Afg’onistonga yordam qo’lini cho’zgan qirg’iz ayoli


[insert caption here]Sobiq Sovet ittifoqi tarqalib ketgach, mintaqada rivoj topa boshlagan bozor iqtisodiyoti Qirg’iziston ayollarini tijoratga chorlagan.

Ular qo’shni Xitoy, Rossiya, Turkiya, Eron bilan savdo qilishga kirishgan.

Ammo urush ketayotgan Afg’onistonga qadam qo’yishga shu paytgacha hech kimning yuragi dov bermagan.

O’shlik ishbilarmon Hafiza Mahmudova besh yildirki ushbu o’lka bilan iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’ya boshlagan. Ayni paytda u O’sh viloyat Davlat ma’muriyatining tashqi iqtisodiy aloqalar qomitasining a’zosi hamdir.

Mahmudova ilk bor Afg’onistonga qurilish masalalari bo’yicha borgan.

“Afg’on do’stlarimiz bizdan suv quduqlarini qaytadan tiklashda ko’mak so’rashgan. O’shanda “Ozod” korporatsiyasining muduri bilan birgalikda borganmiz. Afg’oniston qurilish bo’yicha ministri bilan muloqotda bo’lganmiz. Asosan, suv tanqis bo’lgan yerlarda bizning geologorazvedka yordamida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash haqida so’z ketgan”,- dedi Hafiza opa.

“Afg’onistonda 30 yildir ketayotgan urush halqqa ko’p aziyat bergan. Bizda bir so’z bor: qo’shning tinch – sen tinch. Qirg’izistonning ham maqsadi shu. Afg’onistonga maorif sistemasida, meditsinada, qishloq xo’jaligida yordam berishga imkonmiz bor. Bizning mutaxassislarimiz malakalari judayam yuksak. Afg’onistonda hozirda vaziyat og’ir. Yordam qo’li uzatayapmiz”,- deb davom etadi Hafiza Mahmudova.

Suhbatdosh nazarida aynan savdo va tijorat xalqlar hamda davlatlarni, har narsadan ko’ra tezroq va samaraliroq yaqinlashtiradi.

“Qirg’izistonda mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Afg’on xalqi esa o’sha mahsulotga muhtoj. Bundan tashqari, boshqa ko’p narsalarni Afg’onistonga sotsak bo’ladi”.

Hafiza Mahmudova fikricha, afg’on-qirg’iz savdo aloqalari rivoji uchun xususiy biznesning ahamiyati katta.

“Bizning ishbilarmonlarimiz afg’on biznesmenlari bilan faolroq hamkorlik qilishi darkor, ko’plab qo’shma korxonalar ochish kerak”, deydi u. “Masalan, afg’on gilamdo’zlari qo’l gilami to’qishda bizning qo’ylarimizning junlarini ishlatishadi. Tog’ asalimizni, mashhur mineral suvimizni olib borsak bo’ladi. Umuman, har ikki davlat ishbilarmonlari uchun sharoitlar tuzib berishimiz kerak, yarmarkalar uyushtirishimiz lozim”,- deya uqtiradi Mahmudova.

Tadbirkorning rejalari ko’p.

“Hozirgi paytda Afg’onistonda Qirg’iziston bozori ochish rejamiz bor. Afg’on yoshlarini olib kelib Qirg’iziston o’quv yutlarida tahsil berishni planlashtirmoqdaman. U yerga meditsina xodimlarini yubormoqchimiz. Lekin asosiy maqsadim – afg’on ayollariga yordam ko’rsatish. Ularning yashash, ta’lim olish sharoyitlari judayam og’ir. Ko’rsangiz, yuragiz og’rib ketadi”,- deydi suhbatdosh.

Ulug’bek Sokin / Qirg’iziston / VOA

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: