Avg’oniston O’zbek ma’osir adabiyoti yo’lidagi to’siqlar


Avg’oniston O’zbek ma’osir adabiyoti yo’lidagi to’siqlar va muammolar

Avg’oniston, jahon O’zbeklarining son jihatdan ikinchi va O’zbek tilining rivoji taraqqiyotiga ko’ra birinchi markaz hisoblanadi. O’zbekiston O’zbeklarining siyosi gegrafi vatani bo’lishiga qaramay O’zbek tili va adabiyoti taraqqiyot bosqichlaridan gap chiqqanda ularning eng yuksak cho’qisida Turgan Amir Ali Shenanavoyi hozirgi Avg’oniston hududiga qarashli Herotda tug’ildi u yerda o’sdi va ejod etdi va nihoyatda uning vafotiham shu yerda yuzberib maqbarasi ham ana usha yerda. Mavlono majlisi va uning ejodi balx saroyi bilan bog’liq Zahiraddin Muhammad Bobur hayotining kata qismi, ejodiyoti hamda to’prog’i kobul bilan ko’r chiqin yeb qolgan. Boborahim mashrab ning hayoti ejodi fa’oliyati hamda ,vafoti Balx va qatag’an bilan japs bog’liq, uning maqbarasi ham taxor viloyatining ishkamish mintiqasida .
Shunday ekan hozirga kelib madani qashoqlik bilan kun kechiramiz? negadir asli qiyofamizni ko’rsatishga muaffaq bo’lmay turibmiz? Bu so’roqlarning barchasiga javob aniq. Turk xalqi oldingi eski va afsonavi davrlarga qaramasdan ma’lum tarix – ya’ni ikimingu sakiz yilning qarib 1800 yilida biz yashab turgan zamin, uchdan iki hissasi bo’lmish Osiyo, Avrupa va Afrika qita’alarida hukumat qilib, bu uzoq asrlar davomida Turk emprato’rlari Xizmatida afsonavi tarix egalari ming bir xil makru hila va fitnalarni uyushtirish bilan so’ngi turk emprato’rligini inqrozga uchratib uning gegrafi hududini ana usha buyuk turk emprato’rligining birinchisidir.

Buyuk Turkiston va keyinchalik Usmonilar emprato’rligiga tegishli yerlar bo’linganidan so’ng janubi Turkiston yaa’ni shimoli Avg’onistondagi Turki til so’zlavchilar asosan O’zbklar va Turkmanlarning ham siyosi va ham ijtimoa’i – madani faa’oliyalari qattiq nazorat ostida qoldi. Abdulrahmon xon dan Amonilloh xon hokimiyati davrigacha o’zbek turkman xalqlari qatl om etildilar, o’z yashayotgan uy va joylaridan zo’rg’a ko’chirildilar, badrag’a etildilar, taxor, qunduz, bag’lon, samangon, balx, juvzjon, sarpul, va foryob viloyatlaridagi aholi tarkibini o’zgartirish maqsadida olib borilgan foshistik asimilasiyun harakatlar haliham ayrim keksa insonlarimizning eslarida. Hozirgi hijri shamsi a’srimizning birinchi choyragida O’zbk Turkman xalqlari ustidagi zo’ravonlik va bosimlar ham yangi tus kasb etdi. Turkiyada Oli ta’alimot ko’rgan bir doya, onadan ham mehrabonroq bir qiyofada zohir bo’ldi, bu tuban zot Muhammad gulxon Muhmand edi, uni ot va ovozasini eshitmagan kishi yuq deb o’yleyman. Muhammad gulxon Muhmand shumol tanzimiyasi ning boshlig’i bo’lib tainlangach, asrlardan beri butun turkiston a’na’navi maktab va madrasalarining darslik kitoblari yetarli darajada ko’p emas ularni qayta chop etish kerak degan fikirni ilgari suradi. Xalq uning so’zlariga ishonib, o’z qo’llaridagi bu kitoblarning noyob nisxalarini va hatto qo’lyozmalarni keltirib unga topshiradilar. Turki zabon xalqlarning madaniyatini va kimligini yuqotish uchun bellini uch yerdan bog’lagan Muhammadgulxon Muhmand esa bunga ham ko’nmay qishloqlardan bunday kitob va qo’lyozmalarni besh o’n barobar aqchaga sotib olishga urinadi, oladiham. U Turk O’zbeklar madaniyat va kultur binosini Quritish maqsadida Turki xalqlar milli kiyimi hisoblanmish 36 minga yaqin To’nni (jelak) Turkiston bozorlaridan to’plab usha turli bahonalar bilan yeqqan noyob kitoblarga qo’shib o’tga tortadi, bu so’zimizga yoshi ulug’ harbir insonnig o’zi guvohdir.

Muhammad Gul Muhmand bungaham qanoat qilmaydi, Rahmatli Tohir Badaxshiga ko’ra, u Turki xalqlarning butun boyligini nobud etib, ularning nomini mamlakat tarixidan butunlay olib tashlash niyatida <uzoq yillar Balxda hokimiyat qilib kelgan hashtar xonilar, muqim xonilarga o’xshash shoh amirlar so’lolalarining balxdagi qabristonlaridan, ularning qabir toshlaridan qarib 300 tasini ko’tarib balxob daryosiga tashlagan va qolganlarini esa hozirgi bag’lon qand fobrikasining bunyodiga tubtosh qilib qo’ygan>.*
O’zbek maosir adabiyoti ana shunday bir qisilgan yomon qiyinchiliklarga to’la sharoyitda shakillana boshladi. Usha davrda, Niyozi Balxi, Mir Muhammad Amin Qurbat, Muhammad Karim Nazihi Jelva, Qori Muhammad Azim Sarpuli, Abulxair Xairi, Qori Sharafaddin Sharaf , Ergash Uchqun, Nazarmuhammad Navo, Mavlavi Abdul G’ani E’ilmi, Xudoy Nazar Obir, Muhammad Amin Matin Kabi O’zbek She’riyati Alamdorlari maydonga keldilar. O’zbek Adiblari asarlarini bosib chiqarish uchun bosmaxonalar bo’lmasada, Ular yaratgan asarlari qo’lyozma holiday har bir o’zbek tamonidan O’qilardi. Yana bir misol shu: Hijri shamsi sananing qirqinchi yillarida usha zamon Kultur va madaniyat vazirligi ning sharq va janub chegara bojxonalariga bergan rasmi maktublariga ko’ra Pokistonda bosilib chiqqan O’zbek Tilidagi kitoblarning Avg’onistonga olib keltirilishiga Ruxsat berilmagan.** tashqi va ichki omavi axborot vositalarini bir millat yuziga yopishdan ko’ra vahshiyona hujum bo’lmasa kerak. Shunday bir sharoyitdan amon esan chiqish faqatgina boy miros va tarixi ildizga ega bir xalq uchun miyasar bo’la oladi xolos.

Shohi riz’imning davomdor bosimlar O’zbek tilini bo’g’ishga muvaffaq bo’la olmadi. O’zbek adiblar ayniqsa shoe’rlarimiz o’z seslarini <shiru shakar> she’rlar qolibida yangratishga harakat qildilar. Xudoynazar Obir, Abulxair Xairi, Abdulhakim Hayo, Abdul Mumin Homid Foryobi, Najmudin Ayonlarning Sturi Gazitasida 1322 yildan 1345 yillargacha bosilib chiqqan Malmaa’ yoki shirushakar she’rlar o’zbek, fors va pashtu tillarida bo’lsaham O’zbek adabiyotining yashirin davomi uchun Katta ahmiyatga egadir.
Biz bu o’rinda Xudoynazar Obirning Dalloklar Boshliqli Shiru shakar she’rini Misol keltiramiz:

Xuni dil az dida am oqturmosun dalloklar
Mushtari ro ranjlar yetkurmosun dalloklar
Soch ila saqqol olur mendan bu be insoflar
Hamchu man bechora ro o’ldurmosun dalloklar
Chok etib po’st sari yuzumga qon aylab ravon
Af eting deb paxta yopishturmasun dalloklar
Forig’ az fokultai dandon kashi bo’ldim debon
Tish bila alloshani sindurmosun dalloklar
Az qaf sobun pur mo’yash Xudoro do’ston
Aytingiz o’g’im ichin to’ldurmosun dalloklar
Dastmoli pur zi mikro’bu kasifu chirk xud
To chirib ketguncha bir yuvdirmosun dalloklar
No’t panji bergin odamlarga aylab ehtirom
Ikilik bergan qonin oqturmosun dalloklar
Ey rais baladiya Obir tavallo mekunad
Kanturul aylang bu holda turmosun dalloklar.***

Shohi rez’im demukratik shiori bilan ayni damda O’zbeklar madani hayoti da ham yangi bir bosqich boshlandi. O’zbek tilida, kunida yarim soat radiu barnomalari ochish, ham davlat va ham nodavlat gazetalarda O’zbek tilida she’r va maqolalar bosilib chiqishi qirqinchi yillar oxirida boshlandi, amo uzoq davom etmadi, yani 49 –1347 yillardan 1352 yil saratoniga qadar davom etdi xolos. O’zbek maosir adabiyotining yangi va samarali davri 1357. yil 7. savrda boshlandi, ko’p yillar ses chiqorishga majol topmagan O’zbek ziyoli laridan kop chiligi qalam tebratib ularning ejodlari mashq taxtalari bo’lmish yulduz gazetasi va radiu barnomalari o’zbeklar yashaydigan viloyatlar mahalli gazetalarida bosilib chiqarilishga boshladi. Mana shu yillarda ko’pgina shoe’r va yozuvchilar maydonga keldi. Lekin o’zbek ziyolilari va yozuchilari faqat o’zi o’sadiga o’tlar kabi o’sishga harakat qildilar, chunki ularni bosh qovushtiradigan biror anjuman yoki uyushma bo’lmagan. Agarda do’ktur najibulloh hukumati davrida qurilgan Navoyi anjumanini olsak, u ham faqat yuring boraylik keling ko’raylik tusda ejod etilib, ziyolilarimizning O’zi bekligi oqibatida mo’ljallangan barnomalarni yo’lga qo’ya olmagan. Qisqa qilib aytganda, so’ngi o’ttiz yildan beri hich bir hukumat O’zbeklar madani Huquqidan Ko’zyummagan, bu davrdagi barcha qonunlarda O’zbek tili va madaniyati rivojlantirilishi bobida so’z ketadida amalda biror samarali ish qilinmaydi, buning illati usha amal maydonida O’zbek amaldorlarining noto’g’ri tanlanishi va ular xalq manfa’ati emas, o’z shaxsi manfa’atlarini ko’zda tutib ish qilishlaridan kelib chiqadi. Bunga qo’shimcha O’zbek tili va adabiyoti rivoji va o’zbeklar milli uyg’onishidan tashvishda bo’lgan ayrim hukumatlarning istagi ham mana shunday shaxslar huzuri bilan amalga oshadi.
Sanab o’tilgan to’siqlar qo’shimcha qilishga sazovor yana bir masala, O’zbek qalam kashlarining kitob o’qish va boshqa xalq ayniqsa O’zbekiston adabiyoti namunalarini o’rganishga bo’lgan intilishlari zaif daraja etilganligidir, shuning uchun barcha adiblarimiz eski qolibdagi she’r qamog’ida yashab kelmoqdalar. Hozirgi davr talablarini faqatgina she’r qondira olmaydi va bu kungi keng ko’lamdagi mavzular ham she’r qolibiga sig’maydi, shuning uchun ham nasr adabiyotimiz yetarli yetarli darajada rivojlanmayabti. Hozir O’zbek tili qonunda rasmilashdi naqora chalib yurganlar ko’p. muhim rasmilashish emas, bu rasmilashish bilan nimalarni qo’lga kiritaolish muhimdir. Hukumat tilimizni rasmi til deb ea’lon etib, tegishli vazoratlar, jumladan maa’orif vazirligi, kultur va madaniyat vazirligi, oli tahsilot vazirligi va bilimlar akademiyasida qonun modalarini amalga oshirish, yaa’ni O’zbek Tili va adabiyotining rivoji uchun qanday ishlar bajarilgan.
Ha! Ayrim ishlar bo’lgandir albatta, misol qilib ko’rsatardek bo’lsak, bilimlar akademiyasidan O’zbek bo’limi Hurmatli donishmandimiz doktar Vohidi nafaqaga chiqqanlaridan keyin, o’rtadan ko’tarilishi, Kultur va madaniyat vazirligi tomonidan chiqarila yotgan vatandor gazitasi va <15> minutlik kundalik telviziyun ko’rsatularda O’z tilimiz bilan o’zimizga va tariximizga so’kinch havola etilishi, maorif vazirligi tomonidan birinchi va ikinchi sinif dagi bolalarimiz uchun yuzda yuz xatoga to’la kitob chop etilishini eslab o’tish o’rinlidir, Balx, Foryob, va juvzijon oli tahsilot muassisaliridagi O’zbek til va adabiyot bo’limlari ahvoliga ham har bir o’zbek yig’lasa bo’ladi. Ushbu to’siq va mua’ammolarga qaramay Olloh xohlasa taraqqi va rivoj yo’lini bosish yo’llarini yanabir so’hbatimizda ba tafsil izohlaymiz.
————————
* Avg’oniston Turklari haqidagi Tohir badaxshining Muxtasari (bosib chiqarilmagan qo’l yozmasi)
** ushbu maktubda Qandahor va Jalol obod bojxonalariga, Pokistonda chop vayo ko’paytirilgan o’zbek tilidagi kitoblar ushayerlarda saqlanib, keyinchalik ko’ydirilishi takidlangan.
*** Foryob viloyatida 1322- 1345. yillar orasida bosib chiqarilgan Sto’ri gazitasidasining Maymana Kitobxonasida saqlanib kelgan Kilaksiyo’nlari.

Qudratullah Chaqmoq

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: