Ona Turkiston


1. O, Ona Turkiston, qora dunyoda,
Qismat yelkasida yugurdim, yeldim,
Goh shavq qanotida, goho piyoda,
Yukinib, men senga sig‘inib keldim.

Men seni sog‘indim haddan ziyoda,
G‘amli xotirangga borlig‘im to‘ldi.

Ona Turkiston

1. O, Ona Turkiston, qora dunyoda,
Qismat yelkasida yugurdim, yeldim,
Goh shavq qanotida, goho piyoda,
Yukinib, men senga sig‘inib keldim.

Men seni sog‘indim haddan ziyoda,
G‘amli xotirangga borlig‘im to‘ldi.
Bu uzluk ummonda, bu ahgar bog‘da
Sirpandim. Men qattiq chirpandim. So‘ldim.

O‘tkinchi g‘amlardan tanamda titroq,
Rostmi shu? She’r tug‘ar emish alamlar?..
Goho xo‘rlab, tishlab o‘tdilar, biroq

Sen bilan kechgan ey ilohiy damlar…
Balkim, ilhomingni sudradi ko‘proq
Shon-shuhrat burjida yongan sanamlar.

Sohir yuragingni chaqmoq urdi-ku,
Ortiq kulfatlarga doimo shaysan.
Ko‘zingda qotgan nur porlab turdi-ku,
Sen axir tiriksan, yonib yashaysan.

Tugatib bo‘lmas hech bu dardni ichib,
O’rilgan yaradan chechaklar o‘sdi.
Yuragingning yirtiq ko‘ylagin yechib
Bag‘ringga bosarsan — bormisan, do‘stim?

Dunyoni shopirar yolg‘onga, chinga,
Birov rohat qilar ezg‘ib, kuldirib,
Iztirob urug‘in separ ichingga.
Hay, deysan, ne topar meni o‘ldirib,
Qaraysan, ko‘zingga nurni to‘ldirib.
Balli, qobog‘ingning ulug‘ kuchiga.

2. Hech narsa yupatmas, shoir, hech narsa,
G‘arib baxtiyorlik endi yupatar.
Yulib vujudimni titib axtarsam
Dunyoviy alamning toshlari yotar.
Har kim o‘z qalbiga o‘zidir hoqon.
Baribir, men seni sevib sizlarman.
Ehtimol, nohaqman, ehtimol haqman
Muqaddas Turkiston so‘zin izlarman.

So‘z mening ko‘ksimga sanchilar, hayhot!..
Shovulla, gurkira, hayot nafasi.
Ruhga iymon bergil, ey qodir hayot,
Qizg‘onma samoviy sehrning sasin…
Yurak deb atalgan og‘riq bu — najot.
Ko‘krak qafasimiz — najot qal’asi.

Rauf Parfi O’zturk (1943-2005)

Rauf Parfi O’turk

Rauf Parfi O’zturk – Ona Turkiston

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: