Irqchilik va fashizmga ko‘z yummang


Irqchilik va fashizmga ko‘z yummang           

Xayit G‘afur

O‘z paytida o‘ta millatchi va antikommunist bo‘lgan. Germaniyani millatchilik saqlab qolishiga ishongan va Adolf Gitlerning hokimiyatga kelishiga xayrixoh bo‘lgan nemis pastori Martin Fridrix Gustav Emilь Nimyoller shunday dengan ekan:

“Natsistlar komunistlarni tutib ketishga kelganlarida men sukut saqladim, sababi men komunist emas edim.So‘ng sosialistlarni tutishga kelishdi, bunda ham sukut saqladim, sababi sosial-demokrat emas edimda. Ular profsoyuz arboblarini tutishga kelishdi, bunda ham sukut saqladim, axir men profsoyuz a‘zosi emasmanku. Ular juhudlarni tutishga kelishdi, men jim turdim, axir men juhud emasdimda. Meni xibsga olish uchun kelganlarida, hech kim hech narsa demadi, sababi meni himoya qiladigan odamlarning o‘zi ozodlikda qolmagan edida”.

(Menga kelgan xatlarga xech bo‘lgandan ko‘ra kech bo‘lsada beradigan javoblarim).

Sizdan: Amalga  oshirayotgan ishingizda maqsad bor-Siz Rossiyadagi vatandoshlarni
ximoya qilmoqchisiz.

Mendan: Xa. Men shu xalqni farzandiman. Bir men emas Xalq va Vatan taqdiri, xammamiz uchun azizlardan azizroq. Xamma buyuklardan buyukroq bo‘lishligi shart.

Sizdan: Men siz tomondaman. 

Mendan: Raxmat. Raxmat.

Sizdan: Xursandman.

Mendan: Ming bor tashakkur.

Sizdan: Albatta bu savobli ish. Bu siz va mening nuqtai nazarimiz.

Mendan: Xariyat. Bu fikrda men yolg‘iz emasligimdan, bu nuqtai nazarimni xam qo‘llab-quvvatlaydigan insonlarning borligidan boshim ko‘kga yetdi.

Sizdan: Bizning xoxishimizcha O‘zbekistonliklar Rossiyaga emin-erkin kirib, ishlab, pul topib, uylariga ketishlari, ro‘zg‘or tebratishlari, Rossiyada yashash va xuquqlari ta‘minlanishi kerak, to‘g‘rimi?

Mendan: Albatta. Albatta. To‘g‘ri gapirdingiz. O‘zbekiston va Rossiya orasida viza sistemasi mavjud emas. Yo‘llar ochiq.

Marxamat. Boring. Qonunda belgilangan muddatda uchyotga turing. Qonunni buzmang. Jinoyatga qo‘l urmang.

Ish bo‘lsa yoki ish taklif qilinsa albatta ishlang. Ishlab pul topsangiz oilangizga, ota onangizga, xalqingizga va mamlakatingiz xazinasiga katta foyda keltirgan bo‘lasiz.

O‘z navbatida  Rossiya davlati xam bundan juda katta manfaat ko‘radi. Manfaat ko‘radi emas, urislarni iborasi bilan aytganda “kolosalьnыy” foyda ko‘radi. (Bu masalada
biror kishida e‘tiroz bo‘lsa marxamat savollar berishi mumkin, men baxoli qudrat javob beraman).

Endi xuquqlari masalasida. Rossiya davlati Xalqaro Inson Xuquqlari xujjatlarini tan olgan va qo‘l qo‘ygan. Bu degani o‘z fuqarolarinigina emas, xatto shu davlat xududida vaqtincha yashab ishlayotgan boshqa davlatlardan kelgan fuqarolarning xuquqlari paymol bo‘lganda ularni xam ximoyasiga olishligi  kerakligini bildiradi.

Rossiya fuqaroligini olganlarning doimiy yashash va ishlash masalasiga kelsak, tub axoli xuquqlari va yashashlari darajasi teng bo‘lishligi Konstitutsion qonunlar bilan to‘la kafolatlangan. Bunga gap yo‘q!   Ammo shuni xam unutmangki taqirboshlar, millatchilar sizni ko‘chada ko‘riboq xa bu Osiyolik ekan deb ura ketishadi. Sababi peshonangizga Rossiya fuqarosi deb yozilmaganda.

Ular urislar,siz Osiyoliksiz!!!

Sizdan: Chunki, KARIMOV qonxur, ish yo‘q…. va…. qator sabablar.

Mendan: Xa. Bu chatoq chiqdi. Boshimizga balo bo‘ldi. Qayerni qaramasang ish yo‘q. Oylik yo‘q. Xuquqlar baymol bo‘lgan. Xamma narsa izdan chiqgan. Bu betayinni hukumronligi bizlarga juda qimmatga tushdida.

Sizdan: Lekin, siz (bilib yoki bilmay) qo‘yidagi xatolarga yo‘l qo‘yapsiz:

Mendan: Xa endi nimasini aytasiz. Lekin, men osiy bandada ayb yo‘qku. Ko‘krak emdirishni o‘rniga, xom sutni qaynatib berishganlarida balki buncha xatolarni qilmagan bo‘larmidim
(kesatiq o‘rnida).

Sizdan: 1.Siz Rossiya militsiyasini xarakatsizlikda ayblayapsiz.

Mendan: Rossiyada bo‘lgan ko‘pchilik odamlardan so‘rasangiz mentlar bekor turmay bu kelgandilarni yetarlicha shilayotganlarini sizga aytib berishadi. Farqi ularning boshi taqir
emas. Boshlarida shapkalari bor xolos. Hujjat tekshirish baxonasida pul undirish bilan shug‘ullanadigan ta‘magir militsiya xodimlarining bunday xarakati sir bo‘lmay qoldi.

Sizdan: 2. Rossiyada irqchilik (insoniyatga qarshi jinoyat!) borligini (tolurantlik yo‘qligini!) takidlayapsiz.

Mendan: Axir Rossiyada irqchilik bo‘lmasa bu taqirboshlar qayerdan kelib qoldi? Ko‘cha ko‘ylarda qo‘llariga fashistlar svastikasini bog‘lab “qoralar jonga tegdi” (Bu ibora sizniki hamda ularniki ham). Rossiya ruslarlar uchun deya baqirayotganlar kimlar?  G‘arbdagi Demokratik davlatlarda masalan muqaddam  Fashistlar Germaniyasi bo‘lgan xozirgi Germaniyada xam bundaylar umuman tugatilganidan xabaringiz yo‘qmi?

Lekin o‘tgan asrda fashistlarning dastidan enasini Uchqo‘rg‘ondan qo‘rgan urislarning millatchi taqirboshlari 21 asrga kelib nemis fashistlarning  ishini davom etdirayotganlari ayanchli xoldir. Bu voqealardan Putinning yoki Medvedevning xabari yo‘q deb uylaysizmi?

Sizdan: 3. Mexnat muxojiri statusiga yuridik yondosha olmaysiz. Rossiyadagi yuz minglab noqonuniy yurgan odamlar bilan qo‘lida mexnat qog‘ozi bor odamlarni (muxojirlarni) bir
guruxga tikgansiz.

Mendan: Qo‘llarida hujatlari borlari va yo‘qlarining xammalari ham mexnat muxojirliridirlar. Siz qo‘lida qog‘ozi yo‘qlardan qayg‘urmang men ularga qog‘oz olishliklarini aytib qo‘yaman.

Men bilimsiz adashmasam mexnat muxojiri statusining farqi shuki bu qonun yuristlar, boshqa masul idoralar tomonidan va lozim topilsa jamoatchilik fikirlari xam e‘tiborga olgan xolda ishlab chiqib so‘ngida deputatlar muxokamasiga qo‘yiladi.

Deputatlar qabul qilganlaridan so‘ng davlat raxbari tasdig‘idan o‘tishi kerak. (Ya‘ni Medvedev qo‘l qo‘yishi kerak). Shundan so‘ng bu qonun  kuchga kiradi.

Bu qonunda muxojirlarning xuquqlari, vazifalari, majburiyatlari, vaqtincha yashashlaridan qat‘iy nazar ishda, jamoat tartibini saqlashda bu davlatning kostitusiyasi va muxojirlar uchun qabul qilingan statusga qat‘iy amal qilishlari shu bilan birga belgalangan muddatda mamlakatdan chiqib ketishlari talab etiladi. Ularning mexnat qilgan davrlaridagi topgan moddiy va moliyaviy boyliklari qonun yo‘li bilan to‘la muxofaza qilinadi.

Ha aytganday, uni qaranga, naqt men bilimsizning xayolimdan, Rossiya hukumatining mehnat  muhojirlarining oldidagi majburiyatlari haqida gapirib o‘tishni yodimdan chiqaray debmana! Bu narsalarni yana davom etdirishim mumkin. Lekin gapni uzoqga cho‘zmay.

Sizdan: 4. Rossiya demokratiyasini gumon ostiga qo‘yapsiz. (shaxsiyatga tegdingiz!).

Mendan: Yo falak. Yo falak. Rossiyada demokratiya bormi? Unda o‘zini demokratman deguvchi muxolifat Partiyalari va Xarakatning vakillari nega Dumada ko‘rinishmayapti? Bo‘lsa xam ozchilik.

Shuning uchun ular xech narsani xal qila olmaydilar. Shuni xam aytishim kerakki Rossiyada xech qachon demokratiya bo‘lmagan va bo‘lishi extimoldan yiroq.

Nega deysizmi? O‘tgan asrning 80chi yillari o‘rtalaridan boshlangan demokratiyaga intilish Sovet davlatining parchalarishi bilan tugadi.

Yana shu xolat qaytarilib urislar demokratiyaga yuz tutguday bulsalar Rossiyani qolgani xam parchalanib ketadi.

Shaxsiyatga tegdingi….. Qiziq gapni aytdingizku. Demokratiya biror bir shaxsni ota merosi yoki onasining xaqqi maxriga tushgan emasku. Bu to‘g‘risida gapirib shaxsiyatiga tekgan bo‘lsam.

Sizdan: 5. Shu bilan bir vaqtda ruslardan umidingiz xam bor.

Mendan: Axir Rossiyaning egalari urislarku! Ular qolib yana kimdan adolat tiklanishiga umid qilay?

Sizdan: 6. Ularni insoniylikka chaqiryapsiz.

Mendan: Ko‘rinishidan shakli shamoili odamga o‘xshaganidan keyin, xar tomonlama shu nomga munosib bo‘lginda debmanda men nodon.

Sizdan: Endi sizni Putin, Medvedev, Zьyuganov, Mironov, Nemtsov yoki biror deputatning joyiga o‘tirgizamiz.

Mendan: Qo‘ying! Ularni joyiga o‘tirmayin! “Qozonga yaqinlashsang qarosi yuqar, yamonga yaqinlashsang balosi” deganlaridek. Ularning joyiga o‘tirsam yana biror-bir nasi kasofatlari menga xam yuqmasin.

Bu sizdan: A) Siz amalda qolish uchun xalq tarqatayotgan fikr to‘lqinlariga sozlarishingiz kerak  “shuncha o‘zbek Rossiyaga nimaga kerak, shular maoshni pasaytirishyapti, qoralar jonga tegdi”. (Bu iqtibosni ikki bora qaytarganim uchun meni ma‘zur tuting).

Mendan: Sizni gapingizdan shu narsa oydinlashayaptiki, xalqi shunday fikr tarqatayotgan bo‘lsa, bilingki xalqi xam ma‘lum darajada fashistik qarashlarga moilroq ekanligi anglashiladi.

Odamlari shunaqa bo‘lganidan keyin boshliqlari nima bo‘lardi. Xamma xalqda yaxshiyu yomoni bo‘lganidek ularda xam yaxshilari ko‘p. Ikkinchi jaxon urushida otalarimiz bir tanu jon bo‘lib nemis fashistlarga qarshi kurashganlari xali unutilgan emas.

Urushda boshpanasiz qolgan keksayu yosh bolalarni o‘z bag‘riga olib oxirgi noni xam baxam ko‘rgan o‘zbekning buyuk fazilatlarini ukrainlar, belaruslar, urislar xali unutmaganlar.
Agar unutgan bo‘lsalar ko‘r bo‘ladilar.

Sizdan: B) Militsiyani o‘zingizni manfaatlaringizga zid ravishda qoralamaysiz. (asossiz, kelgindilarni deb….). 

Mendan: Xa davlat raxbarlari Rossiyada bo‘layotgan irqchilikni, fashizm va bosqinchilikni davlat siyosati darajasiga ko‘targanidan keyin, qanday qilib bu mentlarni qoralayin.

Shu o‘rinda kelgindi masalasida bir ikki so‘zimni aytib o‘tishni lozim topdim. Xurmatli uquvchi bu yerda bir narsaga e‘tiboringingizni qaratmoqchiman.

Xammaga ma‘lumki o‘tmishda Britaniya, Gollandiya, Fransiya va Belgiya ko‘plab davlatlarni bosib olib o‘zining mustamlakasiga aylantirgan. Xozirga kelib mustaqqil bo‘lib olgan bu mustamlakalar fuqarolari yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan mamlakatlarga ko‘chib kela boshladilar.

Ko‘chib kelganlar bu mamlakatlardagi axolining 10, 20 va xatto 30 foizini tashkil xam qiladilar. Bundan Britaniya, Gollandiya, Fransiya yoki Belgiya talvasaga tushayotgani yo‘q. O‘z navbatida Rossiya xam bizni mustamlakaga aylantirgan. Natijada bu mustamlakalarda o‘z ona tillaridan tashqari uris tili xam muomala tili bo‘lgan va bu xalqlar madaniyatlari bir-birini to‘ldirgan, boyitgan.

Buning natijasida xalqlar orasida yaqinlik yuzaga keldi.  Bas, shunday ekan bu yaqin uris qolib xech qachon Amerikaga yoki Italiyaga ish qidirib bormaydilarku. Bir paytlar ular o‘zini katta og‘a deb bilganlar. Endi dod desayam voydod desayam shu kichik ukalar unikiga boraveradilar, boraveradilar, boraveradilar. Endi urislar o‘lib qutiladi bu ukalardan.

Sizdan: Bularga amal qilmasangiz xurmat yo‘qotasiz.

Mendan: Eng katta illat xam shuda. Xalq bildirgan “ishonchni, xurmatni saqlash” uchun kerak bo‘lsa uramiz, o‘ldiramiz, tepamiz, yanchamiz. Axir dumada va xokimiyatda o‘tirib olib yana boshqa nima xam ish qilamiz.

Sizdan: O‘zbeklar o‘ldirilayotgan bo‘lsa, prokuratura, JK, JPK, jinoyat ishlari bo‘yicha sud bor.

Mendan: Sudlar qanday chora ko‘rmasinlar taqirboshlarini tugatib bo‘lmaydi. Ularning tugatilashi uchun qonunlar ishlatilishi kerak. Ularga qarshi qonunlar xam bor deylik. Lekin natija yo‘qku. Unda bilingki Rossiya davlatining siyosiy sistemasini shovinistlar, irqchilar va millatchilar boshqarib kelmoqdalar. Shunday ekan o‘zbeklar va boshqa millatlar o‘ldirilaveradilar.

Sizdan: Tekshirishyapti. Chora ko‘rishadi.

Mendan: Yuzaki ko‘riladigan tekshirish va choradan, yaxshisi bunday irqchilikning illatini oldini olgan maqulmikin. Bu o‘zini madaniyatli xalqman deguvchilar uchun foydadan xoli emas.

Sizdan: Bu mening ishim emas.

Mendan: Siz boshingizga do‘ppi kiyib, belingizga belbog‘ bog‘lagansiz? Demak siz o‘zbeksiz. Shu millatning farzandisiz. Ota onangizning oldida qanchalik qarzdor bo‘lganingiz kabi millatning oldida xam shunchalik qarzdorsiz. Balki meni ko‘rganim, Yevropaga kelib olgan  va so‘ngida, menga millat xam vatan xam kerak emas deguvchi ayrim islomiy dindorlardan emasligingizga ishonaman. Bilingki, millatimiz uchun jon kuydirish xammamizni va xar birimizni  ishimizdir.

Sizdan: Sizni murojaatingizning taqdiri nima bo‘lishini bilasizmi? Yaxshi yakun topsa prokuraturaga pereadresatsiya qilishadi. (V ga qayting). Yoki diqqat ajratishmaydi?

Mendan; Buni yaxshi bilaman. Agar vatandoshlarimizdan birori jinoyat qilsa anchagina yillarga kesilib ketilishini (albatta bundaylar jazosini olishi kerak) saytlarda tarqalayotgan xabarlarda o‘qib turibman.

Irqchilar ko‘pchilik bo‘lib odam o‘ldirgan taqdirida xam ularga ko‘p xollarda ikki yoki uch yil berilayotganidan, ularning gapi bilan aytganda “melkiy xuliganstvo” deb qo‘yib yuborilayotganidan xam xabarim bor.  Diqqat ajratishmaydi deganingizda jon bor. Axir o‘lim bilan bog‘lik qanchadan qancha jinoyatlar ochilmay qolib ketyaptiku.

Sizdan: Tanangizdagi yarani davosi uchun uris qo‘shningizning tanasiga malxam qo‘ymoqchimisiz?

Mendan: “Yo‘q tanasi boshqa dard bilmas” deganlaridek. Men urisni qanaqa kasaligini bilmayman. To‘g‘ri ilgaridan ham, shuningdek xozirda ham uruslar irqchilik va buyuk davlatchilik  kasaliga mubtalo bo‘lgan. Bu esa uning qonida bor.

Men, Siz va Bizlarning  xammamizning esa dardimiz  O‘zbekistonda prezident Karimov tomonidan xalqimizga qarshi yuritilayotgan genositni, diktaturani to‘xtata va tugata olsak, bilingki tanamiz o‘z-o‘zidan sog‘aya boshlaydi. Asta-asta boshqa dardlardan xam qutilamiz.

Sizdan: Siz O‘zbek muxolifatini nimaga o‘xshashini bilasizmi?

Mendan: Qani, eshitaylikchi sizdan. Nimaga o‘xsharikin? 

Sizdan: Chukotka shamanlariga.

Mendan: Xa, do‘stim gapingizga jon bor. Bular, xokimiyatda o‘tirishni istaganlar- shamanlar bizni sexrlab aqlimizni olganlar. Biz esa ularning orqasidan laqillab yuribmiz.

Siz xaqsiz. Axir bular shamanlar bo‘lmaganlarida shuncha yillardan beri Millat va Vatan taqdiri uchun birlashishni o‘rniga bir-birini g‘ajib, bir-birlariga pand berib yurmagan bo‘lardilar. Allaqachon bizlar xam dorulamon zamonlarda yashashni boshlagan bo‘lardik.

Sizdan: Yalanglik (qochib yurgan ozod mamlakatingiz),

Mendan: Bilasizmi dunyoda men ikkita narsadan afsuslanaman. Ikkinchisi siyosat bilan shug‘ullanganimdan. Margi meni bu ozod mamlakatlarda yurganim. “Otang kimchi onang kimchi o‘ltirib ketingni qimchi” degan donolar. Menga siyosat ota kasb emas. Shu ish bilan shug‘ullanmaganimda tinchgina vatanimda yashagan bo‘larmidim.

Sizdan: Olov(muxolifatchi nomi),

Mendan: Xa. Bemaza qovunni urug‘i ko‘p bo‘ladi deganlaridek o‘zlari xam ko‘p nomlari xam turli.Buning o‘riniga oz bo‘lsayu soz bo‘lsa qanaqa yaxshi edi.

Sizdan: Boshida pat,

Mendan: Tushunmadim. U nima deganingiz?

Sizdan: qo‘lida do‘mbira (internet)

Mendan: Muxolifatning muxolifatchiligi xam shundaki u kuch ishlatish vositalarini inkor qiladi. Xa endi internetga yopishib olsa yopishib olibtida. Shunga xam ota go‘ri qozixonami?

Sizdan: va xayqiriqlar (maqola, murojaatlar…).

Mendan: Birovlarning yozganlari uchun javob bermaymanu. Lekin shuni xam aytib o‘tayki. Men tug‘ilib o‘sgan tumanda adolat uchun, qonun ustivorligi uchun kurashganlarni kamsitish, obro‘larini to‘kish uchun ham Sovetlar zamonida ko‘pchilik oldida va orqavorotdan ham bo‘lsa  “Zakunchi” derdilar.

Adolatning qaror topishi uchun biror narsani yozganlarni esa “Yozuvchi-pisanin” derdilar. Men xam ular qatorida bunday insonlarning ustidan hordig‘im chiqgunicha rosa kular edim.  
Xoy bola-xoy bola “Birovni ustidan kulmagin zinxor” derdilaraaaaaa! Mana oqibati nima bo‘ldi.

Qarang!!! Duyoning ishlariga qarang!!! Shu uchta “yozuvchi”ning yonida turmay duvdima! “Qozonga  yaqinlashma der edilara”! Mana, oqibati nima bo‘ldi. Bu uchta yozuvchilarda bo‘lgan illatlari menga xam yuqdi. (Xazil).

Xay, mayli, zamon zayli bilan men xam “zakunchi” edim.Endi kelib “yozuvchi-pisanin” xam bo‘lib qoldim. Shunday yozuvchi bo‘ldimki, shunday yozuvchi bo‘ldimki!!! Endi uncha buncha yozuvchilar qalamlarini sindirib, chetga chiqib tursalar xam bo‘laveradi.

Nega deysizmi? Xudo bergan qobiliyatlari bo‘la turib, zolim xaqida ro‘yi-rost yozolmagan bunday yozuvchi va shoirlardan ne naf. Ularni xalqga keragi yo‘q. Ularni baxridan o‘tish
kerak. Bunday ijodkorlarning  boridan yo‘g‘i yaxshi. Aniqrog‘i “Och bachchag‘ardan qoch bachchag‘ar” deganlar. Ulardan, “esingiz birida etagingizni yig‘ishtiring”.

So‘ngi so‘z. Qariyib bir yilga yaqin ilgari xorijda yashayotgan vatandoshlardan biridan xat oldim. Yuqorida, yozilgan “sizdan” degan so‘zlardan keyin kelgan jumlalarni jamlasangiz xatning to‘la matni qelib chiqadi.

Xat egasiga xech qanday xusumatim yoki adovatim yo‘q. Xammani xam o‘z fikri va dunyo qarishi bo‘ladi. Ammo yozganim maqolamda bu xatdan foydalanishimga turtki bo‘lgan sabab Rossiyada irqchilar tomonidan xanuzgacha o‘ldirilayotgan vatandoshlarim qismatlariga befarq emasligim sabab bo‘ldi. Xat esa yozilgan maqolaning mavzusini to‘ldirishda juda uyg‘un keldida.  

Qo‘shimcha:  Rossiyada demokratiya bo‘lishi mumkinmi?

Yo‘Q!

Nega?

Sababi urislar shovinizmga moyildirlar. Ular tug‘ilib to o‘lgunlariga qadar o‘tgan xayotlari davomida onglaridagi buyuk davlatchilik g‘oyasi ularlarni hech qachon tark etmaydi. O‘Z mamlakati va millatining buyuklikni o‘zgalar yeri, boylklarini talash evaziga qurganlar. Axir tarixdan malumki uruslar o‘z imperiyalarini yaratgunga qadar qanchadan-qancha xalqlarni
qirganlar. Boyliklarini talaganlar. Misol uchun Kavkaz o‘lkasida yashagan mag‘rur, ozodlikga tashna, yengilmas Ubix millatini butkul qirib tashlaganlar. Millatlarning o‘zlarini anglashilarida bosh omil bo‘lgan ularning madaniyati, tili va tarixini tamoman yuqotishga intilganlar. Uris millati biladiki bosib olingan xalqlarning madaniyati va tarixi yuqotilmaguncha ularni asoratda ushlab turib bo‘lmaydi.

Urislar o‘z qo‘l ostidagi xalqlarning ozodligini tan oladilarmi?

Yo‘q!

Nega?

Ular insonlar erkini va ozodligini tan olmaydilar. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan: Dukchi Eshon va uning tarofdorlarning ayovsiz qirg‘ini.Jizzax qo‘zg‘olonining bostirilishi. Lenin va Frunzening buyrug‘i bilan bolsheviklar tomonidan Qo‘qon sharxri xalqi hamda muxtoriyat raxbarlarini qirib tashlanishi.Shuningdek Chust shaxri axliga qarshi o‘tkazilgan teror oqibatida ko‘chalar va hovlilarda otilgan,chopilgan minglab insonlar jasadlari. O‘z mamlakatining mustaqiligi uchun kurashgan chechen xalqining 300 mingdan ziyodrog‘ining qirib tashlanishi.

Lekin shuni ham e‘tiborga olish kerakki, ular o‘zlarini insonparvar va adolat tarafdori ekanlarini takidlasalarda aslida nisbiy adolatni vujudga keltirishlaridan maqsadlari ularning yuritayotgan siyosatlari mohiyatiga tushunmagan ko‘pchilikni tashkil qilgan qo‘yi tabaqadagi xalq ommasining o‘zlariga xayrixox bo‘lishlariga erishish bo‘lgan xolos.

Dunyo o‘zbeklari, millatimiz farzandlarining Rossiyada, Qirg‘izistonda yoki dunyoning boshqa mamlakatlarida bo‘ladimi bundan qat‘iy nazar, ularning o‘ldirilishlariga befarq bo‘lmang!

Xayit G‘afur

Bir Yanıt

  1. TURK BITLIGI qurulsin choq buyuk devlet bolur

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: