Turkiy Tilim sen azaldan buyuk tildirsan


Qadimgi turkiy tilda aralashtirmoq, qo­rishtirmoq ma’nolarini ifodalovchi «jo‘g‘urmaq» so‘zidan olinib, suyuq qatiq ma’nosini anglatadigan «yo‘g‘urt» so‘zi ingliz tili orqali boshqa tillarga «yogurt» shaklida tarqalgan.

Turkiydagi «ber yaq» (berigi yoq, berigi tomon) birikmalaridan ruscha «берег»so‘zi yasalgan.

* * *

Turkiydagi «bala igez» (egiz bola) birikmalaridan ruscha «близнец» so‘zi yasalgan.

* * *

Turkiydagi «burd» (mo‘ylov, murt) so‘zidan ruscha «борода» so‘zi yasalgan.

* * *

Turkiydagi «belәzek» (bilarzik, bilaguzuk) so‘zidan ruscha «браслет» so‘zi yasalgan.

* * *

Turkiydagi «ber atadan» (bir otadan) birikmalaridan ruscha «брат» so‘zi yasalgan.

* * *

Turkiydagi «berek oek» (oyoqni biriktiruvchi) birikmalaridan ruscha «брюк» so‘zi yasalgan.

Qadimgi turkiy tilda arava g‘ildiragining tag­ligi ma’nosida ishlatilgan «turmaz» so‘zi ayni payt­da biz ham ishlatayotgan rus tilidagi «тормоз» so‘zning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

* * *

Qadimgi turkiy tilda aralashtirmoq, qo­rishtirmoq ma’nolarini ifodalovchi «jo‘g‘urmaq» so‘zidan olinib, suyuq qatiq ma’nosini anglatadigan «yo‘g‘urt» so‘zi ingliz tili orqali boshqa tillarga «yogurt» shaklida tarqalgan.

* * *

Qadimgi turkiylarda suv yoki suyuqlik to‘l­dirilib, ot va boshqa ulovlar egariga qo‘shib bog‘­lanadigan charm idish «baqlaq»deyilgan. Hozirda biz uning o‘rniga asli turkiydan o‘zlashib, so‘ng rus tili orqali qaytib kelgan «баклажка» so‘zini ko‘p bora ishlatamiz.

* * *

Qadimgi turkiylarning «tamg‘achi» (muhr­dor) kasbi nomidan ruscha «таможня» so‘zi olingan.

* * *

Qadimgi turkiylarning katta harbiy bo‘linmasi «bo‘luk» deyilgan. Bu so‘z turkiy tildan rus tili­ga, rus tilidan yana o‘zimizga qaytib, «полк» ko‘rinishini oldi.

* * *

Qadimgi turkiydagi «bag‘ash» («bog‘lan­gan») so‘zidan ruscha «багаж» so‘zi yasalgan.

* * *

Qadimgi turkiydagi «qora tosh» birikmasi­dan ruscha «карандаш» so‘zi yasalgan.

* * *

Forsiycha «band» va turkiy «et» so‘zlaridan, ya’ni, «band et» (qama) birikmasidan ruscha «бандит» so‘zi yasalgan.

Davronbek Tojialiyev

Vatandosh

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: