XX asrning 50-70 yillarda O‘zbekiston


Urush g‘alaba bilan tamomlanib, tinch qurilishga o‘tilgandan so‘ng O‘zbekiston respulikasining ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy hayotida xalq xo‘jalik masalalari, tashkiliy va madaniy oqartuv masalalari asosiy o‘rinni oldi. 1946-1947 yillardagi O‘zbekistonninng hamma joyida tuman va shahar firqa komissiyalari bo‘lib o‘tdi. “SSSR  xalq xo‘jaligini qayta tiklash va rivojlantirishning 1946-1950 yillarga mo‘ljallangan besh yillik rejasi to‘g‘risilagi qonun qabul qilinganligi munosabati bilan firqa tashkilotlarining tashviqot-targ‘ibot ishlari to‘g‘risida” sobiq ittifoq komfirqasi markazqo‘mining qarorini amalga oshirish borasida ishlar qizitib yuborildi. Urushdan keyingi yillarda respublika firqa tashkilotlari va ularda a’zolar sonining o‘sishi kuchaydi. 1954 yilning fevralida respublika firqa tashkilotida 11127927 a’zo va 138861 nomzod bor edi.

Bu yillarda ham respublikada “firqa hukmronligi” davom etib sho‘rolarga kasaba uyushmasi va yoshlar tashkilotiga uning rahbarligi yanada kuchaydi. Shunday bo‘lsada, jumhiriyatdaijtimoiy tashkilotlar  faoliyatida tashabbuskorlik, jonbozlik davom etdi.

1957 yilning oxirida O‘zbekistonda bir butunlikka milliondan ko‘proq kasaba  uyushma a’zolari bo‘lib ular 12 mitngta boshlag‘ich kasaba uyushmalarida birlashgan edi. Kasaba uyushmalarining tashabbusi bilan 1958 yilda Respublikada ixtirochilar respublika jamiyati tashkil etildi va u O‘zbekistonda xalq xo‘jaligini rivojlantirishga xizmat qila boshladi. Urushdan keyingi 5 yilliklarda respublika yoshlarning ijtimoiy hayot sohalaridagi hissasi katta bo‘ldi. Chunonchi yoshlar brigadalaridan 1148 tasi va respublikaning ishchi yoshlaridan 80 ming kishi 1947 yilda 4-5 yillik topshiriqlarni muddatidan oldin bajarish uchun yurish e’lon qilib, besh yillikning ikki yili rejasini muddatidan ilgari bajardilar. Yoshlar ittifoqi boshliq  brigadalar iqtisodiy tejamkorlik davlat mablag‘larini tejash harakatini boshqardilar chunonchi Toshkent elektr kabel’ zavodining yoshlar tashkiloti mo‘ljallangan tadbirlani amalga oshirishi natijasida zavodning 130 ming sum mablag‘i tejaldi. 1949  yilda O‘zbekiston yoshlar tashkiloti sifatida 280 ming a’zo bor edi. Ular ko‘pgina vatanparvqarlik tashabbusi bilan chiqib Angren qurilishlarda Mirza cho‘l va markaziy Farg‘ona erlarini o‘zlashtirishda faol qatnashdalilar. Ular tinchlik va do‘stlik uchun kurash bayrog‘i ostida Pragada 1947, Buxaresda 1953 yil Moskvada 1957 yil o‘tkazilgan xalqaro yoshlar festivalida ishtirok etdilar. 1951 yilda Kaxon tinchlik kengashi Berlin sessiyasining  “Besh buyuk davlat o‘rtasida tinchlik ahdnoma ( bitim ) tuzish to‘g‘risidagi  murojoatiga imzo” to‘plash harakati keng avj olib keldi Respublika mehnatkashlaridan 887311 kishi bu hujjatga imzo chekdi. 1995 yilda O‘zbekiston jahon tinchlik kengashining yadro urishi xavfiga qarshi murojatiga 4 023 826 kishi qo‘l qo‘ydi. Respublikada tinchlik uchun atom urishi xavfining oldini olish uchun mavzuda ko‘p ming kishilik mitinglar yig‘ilishlar o‘tkazildi. Suhbatlar televizion ko‘rsatuvlar tashkil etildi. Biroq urushdan keyingi yillarda “firqa hukmronligi” ning mustahkamligi uning bosh ro‘lini o‘ynash borasidagi faoliyati afrim firqa va davlat rahbarlarining noqonuniy hatti harakatlari boshqa mintaqalardan bo‘lganidek  respublikamiz ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotda ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Rejaga asosan respublikada sanoat ishlab chiqarish 89 foizga, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini esa 52 foizga ko‘paytirish ko‘zda tutilgan edi. Birinchi navbatda sanoatning ximiya, elektroenergetika, qishloq xo‘jalik mashinasozligi, kon sanoati (birinchi qayta ishlash sohasini) tarmoqlarini rivojlantirishga katta e’tibor berilgan edi. Qishloq xo‘jaligi sohasida esa asosan paxtachilikni rivojlantirishga e’tibor qaratilgan edi.

Rejada respublika viloyatlari xo‘jaliklaridagi ustivor tarmoqlar ham belgilab berilgan edi. Jumladan Farg‘ona vodiysida paxtachilik Toshkent viloyatida ko‘proq paxtachilik sabzavotchilik, chorvachilik, ko‘mir, rangli metallurgiya, ximiya, energetika sohalarini. Buxoro viloyatida paxtachilik, qorako‘lchilik va pillachilikni rivojlantirishga ko‘proq e’tibor berilgan edi.

Rejaga asosan O‘zbekistonda kapital qurilish uchun 3.900 mln. So‘m ajratilgan edi. Bu vazifalarni bajarishda kadrlarning moliyaviy resurslarning, texnika asbob-uskunvlrining etishmasligi kabi qiyinchiliklar mavjud edi.

1946-1950 yillar maboynida respublikamizda 150 ta yirik sanoat korxonalari qurib ishga tushirildi. Sanoatning yangi tarmoqlari qora va rangli metallurgiya, stanoksozlik vujudga keldi. Ikkita yirik “Chirchiqmsel’mash”  va “O‘zbeksel’mash”  mashinasozlik zavodalari qurilib ishga tushirildi. 1950 yilda 1946 yilga nisbatan mashinasozlik 19 barobar o‘sdi, tabiiy gaz olish 3 barobar o‘sdi, elektroenergiya 480 mln.dan 2.665 mln.kvt soatga etdi, engil va to‘qimalik sanoati 128.7 foizga ko‘paydi.

Besh yil ichida respublika jami sanoat mahsuloti 183 foizga ortdi.  Qo‘qon shahar zavodining Ukrainaga ko‘chirilishi munosobati bilan shakar va spirt ishlab chiqarish bajarilmagan edi. Ximiya, uy-joy qurilishi sohalari bo‘yicha  ham kapitalni o‘zlashtirish bo‘yicha belgilangan rejalar bajarilmadi. Biroq bu besh yillikda  ittifoq miqyosidagi korxonalarning mahsulti 4.8 barobar ko‘paygan holda, respublika boshqaruvida bo‘lgan mahalliy sanoat atigi 8 % ga o‘sdi xolos. O‘tgan besh yil ichida qishloq xo‘jalik sohasida ham qisman, rivojlvnish sodir bo‘ldi. Reja  bo‘yicha 1953 yil oxiriga borib respublikada  paxta etishtirish 2 million 139 ming tonnaga etkazilib, 1940 yilga nisbatan 54 % ga ko‘paytirish mo‘ljallangan edi. Shu maqsadda Bog‘dod va Xorazm kollektorlari, Sherobod, Shimoliy va katta Toshkent kanallari hamda Kattaqo‘rg‘on, O‘rta to‘qay suv omborlari qurib ishga tugirildi. Qishloq xo‘jalik xodimlariga 9 mingdan ortiq traktor va qishloq xo‘jalik asbob uskunalari etkazib berildi.

Respublikada 30 tsentnerchilik harakatida minglab paxtakorlar qatnashdilar. Bu harakatda Zamira Mutalova,Mehriniso Ubaydullaeva kabilar mehnatda katta jasorat ko‘rsatdilar. Paxtachilik 1947 yilda 1940 y darajasiga etib, 1950 yilda davlatga 2.116 ming tonna paxta sotildi. Hosildorlik gektaridan 14.7 tsentnerdan (1940 y) 21.1 tsentnerga (1950 y) etdi. Shu bilan birga paxta yakka hokimligi, paxtachilik mexenizatsiyalashtirish va ximiyalashtirish harakati kuchaydi. 1948 yilda paxta terish mashinalari ishlab chiqarilgach, g‘o‘za bargini to‘kishda butifos va merkaptopos qo‘llanila boshladi.

Chorvachilik sohasida bajarib bo‘lmaydigan noaniq rejalar qabul qilingan ediki, natijada bu vazifalar bajarilmadi.

Ipakchilik sohasida esa 1940 yildagi 685.4 tonna o‘rniga 1950 yilda tonna pilla davlatga sotilib, katta yutuqqa erishildi.

Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika bazasining ishlab chiqaruvchilar moddiy manfaatdorlik darajasining pastligi, paxta yakka hokimligining kuchayishi kabi muammolar mavjud edi.

1951-1955 yillarga mo‘ljallangan birinchi besh yillikda yalpi sanoat mahsuloti ishlab chiqarishini 54 foizga, yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotini 50 % o‘stirish, po‘lat ishlab chiqarish 80 foizga, prokat ishlab chiqarish 70 foizga ko‘paytirish mo‘ljallandi.  Xalq xo‘jaligiga sarf qilingan mablag‘ oldingi besh yillikdagiga nisbatan ikki barobardan ko‘proq bo‘ldi. Samarqand superfasfat zavodi, Oltin topgan qo‘rg‘oshin-qalay kombinati, Toshkent chini zavodi, Chirchiq shisha zavodi, Quyibo‘zsuv, 2 ta Namangan  GESlari, Andijon GRESlari ishga tushirildi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish 1950 yildagi 2,682 mln.kvt.soatdan 1955 yilda 3,880 mln.kvt.s ga etdi. Qo‘mir qazib olish 70 foizga, mashinasozlik ikki barobar, mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish 81 foizga, to‘qimachilik sanoati 15 foizga o‘sdi. 50 yillarning oxirlarida 1300 dan ortiq fabrika va zavodlarni birlashtirgan sanoatning 70 tarmog‘i mavjud edi. Biroq beshinchi besh yillik rejaning bajarilish yakunlarini tahlil qiladigan bo‘lsa bu davrda sanoat mahsulotining yillik o‘sish darajasi keskin kamayib bordi. Oldingi muammolarning birontasi ham hal qilinmadi.

1. Energetika sohasi boshqa tarmoqlarining rivojlanishidan orqada qolmoqda edi.

2. Yildan yilga kapital qurilishi bo‘yicha rejalar bajarilmay qolaverdi.

3. .Neft konlarini qidirib topish ishlarining qisqarishi tufayli neftni qazib olimsh pasaydi.

4. Engil sanoatning 25 foiz korxonalar mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatkichlarni bajarmadilar.

5. Mehnat unumdorligining o‘sish darajasi pasayib bordi. Rejalar asosan xalq xo‘jaligini jadal rivojlantirish hisobiga bajarildi.  Besh yil ichida xalq xo‘jaligiga kapital mablag‘ sarflash 2.3 barobar ko‘payishiga qaramay, yalpi sanoat mahsuloti zo‘rg‘a 1.6 barobar mehnat unumdorligi esa 1.2 barobarga o‘sdi. Bu dalillardan ko‘rinib turibdiki kapital mablag‘larni sarflash kutilgan samaradorlikni bermadi.

6. Respublikada ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish notekis edi. Masalan 1955 yilda yalpi sanoat mahsulot ishlab chiqarishda Toshkent viloyatining hissasi 39.8 foiz bo‘lgani holda Surxandaryo viloyati hissasi esa 1.7 foizga to‘g‘ri keldi.

1954 yilning fevralida sobiq hukmron firqa markazkomining va Sobiq ittifoq hukumati “O‘zbekiston SSRda 1954-1958 yillarda paxtachilikni yanada rivojlantirish to‘g‘risida” qaror qabul qilinib, unda suv xo‘jaligini yaxshilash, paxta etishtirishni mexanizatsiyalashtirish, kadrlar tayyorlashga katta e’tibor berildi. 1958 yilda MTSlar qayta qurilib, ko‘plab mashina va traktorlar kolxozlarga sotildi. 1953-1955 yillarda 130 ming gektar yangi erlar o‘zlashtirildi. Traktorlarning soni qishloq xo‘jaligida 33.5 mingdan (1951 yil) 46.8 mingtaga (1955 y) etib, 40 foizga ko‘paydi. MTSlardagi paxta terish mashinalarining soni 3.3 mingdan 15.1 mingga etdi. Besh yil ichida davlatga 12 716.1 ming tonna paxta sotilgan bo‘lsada 1951-1956 yillarda paxta tayyorlash rejasi bajarilmadi.

1959-1965 yillarni o‘z ichiga olgan etti yillik reja ko‘rsatmalari bo‘yicha 1965 yilda 1958 yilga nisbatan milliy daromad 62-65 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsuloti 70 % ga ko‘payishi kerak edi. Kapital qurilish yuzasidan 164 ta yirik sanoat korxonalari qurilib ishga tushurilishi rejalashtirilgan edi. Ishchi va xizmatchilarning fidokorona mehnati tufayligina 1965 yilda 1959 yilga nisbatan yalpi sanoat mahsuloti 1.8 barobarga o‘sdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda energetika, ximiya, mashinasozlik, rangli metallurgiyaning salmog‘i 18-28 foizga ko‘paydi. Gaz qazib olish 1958 yilgi 126 mln.kub.m.dan 1965 yili 16.475 mln.kub.m ga etdi. Buxoro Ural magistral quvuri qurilib ishga tushirildi. Etti yillikda O‘zbekiston mahsulotlarining (markaz orqali) chet mamlakatlariga eksporti 54 foizga o‘sdi. 1963 yilga kelib, O‘zbekistonda 1400 kolxoz va 182 savxoz faoliyat ko‘rsatayotgan edi. Qarshi, Sherobod, Amu Buxoro magistral kanallari qurilib ishga tushirildi yangi erlar o‘zlashtira boshlandi.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida ham ma’lum ishlar qilindi. 1964 yilda kolxoz va sovxozlarga 64 ming traktor 16.4 ming paxta terish mashinalari, 59.6 ming kultivatorlar sotildi. Etti yillikda mexanizator kadrlarga e’tibor ko‘rsatilib 96 ming traktorchi tayyorlandi. Shu yillarda Tursunoy Oxunova, Javod Qo‘chiev, M.Umrzoqov kabi mexanizatorlarning nomi mashhur edi.

Yuqoridagi ko‘rsatkichlarga qaramay korxonalarning samaradorlik darajasi past edi. Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha etti yillik vazifalar bajarlmadi. Sanoatdagi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifati jahon andozalaridan orqada qola boshladi. Paxta yakka hokimligi  kuchaydi Orol muammosi boshlandi. Xalq xo‘jaligining jadal tarzda rivojlanish imkoniyatlari tugab bormoqda edi. Etti yillikda boshlangan iqtisodiy islohatlar oxiriga etkazilmadi. Buning ustiga 70-80 yillarda xalq xo‘jaligi rahbarlik qilishdagi ma’muriy buyruqbozlik yanada kuchaydi. Qo‘shib yozish byurokratizm, sube’ktivizm illatlari keng yoyila boshladi. 70-80 yillarda qishloq xo‘jaligi rivojlanish darajasining pasayib borishini quyidagi ko‘rsatkichlardan ham ko‘rish mumkin.

Bunday tasvirlash holatlarini 80 yillar o‘rtalariga kelib, butun sobiq ittifoqda bo‘lganidek respublika xalq xo‘jaligi taraqqiyotida ham bir joyda depsinib qolish holatlarini vujudga keltirdi.

Paxta yakka hokimligi va uning oqibatlari

Paxta ekin maydonlarining o‘rinsiz kengaytirilishi va agrotexnika qoidalarining buzilishi tufayli erning hosildorligi pasayib ketdi. Hosildorlikni oshirish uchun ekin maydonlarida haddan tashqari ortiqcha mineral O‘g‘itlaridan foydalanish oqibatida bu erlar ma’lum bir vaqtdan keyin batamom yaroqsiz holga kelib qoldi. Qo‘riq va bo‘z erlarni o‘zlashtirish, O‘rta Osiyoning yirik daryolari suvlaridan nazoratsiz foydalanish, o‘lkada o‘rinsiz ravishda sun’iy suv  havzalarining qurilishi natijasida Orol dengizi asta-sekin quriy boshladi va XX asrning eng yirik Orol fojiasi vujudga keldi.

Ijtimoiy hayot

Urushdan keyingi 1946-1950 yillarda xalq xo‘jaligining harbiy izdan tinch qurilish yo‘liga o‘tkazilishi ma’lum darajada imtimoiy sohadagi masalalarini hal qilish imkoniyatlarini bera boshladi. 1947 yili oziq ovqatga bo‘lgan kartochka tizimi bekor qilinib, chakana savdoning tiklanishiga erishildi. Shu yili pul islohati ham o‘tkazildi.

Xalq ta’limini qayta tiklashga e’tibor qaratildi. 1945-1946 o‘quv yillarida respublikada 4483 ta maktab bo‘lgan bo‘lsa, 1950 yilda ularning soni 5005 taga etdi. O‘quvchilarning soni ham 912040 kishidan 1 265 485 kishiga ko‘paydi. Malakali muallimlar tayyorlashga e’tibor qaratilib, 1950 yilda 48 237 muallim ishlay boshladi. Oliy ta’limni rivojlantirish sohasida ham sezilarli ishlar qilinib, 1945 yildagi 33 ta o‘rniga. 1950 yilda 37 ta oliy o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsata boshladi. Talabalarning soni 1950 yilda 1940 yilga nisbatan 3 baravar ko‘payib 21 190 taga etdi.

Shu yillar maboynida o‘rta maxsus ixtisoslashgan tenikumlar 71 tadan 91 taga etdi. O‘qituvchilarning soni esa 2037 tadan 40370 taga ko‘paydi, shifokorlarning soni deyarli 2 barobar o‘sgan bo‘lsa-da respublika aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish qoniqarsiz ahvolda edi. 80-50 yillar maboynida Respublikamizning ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayotida ma’lum darajada o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.

1956 yilda televideniyaning vatani bo‘lgan Toshkentda telemarkazning ishga tushirilishi O‘zbekiston hayotida muhim voqea bo‘ldi.

Shu yillarda mehnatkashlarning turmush sharoiti ham  qisman yaxshilandi. Aholiga savdo xizmatini yaxshilash maqsadida savdo tarmoqlari kengaytirildi.

Mehnatkashlarni uy-joy bilan ta’minlash masalasida ham bir qator ishlar qilindi. Toshkentda yirik Chilonzor turar joy massivi qad ko‘tardi. Nukus, Chirchiq, Navoiy, Olmaliq, Samarqand, Farg‘ona, Angren kabi shaharlarda yangi turar joy mavzelari barpo etildi. Biroq Anger kabi shaharlarda yangi turar joy mavzelari barpo etildi. Biroq bu qurilishlarning o‘sish darajasi aholining o‘sish darajasidan orqada qolmlqda edi. Qurilgan imoratlarning sifat darajasi ham past edi. Republika aholisini uy joy bilan ta’minlash masalasi hal qilinmay qolaverdi.

Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish, davolash proflaktika muasssalari va meditsina xodimlarini ko‘paytirish bo‘yicha ham ishlar olib borildi. 1986 yilda 895 davolash proflaktika muassalaridan 35 mingdan ortiq meditsina xodimlari mehnatkashlarga tibbiy xizmat ko‘rsata boshladilar. 1989 yilda shifokorlarning soni 68.5 mingga etib jumhuriyatimizning har 10 ming aholisiga 33.8 shifokor va 101.7 tibbiyot hamshirasi to‘g‘ri keldi. Shunga qaramay jumhuriyatimiz rak, oshqozon-ichak, sariq kabi yuqumli kasalliklar bo‘yicha ittifoqda etakchi o‘rinlarni egallar edilar. Tug‘ilayotgan har 5 boladan bittasi go‘dakligidayoq haytdan ko‘z yumar edi.

Jumhuriyatimizning sobiq Ittifoq xom ashyo bazasiga aylanganligi, paxta yakka hokimligi, ekologik ahvolning tobora yomonlashib borishi, aholining turmush darajasiga ta’sir etmay qolmasdi. Respublika aholi turmushi qay darajadaligini quyidagi aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish ko‘rsatkichlarida ko‘rish mumkin.

XX asr 80 yillarida O‘zbekiston hayoti ziddiyatlar va muammolar

1970- 1980 yillarga kelib sobiq ittifoqning iqtisodiy ijtimoiy hayotida, rivojida salbiy holatlar yuzaga kelganligini kuzatish mumkin bo‘ladi.

Rivojlanishda bir joyda depsinib qolish davri boshlangan bo‘lib, bu yillar tarixda turg‘unlik  yillar degan nom oldi. Natijada barcha respublikalar qatori bizning jumhuriyatimizda iqtisodiy ijtimoiy rivojlanish sekinlashdi, ichki muammolarni sub’ektiv va valyuntaritiv tarzda hal etilishi ziddiyatlarni yanada kuchaytirdi va tenglikka olib kela boshladi. Uning asosiy sabablari quyidagilar edi.

1.    Butun ittifoq singari respublikamizda ham ma’muriy buyruqbozlik  boshqaruvining kuchayishi va totalitar tuzimning o‘rnatilganligi.

2.    Xalq xo‘jaligini boshqarishning o‘ta markazlashtirilshi va jumhuriyatlar manfaatlarining hisobga olinmaganligi.

3.    60-yillarning o‘rtalariga kelib xalq xo‘jaligi barakasiz rivojlanish imkoniyatlarining tugaganligini hisobga olib uning jadal rivojlanish davriga o‘tkazilmaganligi.

4.    Respublikamizning ittifoq xom-ashyo bazasiga aylanib qolishi va paxta yakka hokimligining o‘rnatilishi.

5.    Ijtimoiy masalalarga qoldiq tamoyili asosida qaratilishi.

6.    Tabiatga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lmaganligi.

Ma’naviy sohada

1. Din va dindorlarga nisbatan zo‘rovonlik siyosatining olib borilishi.

2. Umuinsoniy qadryatlarni tan olmaslik.

3. Ijodkor ziyolilarga tor sinfiy nuqtai nazardan qaralishi va ular ijodining bo‘g‘ib qo‘yilishi.

4. Boshqa xalqlarning ma’naviy qadryatlarini mensimasli.

5. Milliy masalini hal qilishda tor sinfiy nuqtai nazardan qaralib, baynalminallashuvni sinfiy tarzda tezlashtirishga harakat qilish kabi nomaqul faoliyat.

Bu zikr etilgan sabablar esa respublikamiz taraqqiyotiga, xalqimiz ruhiyatiga ham ta’sir etmay qolmaydi.

Shunga qaramay 50-80 yillardagi respublikamiz tarixining ijodkori o‘zbek xalqi bo‘ldi. Bu xalq tarix sinovlaridan jasorat bilan o‘tib, fidokorona mehnati orqali o‘zining moddiy va ma’naviy boyligini ko‘paytira oldi.

Birgina depsinish holati mamlakat iqtisodiyotining izdan chiqishiga olib keldi. Bu davrda asosan mablag‘larni sarflash evaziga barakasiz yo‘ldan zo‘rma zo‘raki rivojlantirilgan mamlakat xalq xo‘jaligi amalda rivojlanmadi. Mamlakatning o‘sha vaqtdagi rahbarlari L.I.Brejnev (1964-1982 y noyabrigacha), Yu.V.Andrapov (1982 y. Noyabr’, 1983 y. Fevral’)  K.U Chernenko (1983 y. Mart, 1984 y. Mart) iqtisodiy ijtimoiy va siyosiy sohalarda o‘z echimini kutayotgan muammolarga etibor bermadilar.

Shuni ta’kidlash joizki, Sobiq ittifoq avval boshdan soxta kurama edi. O‘nta respublikalar majburan birlashgan edilar. Shuning uchun ham ular o‘z xalqi milliy davlatchiligi qadryatlari, xoxish irodasi inobatga olinmagan bu ittifoqdan butunlay norozi edilar. Ammo undan chiqish murakkab edi.  Garchi sobiq ittifoq konistituttsiyasida bunday qoida mavjud bo‘lsa-da kuchli markaz armiya davlat xavfsizligi qo‘mitasi kabi asosiy kuchlar bu ittifoqning tayanch nuqtalari edi.

e-tarix.uz

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: