“Muhammad Solih O‘zbekistonga qaytsin!”


“Muhammad Solih O‘zbekistonga qaytsin”, deydi Toshkentdan qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini o‘zbek ziyolilari vakili deb tanishtirgan Sanjarali aka.

– Taklifim yurt tashqarisida yurgan Muhammad Solih kabi siyosiy jamoat arbobi darajasidagi insonlarni quvg‘inga olish emas, ularga soxta tavqi la’natlarni yopishtirish emas, balki ularni aziz inson sifatida qabul qilib olish kerak, deb hisoblayman. Albatta, bularning yo‘liga erkinlik berib va ularga ko‘mak berish kerak, deb o‘ylayman. Lekin ertami-kechmi bu ishlar, albatta, qilinadi. Qaysi jamiyat bo‘lishidan qat’iy nazar odatda eng xor qilingan, eng erga urilgan insonlar payti kelganda juda ham aziz bo‘lishadi.
Men o‘ylardimki, o‘sha paytni kutmasdan hozirgi davlat, mavjud hukumat shu insonlarning yo‘lini ochib berishi eng zarur choralardan biri deb o‘ylayman. Agarki bizlar shu insonlarni qaytarsak, agar bularga yo‘l ochib bersak, ularning ilmi, e’tiqodi, ularning dunëqarashi, to‘g‘ri yo‘ldagi shijoatlari va jonkuyarliklari orqali men o‘ylardimki xalqqa, albatta, ijobiy ta’sir ko‘rsatilardi. Albatta, hozirgi ahvolimizga chora topilishi muqarrar. Men bunga ishonaman.

Ozodlik: Nega aynan Muhammad Solih qaytishi kerak deb o‘ylaysiz?

– Bilasizmi, biror-bir inson haqida eshitish boshqa, uning ijodi bilan yaqindan tanishish boshqa, u bilan shaxsan tanishish boshqa, uning turmush tarzi, chehrasi ham ko‘p narsani aytib berar ekan. Avvalambor biz nazarga ilmagan, bizlar uni erga urgan Muhammad Solihdek farishtasi yuksak insonni men hali yurtimizda uchratganim yo‘q.

Bilasizmi uning yutuq va kamchiliklaridan tashqari shaxs sifatida, inson sifatida, e’tiqodli inson sifatida bunday insonlarning O‘zbekistonda borligining o‘zi Ollohning o‘zbekka bergan benazir ne’matlaridan biri deb hisoblayman. Shuning uchun aynan Muhammad Solih kabi insonlarni tushunishimiz, ularga xayrixohlik bildirishimiz juda ham zarur deb hisoblayman.

Afsuski hozir bizlarda shu tabiatdagi, shu fe’l atvordagi insonlar yo‘qligi sabab ham bizlar haq bilan nohaqni, halol bilan haromni ajrata olmaydigan ahvolga kelib qoldik, deydi o‘zini o‘zbek ziëlilari vakili deb tanishtirgan Sanjarali aka.

http://www.ozodlik.org
ERKIN MIKROFON

http://uzbekistanerk.com/uzb/

Bir Yanıt

  1. oldiniga man silaga ohshab kata ketmayman assalom deyman chunki an o’bek farzadiman ozbek kelajagiman man otam bolmadi uyim yoq edi lekin yeqil madim mehnat qildim oqidim hozir ozimga yarash hurmatim bor man buni etishimdan mahsat uzodan yaqindi gulli o’sho nozi oziga tortadigan hidini bilomisz demohchidim man hukumronimi yahshi koraman tola tokis zi bunga munosib bo’la olmaysiz siz buni chuna olmaysiz hatoki siz aytkande gap hato qilishta emas hatoni tog’illashta hatoni tuzatish uchun jasorat lozim sizda man uni kormadim amo hukumdorimda kordim

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: