Turkiya o‘z hududida Tolibon idorasini ochish niyatini bildirgan


Ҳомид Карзай ва Абдулло ГулTurkiya Afg‘onistonda nihoiy tinchlikni o‘rnatish maqsadida o‘z hududida Tolibon idorasini ochish niyatini bildirgan.

NATOga a’zo yagona musulmon davlati bo‘lgan Turkiya Afg‘onistonda o‘z qo‘shinlariga ega. Bu qo‘shinlar harbiy amaliyotlarda ishtirok etmaydi, asosan qayta qurish loyihalariga ko‘mak berib keladi.

Ammo, Turkiya ilk bor Tolibon bilan muzokaralar olib borish uchun siyosiy idora ochish taklifi bilan chiqmoqda.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmad Dovuto‘g‘li dushanba kuni Vengriyaga safari davomida agar bu kabi talab bildirilsa, Turkiya qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini aytgan.

Dekabr oyida Istanbulga borgan Afg‘oniston Prezidenti Homid Karzay Tolibonning biron bir xolis mamlakatda “yarashuvni tashkil etish” uchun vakolatxona ochishi takliflari haqida gapirgandi.

Karzay janoblari agar Turkiya bu ishni qilsa, mamnun bo‘lishini ham qo‘shimcha qilgan.

Keyinroq Turkiya Afg‘oniston Tinchlik Qurultoyiga bu masalada ko‘mak berishga va’da bergandi.

Afg‘oniston Tinchlik Qurultoyi o‘tgan yil Homid Karzay tomonidan Tolibon isyonkorlarini qurollarini erga qo‘yib, Afg‘oniston konstitutsiyasini qabul qilishga undashga qaratilgan muzokaralarni tezlashtirish maqsadida tashkil etilgandi.

Ahad Andijoniyga ko‘ra, Tolibon Turkiyaning taklifini qabul qilishi uchun zamin yo‘q deyish mumkin

Hozirga qadar Tolibon rahbariyati bilan tinchlik muzokaralarini o‘tkazish say-harakatlari hech qanday natija bergani yo‘q. Tolibon rahbariyati Afg‘oniston tuprog‘ida xorijiy kuchlar bor ekan, tinchlik muzokaralari haqida so‘z ham bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlab keladi.

Shunday ekan, tinchlik tashabbusi bilan chiqayotgan Turkiya bunga u qanchalar muvaffaq bo‘la oladi?

Turkiyalik taniqli siyosatchi Ahad Andijoniy Turkiyaning Afg‘onistonda nihoiy tinchlikni o‘rnatishga oid tashabbuslar bilan ilk bor chiqmayotgani, biroq hali bunday sa’y-harakatlar haminqadar natija berganini aytadi.

Ahad Andijoniyning fikricha, Tolibon so‘nggi taklifni qabul qilishi uchun ham zamin yo‘q deyish mumkin.

Turkiya 2007 yildan beri Afg‘oniston va Pokiston rahbarlari o‘rtasida qator muzokaralarga boshchilik qilib keladi. Maqsad ushbu qo‘shni mamlakat o‘rtasida Islomiy isyonkorlarga qarshi hamkorlikni kuchaytirishga undashdir.

Afg‘oniston 2001 yil Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi harbiy amaliyotlar ortidan Tolibon tuzumi ag‘darilganidan beri isyonkorlik muammosidan aziyat chekib keladi.

Afg‘onistonda hozir 140,000ga yaqin xalqaro qo‘shinlar joylashtirilgan. Iyul oyidan ularni olib chiqib ketish boshlanadi. Rejaga muvofiq 2014 yilga kelib afg‘on politsiyasi va armiyasi to‘la nazoratni qo‘lga kiritishlari kerak.

BBC http://www.bbc.co.uk/uzbek/world/2011/04/110412_cy_afghan_turkey_taliban.shtml

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: