Turkiston legioni


Boymirza Hayit

1935 yil oxirigacha Turkiston turklari Sovet Armiyasiga safarbar etilmas edi. 1935 yilda qabul qilingan «Sovet Armiyasiga safarbarlik» qonuniga asosan 1935—38 yillar ichida Qizil Armiya xizmatlariga turkistonliklar oz miqdorda olingandi. 1939 yil so‘ngida Sovet Ittifoqi bilan Finlyandiya orasida urush borganligi sabab bo‘lib turkistonliklardan Qizil Armiyaga askar olish orta bordi. 1941 yil iyunь oyida Sovet Ittifoqi bilan Olmoniya orasida boshlangan urushning dastlabki yillarida (1941—43) Qizil Armiyada taqriban 4.847.775 turkistonlik bor edi. 18 bilan 65 yosh orasidagi turkistonliklar jabha xizmatiga safarbar qilindi. Turkistonliklar 1939— 45 yillar orasida uzluksiz ravishda Qizil Armiya xizmatiga olinishidan oldin, Sovet rejimi Turkistondagi dastlabki siyosatining «mevasini» totayotgan edi. Stalinning «Davlat va kommunistik partiya idoralarini xalq dushmanlaridan va millatchilardan tozalash»ga oid ko‘rsatmasi bilan Sovet Ittifoqi kommunistiq partiyasi Markaziy Komiteti qabul qilgan qaror asosida 1937-—39 yillarda turkistonliklardan taqriban 2 millionga yaqin kishi qamoqqa olingandi. Bunday terrorlardan keyin, qo‘rqinchli yillar ta’siridagi turkistonliklar endi Qizil Armiya xizmatiga olinayotgan edi.

Ikkinchi jahon urushi paytlarida Qizil Armiyaga safarbar etilgan Turkiston turklarining sanog‘i to‘g‘risida to‘la ma’lumot yo‘q. Lekin, «Milliy Turkiston» Birlik Qo‘mitasining 1942—43 yillarda Olmoniya tomonida jabhada bo‘lgan «Turkiston legioni»ning askarlariga berilgan savollarga olingan javoblardan urush davrida Qizil Armiyada bo‘lgan turkistonliklarning sanog‘i borasida haqiqatga yaqin ma’lumot olish mumkin bo‘lgandi. To‘plangan ma’lumotlarga qaraganda, 1943 yilda Qizil Armiyaning 6 harbiy hismida, ya’ni, Minsk, Kiev, Mosqva, Leningrad, Uzoq Sharq, Shimoliy Kavkazda 1.179.802 turkistonlik askar bor edi. Faqat Minsk va Kiyov qismlarida 997.802 nafar edi. Sovet Ittifoqining boshqa harbiy qismlarida bo‘lgan turkistonliklarning sanog‘i haqida ma’lumot olishning iloji bo‘lmagan. Olmon urushi doiralarining tarqatgan ma’lumotlariga ko‘ra, Sovet Ittifoqi bilan Olmoniya orasidagi urushning ilk yillarida (1941-42) Sovetlarning G‘arbiy jabhasida taqriban 2 millionga yaqin turkistonlik askar bo‘lgan. To‘rg‘ay shahrida joylashgan Olmon harbiy asirlari Boshqarmasining 1943 yilda bergan ma’lumotiga ko‘ra, urushning ilk yillarida (1941-42) Sovet Armiyasidan 1.700000ga yaqin turkistonlik olmonlar tomonidan asir olingandir.

Olmon-Sovet urushidan oldin, Sovet Armiyasiga chaqirilgan turkistonliklarning ko‘pi Ukraina va Polьshada xizmat qilayotgan edi. Finlyandiya — Sovet Ittifoqi urushida ma’naviy va moddiy kuchlaridan ayrilgan Qizil Armiya Olmoniyaning Polьshadagi urush borayotgan chegaralariga yuborgan askarlarini na qurol jihatdan, na-da ma’naviy jihatdan ta’minlagan edi. Olmon Armiyasi bilan yuzma-yuz kelgan turkistonlik sovet askarlarining ko‘pchiligi qo‘llarida miltiqqa o‘xshagan taxta parchalarini ko‘tarib borishardi. Olmonlar birinchi bo‘lib chegarada turgan sovet askarlaridan turkistonliklarga og‘ir zarba bergandilar. Shu sababli turkistonliklarning bir qismi yoppasiga halok bo‘ldi. Ko‘pchiligi esa nemislarga taslim bo‘lgay va ular tomonga o‘tgan edi. Sovet Armiyasi tarkibida xizmat qilayotgan turkistonliklarning faqat ozgina qismi orqaga chekindi. Lekin bularning ham aksariyati nemis armiyasi tomonidan asir olindi va o‘ldirildi.

Ikkinchi jahon urushi davrida Sovet Armiyasida bo‘lgan turkistonlik askarlarning «Sovet Vatani» deb atalgan, aslida «Rus vatanparvarligi» ruhida yashayotgan Sovet Ittifoqining g‘arbiy mintaqalaridagi tuproqlarini mudofaa qilish uchun ma’naviy kuchlari etarli emas edi. Hech kimsa 1937— 1939 yillardagi stalinizm-bolьshevizm terrOrining ta’siridan qutulolmagan edi. Ustiga ustak turkistonlik askarlarning ko‘pchiligi rus tilini bilmaganlari uchun, ularga «ikkinchi darajali askar» nazari bilan qaralardi. Shunday bo‘lsa ham turkistonliklar o‘z Vatanlaridan yiroq jabhalarda urushayotgan edilar. Har bir turkistonlik sovet askarining xayolida «men nega bu erdaman?» degan savol bor edi. Shuning bilan birga Sovet Armiyasida Turkiston Milliy Ozodligi uchun Rusiyaga qarshi general Mirshakar boshchiligida tashkil etilgan yashirin bir tashkilot Minsk shahrida joylashib, turkistonlik sovet askerlarining Olmoniyaga qarshi jiddiy jangga kirmasliklarini tashviq etayotgan edi. Qizil Armiya qo‘mondonligi 1944—45 yillarda to‘g‘ridanto‘g‘ri jabhada urush olib borayotgan turkistonlik sovet askarlarining ozgina qismi Olmoniyaga sig‘inganlar edi. Nemislar tashviqotining xatosi ham Sovet Armiyasiga yordamchi rolini o‘ynadi. Nemis armiyasi bilan birga turkistonlik askarlar Sovet Armiyasiga qarshi jabhada ishtirok etayotgan bo‘lishlariga qaramay, nemis targ‘ibot organlari «Bolьshevizmning asosiy manbai mo‘g‘ullar va osiyoliklardir» deb jar solishdan voz kechmadi. Bunday xatoli targ‘ibot hammasidan oldin turkistonliklarni qo‘rqitmoqda edi. Nemislarning bo‘lganlarini fakat keyinchalik bildilar. Lekin shungacha Shomahmudov oilasi an’analariga bog‘liq holda yashadilar va ishladilar.

Turkiston umuman Sovet Ittifoqining urush davri iqtisodiyotida muhim rolь o‘ynadi. Buni Stalin 1943 yilda quyidagi fikrlar bilan bayon etgan edi: «O‘rta Osiyo va Qozog‘iston Sovet Jumhuriyatlari, Qizil Armiyaning eng muhim qurol ombori bo‘ldi.»

Stalin birinchi marta O‘rta Osiyo va Qozog‘iston atamasini ishlatgan Sovet kommunist rahbari bo‘lgan edi. Shu narsani ochiq4 qayd etishimiz kerakki, Stalinning atamachilik borasidagi bu «ruhiy meros»ini hozirgi kungacha G‘arbda ham ishlatib yurganlar talaygina.

Ikkinchi jahon urushi yillarida Turkiston bir tomondan Sovet Armiyasining askariy potentsialida ahamiyatli rolь o‘ynagan bo‘lsa, boshqa tomondan iqtisodiy imkonlari bilan Sovet Ittifoqi harbiy iqtisodiyotiga oid talablarini qondirishga majbur etildi. Bu esa Sovet Ittifoqining urushda engib chiqishida muhim negizlardan biri bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi ayni choqda Turkiston milliy masalasini o‘rtaga ko‘ndalang qilib qo‘ydi.

( Olmon-Sovet urushi boshlangan yillarda Olmoniyada bo‘lgan turkistonlik ziyolilar, 1939 yilda Olmoniya ila Sovet Ittifoqi orasida Polьsha taqsim etilganidan keyin Turkiyaga ko‘chdilar. O‘sha yillarda Parijda yashagan Mustafo Cho‘qay va Berlinda turgan Vali Qayumxonday ikki turkistonlik ziyoli, Sovetlar Ittifoqi hokimiyati ostida yashab kelgan turk qavmlarining muhojir ziyolilarining vakillari ila o‘z mamlakatlaridan kelgan harbiy asirlarning anketalarini tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘ldilar. 1941 yil dekabrida Mustafo Cho‘qay vafot etdi. Yozuvli bo‘lmagan (ya’ni og‘zaki) ma’lumotlarga qaraganda, Sovet Ittifoqida turk qavmlarining Olmoniyadagi muhojir rahbarlari, asirlarni ishlashga jalb qilmoq uchun anketalar tuzishga kirishgandilar. 1942 yil boshida ahvol o‘zgardi. Avval Sovet Rusiyasi hokimiyati ostida bo‘lgan, hozirda esa Olmoniyada turgan ayrim millatlarining bir qismini legionlarga qabul qilish masalasi ko‘rildi. Shu tariqa Olmoniya hokimiyati ostiga kirgan erlarda Armani, Gurji, Shimoliy Qofqoz, Ozarboyjon, Idil-O‘rol va Turkiston legionlari barpo etildi «Turkiston legioni»ning birinchi partiyasi 2 may 1942 yilda Bryansk o‘rmonlarida Sovet Armiyasiga qarshi jangga kirdilar. 1942 yil avgustida Vali Qayumxon raisligidagi «Turkiston Milliy Birlik Qo‘mitasi» tuzildi va ayni zamonda «Milliy Turkiston» jurnali nashr etildi; Jurnalning birinchi soni (15.8.1942) «Bizning yo‘l» nomi bilan chiqdi va «Bizning yo‘l otalar yo‘lidir, mustaqillik yo‘lidir» deya bayonot berdi. Olmon Davlati, milliy qo‘mitaning bu siyosiy yo‘lini o‘rganib chiqdi, ammo uning siyosiy niyatiga qarshi chiqmadi.

«Turkiston legioni»ning jabhadagi askar va zobitlarining miqdori 1944 yil oxirida 181.402 kishi edi. Bularga ilova o‘laroq harbiy forma kiygan va legionga mansub bo‘lgan ishchi birliklari (rabochiy personal) bor ediki, ularning sanog‘i 85 mingdan ziyoda edi, 1944 yil oxirida esa «Turkiston legioni»da 267 mingdan ortiq turkistonlik xizmatda edi. Askariy qo‘mondonlik Olmon armiyasi tomonidan tayin etilardi. Turkistonliklardan batalьon va polk qo‘mondonlari, rota komandirlari juda ko‘p edi. Legionning siyosiy va milliy ishlari Milliy Turkiston Birlik Qo‘mitasi tomonidan idora etilardi. Har bir askar va zobitning (legionda xizmatda bo‘lgan olmon asir va zobitlarning ham) so‘l qo‘lida «Turkiston, Olloh biz bilan» tamg‘asi bor edi. Aekariy ont, Qur’oni karim qarshisida ikki qilich birlashtirilib, Turkiston bayrog‘i ostida qabul qilinardi.

Olmoniyada tashkil etilgan Ozarboyjon, Shimoliy Qofqoz, Idil-O‘rol va Turkiston legionlarining tarixi bugungi kunga qadar yozilmadi. Faqat «Turkiston legioni» haqida ba’zi manbalarimiz bor. Lekin bularning nashrlarida harbiy kuchlar (askarlar miqdori) va ularning faoliyatlari borasida ma’lumot hamon yo‘qdaydir.

Turkiston legioni, Sovet Rusiyasining qo‘shinlariga qarshi jiddiy janglar olib bordi, Ruslar, Turkiston milliy askarlaridan asir olmas, ularni «qora fashistlar» deyishardi. Olingan asirlarni joyida o‘ldirishardi. Hatto, yarador milliy askarlarni ham ayab o‘tirishmasdi. Turkiston legioni 1944 yilning oxiriga qadar taqriban 65 ming shahid bergandi, 900 ga yaqin legioner, Sovet partizan Birliklariga qochgandilar. Legionerlar, olmon askar va suboylari (zobitlar, ofitserlar) bilan umuman yaxshi anglashardilar. Ba’zan oralarida anglashmaslik hollari ham bo‘lardi. Turkiston legioni o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik qavmlaridan iborat edi. Ular sovetlarning yillar davomida olib borgan parchalash va bir-biriga qarshi qo‘yish siyosatiga qaramay, turkistonliklarning «Turklik birligi»ni ko‘rsatib qo‘yish qobiliyatlarini ham isbot etgandilar. Tabiiyki, sovet targ‘iboti Turkiston legionini ichidan buzish uchun ko‘p ishladi. Lekin Turkiston Milliy Birligini buzolmadi.

Olmon davlati 24 mart 1945 yilda Turkiston legionini TURKISTON MILLII ARMIYaSI, Turkiston Milliy Birlik Qo‘mitasini TURKISTON MILLIY HUKUMATI sifatida rasmiy bir vasiqa bilan tanidi. Milliy hukumatga Olmoniya va unga do‘st davlatlar bilan diplomatik munosabatlarda bo‘lish huquqini ham bergandi. Olmoniyaning bu tadbiri biroz kechikkan bo‘lsa ham, tarixiy bir hodisa sifatida, shunday bir tanish qarorining vasiqasi ham o‘sha davrning Turkiston milliy masalasiga bir munosabat sifatida ahamiyatlidir.

Ikkinchi jahon urushidan keyin olmonlarning himoyasi ostida tutilgan to‘rkistonlik asirlarning va Turkiston Milliy Armiyasining askar va suboylari hayotida achchiq bir davr boshlandi. Ittifoqchi davlatlar Amerika, Angliya va Sovet Ittifoqining davlat boshliqlarining Yalta shahridagi 1945 yil fevralь anglashma (shartnoma)siga ko‘ra, har bir davlat urushdan keyin o‘z vatandoshlarini qaytarib olishi kerak edi. Bunday shartnoma ozod vatanga ega bo‘lgan davlat vatandoshi uchun g‘oyat tabiiy bir masala edi. Ammo, Sovet Ittifoqi uchun bunday qarorga kelishilgani ko‘p kishilarning o‘limiga sabab bo‘ldi. Yalta shartnomasi asosida, Amerika, Angliya va Frantsiya armiyasining mintaqalarida bo‘lgan turkistonlik askarlar va milliy askarlar zo‘r bilan Sovet Ittifoqiga jo‘natila boshlandi. Sovet Ittifoqidan kelgan turklarning aksariyati, shu jumladan 200 mingdan ortiq turkistonlik Sovet Ittifoqiga ketishdan bosh tortdilar. Ittifoqchi davlatlarning suboylari, rus suboylari bilan birga qaerdaki bir sobiq sovet askarini, asirini yoki olmonlar bilan birga Sovet armiyasiga qarshi jang qilgan askarlarni ko‘rsalar, darhol Sovet ofitserlariga taslim qilib berardilar. Amerikadagi armanilar o‘z armanilarini qutqarish uchun bemalol, muvaffaqiyat bilan ishladilar. Sovet Ittifoqiga ketishni istamagan turklarga yordam beradigan bir davlat izlanardi. Olmoniyada bo‘lgan ikki turk talabasining himmati bilan 1945 yilda Turkiya Arkon-i Harbiya-i Umumiyasining Bavariyadagi Amerika armiyasi naznidagi tamsilchisi Yuzboshi Ehson Unasan (1966 yilda vafot etdi) bilan tanishdim. Undan yordam so‘radim. U, o‘z navbatida turklarning anketasini hozirlashimni iltimos qildi. Ehson Bey anketalarning bir nusxasini o‘zi oldi., boshqa bir nusxasini esa maxfiy yo‘llar bilan Anqaraga jo‘natdi. Ehson Bey o‘tirgan uchoq Yugoslaviya ustida o‘qqa tutildi va uchoq urib tushirildi (uning jomadonidagi anketalar yo‘qoldi). Jo‘natilgan ikkinchi nusxa esa Anqaraga kelgan, Anqarada mas’uliyatli xizmatchilar bu anketalar asosida Olmoniyadan 100 mingga yaqin turkning Turkiyaga keltirilishi masalasini muhokama qilganlar. Oralarida «Agar bularning orasida 10 ming Sovet josusi bo‘lsa nima qilamiz?» savoli tug‘ilgan va «Qabul etilmasin» deya qaror qilganlar. Turkiyaga bosh urgan buncha insonning 10 ming tugul yuz kishisi ham josus bo‘lmasligini ko‘ra bilmaganlar. Yordamsiz qolgan turklar, 1945 yil noyabriga qadar, Sovet Ittifoqiga qurol kuchi ila (zo‘rlik bilan) taslim etilganlar. 1945 yil noyabrida Eyzenxauerning «Rusiyaga biron odam zo‘rlik bilan jo‘natilmasin!» degan amriga asosan, 6—7 ming turk, shu jumladan taqriban 800 turkistonlik jonlarini qutqazib qola oldilar. Sovet Ittifoqiga zo‘r bilan jo‘natilgan turkistonliklarning ofitserlari Sovet Jazo qonuni, urush payti qoidalari asosida darhol o‘qqa tutilganlar. Qolganlar esa, 20—25 yil davomida jazo uylarida, xususan, Sibiriya surgunlarida bo‘lganlar, sog‘ qolganlari so‘ngra vatanlariga qaytishga muvaffaq bo‘lganlar. Ittifoqchi davlatlar, bugungi kunga qadar Sovet Ittifoqiga jo‘natilgan sobiq sovet askarlari haqidagi arxivni nashr etganlari yo‘q.

Ikkinchi jahon urushi yillaridagi Turkistonning Sovet Harbiy hayotiga qo‘shgan hissasi haqida Sovet Ittifoqida yozilgan bir qancha asarlar bor. Turkistonliklarning olmonlar ila birga Sovet Rusiyasiga qarshi janglari haqida Sovet Ittifoqida yozilgan talaygina asarlar, shu jumladan romanlar, maqolalar va xotiralar bor, Olmoniyada Sovet Ittifoqidan kelgan turklarning ikkinchi jahon urushi yillarida milliy ozodlik da’vosi, davom ettirgan kurashlari, janglari haqida ba’zi asarlar yozildi. Lekin bular turkistonliklarning harakatini to‘la va to‘g‘ri ifoda etmaganlar. Ikkinchi jahon urushi yillarida turkistonliklarning ikki jabhada, sovetlar va olmonlar tarafidagi janglari va Turkistonning u yillardagi ahvoli haqida bu kunga qadar milliy tuyg‘u va halol manbalar asosida yozilgan asar yo‘q, bunday asar yaratilmagandir.

Ikkinchi jahon urushi davrida Olmoniya bilan birga urushgan Turkiston Milliy Armiyasining tarixda qoldirgan ba’zi muhim izlari bor. Bularni quyidagi nuqtalarda bayon eta olamiz: 1-Turkistonlik besh qavm vakillaridan iborat bir Turqiston o‘rdusi (Armiyasi)ning qurilishi, Turkistonda milliy turk tuyg‘ularining o‘lmaganligini isbot etdi.

2-Turkistonliklardan hali Sovet kishilari, Sovet millati yaratilmaganligi tasdiq etildi. Chunki Turkiston milliy o‘rdusida Sovet hokimiyati xizmatida bo‘lgan barcha ijtimoiy guruhlar (o‘qituvchilar, partiya va davlat idoralarida ishlagan shaxslar, ofitserlar, kommunistlar, hattoki, siyosiy komissarlar, talabalar, ishchi va dehqonlar) bor edi.

Z-Turkiston legioni, so‘ngra Turkiston Milliy Armiyasi, Sovet Armiyasidagi turkistonliklarga ruhiy jihatdan ta’sir ko‘rsatdi. Shuning natijasida Sovet davlati, 1926 yildan beri O‘rta Osiyo Harbiy Okrugi ismini tashigan okrug ismini TURKISTON HARBIY OKRUGI deb o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

4-Turkiston Milliy Armiyasida Islom diniy ta’limotining va jabhada ham Islom marosimlarining davom ettirilishi va Sovet Armiyasida bo‘lgan turkistonliklarning ota-onalarining talablariga binoan, Sovet davlati ilk bor Turkistonda Islom Diniy Tashkilotining tuzilishiga va Sovet Armiyasida Islom janoza marosimiga izn bermakka majbur bo‘ldi.

5-Olmoniyada ma’lum bo‘lgan manbalardan bilamizki, turkistonlik legionerlar va keyingi Turkiston Milliy Armiyasi, askarlari sanog‘ining ko‘pligi bilan Olmoniyada tashkil etilgan barcha milliy qo‘mitalar, jumladan Ozarboyjon Legioni va Milliy Qo‘mitasi, Ozarboyjon nomidan Yorboy Fotihali Yudon Bey va Turkiston nomidan Bendeniz, Olmon Piyoda Kuchlari Qo‘mondonligining «Turkiya Olmoniyaga qarshi jabha ochsa, Turkiston va Ozarboyjon askarlari «Turkiyaga qarshi jabhaga kira oladimi?» savoliga keskinlik bilan: «yo‘q, Turkiyaga qarshi jabhaga kirolmaymiz» deya javob bergandilar. Bu bilan turkligimizning yo‘li tayin etilgandi. Holbuki, Olmon urushi qo‘mondonligi, bizning Turkiyaga qarshi jabhaga kirishimizga rozi bo‘lgandi.

6-Turkistonda urush paytida va urushdan keyin Milliy Armiyaning ruhi asosida yangi bir mylliyatchilik oqimi yuzaga keldi. Shu sababli Sovetlar-ning, urush yillarida, turkistonliklarning Olmoniya bilan birga Sovet Rusiyasiga qarshi jabhaga kirishlarining sabablaridan ko‘z yumishi va milliy haraqatni ta’sirsiz va ahamiyatsiz qilib ko‘rsatish niyatida olib borgan tashviqoti ham yangi. milliyatchilarning ko‘payishiga, imkonlar berdiD

Sovet Armiyasi 1979 yil oxiridan e’tiboran Afg‘onistonni ishg‘ol qilgan ilk oylarda, bu ishg‘olchi armiya orasyda turkistonliklar ko‘p edi. Turkistonlik sovet askarlari, Afg‘oniston mujohidlariga qarshi berilgan buyruq asosida haraqat qilmadilar. Bular hattoki, Sovet Armiyasini ma’nan buzdi-lar. Shuning uchun Sovet Harbiy Qo‘mondonligi ochiqchasiga Afg‘onistondan ko‘p miqdorda turkistonliklarni qaytarib olishga majbur bo‘ldi.

Afsusqi, G‘arb o‘lkalarida bu kunga qadar Turkistonning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi (1939—1945) umumiy masalalari tadqiq etilmagan. Turkistonning urush yillaridagi umumiy savash manzarasini (insoniy va moddiy potentsiallari va milliy ozodlik harakatini) o‘rganish uchun hech bo‘lmaganda Sovetlarning asarlari tanqidyy ko‘z bilan tadqiq etilishi kerakdir.

Boymirza Hayit

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: