Til borki, yashaydi millat


Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 221-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 21 fevral – Xalqaro Ona tili kuniga bag‘ishlangan “Til borki, yashaydi millat” mavzuida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tilshunos olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari, o‘quvchilar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti direktori, professor N.Mahmudov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy ma’naviyatimizni asrab-avaylash va yanada rivojlantirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi. Bu jihatlar ona tilimizning sofligini saqlash, o‘ziga xos jozibasi, boyligi va go‘zalligini keng targ‘ib etishga qaratilgan ezgu sa’y-harakatlarda ham namoyon bo‘layotir.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilgani, bugungi kunda yurtimizdagi barcha tashkilot va idoralarda ish yuritish davlat tilida olib borilayotgani, jahonning yetakchi ma’rifiy markazlari, universitetlarida uni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilayotgani – ona tilimizga bo‘lgan e’tibor va qiziqishning tobora ortayotganidan dalolatdir.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Respublika ta’lim markazi bilan hamkorlikda o‘zbek tili ta’limi bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini davr talabiga mos tarzda takomillashtirish, yangi o‘quv qo‘llanmalari va adabiyotlar, uslubiy qo‘llanmalar yaratish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Mashg‘ulotlarning mazmuni, sifati va samaradorligini oshirish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga oid chora-tadbirlar o‘quvchilarning o‘zbek tili bo‘yicha bilimining tobora boyishi va mustahkamlanishida asosiy omil bo‘lmoqda.

– Maktabimizda o‘n beshga yaqin millat va elat vakillaridan iborat sakkiz yuz nafardan ziyod o‘g‘il-qiz bilim oladi, – deydi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 221-maktab direktori Olga Korneva. – O‘quvchilarimiz o‘zbek tilini puxta o‘rganishmoqda, bu esa ularda ona Vatanimiz, mehnatsevar va bag‘rikeng xalqimizga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘ularini yanada kuchaytirmoqda. “O‘zbek tili” fanining eng ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o‘qitilishi natijasida, maktabimiz o‘quvchilari fan olimpiadalari, ijodiy-intellektual bellashuvlarda g‘olib chiqishmoqda, ularning tarix, ma’naviyat, adabiyot va san’atga oid bilimi yanada boyimoqda.

Seminarda o‘zbek tilini ilg‘or pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar asosida o‘qitishning muhim yo‘nalishlariga oid ma’ruzalar tinglandi.

Toshkent, O‘zA,

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: