O‘zbekiston, seni kuylayman


O‘zbekiston, seni kuylayman

“Turkiston” saroyida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston, seni kuylayman!” san’at festivalining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxona va tashkilotlar, muassasalar qoshidagi badiiy havaskorlik jamoalari ishtirok etdi.

Festivalda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisining o‘rinbosari Ozoda Muhiddinova Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan yurtimizda qishloqlarimiz qiyofasini, hayot sifatini, ishlab chiqarish munosabatlarining mazmun-mohiyatini o‘zgartirishga, agrosanoat majmuida olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturida qishloq aholisining ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy saviyasini, uning ongi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish masalasi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Bu boradagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida turli vazirlik va idoralar tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston, seni kuylayman!” respublika san’at festivali ham ana shunday tadbirlar sirasiga kiradi. Unda festivalning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan yetmishdan ziyod badiiy jamoa va yakkaxon ijrochi ishtirok etdi. Milliy musiqa va raqs san’atimizning o‘ziga xos jihatlari va an’analarini tiklash, asrab-avaylash, yanada rivojlantirish, undan xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodni keng bahramand etish, chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan badiiy havaskorlik jamoalari va yakkaxon xonandalarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish mazkur ijodiy loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsaddir.

– Biz festivalda “Qizlar lapari” hamda “Lazgi” musiqiy dasturlari bilan ishtirok etdik, – deydi Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi pedagogika kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi, mazkur kollej qoshidagi “Parvoz” ansambli raqqosasi Nilufar Rahmonova. – Bunday festival iste’dodimizni kengroq namoyon etish imkonini beradi.

Badiiy jamoalar va yakkaxon xonandalar ona Vatan, istiqlol, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat kabi ezgu g‘oyalarni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlarni ijro etdi.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

O‘zA, Nazokat Usmonova, 10.04.2009

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: