Davr va ramzlar


Ming o‘rikPoytaxtimizdagi “Ming o‘rik” arxeologik yodgorligida “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasining navbatdagi ijodiy loyihalaridan biri – “Davr va ramzlar” III xalqaro zamonaviy san’at ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazma Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy san’at markazi, “Ijod” rassomlar, san’atshunoslar va xalq ustalari assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Prezident Islom Karimov rahnamoligida tariximizni xolis va haqqoniy o‘rganish, boy ma’naviy merosimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimizni qayta tiklash bilan birga milliy madaniyat va san’atimizni har tomonlama rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘zbek san’atining xalqaro miqyosda e’tirof etilishida muhim omil bo‘lmoqda.

Bu yo‘nalishda “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi ko‘plab yirik loyihalarni amalga oshirmoqda. Jamg‘arma tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan san’at haftaliklari, xalqaro biyennalelar, ijodiy anjumanlar, ko‘rgazmalar, ko‘rik-tanlov va festivallar, konsertlar, taqdimot marosimlari, mahorat saboqlari shular jumlasidandir.

Uchinchi marta o‘tkazilayotgan “Davr va ramzlar” xalqaro zamonaviy san’at ko‘rgazmasi san’at ixlosmandlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ko‘rgazmada davr, uning turli evrilishlariga oid falsafiy mushohadalar, ijodkorning bu boradagi dunyoqarashi tasviriy san’atning video-art, installyatsiya kabi zamonaviy yo‘nalishlarida ifoda etilgan.

Ko‘rgazma «Ming o‘rik» arxeologiya yodgorligida o‘tkazilishi bejiz emas. Zero, tarix, arxeologiyaga oid ma’lumotlar, zamonaviy san’at sohasidagi yangilik va erishilgan yutuqlar bilan tomoshabinlarni boxabar etishda, o‘tkazilayotgan tadbir mavzusining mohiyatini ochib berishda ushbu yodgorlik majmuasining o‘rni va ahamiyati katta.

Ko‘rgazmada yurtimiz ijodkorlari bilan birgalikda Karlos Kazas (Ispaniya), Jan Sebastyan Lalleman (Fransiya), Dmitriy Gutov (Rossiya) singari rassomlarning ijod namunalari bilan ham tanishish mumkin.

– O‘zbekiston tarixi, madaniyati va san’atiga juda qiziqaman, – deydi fransiyalik musavvir Jan Sebastyan Lalleman. – Milliy san’atingiz asrlar mobaynida o‘z jozibasi, maftunkorligi, milliyligini saqlab kelmoqda. Ayni paytda o‘zbekistonlik rassomlarning ijodiy mahoratini alohida ta’kidlamoqchiman. Chunki ular tasviriy san’atning zamonaviy yo‘nalishida katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.

O`zA

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: