Turkistonda

Turkning yuragi – Turkiston vatanimiz bor,

Tuproqlari jannat makon chamanimiz bor.

Dunyolarni zabt aylagan samanimiz bor,

Mayli o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz bo‘laylik,

Turkistonda bir daraxt bir yildiz bo‘laylik. Okumaya devam et

Reklamlar

Turk Tili To’g’risida Umumiy Tushunchalar

TURK TILI TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR

Turk tili Turkiya Jumhuriyatining davlat tilidir. Turkcha lahjalar Turkiyadan tashqari Bolqon, Kipr, Iroq turklari orasida ham tarqalgan.

Turk tili – turkiy tillar oilasiga kiruvchi tillardan biri. Okumaya devam et

Ona Til

“Ona til bilgan kishilarni e’zat qilgim kelur

Ona tilni og’zidan oltin berib olgim kelur”

Onaga bo’lsa muhabbat ona tilda so’zlashar

So’zlagan har bir kishining hurmatin qilgim kelur Okumaya devam et

Qadimgi Turk Obidalari

Reja:

1.“Turkiy xalqlar adabiyoti” fanining predmeti va vazifasi.

2.Barcha turk xalqlariga tegishli bo’lgan qadimgi folklor asarlari.

3.“Alpomish”, “Manas”, “Go’ro’g’li” kabi dostonlarning Okumaya devam et

“Turkiylar” (Turklar)

Qilichin tashladi beklar nihoyat,
bosildi tulporlar,
tig‘lar suroni,
urhoga o‘rgangan tillarda oyat,
turkiylar tanidi komil xudoni.
Qilichlar zangladi… Okumaya devam et

Fitrat She’riyati

Abdurauf Parfi – 18.7.2001

Ushbu she’rni Abdurauf Fitrat she’riyati va Turkiston mavzuiga kirish sifatida qabul qilgaysiz.

Onam! Seni qutqarmoq uchun
Jonmi kerakdir. Okumaya devam et

Kelajak avlod uchun kelgin bahor

Doktor Azizulloh Faryobiy, Jenubi Turkistonning (Avg‘oniston) Faryob viloyatidan. She‘riyatga qiziqishi ancha kuchli bo‘lgan oliy ma‘lumotli shifokor. Toshkent davlat tibbiyot institutida o‘qib yurgan kezlaridayoq she‘r mashq qilishni boshlagan. Hozirda Kanadada istiqomat qiladi. Quyida, doktorning “Bahor” she‘rini e‘tiboringizga havola qilamiz. Okumaya devam et

Amir Temur o’g’lining o’limi haqida rivoyat

AMIR TEMUR O‘G‘LINING O‘LIMI HAQIDA RIVOYAT

I

Qish bilan bahor jangi – ayamajuz kechalaridan birida men sizlarga Amir Temur haqidagi afsonalarning birini hikoya qilib berish maqsadida qo‘limga qalam oldim. Okumaya devam et

Turkiy Tilim sen azaldan buyuk tildirsan

Qadimgi turkiy tilda aralashtirmoq, qo­rishtirmoq ma’nolarini ifodalovchi «jo‘g‘urmaq» so‘zidan olinib, suyuq qatiq ma’nosini anglatadigan «yo‘g‘urt» so‘zi ingliz tili orqali boshqa tillarga «yogurt» shaklida tarqalgan.

Okumaya devam et

O‘zbek Adabiyoti Xorijiy Tillarda

XX asrning birinchi yarmida sho‘ro totalitar siyosati milliy fi krsizlikni kuchaytirish maqsadida bir necha avlodning eng salohiyatli farzandlarini yo‘q qildi. Natijada, tarixni harakatga keltiruvchi ulug‘ shaxslardan xoli ommaviy jarayon milliy tafakkurdagi qo‘rquv va tobelik asosiga qurildi. Biroq, o‘sha suronli yillarda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Okumaya devam et

Rauf Parfining tesha tegmagan gaplari

Vafotiga 6 yil to‘lgan buyuk shoir Rauf Parfidan nafaqat huzun bir she’riyat, balki kulguga to‘la g‘aroyib gaplar ham qoldi.

29 mart kuni o‘zbek xalqining isyonkor shoiri,  na bir urfga kirgan mafkura va na hokimiyat tepasiga kelgan shaxslarga qulluq qilmasdan, millat va she’rga Okumaya devam et

Rauf Parfi O’zturk – Thakurning oxirgi she’ri

Rauf Parfi O’zturk – Thakurning oxirgi she’ri

(7.05.1941)

Ayroliq kunidir, tug’ilgan kunim.

Robindranath Thakur Okumaya devam et

O‘zbekistonda adabiy harakatlar

O‘zbek adabiyoti tarixida (saroylar atrofidagi adabiy muhitni istisno qilganda) qalam ahlini o‘zaro uyushtirib, adabiy harakatga yo‘nalish berib turgan tashkilotlar bo‘lmagan. Shuning uchun ham o‘zbek adabiyoti XX asrning birinchi choragiga qadar “Qo‘qon adabiy muhiti”, “Xorazm adabiy muhiti”, “Toshkent adabiy muhiti” Okumaya devam et

Til borki, yashaydi millat

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 221-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 21 fevral – Xalqaro Ona tili kuniga bag‘ishlangan “Til borki, yashaydi millat” mavzuida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tilshunos olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, o‘zbek tili Okumaya devam et

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)

Zahiriddin Muhammad Bobur O’rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan Okumaya devam et

Alisher Navoiy (1441-1501)

XV asr jahon ma’naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kuni (1441 yil 9 fevral)da Hirotda tug‘ilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulug‘ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja o‘g‘li Shohrux Mirzoning Okumaya devam et

Vahud Mahmud haqida so’z

Yigirmanchi asr birinchi choragidagi Turkiston madaniy hayotiga fidoyi ziyolilarning ulug‘ xizmatlari ko‘rk bag‘ishlab turadi. Vadud Mahmud shu avlodning bir vakilidir. Vadud Mahmud 1898 yilda Samarqand okrugining Yuqori Darg‘am tumaniga qarashli Tayloq qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi Mahmud Pirmuhammad imom bo‘lgan Okumaya devam et

Vadud Mahmud. Fuzuliy Bag’dodiy (1925)

Fuzuliy o‘ninchi asr hijriyda Iroq Arabida yashag‘on bir shoirdir. Bag‘dod tevarakida — Karbaloda, bir rivoyatga qarag‘onda Hullada to‘qquzinchi asri hijriyning oxirlarida tug‘ulmishdir. Oti Muhammaddir. Otasi Sulaymon degan olim bir zotdir. Aslining biri turk, biri fors bo‘lg‘onig‘a doir ikki rivoyat mavjuddir. Faqat o‘zining siyoqi turklik tomonig‘a og‘irlig‘ini ko‘rsatadir. Okumaya devam et

Vadud Mahmud. Alisher Navoiy (1925)

Hijriy 5 asr ila 10 asr orasidag‘i besh yuz yilliq bu davr Xuroson va Movarounnahrda islom madaniyatining gullagan mavsumi edi. Beshinchi asr(lar) arabning yangi ruhiy ortishi bilan Eronning yer yuzida mumtoz mavqe tutg‘on davridir. U vaqtlar rub’i maskunning eng fayzli qitasi va ma’lum dunyoning og‘izlarda doston bo‘laturg‘on Okumaya devam et

Maskavda ikki turk san’atkori

MASKAVDA IKKI TURK SAN’ATKORI
(Maskavdan xat)

Bugungi Maskav ingichka san’ati yuksakligi jihatidan g‘arb poytaxtlarining hammasidan oldinda turadi. Uning «San’at teatri» (Xudojestvennny teatr) hozirgacha na yangi va na eski dunyodan o‘z juftini topa olg‘oni yo‘q. Ingichka san’atning yuksalishini maqsad qilib Okumaya devam et

Muhammad Solih – Yo’lnoma

SO‘ZBOSHI

Bu kitobni yozar ekan, manba va hujjatlardan deyarlifoydalanmadim. Aniqrog‘i, foydalana olmadim. Vatandanayriliq, surgun hayoti menga bu imkonni bermadi. Esimdanima qolgan bo‘lsa, o‘shani yozdim. Shu bois, yil-sana, ismva hatto jug‘rofiy nomlarda ham yanglish nuqtalar bo‘lishimumkin, agar bo‘lsa, aziz o‘quvchidan hozirdan uzr so‘rayman. Okumaya devam et

Turkistonda milliy-ozodlik kurashi

Rusiyaning Sharqqa hamlasi Oltin O’rda parchalanib, rus knyazliklari yagona markazlashgan davlatga birlashgan XVI asrdayoq boshlandi. Hijriy 911 (melodiy 1505) yilda Moskva knyazligi Oq O’rdaga hujum boshladi. Oq O’rda xoni bu hujumni qaytarib, dushmanni Moskva Kremligacha quvib bordi. Mazkur kitob uchun ma’lumot to‘plab yurganimda Qo‘qon o‘lkashunoslik muzeyi xodimlari Shayboniylar davlati asoschisi Muhammad Shayboniyxonning Okumaya devam et