Qirg‘iziston o‘zbeklari bugun mashirqu mag‘ribda sarson


Qirg‘iziston janubidagi o‘z joylarini tashlab ketishga majbur qilingan o‘zbeklar bugun mashirqu mag‘ribda sarson

Shu kunda qirg‘izistonlik o‘zbekni Yaqin Sharqda ham, Uzoq Sharqda ham uchratish mumkin. Iyun voqealaridan keyin O‘shning o‘zidan 60 ming kishi chiqib ketganini O‘sh viloyat migratsiya xizmati o‘tgan haftada e‘lon qildi. Norasmiy ma‘lumotlarga qaraganda, 60 ming kishining mutlaq ko‘pchiligi o‘zbeklardir.

Agar birgina O‘shdan 60 mingga yaqin o‘zbek chiqib ketganidan kelib chiqsak, umuman respublikadan chiqib ketgan o‘zbeklar 100 ming nafar atrofida ekanligini taxmin qilish qiyin emas.

Vataniga qaytolmay yurgan ba‘zi o‘zbeklar bilan suhbatlashdik.

Rossiya. Vladivostok.

O‘zini Abduhoshim, deb tanishtirgan o‘shlik iyun qirg‘inigacha O‘shdan bir qadam ham nariga chiqmagan.

Qirg‘indan keyin O‘shda yashashning iloji qolmadi, deydi Abduhoshim.

– “Nima bo‘pti? Uni qilgan bo‘lsa, butun qirg‘izlar qilibdimi? Qirg‘izlardan ëru-birodar do‘stlarimiz borku. Ëmon odamlar qildi” desak, ko‘chada ham yurishning o‘zi bo‘lmay qoldi. Unisi u ëqda masxara qilib turtib, bunisi bu ëqdan har xil gap-so‘z qilib, mahallama mahalla yurishib, guvoh bo‘lganim 15 ëshdan tepa bolalarni ham tiqib tashladi. Mamlakatga qirg‘izlardan ko‘ra ko‘proq foydasi tegaëtgan o‘rtoqlarimiz, yigitlarni tiqib tashladi, deydi Abduhoshim.

Bir umr musiqa bilan shug‘ullangan Abduhoshim bo‘yiga yetib qolgan ikki o‘g‘li bilan bir necha oydirki Vladivostokda. Qandolatchilik tsexida ishlayapti.

– Ikkala farzandimni ham olib kelganman. Ularning ham orqasidan militsiya quvlab yurgan ekan. Hozir men shu kunda konditer bilan shug‘ullanayapman. Hozir bir ish topib oldim. Tanishimiz menga bir ish topib berdi. Xamir qilayapman, keks pishirayapman. Shunga o‘xshagan ishlar. Buning orasida mardikorchilik ham qilayapman, deydi Vladivostokdan Abduhoshim.

Turkiya.

O‘zini Mamirjon, deb tanishtirgan yigitning O‘shda katta do‘koni bor edi. Qirg‘in kunlari bosqinchilar do‘konni talab, yondirib yuborgan. Mamirjonni Turkiyadan, ish joyidan topdik.

– Fabrikada ishlayapman. Lekin u ham qochoq bo‘lib. Bizga bu yerda ishlash mumkin emasda.

Ozodlik: Nolegal ishlayapsiz.

– Ha, majburmiz. 5-10 so‘m yemoq-ichmoq, yashagani.

Ozodlik: Oladigan ish haqingiz tirikchilik uchun yetayaptimi?

– Ortmaydiyu, yeb-ichib, yeb-ichib shun kunlarda.

Ozodlik: Umuman Turkiyada sizga o‘xshaganlardan ko‘pmi?

– 200 oila bo‘lsa kerak, deydi Turkiyadan o‘shlik Mamirjon.

Rossiya. Sankt Peterburg.

O‘shlik kinooperator va rejissyor Tohirjon Rossiya fuqaroligiga o‘tmoqchi.

– Hozirgi paytda hech qanaqa ish qilaëtganim yo‘q. Pasport orqasidan yugurib yuribman.

Ozodlik: Rossiyaning pasportini olmoqchisiz-a?

– Endi ilojim yo‘q. Men u yerdan uchëtdan chiqartirib kelib oldim. Grajdanstvo olmasam, u yerda kelajakka ko‘zim yetmayapti.

Ozodlik: Oilangiz qayerda?

– Oilam o‘zim bilan shu yerda. Xullas oilam bilan kelganman. Bor mol-mulkimni pista puliga sotib kelib olganman. Endi u ham tugadi. U ëqdan, bu ëqdan qarz olib eplab pasport olib olsam, ishlar ko‘p ekan, ishlar bor ekan. Menga o‘xshab bu yerda yurganlarning ko‘pchiligi, men endi ruschani bilaman, juda sarson bo‘lib ketdi, deydi Sankt Peterburgdan Tohirjon.

Ukraina. Kiyev.

Jalolobodlik tadbirkor Shahobiddin Yusupov Ukrainadagi o‘zbeklar milliy markazi raisi.

Uning aytishicha, iyun qirg‘inigacha Ukrainada 1000 nafarga yetmagan qirg‘izistonlik o‘zbek bo‘lgan. Shu kunda, ularning soni 15 ming kishidan ortgan.

– Buning ichida 75-80ga kirgan chollar, kampirlar ham bor. Oliy ma‘lumotli, o‘zining ishi bor, biznesi bor, o‘shalari ënib ketgan, kuyib ketgan. Shaxsan o‘zimni aytadigan bo‘lsam, men o‘zim 43ta qarindoshlarimni olib keldim. Bitta chevar kelinimizning atelьesi bor edi. O‘shani ham ëndirib yuborishdi. Ko‘pchiligi endi bezor bo‘lganidan kelayaptida.

Ozodlik: Ukrainadagi qirg‘izistonliklarning tirikchiligi qanday bo‘layapti? Ish bormi, sharoitlari qanday?

– Hozirgi kunda birinchi muammomiz shu. Ukraina rasman qochqinlik maqomi bermayapti. Qochqinlik maqomi bo‘lmagandan keyin ishlashga haqqing yo‘q. Gostevoy priglasheniyeda kelingan. Ukrainaning zakoni bo‘yicha ishlashga haqqing yo‘q. Shunga biz o‘z diasporamizdan vazirlikka xat ëzganmiz, har bitta nimalar bilan gaplashib tushuntirayapmiz. Xullas ahvol chatoq. Odamlar qish kunlarida ë qornini to‘yg‘iza olmaydi, ë kvartirasiga to‘lay olmaydi. Hammasi sarson bo‘lib, ahvol qiyin, deydi Ukrainadagi o‘zbeklar milliy markazi raisi jalolobodlik Shahobiddin Yusupov.

Xullas, iyun qirg‘inidan so‘ng qirg‘izistonlik o‘zbek sochilib ketdi – Sharq bilan G‘arb o‘rtasida sarsonu sargardon.

Mavzuni o‘rganish jarayonida Rossiyada ham Ukrainadagiga o‘xshash qirg‘izistonlik o‘zbeklarning bir necha jamoat tashkiloti tuzilganini, ulardan birining ta‘sischilari orasida kosmonavt Solijon Sharipov borligini bildik.

Keyingi eshittirishlarimizda o‘sha tashkilotlar to‘g‘risida alohida hikoya qilamiz.

Sarvar Usmon / http://www.ozodlik.org

Qirg‘iziston janubidagi o‘z joylarini tashlab ketishga majbur qilingan o‘zbeklar bugun mashirqu mag‘ribda sarson.

Kırgızistan Özbekleri bugün Batı’da ve Doğu’da ezilmekte

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: