Ozarboyjon kinosi kunlari davom etmoqda


O‘zbekiston davlat san’at institutida Ozarboyjon kinosi kunlari doirasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz va ozarboyjonlik kino ijodkorlari, san’atshunoslar, ijodiy va jamoat tashkilotlari vakillari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda, jumladan, madaniyat va san’at yo‘nalishida ham izchil rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi. Ikki davlatning ilm-fan va ta’lim, madaniy jabhadagi aloqalarining yanada yuksalishida bunday uchrashuvlar, kino haftaliklarining hissasi katta.

– O‘zbekistonda san’atning barcha turlari qatori kinoni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilayotgani, buning natijasida milliy ruh, umrboqiy an’ana va qadriyatlar tarannum etilgan filmlar yaratilayotganining guvohi bo‘ldik, – deydi ozarboyjonlik kinorejissor Mehribon Alekperzoda. – O‘zbekistonda o‘tayotgan Ozarboyjon kinosi kunlari madaniy aloqalarimizni yanada mustahkamlash, o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan fikr va tajriba almashishga xizmat qiladi.

Tadbirda ozarboyjonlik kino ijodkorlar tomonidan suratga olingan badiiy va animatsion filmlar namoyish etildi. O‘zA

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: