Lak xalq maqollari


• Har kuni bitta bo‘lsa-da yaxshi so‘z eshitish lozim. Aks holda quloq eshakniki kabi o‘sib qoladi.
• Sher birovdan qolganini yemaydi.
• Dunyoning to‘rt tarafi bor. Uchtasi yopiq bo‘lsa, bittasi doim ochiq turadi.
• Dushmanning boshog‘i ham nayzadek sanchiladi.
• Agar ikki kishi birlashsa qoyani ham ag‘daradi.
• Agar uch marta maqtasang, eshakning axlati ham sakrab yuboradi.
• Ona ― uyning tayanchi.
• Balodan qo‘rq, ofat kelsa mard bo‘l.
• Olam ― shamol tegirmoni, charchamasdan aylanaveradi.
• Qunduzning bolasi suzishni bilmaydigan bo‘lmaydi.
• Chopon va qiyiq kiygan har erkak qahramon bo‘lavermaydi.
• Xipchin bilan savalashdan oldin otga qara.
• Odamning qandayligini bilguncha bir pud tuz yeb, daryo suvini ichib yuborasan.
• Qoshiq bilan dengizni to‘latolmaysan.
• Vataning ― ona, o‘zga yurt ― o‘gay.
• Qoya qulasa bir ustun chang ko‘tariladi.
• Hakka o‘zini burgut deb o‘ylaydi, bo‘tqa ― osh deb.
• Manmanlik qadr-qimmatni o‘ldiradi.
• Baxtni qilich bilan sindirib bo‘lmaydi, kuchni ― tanbeh bilan.
• Chin dildan achingangina achchiq so‘z aytadi.
• Yolg‘onchining bir oyog‘i olovli, yana biri ― mumli.
• Haddan tashqari sog‘lik ― kasallik.
• Boyisang ― o‘zingdan ketma, kambag‘allashsang ― kuyinma.
• Kasallik katta savat bilan kirib, ignadek teshikdan chiqib ketadi.
• Og‘riqni his qilgan ― kasal.
• Tez oqar daryo dengizgacha borolmaydi.
• Sichqonni otgan ovchi sherni otolmaydi.
• O’zing ichgan buloqqa tosh tashlama.
• Qo‘lida chiroq ushlab olov qidiradi.
• Mushuk yo‘q joyda sichqonlarga bayram.
• Ko‘z bilan ko‘rgan quloq bilan eshitgandan afzal.
• Moli o‘g‘irlangan hammadan gumon qiladi.
• Qarg‘a cho‘milsa ham oqarib qolmaydi.
• Dushman kulishga majbur qiladi, do‘st ― yig‘lashga.
• Dushman oyoqqa qaraydi, do‘st ― ko‘zga.
• Sutni sog‘ish oson, uni qaytarib quyib ko‘r-chi?
• Birga qarshi ikki kishi ― qo‘shin.
• O’rmondan uzoq daraxt o‘rmon tomonga egiladi.
• Yaxshi so‘z po‘latni kesadi.
• Buqadek o‘sibdi-yu, buzoqdek aqli yo‘q.
• Agar gapirayotgan ahmoq bo‘lsa, eshituvchi aqlli bo‘lmog‘i kerak.
• Agar ko‘p yesang, asal ham achchiqqa o‘xshaydi.
• Agar ilonning boshini majaqlamasang, dumidan tutishdan naf yo‘q.
• O’zingnikilar seni hurmat qilmasa, boshqalardan hurmat kutma.
• Qalb xohishi ― badanga malham.
• Ot bo‘lganda otxona yo‘q, otxona bo‘lganda ― ot.
• Bo‘sh dasturxonga duo o‘qilmaydi.
• Qiyinchilik ortidan yengillik keladi.
• Tilla tanga doim kichik.
• Bitta yog‘ochdan ko‘mish uchun kurak ham yasaydilar, asal uchun qoshiq ham.
• Otxonaga qancha ot kirgan bo‘lsa, shuncha ot undan chiqadi.
• Har bir qush o‘z uyasini sevadi.
• Daryoga tashlangan tosh unga oyoq qo‘yish uchun kerak bo‘lib qoladi.
• O’lim kelib qolganda chumolining ham qanoti o‘sadi.
• Oz bilan kelisholmagan ko‘p bilan ham kelisholmaydi.
• Mushukning to‘yi ― sichqonga kulgi.
• Mushukka to‘y ― sichqonga o‘lim.
• Sevimli go‘zalmi, go‘zal sevimlimi?
• Gapga chechan otda, ot egasi piyoda.
• Sababsiz urishgan kelishuvsiz yarashadi.
• Ko‘p ko‘rgan ko‘p biladi.
• O’zini maqtagan ― ahmoq, o‘z bolasini maqtagan ― toza ahmoq.
• Ona qanday bo‘lsa, qizi ham shunday.
• Qaldirg‘och kunni boshlaydi, bulbul yakunlaydi.
• Muz yupqa joyidan yoriladi, teri ― chirigan joyidan.
• Yaproq to‘kiladi, daraxt yashaydi.
• Bo‘ri bilan echki do‘st bo‘lolmaydi.
• Daydi it ichgani bilan dengizning suvi iflos bo‘lib qolmaydi.
• Agar taklif qilishganida olmasang, so‘ng so‘rashga to‘g‘ri keladi.
• Hamma mo‘ylovdor ham erkak emas; mo‘ylov mushukda ham bor, soqol takada ham bor.
• Uzumni ye ― bog‘ini so‘rama.
• Yomonni ko‘rmay yaxshiga baho berolmaysan.
• Kemaning ichida suzma, kema sarboni bilan tortishma.
• Hech kim o‘lmaslik suvini ichgan emas.
• Ko‘kka o‘rlagan yong‘in tez so‘nadi.
• Xonlikni bir kishi boshqarolmaydi.
• Katta boylikdan ko‘ra dononing birgina so‘zi qadrli.
• Eshak chang ko‘p joyda o‘tlaydi.
• Quruq so‘z bilan o‘t ko‘karib qolmaydi.
• Yomon kun yaxshilik bilan yakun topadi, ammo yomon odamni to‘g‘rilab bo‘lmaydi.
• Onasini ko‘rib qizini ol, biyani ko‘rib ― toychoqni.
• Yaxshi so‘z yarani davolaydi.
• Ovulingning qadriga o‘zga yurtda yetasan.
• Asal haqida gapirgan og‘iz shirin bo‘lib qolmaydi.
• Faqatgina uyda yonayotgan chiroq yorug‘lik beradi.
• Mehrsiz oila ― ildizsiz daraxt.
• Buloqda o‘tirib suv ichmasdan bo‘lmaydi.
• Aytilgan so‘z ― oq kumush, sukut ― qizil oltin.
• So‘z ko‘chada qoladi, mulk ― uyda.
• Qo‘shnining tovug‘i g‘ozdek ko‘rinadi.
• Qarib qolgan bo‘ri chigirtka yeydi.
• Tig‘ bilan erisholmaganingga yaxshi so‘z bilan erish.
• Yolg‘onning oyog‘i uzun.
• Qo‘rquvda uyat bo‘lmaydi, kuchda ― haqiqat.
• Ish bitsa ― xo‘jayin tufayli, bitmasa xizmatkor aybdor.
• Sarimsoq Makkaga borib kelsa ham shirin bo‘lib qolmaydi.
• Daryoning qanchalik chuqurligini bilish uchun unga tosh otadilar.
• Begona qo‘l bilan chayono‘tni yulish oson.

Davronbek Tojiali tarjimalari – Ziyouz

Bookmark and Share

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: