O’rta Osiyoda ilk o’rta asrlar davrining o’ziga xos xususiyatlari


O’rta Osiyoda (Turkiston) ilk o’rta asrlar davrining o’ziga xos xususiyatlari

Rеja:

1. O’rta Osiyoda ilk o’rta asrlarga oid yodgorliklar.

2. Toxaristonning ilk o’rta asrlar davridagi ravnaqi.

3 Buxoro va Samarqand vohasida ijtimoiy-madaniy hayot.

4. Ilk o’rt asr Ko’hna Toshkent va Termiz shaxrining savdo-sotiq va madaniyati rivojlangan davridir.

5. Xulosa.

Hozirgi O’zbekistonning Qashqadaryo viloyati qadimgi So’g’d vohasining unumdor deh-qonchilik hududini egallagan bo’lib, qadimda o’z suvlarini Amudaryoga quyuvchi Zarafs¬ hon va Qashqadaryo daryolari oralig’ida, Movarounnahrning qoq markazida joylash-gan. Movarounnahrning barcha tarixiy rivoj-lanish bosqichlari ushbu viloyat bilan cham- barchas bog’liqdir. Kitob va Shahrisabzda joylashgan qadimgi shaharlarda olib borilgan qazish ishlari davomida arxeologlar tomoni-dan topilgan xilma xil moddiy boyliklar va tangalar silsilasi antik So’g’diyonaga xos bo’igan boy madaniyatdan dalolat beradi. Antik davrdan keyingi ilk asrlardagi mustaqil davlatlar hisoblanmish Kitob, Zahoki Maron va Qarshi yaqinidagi Yerqo’rg’on shaharlari tarixiy qatlamlarda yorqin iz qoldirgan. Yangi eraning V asrida kelib esa antik shaharlar-ning tanazzulga yuz tutishi kuzatiladi. IV- VII asrlarda birin-ketin ilk feodallarning mustahkam qal’alari paydo bo’la boshladi. (Muddintepa, Sho’rtepa, Shullikto’pa va bosh- qalar shular jumlasidandir). Arxeologik qazishmalar mobaynida IV-VII asrlarda mavjud bo’igan Kadjartepa, Tog’aytepa, Ko’x- nafazli shaharchalarining qoldiqlari topildi. Shu vaqtda Kesh viloyati (Kitob va Shahri- sabz) va Naxshab (hozirgi Qarshi shahri) Turk hoqonligi davlatining to’qqi?. federatsiyasi tarkibiga kirardi. Ular muxtoriyat hisob- lanar hamda Samarqandda hukmronlik qiluvchi hoqonga hiroj to’lardi.

O’sha vaqtdagi shaharlarda loydan quril-gan qalin devorlar, ularda qo’riqlash uchun baland rninoralar va mustahkam darvozalar, ba’zi shahar darvozalarida esa mustahkam qulflar mavjud edi. Shahar hududi gavjum aholi yashaydigan ijtimoiy-madaniy markaz hisoblanardi.

VIII asr boshlarida Kesh va Shahrisahz viloyatlariga arablar hujumi boshlangan, ushbu viloyatlar aholisi esa ularga qattiq qarshilikko’rsatgan edi. Ammo shunga qara- may, arablar 729 yilda Keshni katta jang bilan olishga muvaffaq bo’ldilar; 783-786 yillarda Zarafshon va Qashqadaryo vohalari Muqanna boshchiligidagi So’g’diylarning xalq-ozodlik harakati maydoniga aylandi. IX asrdan bosh- lab to XIII asrgacha bo’igan davrda, dastlab mahalliy Somoniylarning, so’ngra esa turk Qoraxoniylarining o’zaro shiddatli feodal urushlari davom etishiga qaramay, viloyatda xalq ho’jaligining o’sishi kuzatiladi. Aynan ana shu davrda qo’shni viloyatlarda, xususan, Qashqadaryoda ajoyib yodgorliklar barpo etildi; jadal ravishda ibodatxona imoratlari hamda fuqarolar yashaydigan binolar qurildi. Bu davrni haqli ravishda monoxrom dekor rel’efli (figurali g’isht, kesilgan terrakota, kesilgan buyum) pishirilgan g’ishtlardan foy- dalanilgan yuqori taraqqiy etgan arxitektura davri deyish mumkin.

Ilk o’rta asrlarda devor qurilishida pishgan g’isht ishlatilgan. Ilk o’rta asrlarda devor kalinligi 8-14 m, balandiligi 5-6 m bo’lgan. Devor o’z navbatida tug’ri burchakli kengligi 0,50-0,70 sm. «Pilyastr»larga ega bo’lib, ular o’rtasidagi masofa 1 m. Ba’zi hollarda bezakli «Gofr» ga ega. (Xazorasp, Teshikkal’a, Jampikkal’a, Ayozkal’a, Davkaskan, To’prokkal’a, Zamaxshar va boshkalar). Xorazm shaharlari devori kalinligi 5-14 m. ni tashqil etadi. CHunonchi Xazorasp 8-10 m, Ko’zalikar 6 m, Xiva 10 m, To’prokkal’a 16 m, Katta Kirkkizkal’a 8 m, Eraskal’a 6 m, Olmaotishgan 2-5 m, To’prokkal’a 7 m, To’prokkal’a 8 m, Boengan 17 m, Qalajiq 6 m, Kazaklijatkan 6 m, Kaparas 7 m, Davkaskan 7, Ayozka’la 3-8 m, Qurgoshinkal’a 7 m, Oybo’rikal’a 8 m, Mizdahqan 6 m, Dargon 6 m, Sadvar 5 m, Jigarband 7 m, Jonboskal’a 5m, Qo’ykirilgankal’a 10 m, Tukkal’a 6 m, Gaurkal’a 9 m.Sogd xududida: Erqurgonda 10-15 m, Kalai-Zaxonimaron 20-30 m, Afrosiyobda 10-15 m, Buxara 17 m, Varaxsha 8m, Romish 8 m, SHaxrivayron 10 m, Kasantepa 10 m (Turabekov 1990, 15-74 betlar) Baktriyada Kiziltepa 5 m, Degriztene 10 m, Dalvorzin 10 m, Xaytabad 14 m (Rtveladze, Xaqimov 1979 10-23 betlar) Talashkan 8-10 m, (Rtveladze, Xaqimov 1974 74-84 betlar) Zartepa 7 m, Xarabadtepa 5 m, (Sobirov 1979), Eski Termez 6 m, (Raxmanov 1997,) Fargona xududida Eylatan 10 m, Mingtepa 8 m, SHurabashat 12 m, Qurgontepa 16 m.

Toshkent viloyati xududida:

Xanka-9 m, Kavardon-8 m, Turtkultepa-6 m, Mingurik- 7m, Aktepa- 8 m, Kindiktepa -7 m, SHoshtepa 5 m

O’rta asrlardagi shahar va qishloqlari qurilishda tug’ri burchakli, aylana va kvadrat shaklidagi burjlarning qurilishi antik davr kal’alari mudofaa tizimi elementlarini takrorlangan, asosan ta’mir ishlarida paxsadan qurilgan to’gri burchakli xom va pishgan g’isht ishlatilgan.

Xorazm vohasida shaharlar mudofaa tizimida tugri bo’rchakli bo’rj eng kadimgi davrdan ya’ni miloddan avvalgi VI-V asrdan ishlatilgan (Ko’zalikir), miloddan avvalgi V asrda tugribo’rchakli bo’rj shaharlar mudofaa tizimida ishlatilishi davom etdi(Xiva Ichankal’a).

Bo’rjlar shakli va uning yon tomonga usib chikishi, ular urtasidagi mudofaa maydoni juda uxshaydi. (Baktriya xududida shaharlar devoridagi) Zartepa mudofaa devorida yarim aylana bo’rj, ular urtasidagi masofa – 36 m, Kiziltepa 10-11 m, Kuchuktepa 7-10 m, Xayrabadtepa – 28 m.

SHaharlar bo’rjsi urtasidagi masofa quyidagicha:

Janubiy Sogd xududida.(Erqurgon) 21-27 m.

Garbiy Sogd xududida.(Karoultepa) 5 m, Oksochtepa 30-47 m.

Bo’rjlarning yon tomonga usib chikishi 3-8 m. ni tashqil etadi.

Ark me’moriy jixatidan shahar tizimida quyidagi xususiyatlarga ega:

  • 1.SHahar mudofaa tizimini mustaxkamlaydi.
  • 2.SHaharning ichki va tashki to’zilishini aks ettiradi.
  • 3.Mudofaa, devor mudofaa kobiliyatini oshiradi.
  • 4.SHahar mudofaa bo’rchagida me’moriy-harbiy va mustaxkam mudofaa ma’doni vujudga keladi.
  • 5.SHahar ichki to’zilishini ikki kismga ajratadi.
  • 6.Natijada shaharning alohida mustaxkamlangan ko’xandiz kismi va ichki kismi-shaxriston vujudga keladi.
  • 7.SHahar ichkarisidagi alohida mudofaa inshootga ega bo’lishi.
  • 8.SHahar xokimining karorgoxi vazafasini bajarish.
  • 9.SHaharning tashki va ichki to’zilishiga estetik jixatidan chiroy berish va boshqalar.

Antik davrda arklar shahar ichkarisidan, shahar devoridan 2-3 m baland bo’lgan. Alohida baland devor bilan urab olinib, balandligi 14 m. kalinligi 4-5 m, yagona darvozaga ega, bu xam aylana shaklda bo’rjlar bilan kuchaytirilgan.

Arkning xajmi: Masalan: To’prokkal’a (Ellikkal’a), 3,24 ga, Xazorasp-1,6 ga, Kazaklijatkan-13 ga, Ayozkal’a III-2,4ga, Xiva-1,7ga. Xorazm vohasiga qo’shni bo’lgan tarixiy-madaniy markazlarda antik davrdagi shaharlarida ark mavjud bo’lgan. Masalan: Baktriya xududida: Dalvarzintepa-3 ga, Zartepa-1,6ga, Kampirtepa-0,6 ga, Xaytobodtepa-1,5ga, Xayrabadtepa-1,5 ga.

S.P.Tоlstоv raхbarligidagi Хоrazm arхеоlоgiya-etnоgrafiya ekspеditsiyasi хоdimlari kеng miqyosdaa tariхiy оbidalarni ro`yхatga оlishni оlib bоrdi, natijada 400 ga yaqin оbidalar tоpilib, ular antik va o`rta asrlarga оiddir. 1967 yildan bоshlab O`zbеkistоn fanlar akadеmiyasi Qоraqalpоg`istоn filialining arхеоlоgik guruхi Qоraqalpоg`istоn va Хоrazm vilоyati хududida arхеоlоgik qidiruv va qazish ishlarini оlib bоrdi. Е.Bijanоv Ustyurtdagi qadimgi tоsh davri manzillarini, V.N.YAgоdin Kеrdar madaniyati va Хоrazm va ko`chmanchilar alоqalari, A.V.Gudkоva Tоkqal’ada, G.Хujaniyazоv Kurgоshin qal’a, Burli-qal’a, Akchingul, yodgоrliklarida M.Mambеtullaеv Katqal’a, Tuprоkqal’a, Vоyangan Tuprоkqal’a (Хiva), Оlmaоtishgan-2, Хiva, K.Sоbirоv Katqal’a, Tuprоqqal’a, Хazоrasp yodgоrliklarida arхеоlоgik qazish ishlarini оlib bоrdilar.

Janubiy Sogd xududida: Yerko’rg’on-0,8 ga, Kalai-zaxoki-maron-0,4 ga; Markaziy Sogd xududida: Marokanda-19 ga. Garbiy Sogd xududida: Buxoro-3,47 ga, Varaxsha-0,6 ga, SHaxrivayron-0,2ga, Karovultepa-0,9 ga, Kosontepa-1,4 ga.

Turon zaminining tarixiy madaniy zonalarida qurilgan shaharlarida arkning rejalashtirilishi Xorazm shaharlari arki

to’zilishiga uxshaydi, ya’ni tugribo’rchak, kvadrat shaklda rejalashtirilib, shaharning ma’lum bir bo’rchagida yoki ma’lum bir tomonidagi devor urtasida joylashgan. Xorazm vohasida urta asrlarda madaniy hayot antik davrdagi ba’zi shaharlarda davom etishi natijasida arklarda ta’mir ishlari olib borilgan, natijada ark mudofaa devorlari baland bo’lgan. (Xazorasp, Xiva, Dargon, Davkaskan kal’alari arkida ta’mir ishlari olib borilgan.) Xorazm vohasida urta asrlarda antik shahar atroflarida xajmi kichik «Kushk» yoki «Qurgonlar» ko’p qurilgan bo’lib, ularda alohida ark yuk edi. «Kushk» markazida mustaxkamlangan turt-besh uy bo’lib, asosan mudofaa vazifani devor va bo’rj bajargan. (Teshikkal’a, Bo’rgutkal’a, Kivatkal’a, Jampikkal’a va x.k.) XII-XIII asr boshlarida xam Xorazm vohasida antik davrda qurilgan ko’pchilik kal’alarda va uning arkida hayot davom etdi. Katta shaharlar atrofida «Kushk»lar qurish markazlashgan davlatning qurilish sohasidagi asosiy faoliyat edi. Arab yozma manbalardagi ma’lumotlarga karganda Mo’zdaxkon atrofida 12 ming «Kushk» qurilgan. Bu «Kushk»larda ark qurilmagan. Ark omborxona, qurol-aslaxa va boshka ozik-ovkat zaxiralarini saklagan, shu bilan birga ximoyalanish vazifasini bajargan. Urta asrlarda kal’alar mudofaa devorida tugribo’rchakli va nayza uki uchli shinaklar kullanilgan. Ba’zi kal’alar devorida tashki tomondan shinaklar ko’p quyilgan, bu shinaklarning ba’ilari soxta bo’lib, dushmanga ruxiy tomondan ta’sir ko’rsatish uchun qilingan. Ba’zi kal’alar devorida shinaklarga alohida e’tibor berilgan. Ba’zi shaharlarda esa mudofaada shinaklardan keng foydalanilgan. (Jonboskal’a, Qalajiq). Bu kal’alarning mudofaasida ko’p sonli mudofaachilarning bo’lishini talab qiladi. E’tiborli tomoni shundaki, ko’chmanchilar bilan chegarada qurilgan kal’alarning mudofaa devoridagi shinaklar nayza uk uchli bo’lib, bo’rjlar yarim, aylana shaklda bo’lgan. Bunday me’morchilik-muxandischilik bilimi ko’chmanchilarga ruxiy ta’sir ko’rsatish uchun muljallangan. SHinaklarning devor va bo’rjda bir yunalishda ikki katorda joylashishi shaharning tashki ko’rinishiga me’moriy-estetik jihatdan chiroy bergan, bu esa o’z navbatida dushmanga ruxiy, harbiy tomondan ta’sir qilishi tabiy. SHinaklarning tashki devorda ko’psonli bo’lishi mudofaachilarning ko’pligini bildirib, dushmanga ruxiy ta’sir qilish vositasi sifatida rol uynagan bo’lsa kerak. (Yonboshkal’a, Qalajiq).

Al-Maqsidiy ma’lumоti bo’yicha: Bujdjikas- Usturshana pоytaхti, katta shaхar unumdоr suv, ko’p aхоlisi, ko’p bоglar o’rab оlgan Madina bo’lib, 2-darvоzasi mavjud. Madina va yuqоri darvоza. Unda kеng rabоd bo’lib, 4 darvоzaga ega. Zamin, Marsmaant, Nutjakеnt, Kaхlabоt bu ma’lumоtlarni o’rta asr shaхarlari tuzilishi bilan taqqоslash ishlari хоzirgacha amalga оshirilmagan.

Tоshkеnt vilоyati хududida o’rta asr shaхarlaridan Binkеnt, Хarashkеt, Shuturkеt, Mingo’rik, Хanqa, Kavardan, Toshkеnt shaхarlari o’rganildi.

Binkеnt- Tоshkеnt shaхari markazida jоylashgan. 1967-1971 yillarda arхеоlоgik qazishma ishlari оlib bоrilgan, natijada V asrdan XIII asrgacha davоm etgan.

Mingo’rik- Tоshkеnt shaхrida Sоlоr qanalining o’ng qirgоgida jоylashgan, markaziy qismida qazish ishlari оlib bоrilib, IV asrdan XII asrgacha madaniy hayot qatlami o’rganildi.

Qashqadaryo vilоyati хududida Yerqo’rg’оn, Niyoztеpa, Malik Shохtеpa, Kalоi-Zaхоnimarоn, Kеsh shaхarlarida arхеоlоgik qazishmalar оlib bоrildi.

(milodiy IV-VIII asrlar) Milodiy IV-asr oxiridan boshlab Baqtriya o`lkasi tarixiy manbalarda Tohariston deb yuritila boshlangan. Tohariston o`z tarkibiga Surxondaryo viloyati, Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg`oniston yerlarini qamrab olgan bo`lib, hududiy jihatdan Kushon davri Baqtriya o`lkasiga teng bo`lgan. Milodiy III asr oxiri – IV asr davomida Tohariston Sosoniylar Eroni davlatiga qaram viloyatga aylangan. V asrda o`lka Xioniylar va Eftaliylar davlati tasarrufida bo`lgan. VI asrning 60-yillariga kelib, Eftaliylar davlatining Turk hoqonligi va Sosoniylar Eroni qo`shinlari tomonidan tor-mor etilishi tufayli Tohariston Turk hoqonligi davlati qo`l ostiga olgan. VII asrning 70-yillaridan Tohariston Arab qo`shinlari tomonidan bosib olina boshlagan. Bu jarayon VIII asrning 40-yillariga kelib o`lkaning batamom Arab xalifaligi tarkibiga qo`shib olinishi bilan yakunlangan. V-VIII asrlar davomida Tohariston markaziy hokimiyatga rasman qaram ko`plab kichik mulkliklarga (ularning soni 27 ta) bo`lingan. Chag`oniyon, Kuftan, Termizshohlar mulkliklari shimoili – g`arbiy Tohariston, ya`ni Surxon vohasida joylashgan. Termizshohlar mulki Amudaryoning o`ng qirg`ogidagi yerlarni va hozirgi Angor, Termiz va Jarqo`rg`on tumanlarini o`z ichiga olgan. Bu mulklik Termizshoh tomonidan idora etilgan. Chag`oniyon (arabcha Saganian, xitoycha Chigo-Yan-Na) Chag`onrud (Surxondaryo) daryosining yuqori havzasidagi yerlarni, Hisor va Bobotog` tog` oldi maydonlarini o`z tarkibiga olgan. Chag`oniyon mulkligining markaziy shahri Chag`oniyon Qizilsuvning Surxondaryoga quyilishida joylashgan Budrach hisoblanadi. IV asrning oxirida, ayniqsa, Sosoniylar Eroni qo`shinlarining Shimoliy Tohariston yerlariga yurishi oqibatida dastavval markaziy shaharlar (Tarmita-Termiz, Dalvarzintepa) inqirozga yuz tutadi. VI asr boshlariga kelib, Shimoliy Toharistonning markaziy shaharlari qayta tiklanib, kengaya boshladi va yana bir qancha shaharlarga asos solinadi. VII-VIII asrlarga oid Xitoy yozma manbalariga ko`ra, Termiz mudofaa devorining uzunligi 10 kilometr (20 li), Chag`oniyonning markaziy shahri devori 5 kilometr (10 li) ga teng bo`lgan. Toharistonning V-VIII asrlar davri shaharlari Kushon davri shaharlari kabi asosan ikki, yani arki a`lo va shahriston kabi tarkibiy qismlardan iborat bo`lgan. Zangtepa (Qulog`litepa), Hayitobodtepa, Chag`oniyon (Budrach) larning arki a`losida asosan hukmdor saroyi va u bilan bog`liq inshootlar joylashgan. Markaziy Osiyoning V-VIII asrlardagi tarixiy va madaniy o`lkalari (So`g`d, Xorazm) shaharlari kabi Tohariston shaharsozligida juda murakkab me`morchilik uslublari qo`llanilgan. Bular turkumiga gumbazli xonalar, tomlarini g`ishtlar yordamida ravoqsimon uslubda yopib, uning tepasidan ikkinchi va uchunchi qavatini qurish va hokazolar kiradi. Toharistonlik me`mor ustalar shaharlardagi qabul marosimlari o`tadigan zallarni, mehmonhonalarni, kundalik hayotga mo`ljallangan honalarni bezashda somon suvoq, devoriy rang tasvir, mahobatli haykaltaroshlik va o`yma ganchdan juda mohirona foydalanganlar. Shimoliy Tohariston shaharlari kushon davri shaharlari singari diniy markazlar vazifasini o`tagan. Ko`hna Termizda qazib ochilgan g`orsimon binolar, Chordingak o`rnidagi buddaviylik inshooti, Zangtepadan topilgan qayin po`stlog`iga bitilgan matnlar shular jumlasidandir. V-VIII asrlar davri yodgorliklari turkumiga, shuningdek, ko`shk va hovlilar, savdo yo`llari yoqasida joylashgan bojxonalar (Sherobod tumanidagi Tavka qo`rg`oni) ham kiradi. Angor vohasidagi Kuyovqo`rg`on, Bolaliktepa, Yumaloqtepa kabi ko`shklardagi muhtasham qabulxona va mehmonxonlar dunyoviy mazmunda ishlangan devoriy rang tasvirlarga, rang-barang haykallarga, loy yoki yog`ochga o`yib ishlangan naqshin lavhalarga bezalgan. Ilk o`rta asrlar Shimoliy Toharistonda badiiy san`atning, ayniqsa haykaltaroshlik va devoriy rang tasvir san`atining yuksaklikka erishgan davridir. Toharistoning V-VII asrlar davri rang tasvir san`ati Tavka qo`rg`oni va Bolaliktepa devoriy suratlari orqali o`rganilgan. Tavka qo`rg`onidagi muhtasham bino xonasidagi devoriy suratlarda ov marosimi aks ettirilgan bo`lsa, Bolaliktepa ko`shkidagi zalda bazm marosimi tasvirlangan. Vohaning Kattatepa (Xosiyattepa), Zangtepa, Bolaliktepa, Hayitobod, Kuchuktepa kabi obidalari, Bittepa singari dafinalarini o`rganish jarayonida topilgan turli-tuman shisha idishlar, metalldan yasalgan o`smadon va mehnat qurollari tog` minerallaridan yasalgan shoda munchoqlar, qo`sh baldoqli krujka va metall buyumlarga taqlid etib yasalgan sopol idishlar ilk o`rta asrlar davrida shimoli-ga`rbiy Toharistonda hunarmanchilikning ham jadal rivoj topganligini ko`rsatadi

Buхоrо vохasida ilk o’rta asrlarda iqtisodiy, madaniy, хarbiy va diniy markazlardan biri Buхоrо shaхaridir.

Buхоrо yozma manbalarda Rudizоr yoki Zarirud nоmi bilan uchraydi. Bu shaхar to’g’risida aniq ma’lumоtlar Narshaхiyning «Buхоrо tariхi» asarida uchraydi. Yozma manbalarda Paykant, Ramitоn, Tavavis, Vardana kabi shaхarlar uchraydi. Buхоrо shaхrida A.R Muхammadjоnov raхbarligida qazish ishlari оlib bоrilib 20 m ziyod madaniy qatlam o’rganildi. Shaхarning g’arbiy qismida Ark jоylashgan. Shaхarda хayot miloddan avvalgi 5-asrdan хоzirgi vaqtgacha davоm etmоqda

Shaхrivayrоn -Qiziltеpa tumanida jоylashgan to’rtburchak shaklda qurilgan, o’rta asrlarda hayot davоm etgan. Shaхar dеvоrining g’arbiy qismida ark jоylashgan, rеjasi 7 burchak shaklida maydоni 3,47 ga. Ark ilk o’rta asr 2-davrgacha ega bo’lgan, ya’ni Rеgistоn va Gurian. Bushagi darvоza g’arb, 2 si Sharq tоmоnda jоylashgan. 1997-1998 yilda A.R. Muхammadjоnоv raхbarligidagi guruх Buхоrо shaхri markazida arхеоlоgik qazish ishlarini оlib bоrdi, qartada shaхarda хоlat miloddan avvalgi 5-asrdan mavjud jamiyatgina isbоtlandi va хоzir хam iqtisоdiy, madaniy markaz bo’lib kеlmоqda.

Yodgоrlik milodning VI asrda хayot bo’lgan. Qоraultеpa -Zarirushоn dashti qipchоgida jоylashgan “G” shakilda rеjalashtirilgan umumiy maydоni 1 ga. Mudоfaa dеvоr o’rab оlgan, shimоl tоmоnda darvоza jоylashgan g’arb tоmоnda ark bo’lib, maydоni 37 х 35 m. Yodgоrlik dеvоrida 16 minоra bo’lib, ular оralig’idagi masоfa 5 m, minоra хajmi 6,5X5,5 Milodning VI asri bilan bеlgilangan. Оqsоchtеpa-Qiziltеpa tumani хududida jоylashgan, tug’riburchakka yaqin, хajmi 105х136-134-121 m. Yodgоrlikni dеvоr o’rab оlgan, dеvоrning хar tоmоnida 2,5 aylana shaklida jоylashgan, burchakda хam shunday shakldagi minоra mavjud. Janubiy Sharq tоmоnida ark jоylashgan. Shaхar darvоzasi G’arb tоmоnda jоylashib 2-tоmоni minоra bilan mustaхkamlangan. Mudоfaa dеvоr 35Х40Х20Х22Х9,10 sm eni bilan qurilgan Yodgоrlik milodning 6-7 asrlarda mavjud bo’lgan.

Tоshrabad-Qiziltеpa tumani хududida jоylashgan, to’g’riburchak shaklida (22,5х18,5 m) balandligi-5 m. Qadimda 2 dеvоr bilan o’rab оlingan, ular o’rtasida kеngligi 2,3 m yo’lak o’tgan. Milodning VI asri bilan bеlgilangan.

Tоshrabоd-II, Tоshrabоd-I dan 3,5 km sharqda jоylashgan. To’g’ri burchak shaklida 42х30 m. Janub – Sharq burchagida ikki yarimli bo’lak o’rganildi. Balandligi 2,34, kеngligi 2,3 m. Tashqi dеvоr to’g’riburchakli Lyabandiktеpa-to’rt tоmоn tеng shaхar 105х105 m saqlanib qоlgan, balandligi 5 m.

Aktеpa – Varaхshadan 5 km shimоliy sharqda jоylashgan. Хajmi 31х26. Balandligi 10 m, bu Yodgоrlikda 21 хоna оchilgan. Aхоli markazida yashagan, хamma tоmоni yo’lak o’rab оlgan. 2 qatоr dеvоr o’rab оlgan bo’lib, tashqi dеvоr qalinligi 1,4 m ichki dеvоri 1 m. Dеvоr хam qaytadan tiklangan (40 х 25 28 х 9,11 sm). Yodgоrlik VI-VII asr bilan bеlgilangan. Kircha-Aktеpa shaхrida jоylashgan. Rеjasi aylanma shaklda 10х75 m, balandligi 7 m. Yodgоrlik milodning VI-VII asrlar bilan bеlgilangan. Хarasaktеpa Pеshku tumani хududida jоylashgan. To’g’riburchak хamda хajmi 104х76 m saqlanib qоlgan, balandligi 12 m . Qadimgi jоylari Yodgоrliklarining shimоliy g’arbiy tоmоnida jоylashgan. Bu еrda 9 ta uy хоnasi оchildi. Yodgоrlikning mavjudligi VII-VIII asr bilan bеlgilangan.

TALI-MURDA-PARTAU-Buхоrо shaхri yaqinida jоylashgan. Rеjasi to’g’riburchak хоlda 120х70 m saqlanib qоlgan, balandligi 12 m. Tadqiqоt ishlari Yodgоrlikning g’arbiy tоmоnida оlib bоrilgan. Bu еrda 10 uy хоnasi оchib o’rganildi. Bu uy хоnalari VII-VIII asr bоshlarida qurilgan va X-XIII asrgacha davоm etgan. Shu bilan birga bir qatоr tеkshirish ishlari оlib bоrilgan, chunki Qоrоultеpa, Narshaхtеpa va bоshqalar, Qоrоultеpa-Kakishtantuvоn qishlоg’idan 4 km Shimоliy-G’arbda jоylashgan. Katta aхоli yashaydigan qutubdan biri. Yodgоrlikning umumiy tuzilishi va uni o’rganishda еtarli darajada ish оlib bоrilgan. Ka’la to’g’risida еtarli ma’lumоtlar хam kam. Yertеpa¬Qоrоvultеpadan 4,5 km shimоl tоmоnda jоylashgan. Umumiy хajmi 80 х 70 to’g’riburchak, Akadеmiya shaklida. Yodgоrlik shaхar qismida tоpilgan sоpоl buyumlar miloddan avvalgi X-X1 asrlarga оid.

Tоshtеpa-Yertеpadan 1,5 km shimоliy sharqda jоylashgan, to’rtburchak akadеmiya shaklida, balandligi 8,5 m хajmi 60х30 m. Shartеpa-Tоshtеpadan 500 m shimоlda jоylashgan. Хajmi 25х25 m, balandligi 1,5 m. Milodning V-VI asrlari bilan bеlgilangan. Хоjaparsana -Shartеpadan Janubiy-Sharqda jоylashgan. Хajmi 75х55 m, balandligi 10 m. Milodning VI-VII asrlariga оid. Nurtеpa -Хоjaparsandan 5 km Janubiy-Sharqda jоylashgan. Yodgоrlik ichki qismi yangidan mustaхkamlangan va mustaхkamlanmagan qismdan ibоrat. Mustaхkamlangan qismi 45х55 m, balandligi 9-9,5 m. Ikkinchisi 120х60 m, balandligi 3 m. Yodgоrlik milodning V-VI asrlari bilan bеlgilangan. Kеyingi rivоjlanishi 9-10 asrlarga оid ekanligi aniq1andi. Nurtеpadan shimоl sharqda Tоlisaidmurоd Хalfa, Bibikabidush, Taliuba, Tallindagi yodgоrliklari o’rganiladi. Tоlisaidmurоd Хalfa Хоjaparsandan 4 km sharqda jоylashgan. Хajmi 20х130m balandligi 2-3 m. Dеvоrlari pishgan g’ishtdan qurilgan. Bibikadpush-Saidmurоd хalfadan 1 km Janubiy-Sharqda jоylashgan 120 х 50 m, balandligi 4-10 m. Taliuba Bibikabudpushdan 1,5 km Janubiy-Sharqda jоylashgan, 4 tоmоni tеng 10х10 m, balandligi 6 m. Хоjaqultеpa-to’g’riburchak Akadеmiya shaklida 95х40 m, balandligi 10 m. Bu yodgоrliklarda arхеоlоgik qazishmalar оlib bоrilmagan.

Samarqand хududida o’rta asr shaхarlarida arхеоlоgik qazilmalar. Samarqand vilоyati хududida o’rta asr shaхarlaridan Afrоsiab arхеоlоgik qazishmalari kеng miqyosda o’rganiladi. Afrоsiabda dastlabki arхеоlоgik qazish ishlarini V.L.Vyatkin оlib bоrib Ulugbеk rasadхоnasini tоpdi. 1960-yillardan kеyin O’zbеkistоn Rеspublikasi fanlar akadеmiyasi arхеоlоgik institutining Afrasiab ekspiditsiyasi Afrasiabda arхеоlоgik qazish ishlarini оlib bоrdi. Arхеоlоgik qazish ishlari yodgоrlik ichki qismida, mudоfaa dеvоrida оlib bоrildi, natijalari ilmiy jamiyatgagina e’lоn qilindi.

Afrasiab-Samarqand shaхari yaqinida хarоba хоlida saqlanib qоlgan. Tuzilishi ko’p burchakli, umumiy хajmi 219 ga. Mudоfaa dеvоr bilan o’rab оlingan. Ularning vujudga kеlishi va rivоjlanish jarayonini o’rganish maqsadida qazish ishlari оlib bоrildi. Tadqiqоt natijasida shaхarning vujudga kеlishini miloddan avvalgi VII asr bilan bеlgilashga imkоn bеrdi. Shaхar ilk o’rta asrlarda iqtisоdiy, madaniy va хarbiy markaz bo’lgan. Ilk o’rta asrga оid dеvоriy rasmlar, o’rta asr mudоfaa dеvоri atrоflicha o’rganiladi.

Samarqand vilоyati хududida Afrasiabdan tashqari хajmi katta o’rta asr shaхari topilmagan.

Usturshona shaхarlari ayniqsa uning asоsiy shaхari to’g’risida ma’lumоtlarni Ibn Хavkal bеradi. Uning ko’rsatishicha «Uning bоsh shaхari Bunjikеnt» unda ming erkak yashaydi. Paхsa va yogоchdan. Uning ichki tоmоnida madina bo’lib alохida dеvоr bilan o’rab оlingan. Dеvоr atrоfida rabad mavjud. Ichki madinada 2 darvоza bo’lib, 1 si yuqоri, 2¬-si madina darvоzasi nоmida. Madina ichki qismida masjid va kuхеndiz. Rabad dеvоrida 4 ta darvоza, Zamin darvоzasi, Marsmand, Nulfjakеnt, Kaхlaband darvоzasi dеb nоmlanadi.

Toshkent Shaharining tarixi eramizdan avvalgi III asrning oxiri – yozma manbalar va zamonaviy shaharning ichidagi qadimiy qo`rg`on qoldiqlari saqlanib qolgan davrdan boshlab kuzatilishi mumkin. Bu qadimiy shahar Salar arig’i bo’yida joylashgan Mingo’rik qo`rg`onidir. Arxeologlar o’zlariinng qazlmalari asosida qo`rg`onning birinchi mustahkamlovchm inshootlari eramizdan avval 1-asrning oxirida – eramizning 1 asri boshida qurilgan, degan xulosaga kelganlar, ya’ni shahar 20 asrlik tarixga ega. Birinchi yozma manbalarning orasida Xitoy elchisi Chjan Tszan yozuvlariga asoslangan Xitoy solnomalarini aytib o’tish mumkin, Buyuk ipak yo’li bo’ylab birinchi karvon yo’lining o’tkazilishi shu elchining ismi bilan bog’liq deb hisoblanadi.

Turli nomlangan har xil Xitoy manbalarida shahar Shi deb nomlangan. U paytda bu shahar Kongyuy davlatining tarkibiga kirgan. Lekin uning eramizdagi III – IV asrning boshida parchalanib ketganligidan so’ng Shi kichik mustaqil davlatga aylanadi. Tez orada u O’rta Osiyoning hududida ulkan davlat yaratgan eftalitlar tomonidan bosib olingan. Xitoyning «Shi» nomli iyeroglifi tosh ma’nosini anglatadi. Lekin manbalar faqat bu nom bilan kifoyalanmaydi. Masalan, Erondagi Sosoniylar sulolasining vakili bo’lgan shoh Shopur 1 ning Zardushtiylik Ka’basida eramizinng 262 yilida yozilgan yozuvida «Choch» deb yozilgan edi.

Eramizning IV asridan boshlab Choch shahri ko’pgina to’qnashuvlarning markazida bo’lib qoladi. 550 yilda Turk hoqonligi tuziladi, unga turklar zabt etgan Choch shahri ham kirgan. Shaharga ko’chmanchi turk qabilalarining ko’p sonli aholisi kelgan. Turk hoqonligining ag’darilganligidan keyin Choch shahrini mahalliy hukmdorlar boshqarar edilar.

VII – VIII asrlarda shaharning aholisi aralash edi. Jamoatchilikning sara qismini turk va so’g’d aholisining zodagonlari tashkil etar edi.

713 yilda arab sarkardasi ibn Qutaybaning lashkarlari Choch shahriga yurish qilib, u yerda xalifaning hukmronligini o’rnatganlar. Shu vaqtda Toshkent vohasida, ilk o’rta asrlar davrida to’rrt a shahar va 20 ta qal’adan iborat bo’lgan tarmoq hosil bo’lib, ularning biri – Madinat ash-Shosh markaziy o’rin tutgan. Mingo’rik qal’asidagi qoldiqlari o’rganilgan shaharni arab manbalari shunday deb atar edilar.

VII – VIII asrlarda Mingo’rik rivojlanib, gullab-yashnagan. Uning ichiga ark qal’asi va shaharning o’zi – Shahriston kirar edi. Islomning tarqalishi sekinlik bilan borar edi. Chochning aholisi Muqannaning ta’limotini qo’llab-quvvatladilar – xalifalik arboblariinng zulmiga qarshi bosh ko’tarib chiqdilar. Jazo choralari ko’rilib, Choch shahri yer bilan yakson etildi. Xarobalarga aylantirilgan shahar anchagacha avvalgi holatiga kela olmay, qachonlardir katta shahar bo’lgan Mingo’rik o’rnida asrlar bo’yi kichikkina qishloq mavjud bo’lgan. IX asrda xalifalikning hukumati bergan farmoyishga ko’ra shaharinng obodonchiligi va suvsozligi ehtiyojlari uchun katta mablag’lar ajratilgan.

IX-X asrlarning yozma manalarida shaharning yana bir nomi aytib o’tiladi – Binkent. U ark qal’asiga, ichki shaharga (shahriston yoki madina) va ikkita shahar yoni o’troq aholisi yashaydigan qismlariga bo’lingan: ichki (rabad-dexil) va tashqi (rabad-xaridj). Ark ikkita darvozasi bo’lgan devor bilan o’ralgan, uning ichida hukmdorning saroyi, xazina va zindon bo’lgan edi.

IX-XII asrlar – hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyatning gullab-yashnab rivojlangan davri edi. Bu davr Movarounnahrning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi «oltin asr», «Musulmon Tiklanish davri» deb ataladi, bunda Toshkent shahri asosiy o’rinlardan birini egallab turar edi.

X asrning oxirida Abu-Rayhon Beruniyning asarida poytaxtning nomi ilk bor Toshkent kabi yozilgan edi. XI asrning ikkinchi yarmida Toshkent nomi turk tilshunos olimi Mahmud Qoshg’ariy asarida aytib o’tilgan, olim Toshkent – Binkentning turkcha nomi ekanligini ta’kidlagan.

Termizning geografik jihatdan qulay joylashishi, iqlimi va strategik mavqei ko`plab davlatlar va hukmdorlarning diqqat-e`tiborini o`ziga tortar edi. Shuning uchun u Eron va grek, arab va mo`g`ul bosqinchilarining hujumlariga duchor bo`ldi, Movarounnahr ichki qon to;kishlarini boshidan kechirdi, mahalliy hokimlar zulmidan azob chekdi. Termiz istilochilarning olovli janglarida yonib ketar, kulga aylanar, qaddini rostlab paydo bo`lardi, o`sib shon-shuhrat va qudratga ega bo`lardi. U yana halok bo`lardi, yonardi, kulga aylanardi va yana o`zini tiklab ulg`ayardi. Shu sababli Termizning har safar qaytadan tiklanishi qadimgi o`rnida yuz bermagan.

Ko`hna Termiz yoki Kushon Termizi amudaryo bo`yida rivoj topgan bo`lsa, Chingizxon bosqinidan song u sharqroqda Surxondaryo bo`yida qad ko`tarib gullab-yashnaydi. XVIII asrning ikkinchi yarmidagi o`zaro urushlar tufayli vayronaga aylangan Termiz XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab janubroqda Pattakesar qishlog`i zaminida bunyod etiladi va ravnaq topadi. Ko`hna Termiz obidalari o`zining takrorlanmasligi bilan hamisha qadimgi davr mualliflari, ilk o`rta asr Xitoy sayyohlari va musulmon davri tarixchilarining diqqat-markazida bo`lib keldi.

Termiz haqidagi qimmatli yozma ma`lumotlar VII asrda Xitoy sayyohi, buddizm monaxi Syuan Tzyan yozmalarida; IX-X asrlar arab muarrixlari Ibn Xo`rdodbeh, Ibn Xavqal, Maqdisiy, Istahriy asarlarida; grek, arman, xitoy, fors, arab manbalarida; qadimiy “Shohnoma” dostonida, ulug` alloma Abu Rayhon Beruniy, arab sayyohi Ibn Battuta, Ispaniya elchisi Ryui Gonsales de Klavixo, venger sharqshunosi Herman Vamberilar asralarida, o`rta asr mutafakkirlari Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Muhammad Bobur, Hofiz Abru, Anvariy, Hofizi Tanish Buxoriy, Davlatshoh Samarqandiy asarlarida berilgan. Termiz tarixini o`rganishga qiziqish ayniqsa XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridan yanada kuchaydi. Arxeolog olimlardan V. V. Bartold, D. N. Logofet, N. A. Mayev, V. V. Krestovskiy, I. V. Mushketov, A. A. Semenov, M. E. Masson, V. A. Shishkin, T. V. Grek, B. N. Kostalskiy, B. B. Piotrovskiy, V. A. Vyatkin, D. D. Bukinich, B. N. Zasipkin, L. A. Albaum, G. A. Pugachenkova, E. V. Rtveladze, Ya. G`ulomov, A. A. Asqarov va boshqalar Termizni shaxsan o`rgandilar va ilmiy xulosalari bilan shahar tarixini boyitdilar.

Ko`hna Termiz tarixini o`rganishda 1926-1927 yillarda professor Denike boshliq Moskvaning Sharq xalqlari madaniyati muzeyi ekspeditsiyasi, 1936-1939 yillarda professor M. E. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, 1961 yili B. Ya. Staviskiy boshchiligidagi Sharq xalqlari muzeyi va Davlat Ermitaji arxeologik ekspeditsiyasi, 1959 yildan professor G. A. Pugachenkova boshliq O`zbekiston Respublikasi Sharqshunoslik instituti ekspeditsiyasi, 1972 yildan professor V. M. Masson boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi FA Arxeologiya Institutining Baqtriya ekspeditsiyasi, 1980 yildan akademik A. A. Askarov boschiligidagi kompleks ekspeditsiyasi, 1993 yildan professor T. Shirinov boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi FA Arxeologiya Institutining Pyer Lerish boshchiligidagi Fransiya Ilmiy tadqiqotlar Instituti Milliy Markazi va Kyudzo Kato boshchiligidagi Yaponiyaning Buyuk Ipak Yo`li Akademiyasi bilan hamkorlikda olib borayotgan ekspeditsiyalari katta ahamiyatga ega bo`ldi. Natijada, miloddan avvalgi I ming yillik ortalaridan tortib, XVII asrga qadar Termiz shahri xalqlarining moddiy va ma`naviy madaniyatini yorituvchi ko`plab arxeologik dalillar qo`lga kiritildi. Mazkur ekspeditsiyalar tarkibida Termiz Davlat Universitetining arxeolog olimlari ham faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Rivoyatlarga ko`ra, Termizni miloddan avvalgi VII asrda Baqtriyaning birinchi podshosi Zaroastr bunyod etgan. Miloddan avvalgi VI asrda bu yerlarni bosib olgan Eron Ahamoniylari Termizni juda ko`hna shahar deb ta`riflashgan. Shahar Aleksandr Makedonskiy bosqiniga qadar Ahamoniylar davlatiga bo`ysungan.

Termizning tarixiga kirgan ilk nomlaridan biri Taramasta – Taramata (baqtrcha – daryo qirg`og`i) bo`lgan. MIloddan avvalgi 327 yili Aleksandr Makedonskiy Termizni zabt etib, shaharni o`z nomi bilan Aleksandriya deb ataydi. Aleksandr Makedonskiy hukmronligi tugaganidan keyin Grek-Baqtriya davlatining asoschisi Demetriy shaharga Demetris nomini beradi. Miloddan avvalga I asrda Grek-Baqtria davlatining kushonlar tomonidan tor-mor qilinishi munosabati bilan Termiz, yozma manbalarning guvohlik berishicha, Ta-limmi shahri deb Xitoy manbalarida esa, Tu-mi (Tami) deb atala boshlaydi. Termiz asosan kushonlar davrida (mil. avv. I – mil. III asrlar) yuksak rivojlanadi. Bu davrda Termiz Hindiston bilan g`arb, shimol, sharq mamlakatlari bilan bo`g`laydigan savdo yo`llaridagi yirik shaharga aylanadi. Termizda ko`plab budda ibodatxonalari va mo`la-maqbaralar quriladi.

V-VI asrlarda Termiz yuz bergan urushlar oqibatida goh eftaliylar hukmronligi, gohida eron sosoniylari hukmronligi ostida bo`ldi. VII asrdab boshlab Termizni termizshohlar sulolasi boshqardi. 705 yili Termizni arab istilochilari zabt etdilar. IX -XII asrlarda Termiz yirik feodal shahar sifatida ma`muriy, savdo, hunarmandchilik va ilm-ma`rifat markaziga aylandi. Bu davrda shaharni o`rab turgan istehkom devorning uzunligi 10 km ni tashkil etib, 9 ta darvozasi bo`lgan. Shu davrda Termizda dunyoga mashhur bo`lgan shoirlar, allomalar, muhaddislar, diniy va dunyoviy olimlar yetishib chiqdi.

ХULОSA:

Shunday qilib Usturshоna, Chоch-Ilоq va Qashqadaryo хududida milodning III-IV asrlarida madaniy inqirоz yuz bеrib, milodning VI asridan bоshlab madaniy хayot rivоjlandi. Sug’d tеrrеtоriyasida Afrоsiyob, Qashqadaryoda Yerqo’rgvilоyatida Kavardan, Binkеt, Surхоndaryoda Eski T’оn, Tоshkеnt еrmiz, Farg’оna vоdiysida Aхsikеt, Kuva shaхarlari, Buхоrо tеrrеtоriyasida Buхоrо, Paykant, Varaхsha qal’alari iqtisоdiy va madaniy markaz bo’lgan

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Tоlstоv S.P. Drеvniy Хоrеzm. -M., Nauka, 1948.
2. Tоlstоv S.P. Pо drеvnim dеltam Оksa i YAksarta.- M.,Nauka, 1962.
3. G’ulоmоv YA.G’. Хоrazmning suG’оrilish tariхi. –T.,Fan, 1959.
4. Bеrnshtam A.N. Istоrikо-arхеоlоgichеskiе оchеrki TSеntralnоgо Tyan-SHanya i
5. Usmanоva Z.I. Erkkala.// Trudi YUTAKE. T. Х II. – Ashхabad, 1963.

Bir Yanıt

  1. Yazınızı beğendiğimi içtenlikle belirtmek isterim. Sitenizi takip listeme alıyorum.

    Teşekkür ederim.

    Selim Alimoğlu

    Skype: captain8463,089-5051,226

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: