Toshkentdagi Turk maktabi burokratik to‘siqlar tufayli yopildi


O‘zbekistonda eng ilg‘or xalqaro maktablardan biri “byurokratik to‘siqlar va xavfsizlik xavotirlari” tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatganini e‘lon qildi.

Toshkentdagi Ulug‘bek Xalqaro Maktabi 1995 yildan buyon 6 dan 16 yoshgacha bo‘lgan maktab bolalariga ingliz tilida ta‘lim berib kelayotgandi.

Maktab ma‘muriyati chiqargan bayonotga ko‘ra, maktab xorijiy o‘qituvchilariga maoshlarni AQSh dollarida to‘lay olmagan.

Ma‘muriyatning da‘vo qilishicha, O‘zbekistondagi banklar o‘zbek so‘mini AQSh dollariga aylantirishni istamashmaydi.

Xorijiy o‘qituvchilarga vizalar olish va ularni qayddan o‘tkazish ham muammo ekani qayd etiladi.

Shuningdek maktab ma‘muriyati O‘zbekistondagi terrorga qarshi kurashuvchi tashkilotlar bosimlari oxirgi damlarda kuchayganini da‘vo qilgan.

Toshkentdagi Ulug‘bek Xalqaro Maktabi Turkiyaning Silm Korporatsiyasi va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik xizmati hamkorligida ochilgandi.

Toki O‘zbekistonda yozilgan va yozilmagan qonun-qoidalar qanday ishlashini tushunmaguncha va yo ishonchli manbalarni qo‘llay bilmaguncha, O‘zbekistonga tijorat qilish uchun kelmang

Toshkentdagi Turkiya elchixonasi veb sahifasidan

“…O‘zbekistonga tijorat qilish uchun kelmang”

Ulug‘bek Xalqaro Maktabi Toshkentda turk sarmoyadorlariga qarashli, O‘zbekistonda uzoq yillardan beri muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelgan “Demir” shirkati muammolarga yuz tutishi ortidan berkitilmoqda.

Toshkentdagi manbalarga ko‘ra, “Demir” shirkati rahbarlaridan biri O‘zbekistonda hibsga tashlangan va shirkat faoliyati ustidan tekshiruvlar bormoqda.

“Demir” shirkati Turkiyaning O‘zbekistondagi yirik sarmoyadorlardir biridir.

Turkiya Savdo vazirligidagi manbalarga ko‘ra, O‘zbekistonga “Demir” kiritgan yotirim 100 million AQSh dollaridan oshadi.

O‘tgan yillar ichida bu shirkat O‘zbekistonda yirik fermani sotib olgan va sut hamda go‘sht mahsulotlari ishlab chiqish uchun 13 million dollardan ko‘proq sarmoyasini tikkandi.

“Demir” O‘zbekistonda keng tan olingan bir nomga aylandi.

Hozirda bu shirkat va O‘zbekiston hukumati orasidagi qiyinchiliklar xabari Toshkentdan ancha uzoqlarda ham xavotir uyg‘otmoqda.

Toshkentdagi Turkiya elchiligi bu masalada izoh berishga u qadar ishtiyoqmand ko‘rinmaydi.

Ammo Turkiya elchixonasi veb sahifasida turk ishbilarmonlarini ogohlantaridagan bitiklarni o‘qish mumkin. Unda xususan shunday deyiladi:

“Toki O‘zbekistonda yozilgan va yozilmagan qonun-qoidalar qanday ishlashini tushunmaguncha va yo ishonchli manbalarni qo‘llay bilmaguncha, O‘zbekistonga tijorat qilish uchun kelmang.”

Muxolifat lideri

O‘zbek muxolifati lideri 17 yildan buyon hijratda

O‘zbekiston hukumat doiralarida o‘z manbalariga ega “Uzmetronom” veb sahifasi turk shirkatlari duch kelgan muammolar o‘zbek muxolifati lideri Muhammad Solihning Turkiyadagi faoliyati bilan bog‘liq ekanini taxmin qiladi.

“Uzmetronom”ga ko‘ra, muxolifatdagi “Erk” partiyasi raisi Muhammad Solihning o‘zbek xalqiga murojaati bitilgan DVD disklar o‘tgan yil oxirida O‘zbekiston xalqi orasida tarqalgan.

“Ba‘zi ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga noqonuniy qo‘llar bilan keltirilgan va tarqatilgan disklar adadi allaqachon 30 mingdan oshib ketdi. Bu disklarning Turkiyada tayyorlangani taxmin qilinadi,” deb xabar beradi “Uzmetronom”.

Veb sahifa shuningdek “Erk” gazetasining Turkiyada o‘zbekistonlik muhojirlar tomonidan chop etilishi va uning ba‘zi sonlari O‘zbekistonga davomli yetib kelayotganini da‘vo qiladi.

“Turkiyaning qator shaharlarida turk maxsus xizmatlari hamkorligida u yoki bu sabablar bilan mamlakatni tark etgan O‘zbekiston fuqarolari g‘oyaviy jihatdan qayta ishlanib, jangarilar saflariga yollanmoqda,” deb yozadi “Uzmetronom”.

O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan ilk davlat
Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan ilk davlatdir.

Mustaqillikninng ilk kunlaridanoq Turkiya shirkatlari O‘zbekistonga kelib ishlashga qiziqish bildirganlar.

O‘zbekistonning ham ichki va ham tashqi doiradagi cheklanggan savdo shart-sharoitlariga qaramasdan, ko‘plab turk shirkatlari haliyam bu mamlakatda ishlashmoqda.

Ular o‘z tijoratlarini kengaytirishga ham intilayaptilar.

Ba‘zi ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga noqonuniy qo‘llar bilan keltirilgan va tarqatilgan disklar tiraji allaqachon 30 mingdan oshib ketdi

“Uzmetronom” veb sahifasi

Aksar to‘qimachlik hamda oziq-ovqat, mebel ishlab chiqarish va qurilish bo‘yicha ko‘plab o‘zbek-turk qo‘shma korxonalari faoliyat yuritadi.

Ammo Turkiya Tashqi savdo departamenti va O‘zbekiston rasmiylari berayotgan ikki o‘rtadagi sadvo hajmiga oid raqamlar bir-biridan farq qiladi.

Turk tarafiga ko‘ra, ikki oradagi savdo hajmi 918 million AQSh dollariga yetgan.

O‘tgan 2009 yili O‘zbekistondagi eng katta sarmoyador Rossiya edi.

Keyingi o‘rinlarda esa Turkiya va Janubiy Koreya turishadi.

Toshkentdagi turk diplomatlari tijoriy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va savdo masalalarini hal etish yo‘lida ko‘p vaqt sarflashadi.

O‘zbek rasmiylari bu mamlakatda turk ishbilarmonlari yuz tutayotgan to‘siqlarni ham yaxshi bilishadi.

BBC O’zbek

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: