Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay qasamyod qildi


Qasamyod marosimiga AQSh kotibasi Hillary Clinton bilan bir qatorda 40 davlatdan vazirlar va bir qator vakillar qatnashdi.

Afg’onistonda bo’lib o’tgan saylovda prezidentlik lavozimiga takror tayin etilgan Hamid Karzay qasamyod qilib o’z vazifasini boshladi.

Jiddiy xavfsizlik tadbirlari olingan holda amalga oshirilgan qasamyod marosimiga Turkiya nomidan tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutoglu qatnashdi. Aslida saylovlarda ko’p ovoz ololmagan Hamid Karzay, kuchli raqibi Abdullah Abdullahning saylovdan bosh tortishi natijasida takror prezidentlik lavozimiga tayin etildi.

Prezident Hamid Karzayning qasamyod marosimi uchun Qobul shahrida jiddiy xavfsizlik tadbirlari olindi, ko’chalar berkitildi va rasmiy dam olish kuni edeb e’lon qilindi.

Marosimga AQSh kotibasi Hillary Clinton bilan bir qatorda, 40 davlatdan vazirlar va bir qator vakillar qatnashdi.

Hamid Karzay marosimda so’zlagan nutqida, milliy majlis Loya Jirganing takror to’planishiga chaqirar ekan,yangi vazirlar mahkamasida mutahassis vazirlarga o’rin berilishini bildirdi.

G’arb davlatlarining suiste’mollik haqidagi tanqidlariga ham to’htalgan Karzay, “Davlatda suiste’mollik avj olganligini ko’rib turibmiz. Bunga qarshi kurashga tayyormiz”-dedi.

Hamid Karzayning yana 5 yillik prezidentlik vazifasi doirasida bu muammolarni bartaraf etishidan umidvor bo’lgan Turkiya afg’on liderni qo’llab quvvatladi. Shuningdek, tashqi ishlar vaziri Davutoglu marosim doirasida poytaxt Qobulda bir qator uchrashuvlar amalga oshirdi.

Hillary Clinton tomonidan İSAF tarkibida askarlari mavjud bo’lgan davlatlarning tashqi ishlar vazirlariga berilgan ziyofatga qatnashgan Davutoglu, turk askarlar bilan uchrashadi va Hamid Karzay tomonidan qabul qilinadi.

TRT

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: