbu yashadigimiz muhit doirasinda aning to‘lquni odamning har xil maishatiga qarab o‘zgaradir.

Har sinf, xalqning o‘ziga maxsus ohangi, Okumaya devam et

Qalmiq xalq maqollari

• Uzoq bo‘lsa-da qimmatini borib ol, qari bo‘lsa-da qizni ol.
• Ertak o‘qib olim bo‘lolmaysan.
• Aroq qadahdan boshqa hamma narsani yemiradi.
• Odamning tilidan hatto chaqirtosh titraydi.
• O’limga mahkum sichqon mushukning dumi bilan o‘ynashadi.
• Bir asr joyida yonboshlab yotgan qariyadan emas, dunyo kezgan yoshdan so‘ra. Okumaya devam et

Qirim-Tatar xalq maqollari

• Quyosh botish uchun chiqadi, inson o‘lish uchun tug‘iladi.
• Quloq ― ikkita, og‘iz ― bitta. Bas, ikki marta eshitib, bir marta so‘zla.
• Yomon xabarning qanoti bor, xushxabarning ― oyog‘i oqsoq.
• Quyon toqqa achchiq qilibdi, tog‘ sezmabdi ham.
• Ilon po‘stini tashlaydi, fe’lini tashlamaydi. Okumaya devam et

Tatar xalq maqollari

• Bir kun tilingni tiymasang, bir yil uning azobini chekasan.
• Avval eshagingni bog‘la, so‘ng Allohga topshir.
• Qurol, xotin va itingni qarzga berma.
• Ertangi tovuqdan bugungi tuxum afzal.
• O’lim ikki marta kelmaydi.
• Sening suhbating ― kumush, sukutining ― oltin. Okumaya devam et

Adigey xalq maqollari

•Bolasiz uyda baxt bo‘lmaydi.
• Boy boshpanasiz bo‘lmaydi.
• Boshlanmagan ishga ilon o‘tiradi.
• O’z uyasida sichqon ham botir.
• Ayiqning boshini ko‘rdingmi ― uning izini qidirma.
• Shirin taom odamni quvnatadi. Okumaya devam et

Ozarbayjon xalq maqollari

– Ersiz xotin yugansiz ot kabidir.
– Mix taqani asraydi, taqa – otni, ot – mardni, mard – Vatanni.
– Jinni hammani telba deb o’ylaydi.
– “Yo’q”ni eksang, “hech narsa” o’rasan.
– “Holva-holva” deganing bilan og’zing shirin bo’lib qolmaydi.

– Xo’rozsiz tong otmaydi. Okumaya devam et