Anqarada Jahon Ahiska Turklari Birligi 1- Qurultoy bo’lib o’tdi


Anqarada Jahon Ahiska Turklari Birligi 1- Qurultoy bo’lib o’tdi. Qurultoyga 9 o’lkada istiqomat qilayotgan Ahiska Turklari ishtirok etdi.

Jahon Ahiska Turklari Birligi Bosh Koordinatori İlyos Dog’an Qurultoyda so’zlagan nutqida, Ahiska Turklari, 1944- yilida bugungi Gruziya chegaralarida bo’lgan hududdan boshqa joylarga surgin qilingan, ushbu jarayonda 20 ming kishi qurbon bo’lganini bildirdi.

Ahiska Turklar istiqomat qilayotgan 9 o’lkada tuzilgan jamiyatlarni bir markazda to’planganlarini bildirgan Dog’an, bu shaklda duch kelingan muammolarga birgalikda yechim topishni rejalamoqdamiz deya bildirdi. Jahon Ahiska Turklari Birligi Rahbari, Ziyoaddin İsmihono’g’lu Kassanov ham qilgan izohida tarixiy bir kun o’tkazganlarini, surgundan keyin dunyoga tarqalib ketgan Ahiska Turklari ilk marotaba bir oraga kelganlarini va qurultoy natijasida bir majlis barpo etishlarini bildirdi

Navbatda Turkiyadan bir xabarimiz bor. Tatar Tilining otasi sifatida bilingan , Tatar xalqining buyuk shoiri, Filosof, yozuvchi Abdullo Tuqayning busti, tug’ilishining 125- yilligi tufayli Anqarada nomi berilgan bir shoh ko’chaga o’rnatildi.

Marosimga qatnashgan Tatariston Prezidenti Majlis Rahbari Farid Mukhametshin, “ Millatdoshlarimiz deya boshlagan ma’ruzasida, Turkiya bilan Tatariston o’rtasidagi ko’prikning asoslarini tashlab davom etganlarini bildirdi. Turkiya bilan Tatariston o’rtasidagi ko’prik til bilan negizlari juda eskilarga taqalgan deya qayd etgan Mukhamtshin, madaniy aloqalarimiz do’stligimizning asosidir. Har ikki millat o’rtasidagi aloqalarimizning kuchlanib davom etishiga ishonaman.” Deya bildirdi.

Anqara Shahar Hokimi Mehlik Go’kchek ham so’zlagan nutiqda Turkiya bilan Tatar millatlari o’rtasidagi aloqa bu shaklda mustahkamlashganini bildirdi. Har ikki o’lkaning poytaxtlari ham iqtisodiyotdan tutib madaniy ma’arifiy yo’nalishlarda juda ham rivojlanganini bildirgan Go’kchek, Abdulloh Tuqayning o’lkasi uchun ahmiyati ustida to’xtaldi. Millatning yorig’ kelajagi uchun hech bir zamon umidini boy bermaganini bildirdi.

Xalqaro Turk madaniyat Tashkiloti (TURKSOY) Bosh Kotibiy Dusen Kaseinov ham bergan bayonotida To’qayning sh’erlari va tuhunchalari İnsonlarni birodarlikga chaqirganini bildirib, To’qayning asarlari madaniyatlar ora aloqalar tuzganini ifoda etdi.

Qilingan ma’ruzalarning ortidan Protokol a’zolari Abdulloh To’qay nomi berilgan shoh ko’chada bustining ochilishi amalga oshirildi. Marosimdan oldin Tatar xalq o’yunlari ananaviy kiyimlari bilan namoyish etildi. İstanbul Shahar Hokimligi ham To’qayning nomi xalich qirg’ogi’da bo’lgan bir parkga berilishi qarorlashtirilgan. Turkiyada yodga olish dasturlari doirasida bu park ham xizmatga ochildi. Turk Olamida madaniyatimizni himoya qilish va kelajak nasillarga yetkazish maqsadi bilan ko’plab ijobiy va go’zal ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu faoliyatlarga bir o’rnak birodar Qozoqistonda amalga oshirildi. Qozoqistonning madaniyat poytaxti Almatida Turk Olami Bolalar O’yunlari Tantanasining birinchisi amalga oshirildi. 28-31 May kunlari orasida amalga oshirilgan ushbu tantanaga Ozarbayjon, Qozoqiston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkiya, Turkmaniston, Tatariston va Uyg’ur Turklarini namoyandalari 12 yosh gurhi o’yunchilari ishtirok etdi.

Oshiq, Besh Tosh, yetti G’isht, Chelik Cho’mak kabi Turk olamida asrlardan buyon, o’ynalib kelgan bolalar o’yunlari, ilk marotaba bir tadbirda bolalar tomonidan namoyish etildi.

Turkiyaning Ostona Favqulodda va Muxtor Elchiligi Maslahatchisi Dr. Kadir Chetin, tantanning uyushtirilishi Turk Olami bolalari o’rtasida yangi fursatlarning paydo bolishiga imkoniyat tanidi deya bildirdi. Madaniy Mirosni fardlarga va jamiyatlarga kimlik va davomlilik hisini uyg’otadiganini bildirgan Chetin: “ oxirgi o’ttiz yilda tez bir shaklda kuravilashgan va ijtimoiy o’zgarish, jamiyatlar o’rtasida diyologning mustahkamlashishiga imkoniyat beradi. Faqat bir tomondan esa, ayniqsa asrab- aybaylash mavzusida manbalarning yetarsizligi tufayli, madaniyat mirosning buzilishi va yiqilish bilan duch kelingan. Eng katta tahdid esa, bolalar o’yuni duch kelmoqda. Kompyuter va internet yuzlab yillik o’yunlarni bolalar olamidan uzoqlashtirmoqda. O’yunlar bir millatning xarakteridir.Misol uchun “ Oshiq” dunyoning turli jamiyatlarida ham yuzlab yildan beri qullanilib kelgan bir o’yun vositasidir. Faqat u haqiqat bilan o’yunash shakli o’lkaning madaniy tuzilishi belgilaydi. O’yunlarda juda farqli folkolor naqashlar mavjud. Ushbu folklor naqsh bilan bezatilgan bolalar o’yunlari, Turk asilli jamiyatlarning bolalari o’rtasida mushtaraklik tuyg’usini rivojlantirish uchun ajoyib bir boylik manbasidir. Va farq etilishi kutilmoqda.” Deya bildirdi.

Turk asilliy jamiyatlarda o’ynalib kelgan bolalar o’yunini to’plash, bolalarning birgalikda o’ynashi va o’yun qoidalarini rivojlantirib yoyish va ushbu o’yunlarni dunyo madaniyatiga savg’a qilish asosiy maqsadimiz deya bildirgan Koordinator İbrohim Yildirim esa, ushbu tadbir bilan bolalar o’yunlariga tadqiqotchilarning diqqatini jalb etish maqsadlarimizdan biri deya bildirdi.

Oxirgi xabarimiz madaniyat olamidan. Ko’jaelida turli o’lkalardan kelgan ayol baxshilarning ishtiroki bilan “ Xalqaro Ayol Baxshilar Tantanasi” bo’lib o’tdi.

Madaniyat va Turizm Vazirligi, Ko’jaeli Universiteti va Ko’rfoz Shahar Hokimligi tomonidan uyushtirilgan “ Xalqaro Ayol Baxshilar Tantanasining ochilish marosimida so’zga chiqgan Ko’jaeli Universiteti Rektor Vakili Professor Dr. Ayshe Sevim Go’kalp, baxshilar ananasi turk madaniyatida muhim bir o’rini bo’lganini bildirib, Turklarning adabiy tajribalari asrlardan oldin bugungacha so’zli va yozma va jonli rasvishda gunimizgacha yetkazilishini ta’min etgan.

Tantanada Baxshilik ananasining ayol namoyandalari Shosanam Baji, Shohturna, Sorijaqiz, Sinem Baji, Surmelijon, Gulchinor, Nurshoh Baji, Orzu Baji, Shohini, Ezgili, Kevser, O’zlemi, Telli, Suna, Selvinoz, Marali, Didori bilan Ozarbayjondan Latifa ava So’lmazi, Qirg’izistondan Ro’za Omonova, Suyumkan Qurbonova bilan Qozoqistondan Pakizat Adieva ashulalarini taqdim etdilari. TRT Ozbek

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: