Nyu-Yorkda o’zbek madaniy kechasi


Kechada o'zbek raqslari, qo'shiqlari ijro etildiYaqinda Nyu-Yorkda Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag’ishlangan madaniy kecha bo’lib o’tdi.

Uni AQShda ikki yildan beri norasmiy tarzda faoliyat yuritayotgan va endigina nodavlat tashkilot sifatida ro’yxatdan o’tgan “O’zbek Tashabbusi” guruhi uyushtirdi.

Tashkilot Amerikada o’zbek madaniyatini targ’ib qilish, muhojirlarga o’zbek tilini saqlashga yordam berish, xayriya va ta’lim dasturlarini amalga oshirishni o’ziga maqsad qilib olgan.

Har yili Amerikaga minglab o’zbekistonlik muhojir keladi. O’tgan yilgi “Green card” lotereyasi natijalariga ko’ra, 4 mingdan ziyod o’zbekistonlik AQShda qonuniy ravishda yashash va ishlash huquqini qo’lga kiritdi. Oilalari bilan kelganda Amerikada o’zbeklar soni qo’shimcha 10 mingga ko’payadi. Ularning soni oshgan sari til va madaniyatini saqlab qolishga ehtiyoj ham kuchayadi.

Kecha tashkilotchilariga ko’ra, Toshkent shahrining 2200 yilligi mavzusi Amerikadagi o’zbeklarni birlashtirishga bir bahona bo’ldi. Tadbirda qatnashgan O’zbekiston elchisi Abdulaziz Komilovning aytishicha, Amerikada o’zbek tashkilotiga asos solingani ijobiy hol. Bu AQsh-O’zbekiston o’rtasidagi do’stona aloqalarning kuchayishiga olib keladi, deydi Komilov.

Amerika-Turkiston uyushmasi rahbari Abdulla Xo'ja
Amerika-Turkiston uyushmasi rahbari Abdulla Xo’ja

Shu paytgacha Amerikada o’zbeklarni jamlovchi atigi bir tashkilot bo’lgan – Amerika-Turkiston uyushmasi. Uning a’zolari 1917 yil rus inqilobi ketidan Turkistonni tark etgan o’zbeklar avlodlari. Nyu-Jersi shtatidagi jamoada mingga yaqin kishi yashaydi.

Uyushma raisi Abdulla Xo’janing madaniy kechada aytishicha, o’zbeklar qayerda bo’lishidan qat’iy nazar o’z tarixi, tili va madaniyatini hamisha barchaga tanitib borishi lozim.

Tashkilot rahbari Farhod Murodov (chapda) va O'zbekistonning AQShdagi elchisi Abdulaziz Komilov
Tashkilot rahbari Farhod Murodov (chapda) va O’zbekistonning AQShdagi elchisi Abdulaziz Komilov

Ba’zi o’zbek muhojirlarga ko’ra, Amerikada tug’ilib, katta bo’lgan yoshlar bu mamlakatdagi turmush tarzi ta’siri ostida o’zbek tilini esdan chiqarib bormoqda. AQShga yaqinda kelgan o’zbekistonliklar ham farzandlari shu jarayonni boshidan o’tkazayotganidan noliydi.

“O’zbek Tashabbusi” asoschilaridan biri Farhod Murodovning aytishicha, tashkilot bu muammoga yechim topish harakatida.

“Nyu-Yorkda til markazi ochyapmiz. Unda malakali mutaxassislar o’zbek tilidan dars beradi. Nafaqat muhojirlar farzandlariga, balki o’zbek tiliga qiziqayotgan amerikaliklarga ham. Markazda o’zbek raqslaridan ham sabor beriladi,” deydi u.

“O’zbek Tashabbusi” jamoat tashkiloti bo’lib, unga ko’plab iqtidorli yoshlar va O’zbekistonga mehr qo’ygan amerikaliklar a’zo.

Amerika Ovozi
Nyu-York

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: