Mohlaroyim Nodira


Nodira yuksak badiiy iste’dod sohibasi, Uvaysiy, Maxzuna, Dilshod, Anbar otin kabi mumtoz shoiralar safining sardori bo‘lgan. U 1792 yilda Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida tug‘iddi. Shoira otin oyi qo‘lida ta’lim oldi, xususiy mutolaa bilan shug‘ullandi, she’rlar mashq qilib, shoira sifatida tanildi.

ماه لر آیم نادره

1808 yilda Qo‘qon xoni Norbo‘tabiyning o‘g‘li Umarxon bilan oila qurdi, 1810 yilgacha Marg‘ilonda, undan keyin umrining oxirigacha Qo‘qonda yashadi. Nodira Muhammadalixon va Sulton Mahmudxon ismli o‘g‘illarini tarbiyaladi, «Nodira», «Maknuna», «Komila» taxalluslari bilan she’rlar yozdi va devon tuzdi, turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng davlat ishlariga bosh-qosh bo‘ldi.

«Nodirai davron» nomi bilan shuhrat qozongan shoira 1842 yilda Qo‘qon bosib olingan paytda Amir Nasrullo tomonidan o‘g‘li Muhammad Alixon, Sulgon Mahmudxon, Muhammad Alixonning o‘g‘li Muhammad Aminxon va mahramlari Xushholbibi, Norbibi, Oyshabibilar bilan birga qatl etiladi.

Shoiralar she’rlarida badiiy ramzu timsollar tizimida ayollargagina xoslikni ko‘rish mumkin. Masalan, Nodira g‘azallarida «mashshota» va «shona» timsollari ko‘p uchraydi. Ular ayol turmush madaniyatiga xos bo‘lib, «mashshota» – qiz va kelinlarni tarab, oro beruvchi, bezantiruvchi, pardozchi; «shona» -taroq demakdir.

She’rlari: «Vasl uyin obod qildim…», «Marhabo», «Muhabbatsiz kishi odam emasdur», «Dodim eshit», «Dahrni imtihon etib ket», «Nodira ahvolidan ogoh bo‘ling», «Ehtiyoj», «Firoqnoma», «Ko‘zlarim mushtoqdur diydor uchun» va boshq.

screenurl

VASL UYIN OBOD QILDIM…

Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat,
Seli g’amdin bu imorat bo’ldi vayron oqibat.

Qildi choki piroqan dog’I dilimni oshkor,
Qolmadi ko’nglumda zaxmi ishq pinhon oqibat.

Ahdu paymonlar qilib erdi, vafo qilg’um debon,
Ayladi tarki vafo ul ahdi yalg’on oqibat.

Orzu qildim tutarmen deb visoli domanin,
Pora bo’ldi hajr ilgida giribon oqibat.

Zohido, ishqu muhabbat ahlini ma’zur tut,
Yor ko’yida na bo’ldi shayx San’on oqibat.

Baski, qon bo’ldi yurogim gavhari ashk o’rnig’a,
Qatra-qatra ko’zlarimdin tomdi marjon oqibat.

Ohkim, bo’ldi yana subhi nishotim shomi g’am,
Chehra pinhon etti ul xurshidi tobon oqibat.

Garchi bor erdi musaxxar devlar farmonida,
Poymoli hayli mo’r o’ldi Sulaymon oqibat.

Nodira, bulbul kibi to nola insho ayladim,
Navbahor o’tti, xazon o’ldi guliston oqibat.

NODIRA AHVOLIDIN OGOH BO’LING

Yorning vasli emas ozorsiz,
Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.

Ul parivash vaslidin bo’ldim judo,
Rohati dil qolmadi dildorsiz.

Yor uchun ag’yor dardin tortaman,
Ko’rmadim bir yorni ag’yorsiz.

Tan buzuldi, endi rohat qolmadi,
Soya paydo bo’lmadi devorsiz.

Berma nisbat qaddiga, ey bog’bon,
Sarvdur bu bog’ aro raftorsiz.

Nodira ahvolidin ogoh bo’ling,
(Ey musohiblarki, qolmish yorsiz).

MARHABO

Marhabo, ey payki sulton, marhabo,
Hudhudi mulki Sulaymon, marhabo.

Tal’ating farrux, muborak maqdaming
Qildi kulbamni guliston, marhabo.

Xo’b kelding, yaxshi keltirding xabar,
Aylading dardimga darmon, marhabo.

Bo’ldi mavzun qomatingdin munfail,
Sarvi nozi bog’i rizvon, marhabo.

Qilg’asen ul moh mehrin oshkor,
Subh yanglig’ pokdomon, marhabo.

Mujda keltirding visoli yordin,
Topti taskin dardi hijron, marhabo.

Kel beri, to xoki poyingni qilay
To’tiyoyi chashmi giryon, marhabo.

Ravshan aylarman chirog’i ohni,
Ko’zlarimdur gavharafshon, marhabo.

Bu kecha hijron shabistonidadur
Anjumi ashkim charog’on, marhabo.

Qo’y kafi poyingni diydam ustina
Bir dam, ey sarvi xiromon, marhabo.

Nodira, har so’zki insho ayladim,
Aydi anga ahli davron: “Marhabo!”

MUHABBATSIZ KISHI ODAM EMASDUR

Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech, xayoli vasli yor et.

Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et.

Uzoru qaddu raftoringni ko’rsat,
Chaman sarvu gulini sharmisor et.

Labi maxmurdadurmen, jomi may tut,
Karam qil, soqiyo, daf’i humor et.

“Analhaq” mojarosin aylading fosh,
kel, ey Mansur, istiqboli dor et.

Duru ashku aqiqi xuni dilni
Kelu yoring ayog’ig’a nisor et.

Kuyib, ey Nodira, olam elig’a
Muhabbat shevasini oshkor et.

YORSIZ NA LAZZAT

Jon ko’rmadi ro’zadin halovat
Iftorda yorsiz na lazzat?

Yor aylasa yori birla iftor,
Yo’q ro’zada mundin o’zga davlat.

El barcha visol bazmida shod,
To subh chekib surudi ishrat.

Har shom menga navolayi g’am
Iftor qilurg’a bo’ldi qismat.

Mohi ramazonki, fayzi cho’qtur,
Men xastag’a yorsiz na rohat.

Har shom ko’zimni yoshi sham’im,
Xuni jigarim ba joyi sharbat.

Hijron ila ro’za javr etolmas,
Gar yor esa, Nodira, salomat.

DODIM ESHIT

Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shohu, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.

Dudi ohim shu’lasi husning dabiristonida
Misra’i barjastadur, ey sarvi ozodim, eshit.

Sarvinozim, sendin ayru naxli ohim bo’ldi xam,
Qomating hajrida sindi shoxi shamshodim, eshit.

Har nechakim, sabr ta’mirini bunyod ayladim,
Ashk selobida vayron o’ldi obodim, eshit.

Barcha yoru oshnodin aylading begonalig’,
Necha kunlar bo’ldi hargiz qilmading yodim, eshit.

Kelki, bir soat seni ko’rmoq uchun mushtoqmen,
Telba bo’ldim sendin ayru, ey parizodim, eshit.

Nodira bodi sabodin senga irsol etgali
Qildi insho bu g’azalni tab’i noshodim, eshit.

DAHRNI IMTIHON ETIB KET

Kel, dahrni imtihon etib ket,
Sayri chamani jahon etib ket.

Bedardlaring jafolaridin
Faryod etib, fig’on etib ket.

Dunyo chamanini bulbulisen,
Gul shoxida oshyon etib ket.

Ey ashk, ko’zimni maktabidin
Hayrat sabaqin ravon etib ket.

Olam chamaniki bevafodur,
Bir oh bila xazon etib ket.

Ushshoq maqomi bo’stondur,
Azmi rahi bo’ston etib ket.

Maqsad na edi, jahona kelding?
Kayfiyatini bayon etib ket.

Fosh etma ulusqa ishq sirrin,
Ko’ngulda ani nihon etib ket.

Kel, ishq yo’lida ko’zlaringni
Ey Nodira, durfishon etib ket.

KO’ZLARIM MUSHTOQDUR DIYDOR UCHUN…

Ko’zlarim mushtoqdur diydor uchun, ruxsora och,
Pardani yuzdin, ko’zim qilg’uncha bir nazzora, och.

Pardayi nozu hayo xomush la’lingdin ko’tar,
Ikki gul bargini birdin guhar guftora och.

Besutun tog’ida ko’p jon chekmag’il, ey ko’hkan,
Ko’kragimdin jo’yi shir o’rnig’a o’tlig’ yora och.

Ey ko’ngul, dudi fig’oningdin kavokib tiyradur
Oh ko’p chekma, hijobi sobiti sayyora och.

Shavq komil bo’lsa, muxlis ko’chasi masdud emas,
Ey sharar, bir jazba birla rohi sangi xora och.

Muncha pinhon dog’kim, ey jon, falak qo’ydi senga,
Yor agar kelsa, giriboningni aylab pora, och.

Nodira, ohu dilu sho’ri junun barpoy qil,
Ushbu lashkar birla olam mulkini yakbora och.

EHTIYOJ

Qilmag’il zinhor izhor ehtiyoj
Kim, aziz elni qilur xor ehtiyoj.

Hech kim olamda forug’bol emas,
Har kima o’z miqdoricha bor ehtiyoj.

Ganji husningni zakoti ber menga,
Sen g’anisan, menda bisyor ehtiyoj.

Ko’zlarim aylar yuzingni orzu
Kim erur ko’zguya diydor ehtiyoj.

Mustamand etti meni muhtojlik,
Qildi hojatmanding, ey yor, ehtiyoj.

Gar tilarsen obro’ ahbob aro,
Aylama zinhor izhor ehtiyoj.

Qil ravo, albatta, oshiq hojatin,
Boqmag’il arz etsa ag’yor ehtiyoj.

Bir tarahhum zohir etsang, netgusi,
Qildi husningg’a meni zor ehtiyoj.

Yor vaslini tilarmen, Nodira,
Ayladi ko’nglimni afgor ehtiyoj.

TUSHIMDA KO’RSAM EDI

Nigori gulbadanimni tushumda ko’rsam edi,
Labi shakarshikanimni tushumda ko’rsam edi.

Ko’z ochmayin g’amida ro’zg’orim o’tquchidur,
Ki yori siymtanimni tushumda ko’rsam edi.

Chu davri rohatim o’tti zihi saodat edi,
Murodi jonu tanimni tushumda ko’rsam edi.

G’amida shona kabi chok-chokdur ko’nglim,
Ki, kokili Xo’tanimni tushumda ko’rsam edi.

Yuzi gulu qadi shamshod, ko’zlari nargis,
Bahori yosumanimni tushumda ko’rsam edi.

Jafoi hajr bila ko’ksumi nigor qilay,
Nigohi sehr fanimni tushumda ko’rsam edi.

Labimg’a keldi aning vaslini tilab jonim,
Balo o’ti figanimni tushumda ko’rsam edi.

Hamisha bulbuli tab’im fig’onu zor etar,
Ki,orazi chamanimni tushumda ko’rsam edi.

Firoqi Nodira ko’nglumg’a dog’lar qo’ydi,
Amiri safshikanimni tushumda ko’rsam edi.

SOG’INDIM

Qolib furqat diyori ichra jononimni sog’indim,
Charog’i ro’zg’ori munisi jonimni sog’indim.

Gulistondur visoli mahfili,men andalib anda,
Guli ayshim xazon o’ldi,gulistonimni sog’indim.

Ko’rub ko’nglumda yuz ozor,ey bedard,ta’n etma,
Muruvvat ko’rguzib rahm etki,sultonimni sog’indim.

Chamanda jilva qildi sarvu gul ham sabza bosh egdi,
Qadi sarvu yuzi gul xatti rayhonimni sog’indim.

Havoyi ishq sargardoniman,oromu sabrim yo’q,
Parishon zarradek xurshedi tobonimni sog’indim.

Ko’zimdin yosh to’kub,giryon bo’lib,qon yig’lamay naylay,
Ki,hangomi takallum la’li xandonimni sog’indim.

Menga davri falaldin bo’lmadi bir lahza osoyish,
Parishonholman, sultoni davronimni sog’indim.

Arabdin to Ajam mashhur edi ul shohlar shohi,
Skandar saltanatlig’ shohi Turonimni sog’indim.

Qizil qondur ko’zim yoshi, sabo yetkur salomimni,
Guli sadbarg yanglig’ pok domonimni sog’indim.

Tikarman,Nodira,g’am yo’lida ko’zni Zulayhodek,
Kim, ul Yusufliqo sulton Umarxonimni sog’indim.

SHUKUR AYLA XUDOGA

Farhod agar ursa menga lofi muhabbat,
Bor oh ila aylaram ani dog`i xijolat,

Harchandki bemori g`ami ishq edi Majnun,
dardimni ko`rib tishladi angushti nadomat.

Farhodda bo`lsaydi mening g`ayrati ishqim,
Bir oh ila aylar edi ul tog`ni g`orat.

Majnunda agar bo`lsa edi sabru tahammul,
Qilmasmu edi men kabi shahr ichra iqomat.

Gar bo`lsa zulayhoda mening zarracha ishqim,
Qolmas edi Yusufni firoqida salomat.

Ishq ofatig` tog` tahammul qila olmas,
Men menki qilurmanbu g`amu dardga toqat.

Dardu alamu g`ussaki h`jrida chekarman,
Bu mennatu g`am kimdadur, ey ahli muhabbat.

Yuzdin biri Majnunda agar bo`lsa g`amimni,
Bir oh ila olamg` solur sh`ri qiyomat.

Har holda, ey Nodira, shukr ayla xudog`a,
Ki berdi senga ishqu muhabbat ila davlat.

* * *

Bahor keldi ko‘zim gulga boqmadi aslo,
Nadinki, gulshan aro gulruxim emas paydo.

Yuzimga bo‘ldi yuzing muqtarin, bihamdilloh,
Ochildi mehru vafo bog‘ida guli ra’no.

Sarig‘ yuzimda qizil ashkimi tarovati bor,
Nuchukki, sog‘ari zarrin aro mayi humro.

Labidin ayru menga boda tutma, ey soqiy,
Xumor kulfatig‘a moni’ o‘lmadi sahbo.

Bu joni xastaki, vaslingni orzu aylar,
Xayol turrasidin boshida uzun savdo.

Firoq lashkari tug‘yonidin maozalloh,
Ki qildi sabru tahammul diyorini yag‘mo.

Yuzing nazorasi ushshoqlarni firdavsi,
Harimi dargohing ahboba jannat-ul-ma’no.

Sening salosili zulfingga mubtalodurman,
Ki bo‘ldi ahli xirad qushlarig‘a domi balo.

Falakdin o‘tdi fig‘onim, quyoshga yetdi unim,
Hanuz, Nodira, kam bo‘lmadi bu ohu navo.

* * *

Ey sarvi sihi bo‘ylug‘im, ey qomati zebo,
Kelkim, ko‘zim oynasi mushtoqi tamosho.

Ul kunki, visoling chamanin sayr etar erdim,
Manzuri nazar erdi menga ul qadi bolo.

Aydimki, qachon bo‘lg‘usi kuyingda makonim,
Oshiqqa, dedi, hojat emas manzilu ma’vo.

Kuydurdi chaman gullarini rashk o‘ti birla
Ul g‘unchai xandon ila ul nargisi shahlo.

Ul zulfi dil oviz muanbar girihidin
Har kimni tushib boshig‘a bir o‘zgacha savdo.

Har sabzai sunbulki, bu gulshanda chekar bosh
Muyi sari Majnunduru, yo turrai Laylo.

Vayronada oqilg‘a iqomat na munosib
Sarmanzili osoyish emas arsai dunyo.

Hijron g‘amidin tashna labu, hasta jigarmen,
Soqiy, karam aylab menga tut sog‘ari sahbo.

Ko‘zgu kabi hayronlaringga arzu xayol et,
Diydoring uchun Nodiradur volai shaydo.

* * *

Ey mehri jamoling olam oro,
Zarroti yuzingga mastu shaydo.

Ey husni riyozida qading sarv,
Ul sarv uza sunbuling sumanso.

Kelkim nazarimg‘a, ey pariro‘,
Devonag‘a bir dam et tamosho.

Sen uyquda masti nozdursen,
Men dard bila g‘aribu tanho.

Tun kecha fig‘onu nolishimdin
Ko‘ying iti ichra tushdi g‘avg‘o.

Sen qaysi diyor azmin etding,
Kelmas xabaring bu yerga aslo.

Ohim o‘qig‘a qadim kamondur
Bu o‘qni, nishonidur surayyo.

Majnun nega Layli tarkin etsun,
Yusufni unutmadi Zulayxo.

Qaydin seni Nodira unutsin,
Bu so‘z ne munosib, ey diloro.

* * *

Ey yuzing qiblai arbobi safo,
Sari ko‘yingda ko‘ngul qiblanumo.

Ka’bai ko‘ying erur tak’yagahim,
Ko‘z yoshim zam-zam o‘shal ka’ba aro.

Bo‘lmasa mehr ko‘ngulda ne osig‘,
Manziling Yasrib o‘la, yo Batho.

Surma oso qadaming tufrog‘i
Xira bo‘lg‘ay ko‘zima berdi ziyo.

To‘tiyodur menga naqshi qadaming
Ki ko‘zim oyinasi topti jilo.

Bo‘lsa to umr hayoti boqiy,
Meni ilkimduru domoni vafo.

Do‘stlar ayshu farog‘at ila xush,
Bo‘ldi dushman hadafi tiyri balo.

Har kim o‘z rutbasidin lof urar,
Bu marotibda maqoming a’lo.

Domani yor ilikdin ketdi.
Nodira, pirahanim bo‘ldi qabo.

* * *

Nazar ahli savdolaridin xating qildi lavhi jamola paydo,
Netong aylasa dudi ohim qamar davrida hola paydo.

Soching sunbulidin girihlar tushubdur ko‘ngul rishtasig‘a,
Ki yuzdin birin zohir etsam qilur ja’d mushkin kulola paydo.

Mening qissai ro‘zg‘orim farovon g‘ami hijroning afsonasidek,
Ki bir nuktasin sharh qilsam bo‘lur necha daftar risola paydo.

Yuzing oyini hayratidin erur badri tobon qaro dog‘liq,
Qoshing nunidin voqif erdi ki ojizlig‘ o‘ldi hilola paydo.

Karam dastgohi ki xon atosi mudom omoda mehmon yuziga
Aning rezai bazm baxshoyishidin bo‘lur har gadog‘a navola paydo.

Sirishkim sahobini imdodidin dilkushodur muhabbatni dashti,
Ko‘ngul dog‘ini aytsam biyobon bo‘lur, ul biyobonda lola paydo.

Solib hijratni mulkina zilzila, dedi qilma davri falakdin gila
Nadur chorai dardim, ey Nodira, firoq o‘ldi nogoh, visola paydo.

* * *

Kel, senga, ey shahi jahon, mamlakati jahon fido,
Diydalarimga qo‘y qadam, har qadamingga jon fido.

La’li labing firoqida xuni jigar g‘izo menga,
Sarv qading havosida jon etaram ravon fido.

Ayshu nishoti ofiyat dardi g‘amingni sadqasi,
Bir nafas ishtiyoqinga ishrati jovidon fido.

Vaqti xirom, ey sanam, diydalarimga qo‘y qadam,
Xoki rahingga aylaram chashmi guharfishon fido.

Garchi mening alimdadur hosili mulki mamlakat,
Etsa visoling aylaram barchai royigon fido.

Yig‘lama endi, ey ko‘zim, to‘kma yurakni qonini,
Dog‘ni toza ayladim, qonig‘a bo‘ldi qon fido.

Nodirai g‘azal saro nazmini ko‘rsa nogahon
Durri javohirin qilur fikrig‘a bag‘ri kon fido.

* * *

G’unchadek og‘zi aro ul lutfi guftori ajab,
Sun’i ilgi yo‘qdin izhor aylagay bori ajab.

Oldi ko‘ngul qushlarni har lahza mushkin turrasi,
Bola shohindurki, sayd aylarda tarrori ajab.

Baski majnundir aning husnig‘a gulshan gullari,
G’unchalardindur chaman bo‘ynida tumori ajab.

Ayladi oshufta tab’imni parishon turrasi,
Qildi baxtimni qaro xoli sitamkori ajab.

Ko‘zidin ozurdameiu, qoshidan ozurdaroq,
Zor ahvolimg‘a ozor uzra ozori ajab.

Har qachon kim noz etib chiqsa mayi gulfom ichib,
Qon to‘kar maydek damo-dam chashmi xummori ajab.

Yor vasli birla odat aylab erdim, Nodira,
Andin ayru menga bir dam sabr izhori ajab.

Yorum bırakın