Muxtoriyat qismati


Xalq o‘zini boshkarishga o‘rgangandagina yetuk fuqaro bo‘lishga munosibdir. Ozodlik, avvalo o‘z-o‘zini boshqarishga qodirlikdir. O’z-o‘zini, fikr va his-tuyg‘ularini, o‘z ichki “to‘polonlari”ni boshkarishga o‘rgangan kishilargina o‘zgalarni, o‘z mamlakatini boshqara oladi.

Nikolay BERDYAEV

Turkistonda muxtoriyat tuzish g‘oyasi, fevral inqilobi bergan ozodlikdan so‘ng paydo bo‘lgan edi. Bu fikr dastlab 1917 yilning 12 noyabrida «Sho‘roi ulamo» jamiyatining rahbari Sherali Lapin rahbarligida Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Musulmon jamoalarining birlashgan yig‘ini»da rasman o‘rtaga tashlangan. Bu taklifni milliy savdo burjuaziyasi, o‘lkada endigina shakllanayotgan sanoat burjuaziyasi vakillari, demokratik o‘zgarishlar tarafdori bo‘lgan musulmon ziyolilari va ruhoniylar bilan bir qatorda quyi mehnatkash tabaqa vakillari ham qo‘llab-quvvatladilar.
1917 yilning 26—29 noyabrida Qo‘qonda O’lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi chaqiriladi. Qurultoy noiblarining asosiy qismini endigina tetapoya bo‘layotgan milliy savdo-sanoat burjuaziyasi vakillari hisoblanmish, yangi dunyo ko‘rgan savdogarlar va ruhoniylar tashkil etardi. Ko‘pchilik noiblar mustaqil demokratik musulmon davlatini tuzish, qo‘shni davlatlar bilan siyosiy-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash g‘oyasini ilgari surdilar. Noiblar Turkiston jahon taraqqiyotidan uzilib qolganligini tushunib yetgan, taraqqiyotga to‘sqinlik qilayotgan har qanday eski kuchlarni sindirish va yangi ilg‘or unsurlarning rivojlanishiga yo‘l ochish tarafdori edi. Ochiq ovoz berish yo‘li bilan qurultoy hay’atiga Ubaydulla Xo‘jaev, Mustafo Cho‘qaev, A. Maxmudov, Yurguli-Og‘aev, Saloman Gerdtsfeld, I. S. Shohiahmatov, Kamolqori, Akaev, Kichkimboev, Abdurahmonbek O’razaev, Piliev, Karimboev, M. Behbudiy saylandi.
S’ezd kun tartibiga ikkita masala qo‘yiladi. Birinchi masala: «Turkistonning janubi-sharqiy ittifoqqa qo‘shilishi to‘g‘risida» bo‘lib, delegatlar uchun kutilmaganda paydo bo‘ldi va ancha munozara tug‘dirdi. Ikkinchi masala: «Turkiston muxtoriyati to‘g‘risida» edi. 27 noyabr kuni ertalab s’ezdning ochilishida shahar hokimi quyidagicha fikr bildiradi: «Turkiston musulmonlarining IV O’lka s’ezdini chin qalbdan qutlayman va s’ezd Turkistonga mumkin qadar ko‘proq foyda keltirib, Turkiston tarixida chuqurroq iz qoldirishini istayman… Shubhasiz, Turkistonga erkin muxtoriyat kerak», deb ta’kidladi. (Qarang: P. Alekseenkov. «Kokandskaya avtonomiya», Toshkent, 1931 y., 21-bet.) Birinchi masala yuzasidan o‘tgan bahslarda deputatlarning bir qismi ittifoqqa kirishni ma’qulladilar.
Iqtisodiy jihatdan ittifoqqa kirish foydali edi. Chunki o‘lkaga Shimoliy Kavkaz va Orenburgdan don mahsulotlari keltirilardi. Ayni vaqtda Turkiston o‘z paxtasini ularga sotishi mumkin edi. Ustiga ustak «Janubi-sharqiy ittifoq» hududi aholisining katta qismi islom diniga e’tiqod qilardi, bu sabablar ittifoqqa kirishni yaqinlashtirsa, ikkinchi guruhdagilar Turkistonning yana mustamlaka bo‘lib qolishidan xavotirda edilar. Bu guruhdagilarning fikrlaridan misollar keltiramiz: «Kazaklar azaldan samoderjaviening suyanchig‘i bo‘lib kelgan. Ular xalqimizni qanchalar azobuqubatga duchor qilmadi. Kazaklar doimo inqilobga qarshi chiqqan. Hozir ham kazaklar tepasida podsho tuzumini qayta tiklamoqchi bo‘lgan Krasnovlar, Karaulovlar, Kelidinlar turibdi-ku! Ular Olmoniya bilan urushni g‘alabagacha davom ettirmoqchi, Istam-bulni zabt etib Oq-Sofiya cherkovini qayta tiklamoqchi. Ularning bizdan yordam so‘rab murojaat qilishiga yagona sabab — o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishdir. Biz ular bilan birlasha olmaymiz».
S’ezdda tartib yo‘qola boradi. Raislik qiluvchi tajribasizligi tufayli tartib o‘rnatolmaydi va u qurultoy majlisini yopiq deb e’lon qilishga majbur bo‘ladi. Janubi-sharqiy ittifoqqa kirish esa ertasi kunga koldiriladi. 27 noyabr kuni uzoq tortishuvlardan so‘ng bo‘lg‘uvsi davlatning iqtisodiy holatini hisobga olib, ittifoqqa kirish haqida qaror qabul qiladi.
S’ezd kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan munozaralar s’ezdning kechki majlisida va 28 noyabr kungi ertalabki majlisda davom ettirildi.
Butunrusiya Musulmonlar Kengashi MQning a’zosi, deputat Ubaydulla Xo‘jaev ma’ruzasida quyidagilarni qayd etdi. «Rusiyada hozir haqiqiy hukumat yo‘q. Rusiya imperiyasi muzofotida hamma millatlar bolshovoylarga qarshi kurashga bel bog‘ladilar. Butunrusiya ta’sis majlisining chaqirilishiga hech qanday umid yo‘q…» Va ma’ruzachi zudlik bilan Turkistonni muxtoriyat boshqaruviga o‘tishga, deputatlarni bolshovoylarga qarshi kurashga chaqirdi».
Deputat S. Yusupov (Rusiyadagi voqealar to‘g‘risida, ayniqsa, bolshovoylarning noqonuniy xatti-harakatlari, zo‘ravonliklari haqida alohida to‘xtalib o‘tgach). Turkiston muxtoriyat huquqini olishga hozir tayyormi? Va o‘zi javob beradi: albatta tayyor emas, lekin bundan muxtoriyat e’lon qilishimiz kerakmas degan xulosaga bormaslik lozim. Ozod yashashni xohpaymizmi? Demak, Turkistonni muxtor jumhuriyat deb e’lon qilmoq kerak.
Deputat Sodiqboev: Bolshovoylar Turkistonni muxtor jumhuriyat deb e’lon etmas ekanlar, unda muxtor jumhuriyat deb e’lon qilishimizga qarshilik ko‘rsatmasinlar. Ovro‘paliklar bizning ichki ishlarimizga aralashmasinlar. Chunki islom dini davlatni demokratik tarzda boshqarishga qarshi emas-ku.
Deputat Aminxon To‘ra: Turkiston 50 yildan buyon Rusiya hukumati qo‘li ostida. Ruslar bosib olgach, yerli aholining diniy, milliy sud ishlariga darrov aralashmasa-da, asta-sekin o‘lka hayotining hamma jabhalariga qo‘l cho‘za boshladilar. Fevral inqilobidan so‘ng Turkiston xalqi ozodlikka erishdik, deb xursand bo‘lgandi. Bolshovoylar hokimiyat tepasiga kelgandan so‘ng zudlik bilan muxtoriyat e’lon qilish zarurati tug‘ildi. Aytishlaricha, bolshovoylar urush e’lon kilarmish. Mayli, lekin ular turkiy musulmonlar diniy, milliy huquqlarini himoya qilish uchun qondan (o‘limdan ham — Sh. D.) qo‘rqmasligini unutmasinlar.
S’ezd Turkiston taraqqiyotini belgilab beruvchi tarixiy hujjatlar qabul qildi. Qabul qilingan qarorlarda demokratik kayfiyatdagi musulmon ziyolilarining fikrlari ham o‘z ifodasini topdi.
Muftiy Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z ma’ruzasida s’ezdning Turkiston xalqlari tarixida ulkan ijobiy, tarixiy hodisa va burilish davri ekanini ta’kidlab, «S’ez-dimiz qabul qilayotgan qarorlar shuning uchun ham ahamiyatliki, unda Turkiston aholisining ovro‘palik vakillari ham ishtirok etmoqdalar», dedi. M. Behbudiy s’ezd rayosatida musulmonlar bilan bir qatorda nasroniy guruhlarning delegatlaridan ham vakillar bo‘lishini yoqlab chiqdi. Uni viloyatdan kelgan deputatlarning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatladi. Qo‘qonlik bir deputat M. Behbudiy fikrini davom ettirib, kuyida-gilarni qo‘shib qo‘ydi: «Biz s’ezd hay’atiga viloyatlar bo‘yicha emas, balki qaysi dinga mansubligi va milliy etnik guruhlariga qarab, keng fikrli, bilimli va ishbilarmon kishilarni saylashimiz kerak». Natijada demokratik musulmon ziyolilari talabi bilan Turkiston aholisining ovro‘palik qismi vakillari ham s’ezdda teng huquqli bo‘lib ishtirok etdilar.
1917 yilning 28 noyabrida, s’ezd qabul qilgan rezolyutsiyada quyidagilar o‘z aksini topdi. «S’ezd Turkistonda yashayotgan xalqlar irodasini ifoda etib, Buyuk Rusiya inqilobi bergan millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi»dan kelib chiqib, Turkistonni Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi ma’muriy muxtor jumhuriyat deb e’lon qildi. Muxtoriyat huquqi Turkiston ta’sis majlisida qonunlashtirildi va Turkistondagi kamsonli millatlar, elatlar huquqi himoya qilinajagi tantanali ravishda e’lon etildi. Tuzilgan hukumat o‘z nomini 28 noyabr kuni «TURKISTON MUXTORIYATI» deb atadi. Butunrusiya ta’sis majlisida Turkistonning muxtoriyat huquqi rasman tan olinishi talab qilindi.
S’ezd Butunrusiya ta’sis majlisini chaqirish, qabul qilingan qarorlarga muvofiq butun hokimiyatni to‘laligicha «Vaqtli Turkiston Sho‘rosi» va «Turkiston Xalq Boshqaruvi» ixtiyoriga berishni talab etdi. Butunrusiya ta’sis majlisiga boradigan Turkiston Vaqtli Sho‘rosining tarkibi 32 deputatdan iborat edi. Deputatlarning uchdan bir qismini ovro‘paliklar tashkil etdi. Chunki muxtor hukumatning yuqori idoralarida yirik etnik guruqlarning o‘rni kafolatlangan edi.
«S’ezdda delegatlar iqtisodiy masalalarga ham alohida e’tibor berdi. Muxtor jumhuriyat inglizlardan harbiy yordam bilan bir qatorda iqtisodiy yordam ham olajagini, jumladan o‘lkada ochlik hukm surayotgan bir vaqtda tayyorlov narxi bo‘yicha non xarid qilish, oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan non mahsulotlarini paxtaga, junga almashtirish to‘g‘risida kelishib olindi».
Bo‘lajak davlat mafkurasida islom dini g‘oyalari hukmronligi tan olingandi. «1917 yil sentyabr oyidagi «O’lka musulmonlarining Oliy Kengashi»da musulmonlar o‘z huquqini aniqlash yo‘lida, umuminsoniyat taraqqiyotiga yetishishda Qur’on va shariat qonunlarida ko‘rsatilganidan boshqa to‘g‘ri yo‘l yo‘q», deb ta’kidlangandi. S’ezd o‘z ishini yakunlash arafasida qonun chiqaruvchi va nazorat qiluvchi parlament a’zolarini sayladi va yana bir karra Turkiston muxtor jumhuriyat deb e’lon qilinganini tantanali ravishda takrorladi. Deputatlar bu so‘zlarni tik turib tingladilar, xudoga shukronalik bildirib, «Qur’on» suralaridan tilovat qildilar.
Qo‘qon shahrida e’lon qilingan muxtoriyatning miqyosi kun sayin kengaya bordi va butun Turkistonga yoyilib, Turkiston muxtoriyatiga aylandi.
Turli siyosiy oqimlar muxtoriyatga turlicha munosabatda bo‘ldilar. O’lkadagi sotsial inqilobchilar, kadetlar (konstitutsion demokratlar) va hattoki harbiy xalq boshqaruvi yoki Gubernator kantselyariyasinyng chinovniklar tashkiloti ham uni Turkistondagi yagona qonuniy hokimiyat ekanligini tan oldilar.
«Ulug‘ Turkiston» gazetasining 1918 yil 19 yanvar sonida berilgan xabarga qara-ganda, 1918 yilning 7—10 yanvarida Qo‘kon shahrida Turkiston sotsial-inkilobchilar partiyasining II s’ezdi bo‘lib o‘tadi. S’ezdda Qo‘kon, Skobelev, Andijon, Marv, Samarqand, Ashxobod, Qizil Arvot shaharlari va neft konlaridan vakil bo‘lib kelgan delegatlar qatnashadilar. S’ezdda Turkiston muxtoriyatini yoqlash haqida bir ovozdan karor kabul kilinadi.
Muxtoriyatni ko‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan namoyishning eng kattasi 13 dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bungacha Turkiston XKSining ham, hukmron partiya ma’muriyatining ham Qo‘kon muxtoriyati va Toshkentda o‘tkaziladigan bayram mitingiga munosabati unchalik aniq emasdi. Shunga qaramasdan ToshSovet miting o‘tishiga ruxsat beradi hamda shaharda to‘la tartib saklanishini shahar garnizoni boshlig‘i Stasikov zimmasiga yuklaydi. Ammo tinch o‘tayotgan namoyishning qonli tugashiga kapitan Frolov boshlik shahar harbiy bo‘linmasi sabab tug‘diradi. Frolovchilar namoyishchilarning Kudratli to‘lqinidan foydalanib, Turkistonni mustamlaka holida saqlab kolmoqchi bo‘lgan va musulmonlar bilan nasroniylar o‘rtasida janjal chiqarishga ustasi farang graf G. Dorrerni ozod qilmoqchi bo‘lgan edilar. Qonli to‘qnashuvde namoyishchilardan 15 kishi, askarlardan bir kishi o‘ldiriladi.
…O’n sakkizinchi yilning qishi Qo‘kon uchun nihoyatda og‘ir keldi. Qo‘qonda ro‘y berayotgan voqealar silsilasi butun Turkistonni qamrab oldi. Shaharda ikki hokimiyatchilik hukm surardi. Qo‘kon Sho‘rosi va muxtoriyat hukumati o‘zlaricha bir-biriga zid karorlar chikarar va o‘zlaricha ish tutardi. Qo‘qonda bo‘layotgan vokealarning asl mohiyati quyi tabaka vakillari ongiga singib ulgurmagandi. Qo‘kon shahar Sho‘rosi shaharning yangi kismida hokimlik kilib, asosan temir yo‘l va paxta zavodlarida ishlaydigan ovro‘palik ishchilarga, shahar garnizoniga, Qo‘kon qal’asidagi (sobiq Qo‘kon xoni O’rdasi) podsho armiyasining halicha uy-uylariga tarqalib ulgurmagan askarlariga suyanardi. Qal’ada doimiy yashayotgan askarlar soni bor-yo‘g‘i 16 kishi edi. Podsho armiyasining kolgan-kutgan askarlari korin tashvishi bilan Qo‘kon atrofida izg‘ib yurardi. Samarqandda esa (hozirgi Xo‘jand atrofida) jahon urushining 8 mingdan ortik harbiy asirlarini 8 ta askar ko‘riqlardi. (Birinchi jahon urushining 41 ming 285 ta harbiy asiri Turkistonda saklanardi.)
Shahar garnizonidagi qurollarning bir kismi shahar dumasining karori bilan muxtor hukumat foydasiga musodara kilingandi. Qal’adagi egasiz yotgan ko‘rollar ishchilarga tarkatildi. Va kal’adagi kurolli kishilar soni 33 taga yetkazildi.
Fevral oyining boshlarida Qo‘konda ro‘y berayotgan vokealar ancha jiddiy tus olgan edi. 11—12 fevralga o‘tar kechasi bir guruh  noma’lum kishilar kal’aga bostirib kirdilar. 12 fevral kuni qal’adagilarga Sazonov Toshkentdan olib kelgan qurollarni tarqatdi va kechgacha qal’a himoyachilarining soni 400 kishiga yetkazildi. 13 fevral kuni esa qal’adagilarga Andijon va Skobelevdan 120 ta yaxshi qurollangan askar, Perovskdan esa 80 ta askar yordamga keldi. Uch-to‘rt kun ichida qal’a himoyachilarining soni 600 dan oshib ketdi.
Turkiston muxtoriyati ildiziga qay tariqa bolta urishni bilolmayotgan qizil gvardiyachilar, nihoyat har xil mish-mishlardan ustalik bilan foydalanadi. Buni kir niyatli Sazonovning xotiralaridan ham bilsa bo‘ladi.
«Qo‘qon hukumati va Qo‘qon voqealari asta-sekin jiddiylashib, kuchayib borardi. Posetovskadagi s’ezdga qadar, markazdan kelgan Islom Shohiahmatov Turkiston muxtoriyatining imkoniyatlari haqida otashin nutq so‘zladi.
…Muxtor hukumat Sovetlardan musulmon delegatlarini chaqirib oldi (ular Sovetlarda ko‘pchilikni tashkil qilardi) va ulardan, jangchi hamda dehqonlardan iborat parlament yaratdi. Boylar qurollanayotgan emish, muxtor hukumat qandaydir jangga tayyorlanayotganmish, allaqayerlardan qurollar olayotganmish degan uzun-quloq gaplar yurardi. Haqiqatan ham mahalliy boylar va aholining badavlat qatlami banklardan pullarini olardilar. Temir yo‘lchilarimiz muxtor hukumat nomiga kelayotgan yukni tekshirib qurol-yarog‘ topgan emish, degan gaplar quloqqa chalinib turardi. Vaqt o‘tgan sari bunday gaplar ko‘payaverdi. Qo‘qon hukumati Sovetlarsiz buyruqlar chiqara boshladi. Turkiston xalqlari bu buyruqlarga so‘zsiz itoat etishi haqida ovozalar tarqatdilar. Shunday qilib, Qo‘qon hukumati Sovet hukumatining obro‘yiga putur yetkaza boshladi.
O’lkada shundayin nozik ahvol hukm surayotgan bir vaqtda, avvaliga Ashxobodda temiryo‘lchilarning 3 s’ezdiga, so‘ngra Toshkentda Sovetlarning s’ezdida ishtirok etishimga to‘g‘ri keldi.
S’ezd o‘tayotgan vaqtda, Qo‘qon Sovetining raisi Babushkin topshirig‘i bilan kelgan 2 askar men bilan uchrashdi va Toshkentdan qurolli yordam ko‘rsatish zarurligini aytib, Qo‘qon muxtor hukumati hujumga tayyorlanayotgani to‘g‘risidagi nomani menga topshirdi. Agar Toshkentdan yordam yuborilmasa Babushkinning o‘zi Toshkentga kelishi maktubda ta’kidlangan edi. Men ahvol to‘g‘risida Tobolinni voqif etdim. Tobolin Qo‘qondan kelgan askarlarni qabul qildi. Qal’a dorug‘asi (komendanti) Yakimenkoni chaqirdi va bizlarga 300 ta miltiq, pulemyot va boshqa qurol-yarog‘ berishga rozi bo‘ldi.
Men Qo‘qonga qurollarni sezdirmasdan olib borib Meshenkovga topshirishni maslahat berdim, chunki Qo‘qon qal’asining dorug‘asi Zinchenko ishonchsiz kishi edi.
O’zimni rostlab oldim va uch kundan keyin Qo‘qonga jo‘nadim. Qo‘qonga kirib borishimiz arafasida parovozchilar brigadasida ma’ruza qildim. Go‘yo shaharda osoyishtalik hukm surardi. Qo‘shnilarimizning aytishlariga qaraganda, tunda shaharda otishma bo‘lganmish. Men voqeani bilish uchun stantsiyaga bordim. Stantsiyada temiryo‘lchilar bilan Konovalov va Rilov birga ekan. Babushkin tunda muxtoriyatchilar rus zobitlari boshchiligida ularga qanday hujum qilganini so‘zlab berdi… Qisqagina bo‘lib o‘tgan otishmada qatnashishga to‘g‘ri keldi. Qizil gvardiyachi soqchilardan biriga o‘q tegib nobud bo‘ldi. Babushkin xotini bilan panaroq joyga yashirindilar. Ko‘chada go‘yoki, hammayoq jimjit, hamma o‘zi bilan o‘zi ovora edi. Shahar telefon stantsiyasi ishlamayotgandi. Otishmani kim boshlaganini aniqlamoq zarur edi. Temiryo‘lchilar menga va Nikolaenkoga (partiyasiz) majlisga qatnashish uchun mandat berishdi.
Biz shahar telefon stantsiyasi tomon jo‘nadik. Telefon xizmatchilarining deyarli hammasi joy-joyida, yangi shahar aloqa tarmog‘i ajratilgan. Men aloqachi ayolga «Eski shaharni uzib, Yangi shaharni ulang», deb buyruq berdim. Aloqachi ayol esa bizga ikkila-nib, Yangi shaharni qo‘sholmasligini aytdi. Ma’lum bo‘lishicha, kechasi rus zobiti boshchiligida bir qism kelib, Yangi shaharni uzib, Eski shaharni uzmaslikni buyurib ketibdi. Zobitlarning o‘zaro telefondagi suhbatidan ularning biri imom bilan qal’a tomon jo‘nayotganini, ikkinchisi esa telefon stantsiyasida ertalabgacha navbatchilik qilishni zimmasiga olganini angladim. Ular 73-raqamga telefon qilishni kelishib olishdi. Bu Qo‘qon muxtoriyati hukumatining telefon ratsami ekan.
Endi hammasi tushunarli bo‘ldi. Qo‘kon hukumati hujum taraddudida. Men telefonchi juvonga: «Eski shaharni uzib, Yangi shaharni ulang», deb buyruq berdim. Va 73-raqamga qo‘ng‘iroq qilib hukumat a’zolaridan birortasi bormi, deb so‘radim, aksiga olib hech kim yo‘q ekan. Telefonda gaplashgan kishiga hukumat a’zolarining birortasi bilan soat 4 larda gaplashmoqchi ekanimni aytdim.
Qal’aga kirib borganimizda bir necha marta hujum qilib, uni anchagina vayron qilgan ekanlar. Qal’a dorug‘asini bizga nisbatan xoinlik qilgan uchun qamab qo‘yibdi. Temiryo‘l stantsiyasidan turib, Babushkin noma yuboribdi. Unda «Zigel, Cho‘qayev va uning kotibini qamoqqa olinglar», deb yozilgan ekan. Ikkala qizil gvardiyachi askar bilan birga ularni qamoqqa olish uchun jo‘nadim. Zigel ham, Cho‘qaev ham uylarida yo‘q ekan. Uylarini rosa tintuv qildik. Kotibini uyidan topdik va uni qal’aga olib keldik. U bizga muxtor hukumat a’zolarining ro‘yxatini va rus zobitlarining ism shariflarini aytib berdi.
Telefon stantsiyasida qodgan Nikolayenkoga 12 kishini yordamga yubordim. Telefonda kelishib olganimizday soat 4 larda ekipaj keldi. Men va Nikolayenko jin ko‘cha bo‘ylab yo‘lga chiqdik. Bizning yo‘ldoshimiz musulmon bo‘lib, Sho‘rolarning sobiq a’zolaridan ekan. Yo‘l-yo‘lakay suhbatlashib keldik. Uning aytishicha, muxtor hukumatning ixtiyorida qurol-yarog‘ va odamlari juda ko‘p bo‘lib, ularni shaqarda nafaqat sartlar va qirg‘izlar, balki, tojiklar, forslar, lazginlar ham qo‘llab-quvvatlayotgan ekan.
Qo‘qon muxtor hukumati Eski shahardagi ovro‘pacha uslubda qurilgan eng katta uyda, sobiq «Provodnik» firmasining binosida joylashgan edi.
Bizni M. Cho‘qayev yuzida iliq tabassum bilan kutib oldi va dasturxonga, choyga taklif qildi. Umuman mehmonga bo‘lganday munosabatda bo‘ldi. So‘ngra kimligimizni va nima uchun kelganimizni surishtirdi. Biz unga kechasi ro‘y bergan voqeani aytib berganimizda, uning rangi oqarib tutaqib ketdi va yordamchisini chaqirib, unga baland ovozda: «Men hukumat boshlig‘iman, mening ruxsatimsiz nimalar bo‘lyapti? Axir bizning Sho‘ro hukumati bilan tinch-totuv yashash to‘g‘risida qabul qilgan qarorimiz bor-ku!» deb baqirdi. Shu vaqt men gapga aralashdim: «Kelishish kech emas, ro‘y bergan voqeani tekshirish o‘z yo‘li bilan, yaxshisi muzokarani davom ettiramiz. Kelinglar, sizlar nimani talab qilsangiz, bizlar yozib olamiz. Ko‘rinib turibdiki, sizlar monarxist emas, ozodlik tarafdorisizlar». Shunda M. Cho‘qayev: «Ozodlikni sizlarday qo‘llash bizga to‘g‘ri kelmaydi, to‘g‘ri, sizning millatingiz madaniyatli, sizlarning bunaqangi ozodliklaringizga bizning musulmon xalqimiz cho‘kib ketadi», dedi… Nikolayenko kotib sifatida talab bandlarini yozib ola boshladi. Jumladan, 7-bandda «Sud yuritish va huquqiy norma qoidalari Shariatga asoslanib, yer masalasi o‘z holicha qoldirilsin, ayollarning yuzi ochilmasin, odatdagiday eriga tobe holda qoldirilsin va hokazolar», deyilgandi. So‘ngra u Qo‘qonda ovro‘paliklarning faqatgina madaniyatli qatlamini, ya’ni, temiryo‘lchilar, telegrafchilar va boshqalarni qoldirish taklifini kiritdi. Ularga katta maosh to‘lashga va’da ham berdi.
Shunda Yusuf Davidov kiborlik bilan: «Bu yerda nima qilasizlar», dedi. Bundan Cho‘qayev hayajonlanib: «Hukumat boshlig‘i menman-ku! Biz Sho‘rolar hukumati oldiga o‘z talablarimizni qo‘yib, ular bilan kelishib olamiz», dedi. Yusuf Davidov yana: «Qo‘ysangiz-chi!» deb Cho‘qayevning gapini bo‘ldi. «Biz bu shartlarni tan olmaymiz», dedi va Nikolayenkodan: «Siz kim bo‘lasiz?» deb so‘radi. Men unga mandatimni ko‘rsatdim. «Men ham rasmiy shaxsman va rasmiy ravishda aytamanki, sizlar bilan kelisha olmaymiz». Men unga birodarkush bo‘lishi aniq ekan-da, dedim. «Katta ketmang, sizlar bilan va sizlarning xalqingiz bilan hisob-kitob qilishga bizning kuchimiz yetadi», dedi Y. Davidov.
Nima ham qilardik. Biz kelisholmay quruq qaytdik. Men qal’adagilarni ogohlantirish uchun u yoqqa bordim. Keyin yangi Revkomga (inqilobiy qo‘mita) muzokara yakunlari to‘g‘risida hisobot berdim. Temiryo‘lchilar bilan umumiy yig‘ilish o‘tkazdik va Revkom a’zolarini sayladik. Revkom a’zoligiga Konovalov, Rilov, Nikolayenko va men saylandim. Ularning ko‘pchiligi harbiy emas, harb ishiga uquvsizroq edi. Mening majlis ahliga bergan hisobotimdan so‘ng ko‘pchilik jang qilamiz, degan fikrni oldinga surdi. Es-hushni joyga qo‘yib, shoshmasdan ish qilish kerak edi. Qurol-yarog‘lar bizda juda kam, bor-yo‘g‘i 50 kishida bor, xolos. Garnizonda 38 kishimiz, shahar tashqarisida 8 ming chexoslovak harbiy asirlari bor… Kim biladi, ularning qaysi tomonda turib jang qilishini. Eski shahar bizga notanish. Buning ustiga harbiylar oramizda juda kamchilik. Demak, urishishdan foyda yo‘q. Qal’ani mudofaaga tayyorlash, Toshkent va Skobelevdan madad kutishga qaror qildik.
Xohlaymizmi, yo‘qmi, biz shunday yo‘l tutishga majbur edik. Bir kishini navbatchilikda qoldirib, qolganlarimiz mudofaa ishlari bilan ovora bo‘ldik. Kechasi soat 3 larda Mesxi meni uyg‘otib: «Yo‘l berdi, Osipov kelyapti», dedi… Yangi saylangan revkom raisi Toshkentga, Kolesovga o‘zining saylanganligini va Qo‘qonda bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida telegramma berdi.
Poezd yetib keldi. Men ularga choy, non hozirlab qo‘ygandim. Askarlar shovqin ko‘tarib: «Biz sartlarni tinchitib qo‘yamiz!», deb hovliqib kirib keldilar. Osipov bilan uning qism zambarakchisi Ponomaryov ham kelgan ekan. Yaxshi qurollangan 120 kishi yordamga kelishdi. (K. Osipov Skobelevdan 4 zambarak, 5 pulemyot bilan keladi. U Skobelev harbiy drujinasining komandiri edi — Sh. D.) Men Osipov bilan kelishib oldim. Qurol-yarog‘larni sezdirmasdan qal’aga joylashtirdik. Osipovning talabi bilan revkom qal’aning doimiy vakili sifatida meni va Nikolayenkoni uning ixtiyoriga berdi. Qal’aga yordam berish uchun Udalov, Belenko, Shishkov, Vershininlar ham kelishdi. Bizga Osipov ko‘mondonlik qildi. Artilleriyachilarga Ponomaryov bosh bo‘ldi.
…Biz majlis o‘tkazdik va Qo‘qon hukumatiga quyidagi mazmunda keskin talabnoma berishni kelishib oldik:
1.    Ertaga kunduz soat uchgacha qurol-yarog‘larni Voskresenskiy maydoniga olib kelib topshirsin;
2.    Muxtor hukumat taslim bo‘lsin va Sho‘ro hukumati tan olinsin, — degan talablar bor edi.
Shunday kaltis vaziyatda temiryo‘lchilar orasida intizom bo‘shligi sezilib qoldi. Ular goh revkom buyrug‘ini bajarmasdi, goho mast-alast bo‘lib daydib yurardi. Temiryo‘lchilar yig‘ilish o‘tkazdilar. Majlisda mudofaamizning nozik tomonlari to‘g‘risida gap-so‘zlar bo‘ldi. Xo‘jand tomondan hujum xavfi borligi sababli, Xo‘jand ko‘prigini portlatish yoki portlatmaslik masalasi ko‘rildi. Agar ko‘prik portlatilsa, Toshkentdan bizga non va oziq-ovqat mahsulotlari kelmay kolardi. Bu masalada bahs ancha Kizidi. Nikolayenko ko‘prikni portlatmaslikni qattiq turib talab qildi. Biz uni Revkom tarkibidan chiqardik va Chapliginni sayladik. Revkom kattik turib shunday buyruk berdi. «Xo‘jand ko‘prigi portlatilsin, karshilik ko‘rsatganlar otib tashlansin!»
Ertasiga Bilenko va men talabnomani topshirgani bordik. Bizni yana Cho‘qayev iliq kutib oldi, dasturxonga taklif kilib choy uzatdi. Biz albatta rad etdik va unga xat-jildni berdik. U xatjildni ochib o‘qidi va boshka nozirlarga uzatdi. Menimcha, uning yolg‘iz o‘zi bunday savollarni hal etishga vakolati yo‘q ekan.
Birgalikda soatlarimizni to‘g‘riladik va vaktni belgilab orkaga qaytdik. Cho‘qayev yana bizni ehtirom bilan kuzatib qo‘ydi va yarim yo‘lgacha soqchi ham berdi. Soat 3, shaharda jimjitlik, hech kim Voskresenskiy maydoniga kelib qurolini tashlamayapti. Fakat alla aytayotgan ayolning ovozi elas-elas qulokka chalinadi. Soat 3 yarimlarda «Provodnik» tomon zambarakdan bir necha marta o‘q uzdik. Shaharni vayron qilmaslikka qaror qildik va hukumatning yana bir kun o‘ylab ko‘rishi uchun muhlat berdik.
Qal’adagi soqchilarning sonini ko‘paytirib, ularni sergaklikka chaqirdik. Umuman, Osipov qarbiy ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘ydi. Ertalab Osipov harbiy kuchlarimizni uch guruhga bo‘ldi va 40 kishini o‘zi bilan birga olib, Eski shaharga muxtor hukumat vakillarini qamoqqa olish uchun yo‘l oldi. Ikkinchi guruh esa har eqtimolga qarshi qal’ani qo‘riqlash uchun qoldi.
Qal’a mudofaachilarini asosan temiryo‘lchilar va arman dashnoqlari tashkil qilardi. Keyinroq, aytishlaricha, ayrim uylardan tartibsiz o‘q otilganini hisobga olmaganda, bo‘linmamiz shaharga emin-erkin kirib boribdi. Biznikilar ham o‘sha uylarga qarata o‘q uzibdi va kichkina qurollangan tuda bilan to‘qnashibdi. Askarlarning aytishicha, bu jangda forslar alohida namuna ko‘rsatganmish. Ular bilan bo‘lgan birinchi to‘qnashuvda 5 kishi yarador qilinibdi, ikkinchi to‘qnashuvda bir kishi o‘ldirilib, 2 kishi jarohatlanibdi.
Bo‘linmamiz ancha vaqt hayallab qoldi. Qorong‘u tusha boshladi, ulardan esa hamon darak yo‘q. Telefon stantsiyasidan «Biz tomonga musulmon otryadi kelyapti, nima qilaylik?» deb shoshilinch telefon qildilar. Men ularga «Elektrni ajratib, hammang uy-uylaringga tarqalinglar», deb buyruq berdim.
Montyor stantsiyadan zarur ish qurollari bilan yonimizga yetib keldi va qal’ani stantsiya bilan qayta uladi.
Qosh qorayganda otryadimiz horg‘in holda qaytib keldi. Muxtor hukumat imijimida, sezdirmasdan joyini almashtirgan ekan. Ochiq hujum qilishimiz uchun hali kuchimiz kam edi. Hujum uyushtirmaslikka kelishdik. Qal’a mudofaachilari esa ancha charchagan edi.
Ikkinchi kuni ikkala tomon ham tinchib qoldi. Ayg‘oqchilarimiz ularning ayg‘oqchisini tutib olibdi. Uni so‘roq qilganimizda: «Sizlarning qurollaringiz oz. Bilaman, meni otib tashlaysizlar, lekin biznikilar sizni polkingiz bilan qirib tashlaydi», deb javob berdi… Qal’aning sobiq dorug‘asi Zinchenko Toshkentdan yordam kelishini bilmasdi, xoinligi tufayli uni yerto‘laga qamab qo‘ygandik. Musulmonlar tunda qal’a va stantsiyaga bir vaqtda hujum qilishga urinib ko‘rdilar. 10 minglar atrofida qurolsiz olomon oq kiyimda qal’a tomon yopirilib kela boshladi. Ularni orqasidan qurollangan forslar quvib kelayotgandi. Yarim soatlardan keyin bu holat yana takrorlandi. Hujumni qal’a mudofaachilari qaytardilar. Oraliqdagi Pugas ko‘chasida 30 ovro‘palikni musulmonlar bo‘g‘izlab o‘ldiribdi. Qal’aga eng yaqin bo‘lgan Veryovkin stantsiyasidan yordam so‘radik. Tezda 80 kishidan iborat Perovskiy boshchiligida qism yetib keldi.
Qo‘qon hukumati ochiq jangda yengolmasliklariga ko‘zi yetib, boshqacha yo‘l tuta boshladi. Bizga delegatsiya yuborib taslim bo‘lishni taklif etishdi: «Bizning kuchimiz ham, qurolimiz ham ko‘p. Kazaklar bizga yordamga kelayapti. Sizlarni qirib tashlashni ham, qon to‘kilishini ham xoqlamayapmiz». Albatta, biz taklifni rad etdik.
Qo‘qon hukumati yana delegatsiya yuborib: «Taslim bo‘linglar, muxtoriyat tarkibida endi ulamo va boylar yo‘q», deb aytishdi. Muzokara ketayotgan bir vaqtda soqchi askarlardan biri yugurub kelib, «qal’aga hujum qilishyapti», deb qichqirdi. Ular bizni chalg‘itib, ayyorlik qilgan ekanlar. Imkoniyatdan foydalanib, yaqinimizdagi binoni kerosin quyib yoqib yubordilar. Shamol qora tutunni biz tomonga hayday boshladi, tutun orasidan 40 ga yaqin kishi yashirinib hujumga o‘tdi. Oq bayroq ko‘targan turk zobiti kiyimidagi bir necha kishi shamoldek uchib kelardi. Soqchilar ularni otishga ulgurdilar. Hujum qaytarilgandan keyin o‘lgan zobitni tintib ko‘rsak, yonidan katta portlatish quvvatiga ega bo‘lgan 2 bomba topildi. Ma’lum bo‘lishicha, unga qal’a darvozasini portlatish topshirilgan ekan. Darvoza ochilgach, asosiy piyoda qismlar qal’aga yorib kirishi ko‘zda tutilganini angladik.
Musulmonlarning yana bir ayg‘oqchisini tutib olib so‘roq qildik. Uning aytishicha, M. Chanishevning o‘zi, tunda qal’aga hujum boshlash uchun arqondan narvon yasab 400 tacha kishini tayyorlayotgan ekan. Tunda rostdan ham hujum bo‘ldi. Biz uni qaytardik.
Ular besh martacha delegatsiya yubordi. Muxtoriyatchilar qurolini tashlab Sho‘ro hokimiyatini tan olmasa, muzokara olib borishdan bosh tortishimizni aytdik. Shunda ular stantsiyaga, revkomga murojaat qilibdi va harbiy ishda uquvsiz temiryo‘lchilar bilan kelishib olibdilar. Kelishuvga binoat, «kechasi soat 12 larda O’rdadagi (qal’ada-gi) qo‘ng‘iroq chalinganda, musulmonlar qal’aga kirib namozimizni o‘qib, keyin taslim bo‘lamiz,», deb aytibdilar. Osipov va men ularning bu taklifini rad etdik.
…Oq xalat kiygan musulmonlar to‘dasi qal’a tomon yopirilib kelardi. Ular yo‘l-yo‘lakay binolarga o‘t qo‘yib, hammayoqni tutunga botirardi. Men dashnoqlar yordamida ularning hujumini yana bir bor qaytardim. Bunaqangi hujumlardan biz haddan tashqari charchadik. Qal’ada oziq-ovqat yetishmovchiligi ham sezila boshladi.
Keyingi kun muxtoriyatchilar yana muzokara olib borishni, yarashishni taklif qilishdi. Ular tuzgan delegatsiya tarkibining teng yarmini ovro‘paliklar, qolganini yerli xalq vakillari tashkil etardi. Biz yana muzokara olib borishga rozi bo‘ldik.

Chunki Toshkentdan yordam kutayotgan edik. Muzokaralar «Rus-Osiyo» banki binosida o‘tkazildi. Yarashish bitimini o‘tkazishga kelishib oldik. Lekin muxtoriyatchilar Yangi shaharga o‘q uzishdan o‘zini tiya olmadi. Muzokaralarni qal’aga yaqinroq joyda o‘tkazilishini qattiq turib talab qildik va bunga erishdik ham. Muzokaralar davomida muxtor hukumat tomonidan, ko‘rinishidan ovro‘palik zobitlardan bo‘lsa kerak, rus tilida erkin gapirardi. U «hamma ran harbiy guruhda, shaxsan Chanishev yerli xalq ustidan diktatura o‘rnatmoqchi. Chanishev hibsga olinmas ekan, hech qanday muzokaradan naf chikmaydi. Yarash bitimi imzolanayotgan bo‘lishidan qat’iy nazar, ularning hujum qilib qolmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Agar shunday holat ro‘y bersa, bizning hayotimiz garovga tikilib qolishi mumkin», dedi va Chanishevni qo‘llab-kuvvatlovchilar orasida Sho‘ro hukumatining ashaddiy dushmani sanalgan Mulla Boy borligini ham alohida ta’kidladi.
Muzokaraning ikkinchi kuni delegatsiyamiz qaytib keldi. Ergash o‘zini xon deb e’lon qilibdi. U bo‘ysunmayotganlarni otib tashlayotgan emish. Qal’aga Gushin kirib keldi va «hech qanaqa jiddiy harakat qilinmasin, ertalab Perfilev Toshkentdan yetib keladi. Kazaklar qurolsizlantirildi», dedi. Biz Qo‘qon muxtoriyati delegatsiyasi bilan o‘tayotgan muzokara vaqtini turli bahonalar bilan cho‘za boshladik. Ertalab Y. Perfilev otryadi bilan yetib keldi (podsho armiyasining 28 yoshli sobiq poruchigi, Turkiston o‘lkasining harbiy komissari — Sh. D.). Va shu kuniyoq Eski sha-harni yondiruvchi snaryadlar bilan to‘pga tutdi. Menimcha, bunday qilishning sira harbiy zarurati yo‘q edi.
Eski shaharda dahshatli talon-toroj va yong‘in boshlandi. Sarosimaga tushgan Eski shahar aholisi orqa-oldiga qaramasdan, uylari va qimmatbaho molu mulkla-rini tashlab jonholatda duch kelgan tomonga qocha boshladi. Talon-torojlikday gunoh ishlardan askarlarni to‘xtatib qololmadik. Otish va yong‘inda ko‘plab begunoh kishilar halok bo‘ldi. Shahar huvillab qoldi. Qolgan-qutgan aholi yordamga muhtoj edi. Biz ular uchun oshxonalar tashkil etdik.
Mahalliy burjuylardan Potelyaxov, Vadyaev va boshqalar ishchilarga pul berishdan bosh tortibdi. Ularni qamoqqa olib, ishchilarga pul olib kelish uchun Toshkentga jo‘nadik. Muxtor hukumat tormor etilgandan so‘ng besh martacha kengash chaqirdik, faqat yettinchi kuni yig‘ilishga ulgurdik. (Chunki, qizil gvardiyachilar o‘rtasida tartibsizliklar hukmron bo‘lib, «g‘olib»lar yetti kungacha talon-toroj bilan shug‘ullangan edi — Sh. D.) Majlisdan revkomni qo‘rqoqlikda ayblab sud qildik. Babushkin majlisda so‘zga chiqib: «Revkom eng og‘ir kunda yashirindi, qo‘rqoqlik qildi», deb aybladi.
Ikki marta saylov o‘tkazdik, ikkinchisida bolshovoylar ko‘proq ovoz oldi.
Osipovni bayramona tarzda, mushaklar otib kuzatib qo‘ydik. Darvoqe, kimdir unga suiqasd qilib o‘q uzdi, lekin o‘q tegmadi. Ye. Perfilev ham ular bilan birga Toshkentga jo‘nab ketdi».
Quyidagi lavha ham (muallifini aniqlay olmadik) Qo‘qonni qonga botirishda faollik ko‘rsatgan qizil gvardiyami qalamiga mansubdir.
«…Bizning harbiy qismimiz otishmalar ostida Qo‘qon vokzaliga kirib bordi va… dushman tomonidan faolroq harbiy harakat boshlanishini kutdik… Mana «Musulmonlar Harbiy Sho‘rosi» va «O’lka musulmon deputatlari Sho‘rosi» tomonidan bizga taklif etilgan keskin talab shartlari:
1.    Ishchi, deqqon va askar Qo‘qon Sho‘rosi musulmon deputatlari, ishchi, askar deputatlari Kengashi va «Gorodskoy samoupravlenie» idoralaridan birlashgan hukumat tuzish:
Ishchi, dehqon o‘lka Sho‘rosi va musulmon jangchilaridan 2 kishi; «Sho‘roi islom» jamoasidan 2 kishi; «Ulamo jamiyati»dan 2 kishi; «Gorodskoy samoupravlenie»dan 2 kishi;
Ishchi, dehqon va askar deputatlari kengashining 4 ta vakilidan iborat hukumat tuzish.
2.    Qo‘qon shahar qal’asi mazkur unitar (manfaatdor) hukumatning bevosita nazorati ostiga berilsin.
3.    Qizil gvardiyachilar qurolsizlantirilsin.
4.    Musulmon aholisi qurolsizlantirilsin (militsiya bundam istisno).
5.    Ishchi, askar va musulmon dehqonlarining bevosita nazorati ostida milliy harbiy qism tashkil etilsin.
6.    Musulmon deputatlari Kengashi va Xalq Komissarlari Soveti birgalikda, zudlik bilan Turkiston ta’sis majlisini chaqirsin.
7.    Ikkala tomon ham, birodarkushlik voqealarini kuzatmasin va unda ishtirok etmasin.
8.    Ikkala tomon ham o‘lganlar va yarador bo‘lganlar uchun gina saqlab, adovatda bo‘lmasin.
9.    Xalq Komissarlari tomonidan tuzilgan yo‘l-yo‘riqlar Shariat qonunlariga zid kelsa, musulmonlar u yo‘l-yo‘riqlarga amal qilmaydi.
10.    Shartnomaga imzo qo‘yilgan zahoti ikkala tomon ham bandilarni ozod etsin.
11.    Aholidan tortib olingan molu mulklar mumkin qadar o‘z egalariga qaytarilsin.
Yarashuv konferentsiyasi Raisi nomiga. Muzokara olib borish uchun «Rus-Osiyo» banki yoniga kelasizlar. U yerdan sizlarni musulmon soqchilari Rusiya mex,monxonasiga-cha kuzatib borishadi. Muzokara «Kanishka» do‘konida o‘tkaziladi. Muzokara paytida ikkala tomon ham o‘q otishni to‘xtatib turishlari shart. Javobini kunduz soat 4 gacha kutamiz.
Qo‘qon shahri, 16 fevral, 1918 yil. «Vakdinchalik Musulmon harbiy Kengashi Raisligini bajaruvchi (imzo)».

Qal’adagilar talabnoma shartlariga to‘pdan Eski shahar ustiga o‘q otish bilan javob berdi. Talabnoma shartlari qabul qilinmaganini sezgan Eski shahar musulmon mutaassiblari shahardagi ovro‘palik aholini bo‘g‘izlashga kirishib ketdilar. Yana musulmon delegatsiyasi keldi va shaharni o‘qqa tutish to‘xtatilmasa, o‘zaro dushmanlik butun o‘lkaga yoyilib ketishi mumkinligini aytdilar. «O’lka musulmon deputatlari Sho‘rosi» tinchlikka erishish uchun boshqa chora-tadbirlar qidirmoqda, dedi.
Delegatsiyaga «biz sizlar bilan urushishdan qo‘rqmaymiz», deb javob berdik. Shaharni yana zambarakdan o‘qqa tutdik. Natijada musulmon qismlari Skobelev tomon-ga qocha boshladi. Shahardagi badavlat rus kishilari ham ular bilan birga edi.
…Eski shahar alanga ichida qoldi. Uchta harbiy yurishda demokratiya va sotsializm dushmanlari bilan qahramonlarcha jang qilgan qizil gvardiyachilar o‘zgalar molu mulkini talon-toroj qilishdan o‘zini tiyib turolmadi».
Uchta harbiy yurishda «qahramonlik» ko‘rsatgan qurolli inqilobchilar Qo‘qonda o‘zgalar molu mulkini talon-toroj qildilar. Bu ham yetmaganday arman dashnoqlari bilan hamkorlikda Farg‘ona vodiysi xalqi boshiga tarix ko‘rmagan vahshiyliklarni soldilar.
«1918 yilning 19—26 yanvarida Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Turkiston o‘lka Sovetlari»ning IV s’ezdi Qo‘qon muxtoriyati va hukumat a’zolarini qonundan tashqari, deb joriya etdi, hukumat a’zolarini xibsga olish haqida qaror qabul qildi». Ana shu qarorga binoan Qo‘qon qonga botirildi. Muxtor hukumatning 30 vakili (hukumatga aloqador bo‘lgan shaxslar) qamoqqa olindi. Ayrimlari qo‘lga tushgan zahotiyoq sudsiz otib tashlandi. Hukumat boshlig‘i M. Cho‘qaev Farg‘onaga, Farg‘onadan Qashqarga qochib ketishga majbur bo‘ldi. Shahar bir necha kun olov ichida qoldi. «O’t ochish oqibatida 1000 dan ortiq do‘kon va do‘konchalar vayron etildi. 1500 kishi o‘ldirildi». «Qo‘qon hukumati tor-mor keltirilgandan so‘ng dashnoqlar guruhi Sho‘ro drujinasi bayrog‘i ostida shaharni 9 kun taladi. Qo‘qon kasalxonasida davolanayotgan bemor va yaradorlar-ni binosi bilan birga yoqib yubordi. Qo‘qon paxta tozalash zavodi ishchilarining 50 tasi oilasi bilan pichoqlab o‘ldirilgan». Shaqar (Qo‘qon)ning 10 mahallasida so‘yilmagan odam qolmadi. Qisqa vaqtda 10 ming kishining yostig‘i quridi. Dashnoqlar vahshiylarcha odamlarning qo‘li, oyog‘ini chopdi, ayollarning esa ko‘kragini kesdi. Bolalarni esa jodu (beda qirqadigan asbob)dan o‘tkazdilar». Perfilev Toshkentga ketganidan so‘ng dash-noqlarning bir qismi qal’a himoyachisi sifatida qoldirilgan edi. Dashnoqlar 1915 yilgi turk-arman qirg‘inidan k.ochib, Turkistondan panoh topgandilar. 1919 yilning may oyida Dashnoqtsutyun partiyasi Kominterndan chiqariladi va qurolsizlantiriladi.
Qo‘qon partiya drujinasining sobiq vzvod komandiri Usmon Aliev quyidagicha yozadi: «Hal qiluvchi fevral kunlarida dashnoqlar do‘konlarni taladi, Potelyaxov idorasini yokdi. Shahar roppa-rosa bir oy yondi. Ok,ibatda ocharchilik boshlandi». Farg‘onadagi birodarkushlikning faol qatnashchisi Matqovul Matfozilovning yozishi-cha, «So‘l eserlar, dashnoqlar va boshqalar Qo‘qon Sho‘rosiga kirib olib, yashirin ravishda xoinlik siyosatini olib bordilar. Bu partiyalarning maxsus qurollangan bo‘linmasi bosmachilarga qarshi kurash niqobi ostida yerlilarga nisbatan vaqshiylik qildi, zo‘r-ladi va molu mulkini talon-toroj qildi». Dashnoqtsutyunchilar va qurolli inqilobchi-lar Suzoq, Bozorqo‘rg‘on aholisini qirg‘inga giriftor etdi.

Qisqa vaqtda ro‘y bergan vayronagarchilik, talon-toroj va vahshiyliklar butun Turkistonga yoyildi. Insoniy huquqi, e’tiqodi, oriyati toptalgan xalq qo‘zg‘aldi. Va bu holat xalq harakatiga, xalqning ommaviy qarshilik harakatiga, o‘ziga xos yo‘siidagi xalq noroziligiga va qo‘zg‘olonga aylanib ketdi. Biz, bu milliy ozodlik va qarshilik harakatini bosmachilik harakati, davrni esa bosmachilik davri deb atadik.
Qo‘qon fojiasi turli xil siyosiy partiyalar va guruhlar ichida jiddiy noroziliklar keltirib chiqardi va sof vijdonli kishilarni oyoqqa turg‘azdi. Bu fojiadan jabrlangan xalqning qasoskorlik ruhida tarbiyalangan mard o‘g‘lonlari allaqachon xulosa chiqargandi. Toshkent shahar Sovetining 1919 yil 23 fevralidagi yig‘inida «Qo‘qon voqealariga doyr va sotsialistik armiya» degan masala muhokama qilinadi, Unda Qo‘qonda sodir etilgan fojialarga siyosiy baho berishga, to‘g‘rirog‘i xaspo‘shlashga urinishlar bo‘ladi. Shu o‘rinda ana shu majlis ma’lumotnomasidan parchalar kelti-rishni lozim topdik, (Chunki unda ajdodlarimizning kizil gvardiyachilar tomonidan qanchalik vahshiylarcha o‘ldirilgani va demokratik kuchlarning fojialarni xolis baholashi qanchalik qarshilikka uchragani ayon bo‘ladi.)
Menshevik-internatsionalistlar fraktsiyasining boshlig‘i o‘rtoq VAYNSHTEYN (majlisni ochiq o‘tkazishni talab qiladi va ko‘rilayotgan masalaning ahamiyatiga to‘xtalib, quyidagicha fikr bildiradi): «Ko‘rilayotgan masalaga har tomonlama siyosiy baho berish bizni juda qizikdiradi, ayniqsa jangovar bo‘linmaning jang paytida va jangdan keyingi xulq-atvori, zimmasiga yuklangan topshiriqqa munosabati va uni qanday bajarganligini bilishimiz lozim. Bu masalalar nafaqat bizni, balki butun jamiyatimizni, inqilobiy demokratiyani, har qanday maxfiy siyosatdan, sirli shartnomalardan ustun turadigan haqiqatni xalq ommasi bilib qo‘yishi kerak.
Shubhali va qayg‘uli qolat ro‘y bermasligi uchun mazkur masala ochiq muhokama etilishi lozim. Ko‘ngilsiz hodisa ro‘y bermagan bo‘psa, juda yaxshi, kimlardandir qo‘rqadigan, yashiradigan narsamiz yo‘q. Agarda demokratiyaga, inqilobga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etilgan bo‘lsa, u bizning yaramiz va jarohatimiz deb kabul qilishimiz kerak. U gazak olib ketmasligi uchun chora-tadbirlar ko‘rishimiz darkor. Mabodo demokratiya uchun sharmandali vokea ro‘y bergan bo‘lsa, masalani ochiq muhoka-ma etib, aybmizini tan olib, uni yuvishimiz lozim.
E. PERFILEV: Yanvar va fevral oyida uchta yurish qilishga to‘g‘ri keldi. Bu uchala yurish bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Biz ataman Dutov bilan jang qilayotganimizda, uning Zaytsev va muxtor hukumat bilan aloqada bo‘lganligini tasdiqlovchi ma’lumotlarga ega edik.
Orenburg uchun jang qilayotganimizda Qo‘qonda qo‘zg‘olon ko‘tarilishi kerak ekan. Ayni vaqtda, kazaklar Erondan O’rta Osiyo tomon siljimokda edi. Ular birlashib, Sho‘ro hokimiyatini ag‘darmokchi edilar.
Xalq ommasi Qo‘kondagi muxtoriyatni qo‘llab-quvvatlamadi. Biz o‘z vaqtida dushmanni Orenburgda tor-mor keltirib, Sho‘rolar hokimiyatini o‘rnatdik va O’rta Osiyo tomonga yo‘l oldik. Samarqand ostonasida kazaklarga zarba berdik va ularni tinchitdik. Kazaklarni qo‘zg‘olonga undagan 200 tacha kishi sharmandalarcha qochib qoldi.
Qo‘qonda esa, yerli xalkning qurolli bandasi qal’aga hujum qilibdi, talabnoma topshiribdi va. taslim bo‘lishni, qurollarni topshirishni, qizil gvardiyachilarni kurolsizlaytirishni talab qilayotgan ekan. Biz Qo‘qonning Yangi shahar qismida rus aholisini yerli banditlar bo‘g‘izlab o‘ldirmoqdalar, degan xabar oldik. Bizning poezdimiz yo‘l-yo‘lakay, yo‘lda uchragan har qanday qalakg‘i-qasang‘ilarni o‘qqa tutib bordi. Shahar qal’asi halicha qo‘ldan ketgan yo‘q ekan.
…Isyonchilar orasida yaxshi qurollangan 250 tacha fors bo‘lib, hukumat ularga har kuni 25 so‘m pul berib turar ekan. (Muxtor hukumatning xazinasi bo‘sh bo‘lgan, 60 million so‘mlik zayom chiqarib uni ham sotolmagan—Sh.D.) Qurollangan arman dashnokpari shaharda joylashgan bo‘lib, forslar bilan dushmanlik kayfiyatida edi. Ular qal’a va vokzal o‘rtasidagi aloqani ushlab turardi.
Ertalab, Xo‘jand ko‘chasi bo‘ylab 2000 tacha yerlilar shahar tomon bostirib kelayapti, degan xabarni oldim. Oldinda qurollangan piyodalar, ularning izidan bolta, tesha, o‘roq, ketmon va kaltak bilan qurollangan odamlar, ular orqasidan qurollangan otlits-lar yarim halqa bo‘lib, qurolsiz olomonni biz tomonga zo‘rlab, oldiga solib quvib kelardi. Namangan yo‘li bo‘ylab ham, xuddi shunday guruh bostirib kelmoqda edi. Otryadimiz 12 ta artilleriya pushkasidan ularga qarata o‘t ocha boshladi. Isyonchilarning katta qismi machitga yashirinishdi. Menimcha, ular machitni to‘pdan saqlanadigan panoh deb tasavvur qilgandilar. Machitni harbiy istehkom sifatida shahar qal’asi bilan taqqoslaganda juda katta farq qiladi. Masjidga karata bir necha marotaba o‘q uzdik. Guruhimiz o‘z vazifasini bajarmadi. Chunki guruhimiz yong‘in chiqarib shahar va aholiga katta zarar yetkazdi. Viz shaqardagi hokimiyatni yo‘q qilib tashladik. Shahardagi eski hukumat rus kishilarining hayotini saqlab qolishga kafolat berolmasdi.
Machitlarni yana bir necha marotaba to‘pdan o‘qqa tutishga to‘g‘ri keldi. Qizil gvardiyachilar bo‘g‘izlangan ovro‘paliklarning jasadlarini ko‘rganda shunday tutaqib ketdi-larki, ularni hech qanday kuch to‘xtatib qololmasdi, askarlar oldilaridan chiqqan hamma narsani yakson tsilib ketaverdilar. Hatto shunday x,olat ro‘y berdiki, 5 ta qieil gvardiyachi yerli banditlerning 200 tasini oldiga solib quvladi (tsurolsiz olomonni— Sh. D.). Otryad katta qaqramonlik ko‘rsatdi. Jang ishtirokchilari orasida birorta ham qo‘rqog‘i yo‘q edi. Biz qiyinchilik bilan toshko‘prikni qo‘lga kiritdik va Eski shaharga yorib kirdik. Isyonchilar to‘dasi Skobelev tomonga chekinishdi. Badavlat kishilar qimmatbaho buyumlarini, pullarini o‘zlari bilan olib qochdilar, lekin narsalari o‘zlariga nasib etmadi. Qochayotganlarni tezotar to‘pdan o‘q uzib, yanchib tashladik, bir kismini esa orqaga chekinishga majbur etdik. Ularning ko‘rpa-yostiqlari, gilamlari, kimmatbaho narsalari yo‘lda sochilib qoldi.
Turkiston muxtor hukumati deb atalgan hukumat, biz borgunga kadar tarqab ketgan ekan. Uning o‘rniga «O’lka musulmon deputatlari Sho‘rosi» tuzilib, mohiyatan oldingi hukumatdan hech qanday farklanmasdi, fakatgina nomi o‘zgacha edi, xolos. «O’lka musulmon deputatlari Sho‘rosi» vakilining aytishicha, bizlar ularni o‘qqa tutganimiz sababli musulmonlar bizga qarshi milliy urush e’lon kilgan emish. Men ularga: «Biz urushdan ko‘rkmaymiz», deb javob berdim. Guruhimiz Eski shahar ustiga yana 9 marta zambarakdan o‘k uzdi… Shundan so‘ng oq bayroq ko‘tarib musulmon delegatsiyalari kelaverdilar. Ular «Biz aybdor emasmiz, u to‘dalardan o‘zimiz ham katta zarar ko‘ryapmiz, konli to‘knashuvlarga ular aybdor, o‘q otishni to‘xtatinglar», deb iltimos kildilar. Guruhimiz kochgan to‘dalarni izidan quvib yetib tor-mor keltirishi kerak edi, lekin guruhimiz va dashnoklar shaharni talon-toroj kilishga berilib ketishdi. Shuning uchun ham guruhni boshka kuchlar bilan almashtirish zaruriyati tug‘ildi.
Hozir Qo‘qon qanday ahvolda, u yerda nimalar bo‘lyapti? Qo‘qonning Eski shahar kismi tamomila vayron etilgan. Yangi shahar mavzeiga zarar yetkazilmagan. Shahardagi badavlat rus kishilari ham shaharni tashlab kochib ketgan. Shaharda katta oziq-ovqat eahiralari, bankida esa oltin va kumush pullardan anchagina bor…
Biz zimmamizdagi ishlarni yakunlagan emasmiz. Omon kolgan banditlar o‘lkaning boshka hududlarida ko‘zg‘opon ko‘tarishga urinib ko‘rmokda. Ovro‘paliklarga karshi yerli xalkni kayrab, millatchilik ruhida tashvikot olib bormokdalar.
…Biz shaharda Ponomaryov va Belov boshchiligida shahar kurolli mudofaasini tuzdik. Oldimizda fitnachilarning asl qiyofasini fosh etish masalasi ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Dushmanlarimiz kundan-kunga hushyor tortmokdalar. Askarlar uy-uylariga tarqab ketmokdalar. Bizning ixtiyorimizda zambaraklar, snaryadlar, o‘q-dorilar istagancha bor, lekin odamlarimiz kundan-kunga kamayib bormokda. Shuning uchun tezlik bilan, qiska muddat ichida sotsialistik armiya tuzish zaruriyati yaqqol sezilib koldi.
Men ma’ruzamni tugatar ekanman, shuni alohida ta’kidlamokchiman: men urushda bo‘lganman, ko‘plab jangovar to‘qnashuvlarda qatnashganman, lekin qizil gvardiyachilarimizning Qo‘qonda ko‘rsatgan qaqramonliklarini, mardligini haligacha ko‘rmagan edim.
Agar o‘zgalar molu mulkini talon-toroj qilishdek sharmandali holat ro‘y bermaganida, guruhimiz o‘zining inqilobiy vazifasini sidqidildan a’lo darajada bajardi, deb aytgan bo‘lar edim.
VAYNSHTEYN: hisobotdan shuni angladimki, guruh boshlig‘i o‘rtoq Perfilev ma’ruzasi yuzasidan biror jo‘yali fikr aytishim qiyin. Uning ma’ruzasida kishi hissiyo-tini qitiqlaydigan va tashviqotnoma so‘zlar anchagina. Lekin Qo‘qonda ro‘y bergan fojiali voqealar to‘g‘risida dalillar juda oz keltirildi. Bizni Orenburg va Samarkand emas, aynan Qo‘qon voqealari qiziqtiradi.
Qiziq, sinfiy kurash nomi bilan ko‘tarilgan inqilobiy bayrog‘imiz qaerda qoldi? Ruslar va sartlar, armanilar va forslarning o‘zaro milliy kelishmovchiliklari haqidagi gaplar, musulmonlardan qanday qilib himoyalanishimiz loyihasi to‘g‘risidagi fikrlar quloqqa chalinmoqda. Biz sinfiy kurash o‘rniga, milliy kurash olib borayapmiz. Bu ahvolni, shubhasiz, tabiiy hol deb hisoblay olmaymiz. Lekin u mantiqan to‘la, Sovetlarning Turkiston o‘lkasida olib borayotgan siyosati oqibatidir.
O’lkada musulmonlar xohish-irodasi bilan hisoblashmay turib sotsializm qurishga intilmokda. O’rtoq Perfilev mehnatkash musulmon ommasi muxtoriyatni xohlamadi, qo‘llab-quvvatlamadi, deb ta’kidlab o‘tdi. O’rtoq Perfilevning o‘z fikrini isbotlashga asosi bormi? Uning asosi shundaki, qaysiki musulmonlar to‘pdan o‘qqa tutilgandan keyingina o‘zlarini bo‘ysunishga tayyor ekanliklarini bildirganini nazarda tutayotgan bo‘lsa kerak.
Yerli xalq Kuropatkinga o‘zlarining itoatgo‘yligini o‘shanday usullardan keyingina bildirmaganmidi? O’rtoq Kuropatkin (Turkistonning so‘nggi general-gubernatori 1914—1917 y.—Sh. D.) qo‘llagan usullar bilan yondashmoqni mulohaza qilyapti (zaldan ola-g‘ovur ko‘tarildi, «Yo‘qol bu yerdan!»).
Ma’ruzada biz faqat milliy qirg‘inlarni ko‘rayapmiz: uni sotsializmning yovuz dushmani bo‘lmish podsho monarxiyasi va hukumati qo‘llab-quvvatlagan edi.
Qaysi sotsialist bunga ishonishi mumkin? Siz Turkistonni tashlab chiqib ketasizmi? Agar bu yerli xalqning xoqish-irodasi bo‘lsa-chi? Kimki bu to‘g‘rida gapiradigan bo‘lsa, sizlar darrov uning ovozini o‘chirasizlar. Yo‘ts, sizlar sotsialist emas, o‘sha imperialist, o‘sha istilochisizlar (zalda shovqin, «Yo‘qol yaramas!» degan ovoz yangradi).
…Qator shaharlar o‘z x,oliga tashlab qo‘yilgan. Mana, biz internatsionalizm g‘oyala-rini, millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash va xalqaro birodarlik g‘oyalarini hayotga qanday tadbiq qilayapmiz.
Biz Germaniya proletariatini nemis imperialistlari bilan kurashda yordamga chaqirayapmiz, lekin o‘zimiz (askarlarni—Sh. D.) bir irqdan ikkinchi irqning ustunli-gini tan olish kayfiyatida tarbiyalayapmiz. Nima uchun Germaniya bizga: «Sizlar Turkistonda sartlarni toptaganday biz sizlarni yanchib tashlaymiz», deb aytmaydi. Boshqalar hurmatiga sazovor bo‘lish uchun, boshqalarni ham hurmat qilish kerak.
O’rtoq Perfilev hissiyotimizni qo‘zg‘ab undan foydalanmoqchi… Internatsiona-listlar fraktsiyasi nomidan zudlik bilan ro‘y bergan voqeani taftish qilib, o‘rganib chiquvchi komissiya tuzishni, inqilobning qizil bayrog‘iga kimki dog‘ tushirgan bo‘lsa, oddiy gvardiyachidan tortib, otryad komandirigacha hamma-hammasini qat’iy javobgarlikka tortishni talab qilamiz.
Biz uchun ayrim kishilarning shuhrati emas, demokratiyaning vijdoni va tutgan yo‘li ahamiyatlidir. Inqilobiy demokratiya bayrog‘idan bu dog‘ni yuvib tashlash kerak. Aybdorlar qonun oldida javob berishlari lozim.
Raislik qiluvchi I. O. TOBOLIN: Qo‘qon voqealari to‘g‘risidagi ma’ruzani inter-natsionalistlar fraktsiyasining vakili tashviqotnoma ma’ruza deb atadi. Lekin men tanqid qilayotgan kishining ma’ruzasini tashviqotona nutq deb atayman. Katta yig‘ilishga to‘g‘ri kelmaydigan gap-so‘zlarni qilmoqda. Internatsionalistlar fraktsiyasining qancha a’zosi aksilinqilobchilar bilan bo‘lgan jangda halokatga uchradi? A’zolaringizning qanchasi jangda ishtirok etdi? Mayli, biz ulardan hech narsani, dam olishni ham, uyquni ham, hayotni ham ayamaymiz. Bu partiyaga (fraktsiyaga) faqat tanqidingizni cho‘ntagingizga solib quying deyman, tanqidni sizlardek taftish komissiyasida o‘tirmoqchi bo‘layotgan qo‘rqoqlar emas, ishni amalga oshirganlarning o‘zlari qiladilar. Menimcha, ularning o‘zlari ayblanuvchilar kursisida o‘tirib, sud oldida javob berishlari kerak.
Ma’ruzachi sotsialistik hukumat qanday qilib bunday shafqatsizliklarga yo‘l qo‘ydi, deb savol berayapti. Men unga hozir proletariat diktaturasi davrida, kim kimni yengishi hal bo‘layotganda shafqatsizlarcha kurash bo‘lishi tabiiy bir hol, deb javob berar edim. Qizil gvardiyachilar o‘zaro janglarda bundan x,am qattiq shafqat-sizliklarni namoyon qildi. Umuman, bunday daqiqalarda, bundayin kurashda shafqat-sizlik haqida gapirish judayam kulguli bir hol. Internatsionalistlar partiyasi vaki-liching aytishicha, ma’ruza hech narsa bermagan emish, lekin biz undan ko‘p narsalarni bilib oldik va xulosa chiqardik.
…Qo‘qonda markazdan uzilib, hayotimiz xavf ostida qolganida ham, inqilobning taqdiri qil ustida turganida ham, o‘z qarorlarimizni hayotga tadbiq qilaveramiz. To‘g‘ri, ayrim shaxslarning jinoiy harakatlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tmoq kerak, lekin butun boshli qizil gvardiya yuziga qora chalpishga yo‘l qo‘ymaymiz. Bizning oilaviy hayotimizga suqilishga haqqingiz yo‘q. Demokratlar orasida sizlarga o‘rin yo‘q. Yaratganga shukurkim, o‘lkani tang ahvoldan saqlab qoluvchi qizil gvardiyachilar o‘z vaqtida harakat qilishga ulgurdi… O’rtoq Perfilev ogir ahvoldagilarga yordam berishga umidsizlii bilan qaramoqda. Menga esa umidli bo‘lishga ruxsat bergaysizlar.
…Sotsialistik armiyadan tashqari bizning ixtiyorimizda, Sho‘ro hokimiyati dush-manlarini yanchib, yo‘q qilib tashlaydigan, ishchi va dehqonlar hokimiyatiga qarshi kuchlarga qarshi shafqatsiz kurash olib boradigan qizil gvardiya ham bor.
…Internatsionalistlar fraktsiyasini rus inqilobining vaysaqi siyosatbozlari deb atash mumkin. Jangdan so‘ng o‘zgalar molu mulkini talon-toroj qilish, shubhasiz, sharmandali hol, lekin biz bu voqeaga psixologik nuqtai nazardan yondashishimiz mumkin. Tarixdan ma’lumki, shunchalik katta olomon bilan jangchilar to‘qnashganda talon-toroj bo‘lishi tabiiy bir hol, faqatgina talon-torojning hajmi va qanday bo‘lganligi bilan farq qiladi, xolos. Bu albatta yovuzlik.
Shu kungacha Rusiyaning qamma yirik shaharlarida to‘ntarish vayron qilish yo‘li bilan amalga oshirildi. Biz Korovichenko (Turkiston Vaqtli hukumatining harbiy vaziri) ustidan g‘alaba qozonganimizda talon-toroj deyarli sodir bo‘lmadi. Inqi-lobning ilg‘or qizil gvardiyachi guruhlari bayrog‘ida dog‘ bo‘lmasligi lozim, tushgan dog‘ni esa, albatta yuvish kerak.
Talon-toroj va beboshlikni tan olib, aybdorlarni o‘zlarining ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarida, harbiy qismlarida, guruhlarida sud qilinishini taklif qilaman.
O’rtoq VAYNSHTEYN internatsionalistlar fraktsiyasi nomidan «Qo‘qon voqeasi» to‘g‘risidagi qarorni majlis ahliga o‘qib eshittiradi. Internatsionalistlar fraktsiyasi a’zolari nomidan, qabul qilinadigan qarorda quyidagilar aks etishini lozim deb hisoblayman: Inqilobiy qarbiy qismlar tomonidan sodir etilgan talon-toroj va beboshlik, inqilob demokratiyasi bayrog‘iga dog‘ bo‘lib tushganligi tan olinsin. Qo‘qon voqealari yaxshi yoritilmadi, deb hisoblansin. Faqat voqea sodir etilgan joyning o‘zida tekshirilgan taqdirdagina haqiqat yuzaga chiqadi. Shuning uchun demokratik komissiya tuzilsin, aybdorlar aniqlansin, inqilobiy sud oldida javob bersin va jazoga tortilsin.
Raislik qiluvchi o‘rtoq TOBOLIN menshevik-internatsionalistlar fraktsiyasi tomonidan taklif qilingan qarorlarni rasmiy ravishda qabul qila olmasligini e’lon qildi, sababini takliflar yozma ravishda berilmadi deb ko‘rsatdi. Va majlis ahli menshevik internatsionalistlar fraktsiyasi tomonidan qilingan takliflarni rad etdi.
So‘ngra bolshovoylar rezolyutsiyasi o‘qib eshittirildi va 75 delegat roziligi (17 delegat qarshi ovoz berdi) bilan bolshovoylar qarori qabul qilindi».
Qo‘qonda ro‘y bergan fevral voqealari hamon bizga qorong‘iligicha tsolmoqda. Ayrim manbalarda, 18 fevral kuni Ergash tomonidan hokimiyat to‘ntarishi amalga oshirilganligi ta’kidlanadi. Menimcha, hech kim, hech qanday to‘ntarishni amalga oshirmagan. Chunki tahlikali fevral kunlarida Qo‘qonda ham, muxtor hukumat ichida ham, yagona hokimiyat kuchi yo‘q edi. Qo‘qonning amaldagi hatsiqiy egasi, Qo‘qon shahar militsiyasining boshlig‘i Ergash edi.
Qadimdan qolgan va tsomuslarda yozilmagan hayotiy bir qonun bor. Lashkar kimning qo‘lida bo‘lsa, hokimiyat ham o‘shaning qo‘lida bo‘ladi (albatta, demokratiya institutlari rivojlanmagan jamiyatda). Oliy lavozimga M. Cho‘qaev saylangan bo‘lsa-da, muxtor hukumat suyangan armiya Ergash qo‘lida edi. Shu o‘rinda Ergash shaxsiga qisqacha to‘xtalib o‘tsak. U dolg‘ali zamonda ikkita Ergash yashab o‘tdi. Katta Ergash podsho zamonida talonchilik va o‘g‘rilik qilgani uchun 20 yillik Sibir surguniga hukm qilingandi. Dar-x,aqiqat, podshoning Turkistondagi ma’murlari Bobonni ham, Nomozni ham o‘g‘ri, taloychi deb atagandi. Fevral ozodligi tufayli 1917 yilning sentyabrida Ergash surgundan qaytib keladi. Va u Sho‘ro hukumati Qo‘qon shahar militsiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi. 1918 yilning boshlariga kelib Ergash va uning yordamchisi Hamdam ixtiyorida 1700 dan ortiq qurolli yigit bor edi.
1918 yilning mart oyida Qo‘qon yonidagi Bachir qishlog‘ida ko‘rboshilar yig‘ini bo‘lib o‘tadi. Unga 40 dan ortiq qo‘rboshilar qatnashib Ergashni «Amir ul-muslim» (Musulmon qo‘shinining boshlig‘i) etib saylaydi. O’rinbosarlikka Madaminbek va kichik Ergash saylanadi. Katta Ergash 1918 yilning yozida Marg‘ilon shahri yonidagi jangda halok bo‘ladi. Kichik Ergash esa, 1920 yili Qo‘qonda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng siyosiy faoliyatdan chetlashib ketadi.
Muxtoriyat tuzish g‘oyasi tariximizda o‘z erkini qo‘lga olmoqchi bo‘lgan, milliy demokratik davlat tuzishni niyat qilgan va unda hur yashashni orzu etgan yuqori qatlamdagi bir guruh vatanparvarlar tashabbusi edi. Turkiston muxtoriyati ham, Parij kommunasi kabi bor-yo‘g‘i 72 kun yashadi. Turkiston milliy savdo-sanoat burjuaziyasi muxtoriyatning asoschisi va harakatning yo‘lboshchisi bo‘ldi. Demokratik kayfiyatdagi milliy musulmon ziyolilari esa, uning targ‘ibotchisi va sobit kurashchisiga aylandi. Turkiston takdiri uchun, milliy istiklol uchun, erk va hurlik uchun VATAN tuyg‘usidek muqaddas tuyg‘u kalbining to‘ridan joy olgan millatparvar ziyolilar kurashgandi xolos. Ular Toshkentda kozoq tilida «Birlik to‘g‘i», o‘zbek tilida «El bayrog‘i», «Ulug‘ Turkiston», «Hurriyat», rus tilida «Svobodnaya Turkestan» gazetalarini ozodlik g‘oyalarini targ‘ib kiluvchi minbarga aylantirgandi.
Muxtoriyat hukumati moliyaviy jihatdan niqoyatda og‘ir ahvolda edi. Turk sho‘roning buyrug‘i bilan 1917 yilning dekabridayok Qo‘qondagi banklar pulini P. G. Poltoratskiy sho‘ro hukumati ixtiyoriga olib ketgandi. Pulsiz kolgan muxtoriyatchilar 60 million so‘mlik zayom chikardilar. Lekin bir burda nonga zor xalk zayomlarni deyarli sotib olmadi. Hukumatni qisqa vaktda moliyaviy jix,atdan oyokka turg‘azish vazifasi dolzarb masalaligicha kolaverdi.
Hukumat harbiy kuchga ham ega emas edi. Qiska muddatda, jangavor kurolli inkilobchilarga teng keladigan harbiy kuchni yig‘ishning umuman imkoni yo‘k edi. «Qo‘qon qukumati harbiy kuchga muhtoj edi», deb yozadi Turor Riskulov 1925 yili chop etilgan «Inkilob va Turkistonning yerli xalqlari» risolasida. Hukumat Ergash to‘dasiga suya-nishga majbur bo‘ladi, chunki, Qo‘kon vokealarigacha Ergash guruhi Turkistondagi yagona kurolli guruh edi.
Inkilob arafasida Turkistonda bir nechta ijtimoiy katlamlar mavjud bo‘lib, ularning dunyokarashi ham, jamiyatda tutgan o‘rinlari ham, manfaat va maqsadlari ham turlicha edi. Amalda Turkistonni inkilobgacha ag‘darilgan podsho tuzumining sobiq amaldorlari, pomeshchik va dvoryanlar boshqarib keldi. Ularning ko‘pchiligi podsho armiyasining sobik harbiy xizmatchilari edi. Chunki, Turkiston harbiylar ko‘lida bo‘lib, hokimiyatni ham harbiy usulda, harbiylar boshqarardi.
Ikkinchi ijtimoiy katlamni Rusiyaning ochko‘z burjuylari tashkil etib, ular Turkistondagi eskicha ishlab chikarishni sindirish, lekin Turkistonni mustamlaka, hech bo‘lmaganda yarim mustamlaka holda saqlab qolish tarafdori edilar. Ayni paytda ular ham Turkiston xom ashyosidan ajralib qolishdan o‘lgudek ko‘rqardi.
Uchinchi ijtimoiy katlamni endigina shakllanayotgan milliy savdo-sanoat burjuylari tashkil knlardi. Ular milliy mablag‘ o‘sishini, Turkiston va Rusiya munosabatlarini tubdan o‘zgartirishni, ilojini topsa hokimiyatni o‘zlari boshkarishni orzu kilardi. O’z navbatida, ularni ham o‘ng va so‘lga ajratish mumkin edi. O’nglarga yerli yahudiy burjuylari mansub bo‘lib, nozik masalalarda ikkilanib turardi. Bu siraga Farg‘onada Potelyaxov, Vadyaev, Davidov, Samarkandda Fuzaylov va boshqalar mansub edi. So‘llarga esa turkiy xalklar ichidan chikkan mahalliy bo‘rjuylar—Mirkomilboy, Ubaydullaxo‘ja, Mo‘minboy va boshqalarni kiritish mumkin.
To‘rtinchi guruhga islom ulamolari va «musulmon mutaassiblari» mansubdir. Ularni ham o‘z navbatida ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga Behbudiy, Munavvarqori singari millatparvar, ayni paytda baynalminalchi, islom ilmining bilimdon ulamolarini kiritsak, ikkinchi guruhga reaktsion kayfiyatdagi islom dinini o‘ziga niqob kilib olgan xurofotchilar mansubdir.
Va nihoyat beshinchi katlamga kuyi tabaka vakillari—o‘rtahol va kambag‘al dehkonlar, ishchilar kiradi. Uchinchi, to‘rtinchi katlam vakillari orasidan demokratik kayfiyatdagi musulmon ziyolilari guruhi ajralib chikib, o‘z takdirini xalk takdiri bilan birga bog‘ladi. Ular yerli xalk farzandlari uchun jadid maktablari ochib, milliy madaniyatni ko‘tarish, hurlikda yashash tarafdori edilar. Ularga rus ziyolilarining tarakqiyparvar qismi xayrixoh bo‘ldi.
Turkiston o‘lkasida Oktyabr to‘ntarishida yetakchi o‘rin tutgan «ongli va uyushgan, inqilobiy sinf» bo‘lmish, ishchilar sinfi kam sonli edi. Borlari ham yukoridagi ta’rifga noloyik edi. (Inqilob arafasida Turkistonda 21 ming atrofida ishchi bor edi.) Imperiya markazidan ko‘chirib keltirilgan dehkonlar kabi ishchilarga ham, mahalliy ishchi kadrlarga nisbatan ko‘shimcha imtiyozlar belgilangandi. Paxta zavodida va boshka korxonalarda ishlaydigan rus ishchisiga to‘lanadigan haq o‘zbek ishchisiga to‘la-nadigan hakdan ikki barobar ko‘p edi. Masalan: Qizilkiya kumir konida «sartlarga bir oyda 15—17 so‘m, rus ishchilariga 30 so‘m to‘lanardi». Podsho zamonasidayok Turkiston-ga ko‘chib kelgan ovro‘paliklar va yerli xalk o‘rtasiga milliy nizo urug‘lari sepilgandi. Chunki bundan chorizm manfaatdor edi. Mahalliy ishchilar, asosan kora ishlarni, paxta zavodlarida toylangan paxtalarni u yokdan bu yokqa tashirdi, yoki tog‘-kon sanoatida ham yuk tashuvchi bo‘lib ishlardi. Ular mavsumiy ishchi hisoblanardi. Inkilobiy uyushqoq-lik va sinfiy onglilik kabi g‘oyalar hali ularga begona edi.

Tarixchi olim P. Alekseenkov «Qo‘qon muxtoriyatipni to‘rt davrga bo‘ladi.
«Tayyorgarlik davri» yoki birinchi davr. Oktyabr inqilobidan, (aslida Oktyabr to‘ntarishi Toshkentda Petrograddagidan bir necha kun oldin bo‘lib o‘tgan—Sh. D.) O’lka musulmonlarining IV Favqullodda qurultoyigacha, ya’ni oktyabr oyining oxirlaridan 28 noyabrgacha.
Ikkinchisi burjuaziya rahbarligi davri. (Millatparvar demokratik kayfiyatdagi mahalliy burjua musulmon ziyolilarining rahbarligi davri deyilsa, haqiqatga to‘g‘ri bo‘lardi—Sh. D.) O’lka musulmonlarining IV Favqulodda qurultoyidan Ergash boshchiligida hokimiyat to‘ntarishiga qadar, ya’ni 28 noyabrdan, 18 fevralgacha davom etgan.
Uchinchi davr bir necha kungina davom etib, aksilinqilobiy kuchlarning yengilishi va Ergashning qochishi bilan tugaydi.
To‘rtinchi davr esa, Ergash boshchiligidagi guruhning yangi aksilinqilobiy kurashni boshlab berishi. Turkiston tarixida bu kurashga bosmachilik kurashi deb nom berildi va necha yil davom etganligini P. Alekseenkov alohida ta’kidlaydi. Uz-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, Turkiston tarixidagi eng qonli va fojiali davr hisoblangan «bosmachilik» davri va harakati QONGA BOTIRILGAN «Qo‘qon muxtoriyatining achchiq mevasi ekan.

Shoniyoz Doniyorov

2 Yanıt

  1. Siteyi çok beğendiğimi içtenlikle belirtmek isterim. Sitenizi takip listeme alıyorum.

    Teşekkür ederim.

    Serhat Çilingir
    skype: cilingir6,272101E+10

  2. I am really impressed with your writing skills as well as with the layout on your weblog.
    Is this a paid theme or did you customize it yourself?
    Either way keep up the nice quality writing, it is rare to see a great blog like this one these days.

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: