Adigey xalq maqollari


•Bolasiz uyda baxt bo‘lmaydi.
• Boy boshpanasiz bo‘lmaydi.
• Boshlanmagan ishga ilon o‘tiradi.
• O’z uyasida sichqon ham botir.
• Ayiqning boshini ko‘rdingmi ― uning izini qidirma.
• Shirin taom odamni quvnatadi.
• Ho‘kizga semizlik, yigitga qotmalik yarashadi.
• Bo‘ri qaysi cho‘ponning qo‘yini o‘g‘irlash mumkinligini uning qalpog‘idan biladi.
• Qarg‘a go‘sht bor joyda aylanadi.
• Tarbiya ― bebaho boylik.
• Tabibga hamma do‘st.
• Qishloq ahlining hammasi ahmoq bo‘lolmaydi, ahmoqlar ichida aqllisi ham topiladi.
• Mushuklar yo‘q joyda sichqonlar erkin yuradi.
• Qaerda yaxshi qariyalar bo‘lmasa, yaxshi yoshlar ham bo‘lmaydi.
• Qaerga qo‘ysang, o‘sha yerdan olasan.
• Asal qaerda bo‘lsa, asalari ham o‘sha yerda.
• Qaerda shovqin ko‘p bo‘lsa, u yerda aql kam.
• Ahmoq zahirasini tez yeb qo‘yadi.
• Avval o‘ylab, so‘ng gapir, avval ko‘rib, so‘ng o‘tir.
• Mehmon tayyor, mezbon doim tayyor bo‘lavermaydi.
• Mehmon qo‘ydan ham sipo.
• Tuya ham yiliga bir marta xursandchilik qiladi.
• Suvda ikkita tosh bo‘ldimi, to‘qnashadi.
• Ikki qirg‘iy urishsa, o‘ljani qarg‘a olib qochadi.
• Ikki qichima ot ― do‘st.
• Birinchi marta tikayotgan qiz tikishni o‘rganayotgan qariyaga o‘xshaydi.
• Ayiq bo‘rini jundor deb o‘ylaydi.
• O’nta sichqon birlashib, katta pishloqni o‘g‘irlaydi.
• Ko‘r uchun oy nur sochmaydi, bolasiz xotinning chaqalog‘i yig‘lamaydi.
• O’lgan bo‘riga pichoq o‘qtama.
• Do‘st ― sening oynang.
• Qorin to‘q bo‘lsa, non xomga o‘xshaydi.
• Yo‘lboshchi yaxshi bo‘lsa, uning ortidagilar ham yomon emas.
• Jangchining ruhi tushsa, oti ham sakramaydi.
• Agar sutga uzoq termulsang ― unda qonni ko‘rasan.
• Bilmasang, so‘rash ayb emas.
• Seni do‘pposlaganni sen ham urmasang, u sening qo‘ling borligini bilmaydi.
• Maslahat qilishga hech kim topilmasa, qalpog‘ingni yech-da, u bilan maslahatlash.
• Agar bir erkak seni uch marta aldasa ― sen ahmoqsan, agar bir chuqurga uch marta qulasang ― sen ko‘rsan.
• Burgut qanotini hadeb qoqaversa, uziladi.
• Qalbing ko‘rmaganini ko‘zing ham ko‘rmaydi.
• Ko‘p eshitsang ― kam gapirasan.
• Bahs janjal bilan tugasa, begonalar zarar ko‘radi.
• Sen haq bo‘lsang ― kuchlisan.
• Birga yeyish maza, birga ishlash mazza.
• Ajrashmoqchi bo‘lgan ayolingni badnom qilma.
• Hasadchi baxtsiz bo‘lib qoladi.
• O’limda ham mardlik bor.
• Jim turganda ahmoq ham aqlli.
• Aldamasa qopqon ham tutolmaydi.
• Choynakdan unda yo‘q narsa quyilmaydi.
• Yerni qanday parvarish qilsang, bahosi shuncha ortadi.
• Itingni qanday nomlasang, uni shunday atashadi.
• Kitoblar ― bilimlar kaliti.
• Qarg‘aga ko‘z berilganida qosh ham so‘ragan ekan.
• Yem oz bo‘lsa, buzoqcha to‘ymas bo‘lib qoladi.
• Yolg‘onchi rost gapirsa ham hech kim ishonmaydi.
• Bolakay yugurganida qariyaning oyog‘i og‘riydi.
• Cho‘pon ko‘p bo‘lsa, qo‘ylar harom o‘ladi.
• Daryo qariyani oqizib ketganda, u ham “oyi” deb baqirgan ekan.
• Kimning boshi chiroyli deyishganda, toshbaqa boshini chiqargan ekan.
• Kimni xo‘jayin desang, u seni quldek qabul qiladi.
• Mozorga olib borilgan odamni qaytarib olib kelishmaydi.
• Shoxsiz echki shoxim o‘smayapti-yu deb, o‘zini yoshman deb o‘ylarkan.
• Sen bilan ishi yo‘q odamga bosh og‘riqlaringni gapirma.
• Otingga va xotiningga ishonib qolma.
• Suti oz sigir boshqalardan ko‘p ma’raydi.
• Suyakni go‘sht bezaydi, badanni kiyim.
• Yirik yomg‘ir tez o‘tib ketadi.
• Otdan qo‘rqqan egardan ham qo‘rqadi.
• Tuz yegan suv ham ichadi.
• Oziga rozi bo‘lmagan, ko‘piga ham rahmat demaydi.
• Asal yegan qo‘lini ham yalaydi.
• Kim bolani boqsa, o‘sha unga ona.
• Ko‘p yashagan ko‘p biladi.
• O’tirganingda seni ko‘rmagan turganingda ham e’tibor bermaydi.
• Aytishdan uyalmagan qilishdan ham uyalmaydi.
• Kattalarni hurmat qilmaganni boshqalar ham hurmat qilmaydi.
• Vabodan omon qolgan ichkilikdan o‘libdi.
• Kim avvalroq o‘lsa, uni oldinroq mozorga olib borishadi.
• O’z joyini bilmagan joysiz qoladi.
• Shirin so‘z qalbni yumshatadi.
• Yaxshi qo‘zi ikki onani emadi.
• O’rmonga va qorong‘i kechaga o‘z sirlaringni ishonma.
• Ahmoq do‘stdan aqlli dushman afzal.
• Yomon yo‘ldoshdan, yaxshi qurol afzal.
• Yoshga yo‘l-yo‘riq beradilar, qariga o‘rgatadilar.
• Erkak erkakligicha o‘ladi.
• Onasini ko‘rib, qiziga uylan.
• Tikan bor joyda tikan o‘smaydi.
• Kimning aravasida o‘tirsang, o‘shaning kuyini chal.
• O’g‘rining umidi boshqalarning bilib qolmasligida.
• Ishdayam, yo‘lda ham sinalmagan odamni so‘kma ham, maqtama ham.
• O’zing ichadigan suvga o‘lik itni tashlama.
• Uxlayotgan ayiqni uyg‘otma, qo‘rqmaydigan odamdan xafa bo‘lma.
• Qilichni ikki marta chiqarma, so‘zingni ikki marta qaytarma.
• Iting tishlamasligini va oting sakramasligini hech qachon gapirma.
• Yiqilgan odamdan kulma.
• Tarbiyasizlik ― tuzalmas kasallik, ahmoqlik ― chorasiz kasallik.
• Belgilanmagan muddat ― uzoq, belgilangani tez keladi.
• Qo‘l uchida ekilgan nihol qurib qoladi.
• Kechasi yaqindagi yonayotgan alangaga borma, uzoq bo‘lsa-da it hurigan joyga bor.
• Oti bor qolib, egari bor manzilga yetdi.
• Farzandsiz ota ― suyaksiz go‘sht.
• Qo‘rqqan jangchini uzoq ta’qib qilma.
• Piyoda doim chavandozdan kuladi.
• Yomon xabar tez tarqaladi.
• Yomg‘irdan so‘ng to‘nni olma.
• Onaning odatlari qiz uchun andoza.
• Mehmonning kelishi ― o‘zining ishi, ketishi ― mezbonning.
• Kalla bo‘shligi ― oyoq og‘rig‘i.
• Sigirning oyog‘i buzoqni o‘ldiradimi?
• Echkidan buzoq tug‘iladimi?
• Qilich yarasi bitadi, tilniki bitmaydi.
• Kamtarlik ― eng chiroyli kiyim.
• Go‘ngqarg‘aga bolasi chiroyli.
• Yomonlik qilib, yaxshilik kutma.
• Yolg‘onchining so‘zi qumga yozilgan kabidir.
• Itni aybsiz o‘ldirma, aybsiz ayol bilan ajrashma.
• Musobaqalashgan boyiydi, makr qilgan tarqab ketadi.
• Eski do‘st dushman bo‘lmaydi, eski dushman do‘st bo‘lib qolmaydi.
• Eski do‘st eski kumush kabidir.
• Uch kishi bilgan sir ― sir emas.
• Xola ― ona kabidir, amma ― ota kabidir.
• Qo‘rqoq oldin uradi.
• Qo‘rqoq o‘z maydonida ham qo‘rqadi.
• Kambag‘alning terisi qalin.
• Boyning iti ham maysada o‘tlaydi.
• Har ishning o‘z gali bor.
• Mehmoni ko‘pning bolalari och qolmaydi.
• Kimning ko‘ylagi temirdan bo‘lsa, unga temir igna kerak bo‘ladi.
• Kimning kamchiligi ko‘p bo‘lsa, u boshqalardan kamchilik qidiradi.
• Oyoq kiyimi qisayotgan va yeydigani kam odam ― bir xil vaziyatda.
• Kimda 1 farzand, kimda 40 ta ― hammasi qadrli.
• Yolg‘onchining bitta rosti bor edi, uniyam it yeb qo‘ydi.
• Yolg‘onning oyog‘i qisqa.
• Aqllini ko‘rolmaydiganlar ko‘p.
• Chumolining o‘limi oldidan qanoti o‘sadi.
• Kimdadir o‘nta po‘stin, boshqa o‘n kishida po‘stin yo‘q.
• Yaxshi odamning xotini yarim yo‘lda qolmaydi.
• Aqlning bahosi bo‘lmaydi, tarbiyaning ― chegarasi.
• Aql ― sharaf, boylik ― baxt.
• Eskini maqtab, yangisini ol.
• Ayyordan maslahat olma.
• Mavsum oxiridagi yaxshi havo va boyvuchcha bilan do‘stlik doimiy bo‘lmaydi.
• Yaxshi xo‘kizni buzog‘idan bilasan.
• Yaxshi qurol ― yaxshi yo‘ldosh.
• Cho‘pon ochlikdan o‘lsa, “uning qorni yog‘ bosib ketgan” deyisharkan.
• Tekinxo‘r akadan mehribon do‘st yaxshi.
• Bir qishloq to‘la qarindoshdan, har qishloqdan bitta qarindosh afzal.
• Umuman opasi bo‘lmagandan bitta ko‘r opa afzal.
• Qalbga yoqimli narsa ko‘zga ham chiroyli ko‘rinadi.
• Ko‘r nimani topsa, qattiq ushlaydi.
• Qarilar uchun aytilganini ― bajar, yoshlar uchun tayyorlanganini ― ye.

Davronbek Tojiali tarjimalari – Ziyouz

Bookmark and Share

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: