Turk xoqonligi


Turk xoqonligi

6-asr o`rtalarida Oltoydagi turkiy qabilalar qo`shni qabilalar bilan o`zaro birlashib “mo`g`il davrigagacha bo`lgan eng qudratli ko`chmanchilar davlati” – Turk xoqonligiga asos solgan. Ikki aka-uka, To`min va Istemi ulkan davlatni boshqarishgan. To`min hoqonlikning sharqiy qismidagi o`ziga qaram yerlarni kengaytirgan bir paytda, uning ukasi Istemi davlatning g`arbiy qismidagi Yettisuv va Sharqiy Turkistonning tutashgan hududlari qabilalarini o`zaro birlashtirgan.  Davlatning G`arb tomon kengayishi uning eftaliylar davlati yerlari bilan to`qnashuviga sabab bo`lgan. 563-567 yillarda turkiylar eftaliylar davlatini tor-mor qilishgan va Amudaryo bo`yida Eron sosoniylari bilan to`qnash kelishgan. Turkiylar va Eron eftaliylar qiyofasida umumiy dushmanga qarshi kurashgan paytda ular o`zaro do`stona munosabatda bo`lganlar va hatto, shahanshoh Xusrov Anushervan turkiy malikaga uylangan. Turkiylar eftaliylarni tor-mor keltirgandan so`ng esa, ular bilan Eron o`rtasida o`zaro mojaro yuzaga kelgan. Turkiylarning muhim savdo yo`llariga egalik qilishga bo`lgan intilishlari Eron bilan munosabatlarning keskinlashuviga olib kelgan. Istemining savdo masalalari bo`yicha elchilarining Eronga tashrifi muvaffaqiyatsiz tugagan, ikkinchi va so`nggi elchilik a’zolari esa zaharlanganlar. Shundan so`ng turkiylar Vizantiya bilan ittifoqchilikda Eronga qarshi urush boshlashga qaror qilishadi. 568-569 yillarda Maniax boshchiligidagi Istanbulga birinchi elchilik tashrifi muvaffaqiyatli yakunlanadi. Vizantiya bilan Eron o`rtasidagi o`zaro urush, ularning xoqonlikka nisbatan e’tiborini chalg`itgan holda, turkiylarning yarimko`chmanchi davlatining shiddatli darajada yuksalishiga imkoniyat yaratgan. Turkiylar ichki ixtiloflar oqibatida zaiflashgan Xitoyga bir necha marta muvaffaqiyatli yurishni amalga oshirib, shoyi matolaridan iborat katta yillik o`lpon olishga erishgan. 588 yili turkiylar hukmdori Qora Churin Vizantiya va hazarlar bilan ittifoqchilikda Eronga hujum qiladi, biroq mag`lubiyatga uchraydi va sosoniylar sarkardasi Bahrom Chubin tomonidan o`ldiriladi. Bu mag`lubiyat hoqonlikning tanazzulga yuz tutishi va 6-asrning 80-yillarida sharqiy va g`arbiy o`lkalarga ajralib ketishiga sabab bo`ladi. 7-asrning birinchi yarmida g`arbiy xoqonlik hayotida yuksalish kuzatiladi. Uning chegaralari Inda sohillarigacha yetgan. Xitoy va Eron bilan savdo munosabatlari keng rivojlangan. Savdo karvonlari Marv-Chorjo`y-Buxoro-Samarqand-Choch-Talas-Suyab yo`nalishi bo`ylab Sharqiy Turkiston vohalarigacha cho`zilgan. Butun yo`l davomida karvonlar ularning jadal safarlariga imkon bergan sug`d mulkiy hududlariga duch kelishgan. Taxminan, 630 yili turkiylarning yaqin qadargacha ittifoqchilari bo`lgan xitoylar ularni qaqshatqich mag`lubiyatga uchratadi. 7-asr oxirida g`arbdan yangi qudratli dushman – Markaziy Osiyoni o`z tasarrufiga bo`sindirgan arablar bosib kela boshladi. G`arb turkiy xoqonligi Yettisuv o`lkasi turgeshlar tasarrufiga o`tgandan so`ng 704 yili batamom parchalanib ketgan.

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: