Kelajak avlod uchun kelgin bahor


Doktor Azizulloh Faryobiy, Jenubi Turkistonning (Avg‘oniston) Faryob viloyatidan. She‘riyatga qiziqishi ancha kuchli bo‘lgan oliy ma‘lumotli shifokor. Toshkent davlat tibbiyot institutida o‘qib yurgan kezlaridayoq she‘r mashq qilishni boshlagan. Hozirda Kanadada istiqomat qiladi. Quyida, doktorning “Bahor” she‘rini e‘tiboringizga havola qilamiz.

Bahor

Bir paytlar menda ham bo‘lgan bahor,
Qo‘yni to‘la gul bilan kelgan baxor,
Olam ichra bo‘lmagan hech sevgisiz,
Sevgini yomg‘ir kabi yoqqan bahor.

Hech qachon, hech, kuz-u ham qish bo‘lmagan,
To‘rt fasl el, har doim bo‘lgan bahor,
Yer yuzida turfa gullar chaqnagan,
Har biriga, guzallik bergan bahor.

Hech gulning siynasi chok bo‘lmagan,
Muhabbat, sevgi bilan kelgan bahor.
Lolalarning ko‘ksiga dog‘ bo‘lmagan,
Mehri to‘la, mehribon bo‘lgan bahor.

Andalib* navxa* firoqdan qilmagan,
Bo‘lmay firoq, hijronsiz kelgan bahor.
Kapalaklar kuymagan sham o‘tida,
Sevilgan, sevgan uchun kelgan bahor.

Dala – dashtni yasantirgan kelindek,
Tovus kabi ko‘ylak kiydirgan bahor.
Tog‘u toshning boshin ko‘kka tegdirgan,
Gerdayib, ko‘ksi ochiq kelgan bahor.

Doim to‘lib dengiz- daryolar oqqan,
Sevinch qoring, eritib quygan bahor.
Xuru pari kecha kunduz qo‘ynimda,
Mayu aroq, chog‘arga quygan baxor.

Yolg‘on- yoshiq vafosizlik bo‘lmagan,
To‘g‘riligu, hamda vafo sochgan bahor.
Mehr-muhabbat, sidq-sadoqat qalblarda,
To‘la ishonch, quvonch bila kelgan bahor.

Osmoni to‘la baxtu baraka,
Dunyo uzra tunu kun sochgan bahor.
Qani endi qaydasan, ey bahorim,
Bir yuzingni ko‘rsatib kelgin bahor.

Barcha dunyo iltimos etib kutar,
Kelajak avlod uchun kelgin bahor!
****
Andalib* – bulbul.
Navxa* – nola.

http://yangidunyo.com/?p=18591

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: