Kanadadagi Afg‘oniston Turklari Navro‘z bayramini qutladi


Kanadadagi Afg‘oniston Turklari Navro‘z bayramini qutladi

Torontoning 90 km g‘arbida joylashgan Guelf (Guelph) shahrida Afg‘onistondan ko‘chib kelgan 250 dan ortiq oila istiqomat qiladi. 12-mart kuni ular bahor va yasharish bayrami – Navro‘zni tantanali ravishda qutlashdi. Kechaga nafaqat o‘zbeklar, balki pashtunlar, tojiklar, forslar, arablar va kanadalik inglizlar ham tashrif buyurishdi. Olti yuz nafar mehmonning ko‘pchiligi – ayollar, bolalar va erkaklar o‘zbekona kiyinib olishgani ko‘zlarni quvontirdi.

Mehmonlarni Guelf Afg‘oniston turklari madaniy federatsiyasi raisi va Kanada turkiy xalqlari birligi hamraisi janob Najib Ziyo bayram bilan muborakbod etdi. Okifa Bekzod xonim esa Navro‘zning Osiyo xalqlari hayotidagi o‘rni haqida gapirib berdi.

(Suratda: Taniqli xonanda Bahrom Egamberdiyev qo‘shiq kuylamoqda. Doirada Ashur aka, akkordeonda Baxtiyor Shohnazarov jo‘r bo‘lmoqda).

Bolakay va qizaloqlarning ona tili ahamiyati haqidagi she‘r va qo‘shiqlarini hamma maroq bilan tingladi.

Taniqli xonanda Bahrom Egamberdiyyev boshchiligidagi guruh (rasmga qarang) va afg‘on o‘zbeklaridan xonanda Junayid o‘zlarining qo‘shiqlari bilan davraga fayz kiritishdi.


Kechaga oila-a‘zolari bilan birga kelgan Kanada parlamenti deputati janob Frank Valeriote va Ontario provinsiyasi deputati Liz Sandel xonimlar yig‘ilganlarni tabriklabgina qolmasdan, balki barchaga qo‘shilib, mazza qilib raqsga ham tushishdi.

Bayram kechasi qatnashchilariga palov, qovurma, sumalak kabi milliy taomlar va shirinliklar tortiq qilindi. O‘zlarining beminnat dastak va faoliyatlari bilan o‘zbeklarni jipslashtirishga hissa qo‘shayotgan bir guruh kishilarga esdalik sovg‘alar topshirildi.

Navro‘z kechasida yangragan qo‘shiq va raqslarni quyidagi linklar orqali tomosha qilishingiz mumkin:

Baxtiyor Shohnazar  Guelf – Toronto.


Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: