Alisher Navoiyning barhayot merosi


Alisher Navoiyning barhayot merosi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan an’anaviy ilmiy anjumanning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda olimlar, ijodkorlar, yosh tadqiqotchilar, talabalar va mumtoz adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti direktori T.Mirzayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari S.Sayyid, akademik A.Qayumov, adabiyotshunos olimlar S.G‘aniyeva, H.Boltaboyev va boshqalar ta’kidlaganidek, Alisher Navoiy asarlarida o‘z aksini topgan mehr-muhabbat, xayr-saxovat singari umrboqiy g‘oyalar asrlar osha insoniyatni o‘zaro hamjihatlik va ezgulikka da’vat etib kelmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan istiqlolning dastlabki yillaridanoq mutafakkir bobomizning boy ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganishdek xayrli ishga alohida ahamiyat berila boshlandi. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida Alisher Navoiyning yigirma jildlik mukammal asarlar to‘plami nashr etildi. Qator xorijiy davlatlarda allomaning haykallari qad rostladi. Shoir tug‘ilgan kunni keng nishonlash an’anaga aylandi.

Olimlarimiz shoir adabiy merosining o‘rganilmagan qirralarini kashf etish, asarlarini asl holicha tadqiq etish va xalqimizga yetkazish maqsadida keng ko‘lamli ilmiy izlanishlarni amalga oshirayotir. Bunday tadqiqotlar natijasida navoiyshunoslikka oid ko‘plab monografiya, risola, maqola va boshqa ilmiy-ommabop materiallar chop etilmoqda.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining ilmiy kotibi Rahmatilla Barakayevning aytishicha, bugungi kunda Navoiy asarlarining yangi izohli lug‘atini yaratish borasidagi izlanishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Anjumanda Alisher Navoiy ijodida xalqchillik masalalari, Navoiy va musiqiy meros, buyuk mutafakkir ijodining jahon adabiyotidagi o‘rni va zamonaviy o‘zbek adabiyoti rivojidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi va muhokama etildi.

Tadbir doirasida Alisher Navoiyning mamlakatimiz va xorijda chop etilgan asarlari, navoiyshunoslik sohasidagi yangi nashrlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 B.Xidirova / O‘zA

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: