“Muhammad Solih O‘zbekistonga qaytsin!”

“Muhammad Solih O‘zbekistonga qaytsin”, deydi Toshkentdan qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini o‘zbek ziyolilari vakili deb tanishtirgan Sanjarali aka.

– Taklifim yurt tashqarisida yurgan Muhammad Solih kabi siyosiy jamoat arbobi darajasidagi insonlarni Okumaya devam et

Amir Temur o’g’lining o’limi haqida rivoyat

AMIR TEMUR O‘G‘LINING O‘LIMI HAQIDA RIVOYAT

I

Qish bilan bahor jangi – ayamajuz kechalaridan birida men sizlarga Amir Temur haqidagi afsonalarning birini hikoya qilib berish maqsadida qo‘limga qalam oldim. Okumaya devam et

Temuriylar va jahon sivilizatsiyasi

Samarqandda Amir Temur tavalludining 675 yilligi munosabati bilan «Temuriylar renessansining jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni» mavzuida ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Arxeologiya instituti va xalqaro Amir Temur jamg‘armasi Okumaya devam et

Rauf Parfining tesha tegmagan gaplari

Vafotiga 6 yil to‘lgan buyuk shoir Rauf Parfidan nafaqat huzun bir she’riyat, balki kulguga to‘la g‘aroyib gaplar ham qoldi.

29 mart kuni o‘zbek xalqining isyonkor shoiri,  na bir urfga kirgan mafkura va na hokimiyat tepasiga kelgan shaxslarga qulluq qilmasdan, millat va she’rga Okumaya devam et

Boymirza Hayit:“Vatan sizlarniki bo’lgani kabi meniki hamdir”

Boymirza Hayit Turk dunyosi qurultoyida, Turkiya, 1995 yil. Jahongir Muhammadning shaxsiy arxividan

Muhtaram Boymirza Hayit! Eng avvalo, o’zingiz haqingizda batafsil gapirib bersangiz. Zero, siz tug’ilgan yurtda bu haqda to’la ma’lumotga ega emasmiz. Qolaversa, bu borada turli xil fikrlar yuradi… Okumaya devam et

Til borki, yashaydi millat

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 221-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 21 fevral – Xalqaro Ona tili kuniga bag‘ishlangan “Til borki, yashaydi millat” mavzuida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tilshunos olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, o‘zbek tili Okumaya devam et

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)

Zahiriddin Muhammad Bobur O’rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan Okumaya devam et

Alisher Navoiy (1441-1501)

XV asr jahon ma’naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kuni (1441 yil 9 fevral)da Hirotda tug‘ilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulug‘ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja o‘g‘li Shohrux Mirzoning Okumaya devam et

Vadud Mahmud. Fuzuliy Bag’dodiy (1925)

Fuzuliy o‘ninchi asr hijriyda Iroq Arabida yashag‘on bir shoirdir. Bag‘dod tevarakida — Karbaloda, bir rivoyatga qarag‘onda Hullada to‘qquzinchi asri hijriyning oxirlarida tug‘ulmishdir. Oti Muhammaddir. Otasi Sulaymon degan olim bir zotdir. Aslining biri turk, biri fors bo‘lg‘onig‘a doir ikki rivoyat mavjuddir. Faqat o‘zining siyoqi turklik tomonig‘a og‘irlig‘ini ko‘rsatadir. Okumaya devam et

Vadud Mahmud. Alisher Navoiy (1925)

Hijriy 5 asr ila 10 asr orasidag‘i besh yuz yilliq bu davr Xuroson va Movarounnahrda islom madaniyatining gullagan mavsumi edi. Beshinchi asr(lar) arabning yangi ruhiy ortishi bilan Eronning yer yuzida mumtoz mavqe tutg‘on davridir. U vaqtlar rub’i maskunning eng fayzli qitasi va ma’lum dunyoning og‘izlarda doston bo‘laturg‘on Okumaya devam et

Valfajr

Muallif haqida
“Men sizni Vatan uchun o‘lishga davat qilayotganim yo‘q, sizni Vatan uchun yashashga chaqiryapman.Vatan uchun yashash – uning uchun o‘lishdan qo‘rqmaslikdir”

Muhammad Solih

Gorbachev boshlab bergan “Perestroyka” davrida siyosatga kirgan Muhammad Solih Okumaya devam et

Hamza Hakimzoda Niyoziy

Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929)

Millatim nasli bashardur, vatanim kurai arz,
Ikkisin xizmati farzdur, ikkisindan jon qarz.
H. H. Niyoziy.

Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889 yil 6 martda Qo‘qonda Hakimcha ismi bilan mashhur bo‘lgan tabib oilasida tug‘ildi. Otasi Ibn Yamin Niyoz o‘g‘li o‘zbekcha va forschadan savodli edi. Hamza 1899-1906 yillarda madrasada, 1908 yilda Namanganda o‘qiydi. Okumaya devam et

Amir Temurning yoquti

Men roppa-rosa o‘n yil qimmatbaho toshlarning tabiiy xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullandim. Ularni tadqiq etishda ishlatiladigan, hozirgi paytda Ittifoqning zargarlik sanoatida keng qo‘llanilayotgan bir qancha asboblarning muallifi ham bo‘ldim. Tadqiqotlar mobaynida qimmatbaho toshlarning juda ajib xossalari mavjudligiga, katta axborot manbai ekanligiga ishondim. Okumaya devam et

Rauf Parfi O’zturk – Ona Turkiston

Turon. Turkiston. Vatan. Ko‘z o‘ngimizda Turklarning qadimiyatdan Ona Yeri, Turk dunyosining tarixiy Vatani — salobatli jug‘rofiy hudud namoyon bo‘ladi. Turkiston g‘oyasi xalqlarimizning azaliy muqaddas orzusi, milliy mafkurasidir.

Bukun Turkiston mavzuida izchil ijod qilayotgan shoir — Rauf Parfi O‘zturkdir.

Ushbu to‘plamdagi she’rlarining aksariyati bir paytlar, zamona zayli bilan «tuzatilgan» Okumaya devam et

Chengiz Xonning Oq Buluti

«Chengiz Xonning Oq Buluti»  Chengiz Aytmatog’lining «Asrga tatigulik kun» romaniga ilova qilingan qissa. Yozuvchi kitobxonlarni romanda taqdiri noma’lum bo‘lib qolgan Abutalip Quttiboev bilan qaytadan uchrashtiradi.

«Chengiz xonning oq buluti» qissasida ikki yo‘nalish – bir tomondan pok qalbli Abutalip bilan beshafqat Tansiqboev o‘rtasidagi murosasiz to‘qnashuv, ikkinchi tarafdan esa, dunyoni larzaga keltirgan Chengizxonning fojiasi bir-biri bilan botiniy bog‘lanib ketgan. Okumaya devam et

Muhokamatul Lugʻatayn

Muqaddima: Takallum ahli xirmanining xoʻsha chini va soʻz, durri samini maxzanining amini va nazm gulistonining andalibi nagʻma saroyi, yaʼni Alisher almutaxallas bin-Navoiy… mundoq arz qilurkim, soʻz durredurkim, aning darʼyosi koʻnguldur va koʻngul mazharedurkim, jomii maoniyi juzv va kuldur. Andoqki, darʼyodin gavhar gʻavvos vositasi bila jilva namoyish qilur va aning qiymati javharigʻa koʻra zohir boʻlur. Koʻnguldin dogʻi soʻz durri nutq sharafigʻa sohibi ixtisos vasilasi bila guzorish va oroyish koʻrguzur Okumaya devam et

«Adabiyot yashasa – millat yashar…»

Har qanday chinakam iste’dod sohibi kabi Abdulhamid Cho‘lpon ham ijodning deyarli hamma sohalarida samarali faoliyat ko‘rsatgan. U ham shoir, ham nosir, ham dramaturg, ham tarjimon, ham publitsist bo‘lishi bilan birga, barkamol munaqqid, mohir adabiyotshunos, o‘ziga xos tarzda fikrlaydigan san’atshunos ham bo‘lgan. Okumaya devam et

Ma’rifat va istiqlol fidoyisi Ashurali Zohiriy

 Ashurali Zohiriy XX asrning boshlari va 20-yillarda Turkistondagi madaniy va ma’rifiy hayotning taniqli namoyandalaridan biri edi. Lekin u 30-yillar oxirida qatag‘onga uchrab, hayoti va faoliyati, merosi uzoq yillar o‘rganilmay kelindi. 50-yillar oxirlarida rasman oqlangandan keyingina Ashurali Zohiriy biografiyasiga doir ma’lumotlar ko‘rina boshladi. Okumaya devam et

Rauf Parfi O’turk

Rauf Parfi O’turk 1943 yil 27 sentyabrda Toshkent viloyatining Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (1999). ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1960—65). Ijodi 60-yillardan boshlangan. Dastlabki she’rlar to‘plami — «Karvon yo‘li» (1968). «Aks-sado» (1970), «Tasvir» Okumaya devam et

Boburshosh’ning Jiyani

Boburpodshohning opasi Xonzodabegim va uning o‘g‘li, ya’ni Boburning shayboniyzoda jiyani Xurramshoh taqdiri haqidagi ma’lumotlar talqini tarixiy manbalar hamda hozirgi zamon badiiy adabiyoti, ilmiy tadqiqotlarda turli-tumanligini ko‘ramiz. Shu sababli, goho o‘quvchilarimizni “Boburnoma” yoki Gulbadanbegimning “Humoyunnoma” kabi o‘zbek tilida nashr qilingan asarlardan tashqari, hozircha chop etilmagan boshqa yozma manbalarda Boburning bu qarindoshlari Okumaya devam et

Qodiriyning qudrati

Abdulla Qodiriy… O’zbek nasrini yuksak rutbalarga ko‘targan, kitobiylashgan tilimizga jonli xalq ohanglarini olib kirgan qilqalam adib. Jahon adabiyotida dovruq qozongan zabardast romannavislar panjasiga dadil panja urib, o‘zbek romanchiligiga asos solgan nuktadon ijodkor, sohir san’atkor. Zulmdan qaddi dol bo‘lgan millat ma’rifatini Okumaya devam et

Turon Qaploni

Dunyoni, insoniyatni larzaga solgan Ikkinchi jahon urushining hal qiluvchi, eng hayajonli damlari… Millionlab odamlarning yostig‘ini quritgan Falokatning yakuni yaqin. Yakun nurli bo‘lishi uchun yana necha millionlab insonning qo‘llari duoda… Bunday vaziyatda Vatan himoyachilari — askarlar irodasiga ta’sir etuvchi har qanday kuch katta ahamiyatga ega. Okumaya devam et