Ulug‘ shoirga ehtirom


Ulug‘ shoirga ehtirom

Navoiy viloyatidagi ta’lim muassasalarida buyuk shoirning tavallud kuni munosabati bilan turli uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda adabiy-badiiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Alisher Navoiy asarlarining teran falsafasi, jozibadorligi, yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda, mehr-oqibat va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashdagi beqiyos ahamiyati xususida so‘z yuritilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tdi. Adabiy-badiiy kechada olimlar, shoir va yozuvchilar, talabalar, she’riyat muxlislari ishtirok etdi. Alisher Navoiy ijodining serqirraligi va bu bebaho xazinaning ahamiyati xususida so‘z bordi. Talabalar ijrosida shoir asarlaridan sahna ko‘rinishlari, institut ashula va raqs dastasi tomonidan Navoiy g‘azallari asosida konsert dasturi namoyish etildi.

– Yoshlarimizda buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodiga qiziqish katta, – deydi Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Xolboy Ibrohimov. – Dars jarayonlarida talabalarga ulug‘ shoir ijodi va faoliyati xususida ko‘proq ma’lumot berishga harakat qilamiz. Navoiyxonlik kechalarida shoirning g‘azal va ruboiylari yoddan o‘qilib, mazmuni chuqur tahlil qilinadi. Bunday adabiy kecha va qiziqarli uchrashuvlarni yil davomida o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan.

Tadbir doirasida talabalar o‘rtasida “Navoiy asarlari bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.

Yorqul Umar / O‘zA

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: