Ulug‘ bobomiz merosiga ehtirom


Mirza Ulug`bekParij shahrida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 615 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjuman O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi va YUNESKOdagi doimiy vakolatxonasi, Fransiya astronomik jamiyati va Parij astrofizika instituti hamkorligida tashkil etildi. Ulug‘ allomaning ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ko‘plab xorijiy mamlakatlardan olim va mutaxassislar, Parijdagi diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.Mingdan ziyod yulduz harakatining astronomik jadvali – Ziji Ko‘ragoniyni yaratgan, rasadxona va madrasalar bunyod etgan Mirzo Ulug‘bekning jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan 1994 yil “Mirzo Ulug‘bek yili” deb e’lon qilinib, alloma tavalludining 600 yilligi xalqaro miqyosda, jumladan, YUNESKO qarorgohi joylashgan Parij shahrida keng nishonlangan edi.

Konferensiyada buyuk bobomiz Mirzo Ulug‘bek ilmiy faoliyatining turli jihatlariga, jumladan, Ziji Ko‘ragoniyning jahon ilm-fani rivojida tutgan o‘rni, Yevropada buyuk allomaning ilmiy merosini o‘rganish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, Mirzo Ulug‘bek davridagi ta’lim tizimi hamda mutafakkirning hayotiga doir ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi. O‘zbekistonda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish va targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi. Mirzo Ulug‘bek faoliyatining barcha jihatlarini, ilmiy merosini chuqur tadqiq etish borasida salmoqli ishlar qilingani va bu jarayon izchil davom etayotgani qayd etildi.

– Parijda o‘tgan mazkur nufuzli anjuman jahon miqyosida, jumladan, Yevropada, buyuk bobomiz Mirzo Ulug‘bekning ilmiy va ma’naviy merosiga qiziqish g‘oyat katta ekanligini yana bir bor namoyon etdi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti direktori SH.Egamberdiyev. – Bu mamlakatimizda Yurtboshimiz rahnamoligida buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish va targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlarning yuksak samaralardandir.

O`zA

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: