Muhammad Solih: Turkiya Karimovning qo‘rqinchli ro‘yosi


Muxolifatdagi “Erk” partiyasining raisi Muhammad Solihning aytishicha, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov mamlakatida “ijtimoiy vaziyatning xalq foydasiga o‘zgarishidan qo‘rqadi”.

Bu haqda Muhammad Solih O‘zbekistonda turk shirkati va xalqaro maktabining berkitilishiga “Erk” partiyasi raisining Turkiyadagi faoliyati bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqidagi da‘volarga javoban aytdi.

bu yerga bosing Avvalroq Toshkentda joylashgan Turkiyaning “Silm” shirkatiga qarashli Ulug‘bek Xalqaro Maktabi ma‘muriyati bayonot tarqatib, O‘zbekistondagi “byurokratik to‘siqlar tufayli” o‘z faoliyatini to‘xtatganini e‘lon qilgandi.

Ushbu maktab O‘zbekistonda millionlab dollar sarmoya kiritgan “Demir” shirkati muammolarga yuz tutishi ortidan berkitildi.

O‘zbekiston hukumat doiralarida o‘z manbalariga ega “Uzmetronom” veb sahifasi turk shirkatlari duch kelgan muammolar o‘zbek muxolifati lideri Muhammad Solihning Turkiyadagi faoliyati bilan bog‘liq ekanini taxmin qiladi.

“Uzmetronom”ga ko‘ra, muxolifatdagi “Erk” partiyasi raisi Muhammad Solihning o‘zbek xalqiga murojaati bitilgan DVD disklar o‘tgan yil oxirida O‘zbekiston xalqi orasida tarqalgan.
Biroq Muhammad Solih “Uzmetronom” tarqatgan xabarni “mutlaqo asossiz,” deya rad etdi.

“Ba‘zi ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga noqonuniy qo‘llar bilan keltirilgan va tarqatilgan disklar adadi allaqachon 30 mingdan oshib ketdi. Bu disklarning Turkiyada tayyorlangani taxmin qilinadi,” deb xabar beradi “Uzmetronom”.

Muhammad Solih Turkiyada “turist maqomida” ekanini va “Erk” partiyasi faoliyatini mamlakat ichkarisida yuritishga harakat qilayotganini bildirdi.
BBC, Solih janoblari bilan suhbatlashdi.

Muhammad Solih janoblari bilan BBC suhbatlashini bu yerdan tinglang >>>

Bir Yanıt

  1. Sitenizi çok beğendiğimi içtenlikle belirtmek isterim. Sitenizi takip listeme alıyorum.

    Teşekkür ederim.

    Serhat Çilingir
    skype: cilingir
    9,995519E+10

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: