Qirg’izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o’ylamoqda


 / 

Qirg’iziston Manas aerodromidan AQSh havo kuchlarini chiqarish harakatida ekan, mamlakatda yangrayotgan bayonot va mulohazalarga tayangan holda, jamoatchilik fikrini ikkiga bo’lish mumkin. 

Bir tomon “Amerika ketsin, Rossiya bilan hamkorlik – iqtisodiy foyda” desa, ikkinchi taraf davlat nega chet el bilan hamkorlik qilishni eplay olmayapti, barqaror siyosat bilan chiqa olmayapti deya hunob. 

Qirg’izistonda hukumat va nohukumat tashkilotlar bilan uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan Dan Malinovich IFES – Saylov Tizimlari bo’yicha Xalqaro Jamg’armaning bu mamlakatdagi vakili. Qirg’izistonda fuqaro jamiyati faol, ammo hukumat va xalq hamon bir-biridan uzoq, deydi u.

[insert caption here]

“Hukumat jamoatchilikka o’z siyosatini aniq tushuntirmaydi va maqsadini aniq ayon etishga qiynaladi. Rahbarlar ongiga – xalqqa har bir siyosiy qadam haqida hisobot berish kerak – degan tushuncha hali singmagan”,- deydi Malinovich.

Natijada odamlar mish-mishlarga ishonishga majbur. Ammo, deydi mutaxassis, qo’shni davlatlar bilan qiyoslaganda Qirg’iziston matbuoti ozmi-ko’pmi ochiq muhokama maydoni. Odamlar fikr bildira oladi. Lekin so’nggi paytda prezident Kurmanbek Bakiyev muxolifatga bosimni oshirmoqda, deydi Dan Malinovich.

“Muxolifat bahorga borib hukumatga qarshi namoyishlarni boshlaymiz der ekan, harakatning yetakchi a’zolariga jinoiy ayblar qo’yilmoqda. Ularni yomonotliq qilishga urinishmoqda”.

[insert caption here]

Qirg’izistonning ko’zga ko’ringan muxolifatchilaridan biri, “Ata-Meken” partiyasi rahbari, o’tmishda parlament spikeri bo’lib ishlagan Omurbek Tekebayev noqonuniy ravishda qurol olib yurganlikda ayblanmoqda.

Tekebayev yaqinda Vashingtonga safar chog’ida “Amerika Ovozi” bilan suhbatlashib, “Qirg’iziston bugun nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy va hatto ahloqiy-ma’naviy inqiroz ichida”,- degan edi.  

“Qirg’izistondek ma’muriy-byurokratik usulda boshqariladigan davlatda bir guruh amaldorlarning shaxsiy manfaati hamisha xalq va fuqaro manfaatlaridan ustun turadi”,- deya ta’kidlagan edi Tekebayev.  

Mamlakatda turmush darajasi past va rivojlanish sekin. Xalq orasida Amerikaga nisbatan munosabat ancha ijobiy bo’lsa-da, Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikni oshirish kerak degan umumiy qarash ham mavjud. Odamlar, deydi Dan Malinovich, Manas masalasiga ana shu nuqtai nazardan qaramoqda.


[insert caption here]

“Rossiya bu yerda uzoqni ko’zlab siyosat yuritmoqda. Kreml bir emas, bir necha yuz yil o’z hukmronligini saqlab qolish va oshirishga harakat qilmoqda. Amerika ana shu strategiyadan kelib chiqqan holda mintaqaga nisbatan o’z siyosatini belgilab olishi kerak”,- deydi mutaxassis.  

Rossiya va amerikalik ayrim ziyolilar fikricha, Kreml Qo’shma Shtatlarni Markaziy Osiyodan bir amallab siqib chiqarib, butun sobiq Sovet hududi bo’ylab o’zi ya’kka siyosiy o’yinchiga aylanmoqchi. Nimaiki hamkorlik yoki muammo bo’lsa, “biz bilan gaplashing va ishlang” deya ishora qilmoqda.


Undated file photo shows Kyrgyz passenger jet Tu-154 (background) and US military aircraft at  airfield of Manas airport

Qirg’izistonni Manasdan Amerika kuchlarini chiqarib yuborishga undab, o’zi Vashingtonga yordam taklifi bilan chiqayotgani bunga yaqqol misol, deydi siyosatdonlar.

Dan Malinovich, mintaqa hayoti bilan yaqindan tanish mutaxassis, masalaga kengroq qarashni maslahat beradi. Qirg’izistondek kichik jamiyat uchun iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish yo’lida turgan to’siqlarga diqqatni qaratadi. 

Davlat tizimida korrupsiya va mas’uliyatsizlik chuqur ildiz otgan. Bunday jamiyatlarda rahbarlardan ichki va tashqi siyosat bobida ma’qul qarorlar qabul qilish, xalq manfaatini o’ylab qadam tashlashni kutish qiyin. 

Jamoatchilik bugun Qirg’izistonni qisqa muddatli hamkorlik bilan bog’liq masalalar emas, yuqorida tilga olingan – yulg’ichlik, manmanlik va qonunni pisand qilmaslik kabi illatlar qiynayotganini yaxshi biladi.

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: