Milliy tarihimiz aks etgan ko’zgu


[ketab.jpg]Qadim   zamonlarda  bir   avliyo  o’tgan   ekan. Uning   shogirdlari   juda   ko’p   bo’lib,  ulardan   biri    banogoh  kashfi – karomatda   ustozidan   o’zib   ketganini  iddao   qila   boshlabdi.  U   ustozi   va   boshqa   shogirdlar   ishtirokida   o’z   ruhiy   quvvatini   namoish   qilarak,    o’zlari   makon   tutgan  tog’    yonbag’iridagi   bahaybat   harsang   toshga   ko’rsatgich   barmog’ini   huddi   hamirga    suqqanday   suqib  uni   teshib   qo’yibdi. 

Shogirdlar   o’z   safdoshlarining   bu   g’ayritabiiy   mo’jizasidan   hayratga   tushib:   “Subhanolloh!”,     “Astag’furilloh!”   deya   yoqa    ushlashibdi.  Qoyil   qolishibdi.  Kamtarin   ustoz   bo’lsa,  bu   g’aroyib   amaliyotga   kulib   qo’ya   qolibdi.  So’ng   yaktagining   engini  shimarib  “Bismillohir  Rahmonir   Rahiym!”   deya  qo’lini    bukiladigan   joyigacha  haligi    toshga   suqibdi. Keyin   qo’lini   sug’iribdi. Shunda   uning   qo’li   sug’irilgan  kovakdan   sharillaganicha  zilol    suv   tusha    boshlabdi.  Avliyo   o’sha   tosh   kovagidan   tushayotgan  zilol   suvda   indamaygina   tahorat   olarkan,  takabbur   shogirdiga: –  Sen   bu   dunyoda   nimaiki   qilsang  bandalarga    nafi   tegadigan  foydali   ishlarni   qilgin – debdi. Takabbur   shogird   o’z   qilmishidan   mulzam   bo’lib   ustozidan   uzr   so’rabdi   va    ul    buyk   avliyoning   etagini    o’pib    ko’zlariga   surtgan   ekan. Darhaqiqat,  bizning  zamonlarda   kimdir   pochta   markasini   yig’sa,   yana   kimdir   sigaret   qutisini,  birovi   esa   o’lgan  kapalaklarni  yig’b  kollektsiya    qiladigan    bo’ldi. Albatta   bular   g’oyat   kulgili    amallar. Ammo  qalbida  Dinu   iymon,  halq  va   Vatan   qayg’usi   bo’lgan  shunday   insonlar   borki,  ular   umr   bo’yi   o’z   halqiga,   qavmiga   nafi   tegadigan   foydali    ishlar   bilan   shug’illanadilar. Shunday   insonlardan   biri   O’zbek   halqining   ajo’yib   farzandi,  Ismoil  Buhoriy  ( Roziollohu   Anhu)dir. Ul   zot  cho’lu   biyobonlardagi  Samum  qumbo’ronlari   guvillab,   dahshatli   quyunlar    chirpiragan  jazirama  sahrolar   aro   poyu   piyoda   yurib  Arabistonga    bordilar. U   yerda    sevikli  payg’ambarimiz  Hazrati    Muhammad   Sollollohu   A’layhi    Vasallam   aytgan    muborak   kalimalarni   jamlab   “Jome’ul   sahih”   nomi    bilan    kitobat    qildilar. Ollohning   inoyati   va   o’zlarining   sa’i   harakatlari   ila  Dinimizni,  shariat   ahkomlarini     mustahkamladilar,   sohta   hadislarni    tiqishtirib   Dinimizni   tubdan    emirmoqchi    bo’lgan  pismiq  zaharli   ilonlarni,  mehrobdan   o’rmalab    chiqquvchi   chayonlarni   yanchib   tashladilar. Ul    buyuk   inson   Din  yo’lida   g’ayrat   qilgan   bo’lsalar,  Hazrati   Mahmud   Koshg’ariy   ham   yarim   Osiyoni   poyu   piyoda   kezib   turkiy   so’zlarni   to’plab,   ularni  lahjalar   bo’yicha   lug’oviy   ma’nolarini  tasnifladilar. Turkiy   so’zlarni  “Devoni   Lug’otit  Turk”    nomi   ila    tartiblab   shu   asnoda  Turkiy   halqlarni  yakzabon   va   yakqalamligining   saqlanib   qolishiga    hizmat    qildilar. Yozaversak,    bunday   insonlar   ro’yhati   uzun. Bu   an’ana   bizning   zamonlarda    ham  davom   etayotgani    kishiga    quvonch   bag’ishlaydi. Huddi    shunday    fidoiy    insonlardan    biri   shubhasiz    bizning   zamondoshimiz   va    millatdoshimiz    Afg’onistonning    Anho’y   qasabasida    valodat    topgan  iste’dodli   adib,  shoir   va    jurnalist  doktor  Fayzulloh  Aymoq   janoblaridir. Fayzulloh   Aymoq  janoblari  garchand   Afg’onistonda   o’sib    ulg’aygan   esalarda,  u   kishi  O’zbekistonning   poyi   tahti   Toshkentda   uzoq   yillar   yashab    davlat   radiokompaniyasida   jurnalist   bo’lib   ishladilar.  Markaziy   oliygohlarda   talabalarga    saboq   berdilar. O’zbek   halqining   adabiyoti,   san’ati   va   madaniyati  haqida    doimo   qayg’urib   yurguvchi   bu   tinib – tinchimagan   inson  ko’plab   ilmiy – adabiy   maqolalar,   risolalar   yozdi. Fayzulloh  Aymoq   ham   Mahmud   Koshg’ariyga    o’hshab  Afg’oniston   O’zbeklaridan  so’rab – surishtirib  halq   og’zaki    ijodi   namunalarini    to’pladi,     tartibga   keltirib   ularni   “Halq   durdonalari”    nomli  kitobga   jamladilar. Doktor  Fayzulla  Aymoqning  “Halq  durdonalari”  kitobini  mutaola  qilarkanman,  bu   kitobda  Ozbek  Halqining  qadimiy  suratlarini   ko’rganday   bo’ldim. Hayratlandim. Quyida   halqimizning   qadimiy  og’ir   ijtimoiy   ahvoli    aks   etgan  baytga   e’tiboringizni   tortmoqchiman:

Do’kon,   uyga   kirsam   tanim  qaqshaydi,
Sovuqlardan   o’lmay   qolsam   yahshiydi.
Bu   baytni   o’qir   ekansiz,  qora   qishning   izg’irinli   ayozida  qaqshab,   muzlagan    yo’llarda  yog’och   poyafzalini,   ya’ni   hakar  kovuahini     taqillatib,   choponiga    burkanganicha    qaltirab   do’kondan    chiqib   chiroqsiz,  sovuq   uyiga   kirib   ketayotgan   inson   obrazi  ko’z   o’ngingizda   namoyon   bo’ladi.

Anho’yjon,  yo’ling   uzoq,  suving   sovuq,
Og’ajon   yuborganing   bir   juft   tovuq.
Birini   so’yay   desam    mehri   sovuq,
Og’ajon,   kelib   keting,   Kobul   yovuq.

Bu  she’r  otaravadan   bo’lak   transport   bo’lmagan  olis   zamonlarda  uyini,   og’asini   sog’ingan  bir   insonning  dardi – hasrati,   sog’inch – iztiroblarini  o’zida    mujassam   etarkan,  yolg’zlikni   kuylaguvchi  o’rta   asr   Yapon   she’riyatidagi  haykularni    eslatdi   menga.  “Halq   durdonalari”   kitobidan   o’rin   olgan   she’rlarda   muhabbat   mavzusi   ham   o’ziga   hos.

Ariqning  suvi   ko’lmay,
Olib   kelibdi   bilmay,
Parizoddan    ayrilib,
Hamon   yuribman   o’lmay.

Bu  to’rtlik   bir  oshiq  insonning   ayriliq   onlarida   chekkan    hijron    azoblarini  bulutlar   orasidan   mo’ralagan   oy   kabi  yoritib   kishiga  mahzun   va   adoqsiz   kayfiyat   bahsh   etadi.

Qo’y   bogdim,   qo’chqor   boqdim,
Serkasiga  zang    taqdim.
Parizodni   ahtarib,
Cho’llarga   chiroq   yoqdim.

Yuqoridagi   misralarda     uyqusiz   kechalar   yorini   ahtargan,   cho’llarga   chiroq  yoqqan    oshiq   cho’ponning  hijronli  onlari   o’quvchi   shuuriga   romantik   manzaralar    olib   kiradi.

Majmu’adagi    halq   og’zaki    ijodi   namunalarida   yumor    ham    o’z   aksini   topgan.
 
Boqqa   kirdim   uzumga,
Kesak   tegdi   yuzimga.

Bu   misralarda   birovning   bog’iga  tushgan  va    kirishi    bilanoq   yuziga   kesak   tekkan   o’g’ri   obrazi  yorqin   bo’yoqlarda   aks   etdirilgan. Bir   qarashda    primitiv,   ya’ni    oddiy – odmi   so’zlar   yig’indisiday   bo’lib   ko’ringan  bu   misralarning   didaktik   ahamiyatini  ham   ko’zdan    qochirmaslik  lozim. Zakiy  o’quvchi  o’g’rilik  hoh   moddiy   hoh  sahvoniy   bolsin  inson   bolasiga   sharaf    keltirmas  ekan,   aksincha,     sharmsorlik,  horlik   keltirar   ekan   deya   ibratlansa,  yqorida  gi  misralar   o’z   vazifasini   o’tagan    bo’ladi.

Yuqoridan   kelaman,   otim   Tursun,
Mis   tovoqqa    suv   solay   tinib   tursin.
Zargarga    yuborganim   tilla   halqa,
Ichiga   mis   qo’shibdi   qo’li   sinsin.

Bu   to’rtlikni   o’qib   beihtiyor,  odamlarni   aldab   laqqa    tushirguvchi  firibgarlar  o’sha   zamonlarda   ham   bo’lgan   ekan,    deya  kulib   qo’yasiz.

Ha,   nazm  va    nasr  qay   turga    mansubligidan   qat’iy   nazar    dunyo  halqlari   terib   to’plagan   bebaho   durdonalarni  elkasiga   ortmoqlab   asrlardan   asrlarga   olib   o’tguvchi    zahmatkash   hammollardir. Ularda   zamonlar   aksi,   davrlar   surati   bor. Doktor  Fayzulloh   Aymoq   to’plab   tasnif   etgan   mazkur   majmu’ada   tildan   tilga  ko’chib  bizgacha   etib   kelgan   ikki   ertak   va   bir   doston   ham   mavjud. Ertaklar    didaktik   planda   odamlarni    halollikka,   odillikka,   rohi   rostga   chorlasa,  “Yozi   va   Zebo”   dostoni   go’zal,   pokiza  muhabbatni   tarannum  etadi. Doktor  Fayzulloh   Aymoq   bu   kitobni   “Halq   durdonalari”   deya  to’g’ri   nomlabdilar.  Bu   hazina   Uzbek   halqiga   muborak   bo’lsin! Istardimki,   bu   kitob   Toshkentda,  Istambulda   va   boshqa    tyrkiy   halqlar  yashaydigan   diyorlarda   qayta – qayta    nashr    qilinsa. “Halq   durdonalari”   kitobi   qadim   asrlar   qa’ridan    mangulik   sari   yo’lga   chiqqan,  duru   javohirlar  yuklangan   karvonga   o’hshaydi.Odam   kam   uchraguvchi    soksovulzor,   byobonlar   aro   ilgarilayotgan   bu    karvonning  yo’llari   behatar    bo’lsin!

Holdor   Vulqon

Toronto   shahri,  Kanada. 2009  inchi   yil,  9    may.  Kunduz   soat  10   dan   38   minut   o’tdi.  

(Doktor  Fayzulloh  Aymoqning  “Halq   durdonalari”   nomli  kitobini  o’qib)

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: