Darvinizmning dafn marosimi


 Darvinizmning dafn marosimi

Evolyutsiya nazariyasi olamning yaratilishi to‘g‘risidagi haqiqatni inkor etish maqsadida olg‘a surilgan edi, biroq u aslida samarasiz, ilmiy asoslanmagan bir safsatadan boshqa hech narsa emas. Hayot jonsiz materiyadan tasodifiy ravishda paydo bo‘lgan, degan da’vo bilan maydonga chiqqan bu nazariya koinotdagi va tirik jonzotlardagi aniq bir ilohiy yaratilganlikning ilmiy dalillari orqali chippakka chiqdi. Shu taxlitda, Allohning koinotni va undagi tirik jonzotlarni yaratganligi haqidagi haqiqatni fan tasdiqladi.  

Evolyutsiya nazariyasini saqlab qolish uchun bugungi kunda amalga oshirilayotgan targ‘ibot va tashviqot ishlari faqatgina ilmiy dalillarni buzib ko‘rsatish, noto‘g‘ri talqin etish va aldov hamda fan niqobi ostidagi yolg‘onlarga asoslangan.

Ammo bu targ‘ibotlar haqiqatni yashira olmaydi. Evolyutsiya nazariyasining ilm-fan tarixidagi eng buyuk yolg‘on ekanligi so‘nggi 20-30 yillardan buyon ilm-fan dunyosida juda ko‘p tilga olinmoqda. 1980 yillardan so‘ng amalga oshirilgan tadqiqotlar, xususan, darvinizmning da’volari butunlay yanglish ekanligini oshkor qildi va bu haqiqat ko‘p sonli olimlar tarafidan e’tirof etildi. Ayniqsa, Amerika Qo‘shma Shtatlarida biologiya, biokimyo va paleontologiya kabi turli sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘plab olimlar darvinizmning asossizligini rasmiy tan oldilar va hayotning kelib chiqishini tasvirlash uchun aqliy dizayn tushunchasidan foydalandilar. «Aqliy dizayn» deganda Allohning barcha tirik jonzotlarni yaratganligi tushuniladi.

Evolyutsiya nazariyasining barbod bo‘lishi va olam yaratilishining dalillarini ko‘plab asarlarimizda ilmiy nuqtai nazardan batafsil o‘rganib chiqdik va hamon shu taxlitda davom ettirmoqdamiz. Ushbu mavzuga jiddiy ahamiyat berilar ekan, bu yerda uni umumlashtirish katta manfaat keltiradi, degan fikrdamiz.

Darvinizmning ilmiy inqirozi

    

Evolyutsionist gazeta va jurnallar tez-tez ibtidoiy insonning rasmlarini chop etib turadilar. Bu rasmlarning birdan-bir manbai rassomning tasavvuridir. Evolyutsion nazariya ilmiy ma’lumotlar bilan shunday ezib tashlandiki, bugungi kunda jiddiy matbuotda ularni tobora kamroq uchratmoqdamiz.

Bu ta’limot tarixi qadimgi Gretsiyaga borib taqalsa-da, evolyutsiya nazariyasi o‘n to‘qkizinchi asrga kelib keng rivojlantirildi. Uni dunyo ilmining eng qizg‘in mavzusiga aylantirgan eng muhim manba 1859 yilda nashr qilingan Charlz Darvinning «Turlarning kelib chiqishi» nomli kitobi edi. Bu kitobda u Allohning Yer yuzidagi turli tirik jonzotlarni alohida-alohida qilib yaratganligini inkor etdi. Darvinning fikriga ko‘ra, barcha tirik jonzotlarning umumiy bir ajdodi bo‘lgan va vaqt o‘tishi bilan kichik o‘zgarishlar natijasida ular turli-tuman shakllarga kirgan. Darvinning nazariyasi aniq bir ilmiy topilmaga asoslanmagan edi; uning o‘zi tan olganidek, u bor-yo‘g‘i bir «faraz» edi, xolos. Bundan tashqari, Darvin o‘zining «Nazariyadagi murakkabliklar» nomli kitobidagi katta bir bobda nazariya ko‘plab keskin savollar qarshisida muvaffakiyatsizlikka uchraganini e’tirof etadi.

Darvin bor e’tiborini yangi ilmiy kashfiyotlarga qaratdi va bu kashfiyotlar mazkur murakkabliklarni hal qilishga yordam beradi, deb umid qildi. Ammo uning umidlariga qarshi o‘laroq, ilmiy topilmalar bu murakkabliklarning ko‘lamini kengaytirib yubordi. Darvinizmning ilm-fan qarshisidagi mag‘lubiyati uchta asosiy mavzu ostida izohlanishi mumkin:

1. Bu nazariya Yerda hayot qanday paydo bo‘lganligini tushuntirib
beraolmaydi.

2. Ilmiy topilmalar shu narsani ko‘rsatadiki, nazariya tomonidan olg‘a surilgan «evolyutsion mexanizmlar» hech qanday evolyutsion kuchga ega emas.

3. Qazilma hayvon qoldiqlari evolyutsiya nazariyasi o‘rtaga tashlagan g‘oyaning butunlay aksi bo‘lib chiqdi.

Birinchi mushkul bosqich: hayotning paydo bo‘lishi

Evolyutsiya nazariyasi bundan taxminan 3,8 milliard yil ilgari Yer yuzida paydo bo‘lgan yolg‘iz bitta jonli hujayradan barcha jonli turlarning kelib chiqqanligini faraz etadi. Yolg‘iz bir hujayra qanday qilib millionlab murakkab jonli turlarni keltirib chiqarishi mumkinligi, agar shunday evolyutsiya yuz bergan bo‘lsa, nima uchun uning izlari qazilma hayvon qoldiqlarida kuzatilmaganligi kabi ayrim savollarga ushbu nazariya javob bera olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, eng avvalo, bizning quyidagicha savol so‘rashimiz o‘rinlidir: O’sha «birinchi hujayra»ning o‘zi qanday vujudga kelgan?

Evolyutsiya nazariyasi yaratilganlikni va har qanday g‘ayritabiiy mudoxalani rad etishi bois, u «birinchi hujayra» hech qanday tartib, reja yoki dasturlarsiz tabiat qonunlari asosida, tasodifiy ravishda paydo bo‘lgan, degan g‘oyani ilgari suradi. Mazkur nazariyaga ko‘ra, jonsiz materiya tasodiflar natijasida jonli hujayrani paydo qilgan bo‘lishi kerak. Biroq bunday da’vo, biologiyaning eng inkor etib bo‘lmas qonunlariga muvofiq kelmaydi.

«Hayot hayotdan kelib chiqadi»

O’zining kitobida Darvin hayotning paydo bo‘lishi masalasida to‘xtab o‘tmagan. Uning davridagi fanning ilk tushunchalari tirik jonzotlar juda sodda bir tuzilishga ega ekanligi to‘g‘risidagi farazga asoslangan edi. O’rta asrlarda keng tarqalgan «o‘z-o‘zidan paydo bo‘lish» nomli nazariyaga ko‘ra voqealarning bir-biriga tasodifan to‘g‘ri kelib qolishi bilan birlashgan jonsiz organizmlar tirik organizmni yuzaga keltirgan, deb hisoblanar edi. Hasharotlar ovqat qoldiqlaridan, sichqonlar esa bug‘doydan paydo bo‘lgan, degan faraz odatiy tus olgan edi. Bu nazariyani isbotlash uchun qiziq tajribalar o‘tkazildi. Iflos bir mato ustiga bir oz bug‘doy qo‘yildi va undan oz fursat o‘tgach sichqonlar paydo bo‘ladi, deb faraz qilindi.

Shunga o‘xshab, sasigan go‘shtda qurtlarning paydo bo‘lishi ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lish hodisasidan bir dalil, deb taxmin qilinar edi. Ammo keyinroq qurtlar go‘shtda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaganligi, balki ular pashshalar tarafidan ko‘zga ko‘rinmas lichinkalar shaklida tashib keltirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Darvin o‘zining «Turlarning kelib chiqishi» nomli kitobini yozgan paytda, bakteriyaning jonsiz materiyadan vujudga kelgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi aqida ilm-fan olamida keng miqyosda qabul qilingan edi.

Biroq Darvinning kitobi bosib chiqa-rilgandan so‘ng besh yil o‘tgach, Lui Paster uzoq izlanishlar va tajribalardan so‘ng, o‘z natijalarini e’lon qildi. Bu natijalar Darvin nazariyasining negizi bo‘lgan o‘z-o‘zidan paydo bo‘lish to‘g‘risidagi tasavvurning noto‘g‘riligini isbot qildi. 1864 yilda Sorbonnada qilgan muvaffaqiyatli ma’ruzasida Paster shunday degan edi: «O’z-o‘zidan paydo bo‘lganlik to‘g‘risidagi ta’limot bu oddiy tajribaning qaqshatqich zarbasidan hech qachon o‘zini o‘nglay olmaydi.» 304

Uzoq vaqtlargacha evolyutsiya nazariyasining xayrixohlari bu kutilmagan yangilikka qarshilik ko‘rsatib keldilar. Biroq ilm-fan olamidagi taraqqiyot tirik mavjudot hujayrasining murakkab tuzilishga ega ekanligiga oydinlik kiritgach, hayotning tasodifiy ravishda vujudga kelgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi g‘oya hattoki undan-da battarroq ahvolga tushib qoldi.

Yigirmanchi asrdagi asossiz urinishlar

Yigirmanchi asrda hayotning paydo bo‘lishi mavzusini davom ettirgan birinchi evolyutsionist, taniqli rus biologi Aleksandr Oparin bo‘ldi. 1930 yillarda olg‘a surgan turli tezislari bilan u jonli hujayraning tasodifiy ravishda paydo bo‘lishi mumkinligini isbotlashga harakat qildi. Ammo bu izlanishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Oparin quyidagicha e’tirof etishga majbur bo‘ldi:

Afsuski, hujayraning kelib chiqish muammosi ehtimol organizmlar evolyutsiyasi ustida olib borilgan butun izlanishdagi eng qorong‘i nuqtadir.305

Oparinning evolyutsionist izdopshari bu muammoni hal qilish uchun tajribalar o‘tkazishga urinib ko‘rdilar. Eng mashhur tajriba 1953 yilda amerikalik kimyogar Stenli Miller tomonidan amalga oshirildi. Miller ibtidoiy Yer atmosferasida mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb o‘ylagan gazlarni tajriba qurilmasida aralashtirib hamda aralashmaga energiya qo‘shib, oqsillar strukturasida mavjud bir necha organik molekulalar (aminokislotalar)ni sintezladi.

O’sha yillar evolyutsiya sha’niga qo‘yilgan muhim bir qadam sifatida tanishtirilgan bu tajriba bir necha yil o‘tmasdan asossiz deb topildi, chunki tajribada qo‘llanilgan atmosfera haqiqiy Yer sharoitidagidan juda katta farq qilar edi.306

Uzoq sukut saqlagandan so‘ng, Miller o‘zi qo‘llagan atmosfera muhiti noreal ekanligini e’tirof etdi.307

Butun yigirmanchi asr mobaynida hayotning kelib chiqishini tushuntirish uchun barcha evolyutsionistlarning qilgan urinishlari muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topdi. San-Diego Skripps instituti geokimyogari Jeffri Bada 1998 yilda Earth (Yer) nomli jurnalda chop etilgan maqolada bu haqiqatni shunday ta’kidlaydi:

Bugun yigirmanchi asrni ortda qoldirar ekanmiz, biz hanuz yigir-manchi asrga qadam qo‘yganimizda mavjud bo‘lgan eng katta hal qilinmagan muammo qarshisida turibmiz: Yerda hayot qanday paydo bo‘lgan?308

Hayotning murakkab tuzilishi

Hayotning paydo bo‘lishi xususidagi evolyutsiya nazariyasining bunday mushkul ahvolda yakun topishiga bosh sabab, hattoki eng sodda hisoblangan jonli organizmlar ham aql bovar qilmas darajada murakkab tuzilishga ega ekanligidadir. Tirik jonzotning hujayrasi inson qo‘li bilan yaratilgan har qanday texnologik mahsulotdan ko‘ra murakkabroqtsir. Bugungi kunda, hatto dunyoning eng taraqqiy etgan laboratoriyalarida ham, organik kimyoviy moddalarni birlashtirish orqali biror tirik hujayrani yaratib bo‘lmaydi.

Bir hujayraning paydo bo‘lishi uchun talab etiladigan shartlarning miqdori shunchalik ko‘pki, unga shunchaki tasodiflar or-qali, deb tushuntirish berib ketish aslo mumkin emas. Hujayraning strukturaviy elementlari bo‘lgan oqsillarning tasodifiy ravishda sintezlanish ehtimoli 500 aminokislotalardan tashkil topgan o‘rtacha oqsil uchun 10950da 1 dir. Matematikada 1050 da 1 dan kichik ehtimollik amaliy nuqtai nazardan «imkonsiz» hisoblanadi.

Hujayraning yadrosida joylashgan va barcha irsiy ma’lu-motlarni saqlaydigan DNK molekulasi aql bovar qilmas darajadagi ma’lumotlar bankidir. Agar DNKda kodlangan ma’lumotlar qog‘ozga tushirilgudek bo‘lsa, u har biri 500 varag‘dan iborat tax-minan 900 jildlik entsiklopediyani o‘z ichiga oladigan ulkan bir kutubxonani barpo qilgan bo‘lar edi.

Shu asnoda juda qiziq bir ikkilantiradigan holat yuzaga keladi: DNK o‘zining aynan nusxasini faqatgina ba’zi maxsus-lashtirilgan oqsillar (fermentlar) yordamida ishlab chiqishi mumkin. Ammo bu fermentlarning sintezi faqat DNKdagi kodlangan ma’lumotlar orqaligina amalga oshishi mumkin. Ularning ikkalasi ham bir-biriga bog‘liq bo‘lganligi bois, aynan nusxa ishlab chiqilishi uchun ular bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lipshari shart. Bu esa hayot o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan, degan farazni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yadi. Kaliforniyadagi San-Diego universitetida faoliyat yurituvchi e’tiborli evolyutsionist, professor Lesli Orgel bu haqiqatni Scientific American nomli Amerika ilmiy jurnalining 1994 yil sentyabr oyi sonida shunday e’tirof etadi:

Tuzilish jihatdan o‘ta murakkab bo‘lgan oqsillar va nuklein kislotalar (RNK va DNK)ning har ikkalasi bir vaqtning o‘zida va bitta joyda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lganligini aqlga sig‘dirish juda qiyin. Ammo bularning birisi boshqasisiz bo‘lishi ham mumkin emas. Shunday ekan, bir qarashda, hayot aslida hech qachon kimyoviy yo‘llar bilan paydo bo‘lmagan, degan xulosaga kelish mumkin.309

Shubhasiz, agar tabiiy sharoitlar ta’siri ostida hayotning paydo bo‘lishi mumkin bo‘lmasa, unda hayotning g‘ayritabiiy yo‘l bilan «yaratilgan»ligi tan olinmog‘i kerak. Bu haqiqat asosiy maqsadi yaratilganlikni rad etish bo‘lgan evolyutsiya nazariyasini oshkora chippakka chiqaradi.

Evolyutsiyaning tasavvuriy mexanizmlari

Darvinning nazariyasini inkor qiladigan ikkinchi muhim nuqta shundaki, nazariya orqali «evolyutsion mexanizmlar» deb olg‘a surilgan har ikkala tushuncha haqiqatda hech qanday evolyutsion kuchga ega emasligi anglab yetildi.

Darvin o‘zining asossiz evolyutsiyasini butunlay «tabiiy tanlanish» mexanizmiga bog‘ladi. Uning bu mexanizmga bergan ahamiyati uning kitobi nomidan ham yaqqol ko‘rinib turar edi: Tabiiy tanlanish vositasida turlarning kelib chiqishi, …

Tabiiy tanlanish deganda, kuchliroq bo‘lgan va o‘z makonlarining tabiiy sharoitlariga ko‘proq moslashgan tirik jonzotlarning hayot uchun kurashda omon qolishi tushuniladi. Misol uchun, yirtqich hayvonlarning hujumi tahdidi ostida yashaydigan bug‘ular to‘dasi orasida tezroq yugura oladigan bug‘ulargina omon qoladi. Shu sababdan, bug‘ular to‘dasi tezroq va kuchliroq individuumlardan tashkil topadi. Ammo, shak-shubhasiz, bu mexanizm bug‘ularning evolyutsiya qilishiga va o‘zlarini hayvonlarning boshqa turlariga, masalan, otlarga aylantirishiga sabab bo‘la olmaydi. Shu bois, tabiiy tanlanish mexanizmi hech qanday evolyutsion kuchga ega emas. Darvinning o‘zi ham bu haqiqatdan xabardor edi va u o‘zining «Turlarning kelib chiqishi» nomli kitobida buni quyidagicha e’tirof etadi:

Foydali individual farklar yoki o‘zgarishlar ro‘y bermaguncha tabiiy tanlanish hech narsa qila olmaydi.310

Demak, bu «foydali o‘zgarishlar» qanday ro‘y berishi mumkin edi? Darvin bu savolga o‘sha paytdagi fanning ibtidoiy tushunchasi nuqgai nazaridan javob berishga harakat  qildi. Darvindan oldin yashab o‘tgan frantsuz biologi Jan Batist Lamark (1744-1829) ning fikriga ko‘ra, tirik mavjudotlar o‘zlarining hayot davri davomida orttirgan xususiyatlarini, ya’ni jismoniy o‘zgarishlarni keyingi naslga o‘tkazgan. Uning ta’kid-lashicha, nasldan-naslga orttirib borilgan bu o‘zgarishlar yangi turlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Misol uchun, Lamarkning fikriga ko‘ra, jirafalar antilopalardan kelib chiqdan; ular baland daraxtlarning barglarini yeyishga intilganlari bois, ularning bo‘yinlari nasldan-naslga uzaya borgan.

Lamarkning ta’siri

Darvin ham shunga o‘xshash misollar keltirgan. Masalan, «Turlarning kelib chikishi» nomli kitobida uning ta’kidlashicha, ovqat izlab suvga sho‘ng‘iydigan ba’zi ayiqlar vaqt o‘tishi bilan kitlarga aylangan.311

Biroq Gregor Mendel (1822-1884) tomonidan kashf qilingan va yigirmanchi asr genetika fani tasdiqlagan irsiyat qonunlari orttirilgan xususiyatlar keyingi nasllarga o‘tganligi to‘g‘risidagi afsonani butkul barbod qildi. Shu taxlitda, tabiiy tanlanish evolyutsion bir mexanizm sifatida o‘z qadrini yo‘qotdi.

Neodarvinizm va mutatsiyalar

Darvinistlar yechim topish maqsadida 1930 yillarning oxirlarida «Zamonaviy sintetik nazariya» yoki ko‘proq neodarvinizm nomi bilan ma’lum bo‘lgan g‘oyani oldinga surdilar. Neodarvinizm tabiiy tanlanishga qo‘shimcha ravishda «foydali o‘zgarishlar sababi» bo‘lgan mutatsiyalarni, ya’ni jonzotlarning genlarida radiatsiya kabi tashqi omillar yoki ko‘payishdagi xatolar natijasida shakllangan buzilishlarni ham o‘z ichiga olar edi.

    

Tasodifiy mutatsiyalar insonlar hamda boshqa jonzotlarda nuqsonga aylanadi. Chernobil falokati mutatsiyalarning ta’sirlari haqida qo‘zlarni ochuvchi hodisadir.

Bugungi kunda butun dunyoda evolyutsiyani himoya qiladigan model neodarvinizmdir. Bu nazariya Yer yuzidagi millionlab jonzotlar, bu organizmlarning ko‘plab murakkab organlari (masalan, quloqlar, ko‘zlar, o‘pka va qanotlar) «mutatsiyalar», ya’ni irsiy buzilishlarni boshdan kechirish jarayoni natijasida shakllangan, degan farazni o‘rtaga tashlaydi. Ammo bu nazariyani zaiflash-tiradigan ochiq bir ilmiy haqiqat mavjud: mutatsiyalar jonzotlarning rivojlanishiga sabab bo‘lmaydi, aksincha, ular har doim jonzotlarga zarar yetkazadilar.

Buning sababi juda oddiy: DNK juda murakkab tuzilishga ega va har qanday tasodifiy ta’sir unga faqat zarar yetkazishi mumkin, xolos. Amerikalik genetik B. G. Ranganatan buni quyidagicha izohlaydi:

Birinchidan, chinakam mutatsiyalar tabiatdajuda kamdan-kam holatlarda uchraydi. Ikkinchidan, genlarning strukturasidagi o‘zgarishlar tartibli emas, aksincha tasodifiy bo‘lgani uchun ko‘pchilik mutatsiyalar zararlidir; o‘ta tartibli tizimdagi har qanday tasodifiy o‘zgarish yaxshilikka emas, balki yomonlikka tomon bo‘ladi. Misol uchun, agar zilzila biror binoning o‘ta tartib bilan kurilgan strukturasini larzaga keltirsa, bu binoning konstruktsiyasiga ehtimol tuzatib bo‘lmas tasodifiy o‘zgarish sodir bo‘lgan bo‘lar edi.312

Afsuski, shu kunga qadar foydali bo‘lgan, ya’ni organizmdagi irsiy ma’lumotlarni rivojlantirgan biror mutatsion namuna kuzatilmagan. Barcha mutatsiyalarning zararli ekanligi isbotlangan. «Evolyutsion mexanizm», deb tanishtirilgan mutatsiyalar aslida jonzotlarga zarar yetkazadigan va ularni yaroqsiz, nogiron qilib qo‘yadigan irsiy bir holat ekanligi anglab yetildi. (Inson zotida mutatsiyaning eng ko‘p uchraydigan natijasi saratondir, ya’ni rak kasalligidir.) Albatta, buzuvchi bir mexanizm «evolyutsion mexanizm» bo‘la olmaydi. Tabiiy tanlanish esa, Darvinning o‘zi ham e’tirof etganidek, «o‘zicha hech narsa qila olmaydi». Bu haqiqat bizlarga tabiatda «evolyutsion mexanizm»ning mavjud emasligini ko‘rsatadi. Zero evolyutsion mexanizm mavjud emas ekan, unda «evolyutsiya» deb ataladigan tasavvuriy jarayonning sodir bo‘lganligi ham mumkin emas.

Qazilma hayvon qoldiqlari: oraliq shakllardan asar yo‘q

Evolyutsiya nazariyasi tomonidan faraz qilingan stsenariyning sodir bo‘lmaganligiga eng yaqqol dalil qazilma hayvon qoldiqlaridir.

Evolyutsiya nazariyasiga ko‘ra, har bir jonli tur o‘z o‘tmishdoshidan rivojlanib vujudga kelgan. Dastavval mavjud bo‘lgan turlar vaqt o‘tishi bilan boshqa shaklga kirgan va shu yo‘sinda barcha turlar paydo bo‘lgan. Boshqacha qilib aytganda, bu transformatsiya, ya’ni bir shakldan boshqa yangi shaklga aylanish jarayoni millionlab yillar davomida asta-sekin sodir bo‘lgan.

Agar shunday bo‘lsa, bu transformatsion davr ichida ko‘plab oraliq turlar mavjud bo‘lgan va yashagan bo‘lishi kerak.

Masalan, o‘tmishda yarim baliq-yarim sudralib yuruvchilar yashagan bo‘lishi, ya’ni ular mavjud baliqlik xususiyatiga qo‘shimcha ravishda, sudralib yuruvchilik xususiyatini orttirgan bo‘lishi kerak. Yoki bo‘lmasa, mavjud sudralib yuruvchilik xususiyatiga qo‘shimcha ravishda ayrim qushlik xususiyatini orttirgan ba’zi sudralib yuruvchi qushlar mavjud bo‘lgan bo‘lishi kerak. Bular o‘tish bosqichida yashaganligi bois, yaroqsiz, qusurli, majruh jonzotlar bo‘lishi kerak. O’tmishda yashab o‘tgan, deb ishonilgan bu nazariy jonzotlarni evolyutsionistlar «o‘tish davri shakllari» nomi bilan ataydilar.

Agar shunday hayvonlar o‘tmishda yashagan bo‘lsalar, ular son va tur jihatdan millionlab, hatto milliardlab bo‘lishi kerak edi. Bundan ham muhimrog‘i, bu g‘alati jonzotlarning qoldiqlari arxeologik qazilmalarda topilishi kerak edi. Darvin «Turlarning kelib chiqishi» kitobida shunday tushuntirish beradi:

Agar mening nazariyam to‘g‘ri bo‘lsa, bir guruhtsagi turlarning barchasini bir-biriga bog‘lagan sanoqsiz o‘gish davri turlari shubhasiz yashagan bo‘lishi kerak… Shunday ekan, ularning ilgari yashaganliklarining dalili faqatgina qazilma hayvon qoldiqlari orasidan topilishi mumkin.313

Darvinning puchga chiqqan umidlari

O’n to‘qqizinchi asrning o‘rtalaridan buyon evolyutsionistlar butun dunyodan hayvon qoldiqlarini topishga astoydil bel bog‘lagan bo‘lsalar-da, hanuzgacha o‘tish davri shakllari kashf qilinmadi. Barcha hayvon qoldiqlari, evolyutsionistlarning umidlariga qarshi o‘laroq, hayotning Yer yuzida to‘satdan va qusursiz bir bichimda paydo bo‘lganligini tasdiqlaydi.

Mashhur ingliz paleontologi Derek V. Eyjer, hatto evolyutsionist bo‘lsa ham, bu haqiqatni shunday e’tirof etadi:

Agar qazilma hayvon qoldiqlarini xohturlar yoki sinflar darajasida bo‘lsin, batafsil o‘rganib chiqsak, biz qayta-qayta bosqichma-bosqich evolyutsiyaga emas, balki bir guruhning boshqasi evaziga to‘satdan portlab chiqqanligiga duch kelamiz.314

Bu shu narsani anglatadiki, qazilma hayvon qoldiqlari barcha jonli turlar mukammal shakllangan holda, hech qanday oraliq shakllarsiz to‘satdan paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Bu Darvin taxminlarining butunlay aksidir. Shuningdek, bu jonli turlarning yaratilganligini ko‘rsatuvchi juda kuchli dalil hamdir. Jonli turlarning hech qanday evolyutsion ajdodlarsiz, to‘satdan va har bir detaligacha mukammal holda paydo bo‘lganligiga berilishi mumkin bo‘lgan yagona izoh ularning yaratilganligidir. Bu inkor etib bo‘lmas haqiqat juda taniqli evolyutsionist biolog Duglas Futuyma tomonidan ham shunday e’tirof etiladi:

Yaratilish va evolyutsiya – jonzotlarning kelib chiqishi haqida berilishi mumkin bo‘lgan izohlar ularning ikkisi o‘rtasida halak. Organizmlar yo yer yuzida to‘liq rivojlangan shaklda paydo bo‘lgan, yoki bunday emas. Agar bunday bo‘lmasa, ular avval mavjud bo‘lgan turlardan, ayrim o‘zgarishlarni bosib o‘tish orqali rivojlangan bo‘lishlari kerak. Agar ular to‘liq rivojlangan bir shaklda paydo bo‘lgan bo‘lsa, u holda ular chindan ham cheksiz kuch sohibi bo‘lgan bir akl tomonidan yaratilgan bo‘lishi kerak.315

Hayvon qoldiqlari jonzotlarning to‘liq rivojlangan va mukammal bir holatda Yer yuzida paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu shuni anglatadiki, «turlarning kelib chiqishi», Darvinning taxminlaridan farqli o‘laroq, evolyutsiya emas, balki yaratilishdir.

Inson evolyutsiyasi haqidagi ertak

Evolyutsiya nazariyasi tarafdorlari tomonidan eng ko‘p muhokama qilinadigan mavzu insonning kelib chiqishi mavzusidir. Bu mavzudagi darvinchilar da’vosi zamonaviy insonning maymun-simon jonivorlardan paydo bo‘lganligini asos qilib olgan. 4-5 million yil avval boshlangan, deb asossiz taxmin qilingan bu evolyutsion jarayon davomida, zamonaviy inson va uning ajdodlari orasida ayrim «o‘tish davri shakllari» mavjud bo‘lgan, deb faraz qilinadi. Butunlay tasavvuriy bo‘lgan bu stsenariyga ko‘ra, to‘rt asosiy «toifa» sanab o‘tiladi:

1. Australopithecus
2. Homo habilis
3. Homo erectus
4. Homo sapiens

Evolyutsionistlar insonning ilk maymunsimon ajdodlarini «janubiy maymun» ma’nosini anglatuvchi Australopithecus nomi bilan ataydilar. Bu jonzotlar yo‘q bo‘lib ketgan qadimiy maymun turlaridan boshqa hech narsa emas. Angliya va AQShlik Lord Solli Zukerman va professor Charlz Oksnard ismli ikki dunyoga mashhur anatomistlar tomonidan turli Australopithecus namunalari ustida olib borilgan keng miqyosdagi tadqiqot bu maymunlar yo‘q bo‘lib ketgan oddiy maymun turlariga tegishli ekanligini va ularning insonlarga hech qanday o‘xshash tomoni yo‘q ekanligini ko‘rsatdi.316

Evolyutsionistlar inson evolyutsiyasining keyingi bosqichini «homo», ya’ni «inson» deb ta’riflaydilar. Ularning da’vosiga ko‘ra, Homo seriyasidagi jonzotlar Australopithecus ga qaraganda ancha rivojlangan. Evolyutsionistlar bu mavjudotlarning turli qoldiqlarini ma’lum bir tartibda ketma-ket joylashtirish orqali tasavvuriy bir evolyutsiya sxemasini tuzdilar. Bu sxema tasavvuriydir, chunki bu turli sinflar o‘rtasida biror evolyutsion bog‘liqlik borligi hech qachon isbotlanmagan. Yigirmanchi asrning eng muhim evolyutsionistlaridan biri bo‘lgan Ernst Mayr o‘zining One Long Argument (Uzoq bir mubohasa) nomli kitobida «hayotning yoki Homo sapiens ning kelib chiqishi kabi tarixiy jumboqlar o‘ta murakkabdir va hatto yakuniy, qoniqarli tushuntirishlarga ham qarshi turishi mumkin», deb ta’kidlaydi.317

Bog‘lovchi zanjirni Australopithecus > Homo habilis > Homo erectus > Homo sapienstarzida ifoda etish bilan evolyutsionistlar bu turlarning har biri bir-birining ajdodi ekanligini nazarda tutadi. Biroq paleoantropologlarning yaqindagi kashfiyotlariAustralopithecus > Homo habilis va Homo erectus bir vaqtda dunyoning turli qismlarida yashaganligini oshkor qildi.318

Bundan tashqari, insonlarning Homo erectus deb tasniflangan ma’lum bir bo‘g‘ini hozirgi zamonlarga qadar yashagan. Homo sapiens neandarthalensis va Homo sapiens sapiens(zamonaviy inson) bir vaqtning o‘zida bitta hududda yashagan.319

Mazkur holat, albatta, ular bir-birining ajdodi bo‘lgan, degan da’voning asossiz ekanligini ko‘rsatadi. Garvard universitetida faoliyat yurituvchi paleontolog Stefen Jey Gould, o‘zining evolyutsionist bo‘lishiga qaramay, evolyutsiya nazariyasining bu mushkul ahvolini quyidagicha izohlaydi:

Agar bir-biri bilan parallel bir shaklda yashagan uch xil gominid (A. Africanus baquvvat australopithecines va H.habiles) shajaralari bo‘lsa, aniqki ularning hech biri boshqasidan kelib chiqmagan, u holda bizning shajaramizga nima bo‘ldi? Bundan tashqari bu uchalovining hech qaysisi o‘zlarining yer yuzidagi hayoti davomida hech qanday evolyutsion moyillikni namoyon etmaydilar.320

Qisqasi, ommaviy axborot vositalari va darsliklardan joy olgan ba’zi tasavvuriy «yarim maymun-yarim inson» mavjudotlarning turli rasmlari yordami bilan, ya’ni ochiqchasini aytganda, targ‘ibot vositasida «qo‘llab-quvvatlanadigan inson evolyutsiyasining stsenariysi ilmiy asosga ega bo‘lmagan ertakdan boshqa hech narsa emas.

Bu mavzuda yillab tadqiqot o‘tkazgan va Australopithecus qoldiqlarini 15 yilcha o‘rgangan Buyuk Britaniyadagi eng mashhur va e’tiborli olimlardan biri Lord Solli Zukerman, o‘zining evolyutsionist bo‘lishiga qaramasdan, nihoyat, maymunsimon mavjudotlarning odamga aylanishini ko‘rsatadigan shajara aslida mavjud emas, degan xulosaga keldi.

Zukerman, shuningdek, qiziq bir «fanlar spektri»ni ham yaratdi. U ilmiy deb o‘ylagan sohalardan tortib ilmiy emas deb o‘ylagan sohalarga qadar ularni bu spektrda aks ettirdi. Zukermanning mazkur spektriga ko‘ra, fanning eng ilmiy sohalari (ya’ni aniq ma’lumotlarning mavjudligidan kelib chiqqan holda) kimyo va fizikadir. Ulardan so‘ng biologik fanlar va so‘ngra ijtimoiy fanlar keladi. Spektrning eng «ilmiy emas», deb hisoblanadigan oxirgi qismida esa, Zukermanning fikriga ko‘ra, telepatiya va oltinchi sezgi kabi «o‘ta sezgir idrok etish qobiliyati» tushunchalari va nihoyat «inson evolyutsiyasi» joy oladi. Zukerman o‘zining bunday mulohazasini shunday izohlaydi:

So‘ngra ob’ektiv haqiqatdan chiqib, o‘ga sezgir idrok etish qobiliyati yoki insonning suyak qoldiqlari tarixini tushuntirib berish kabi biologik fan deb hisoblanmish sohalarga kirganimizda, evolyutsiya nazariyasiga sodiq kimsa uchun har narsa mumkin bo‘lishini va (evolyutsiyaga) ashaddiy sodiq kimsalar ba’zida bir vaqtning o‘zida bir qancha qarama-qarshi mulohazalarga ishona olishini ko‘ramiz.321

Inson evolyutsiyasi ertagi o‘z nazariyasiga ko‘r-ko‘rona sodiq bo‘lgan bir qator insonlar tomonidan qazib olingan ba’zi hayvon qoldiqlariga berilgan taxminiy tushuntirishlardan iborat, xolos.

Darvin formulasi

Shu paytga qadar ko‘rib chiqqan barcha dalillardan boshqa, keling, endi bir marotaba bo‘lsa ham, evolyutsionistlarning qanday aqidaga ega ekanliklarini hatto bolalar ham tushunadigan sodda bir misol bilan o‘rganib chiqamiz:

Evolyutsiya nazariyasi hayotning tasodifan paydo bo‘lganligini ta’kidlaydi. Bu da’voga ko‘ra, jonsiz va shuursiz atomlar birlashib hujayrani paydo qilgan va so‘ngra ular bir amallab boshqa jonzotlarni, shujumladan, insonni ham yaratgan. Keling, shuhaqda bir oz mulohaza yuritaylik. Jonzotlarning tarkibiy elementlari bo‘lgan uglerod, fosfor, azot va kaliy kabi elementlarni bir joyga to‘plaganimizda, bor-yo‘g‘i bir uyum paydo bo‘ladi. Bu atom uyumiga har qancha ishlov berilmasin, u hatto bitta bo‘lsa ham jonzotni shakllantira olmaydi. Agar xohlasangiz, keling, shu mavzuda bir «tajriba» ta’rifini keltiramiz va evolyutsionistlar nomidan, ular «Darvin formulasi» nomi ostida barala ovoz chiqarmasdan aslida nimani da’vo qilayotganliklarini tekshirib ko‘ramiz:

Deylik, evolyutsionistlar jonzotlarning tarkibida mavjud bo‘lgan fosfor, azot, uglerod, kislorod, temir va magniy kabi ko‘plab moddalarni katta bochkalarga solsinlar, bundan tashqari, ular bu bochkalarga odatdagi sharoitlarda mavjud bo‘lmaydigan, lekin zaruriy deb hisoblanadigan moddalarni ham solsinlar. Ular bu aralashmaga istaganlaricha tabiiy sharoitlar ostida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lmagan aminokislotalar va bir donasining paydo bo‘lish ehtimoli 10-950 bo‘lgan oqsillarni qo‘shsinlar. Bu aralashmalarga istaganlaricha issiqlik va namlik bersinlar. Istalgan, har qanday texnologik jihatdan ishlab chiqilgan qurilmalar bilan ularni qorishtirsinlar. Bu bochkalar yonida eng mashhur olimlarni biriktirib qo‘ysinlar. Bu mutaxassislar mazkur bochkalar yonida milliardlab, hatto trillionlab yillar navbatchilik qilib kutsinlar. Insonning paydo bo‘lishi uchun zarur deb hisoblangan har qanday sharoitlarni erkin holda qo‘llasinlar. Nima qilishlaridan qat’i nazar, ular bu bochkalardan insonni, deylik elektron mikroskop ostida o‘z hujayrasining tuzilishini tekshiradigan bir professorni yetishtira olmaslar. Jirafalar, sherlar, arilar, kanareykalar, otlar, delfinlar, atirgullar, orxideyalar, liliyalar, chinnigullar, bananlar, apelsinlar, olmalar, xurmolar, pomidorlar, qovunlar, tarvuzlar, anjirlar, zaytunlar, uzumlar, shaftolilar, tovuslar, qirg‘ovullar, rang-barang kapalaklar yoki shular kabi boshqa millionlab jonzotlarni yetishtira olmaslar. Haqiqatan ham, ular bu jondorlarning hatto bitta bo‘lsa ham hujayrasini qo‘lga kirita olmaslar.

Qisqasi, shuursiz atomlar birlashib hujayrani paydo qila olmaydi. Ular biror yangicha qaror qilib hujayrani ikkiga bo‘la olmaydi, so‘ngra boshqa qarorlar qabul qilib elektron mikroskopni birinchi bo‘lib ixtiro kilgan va so‘ng mana shu mikroskop ostida o‘z hujayrasining tarkibini o‘rganadigan professorlarni yarata olmaydi. Materiya ongsiz, jonsiz bir uyumdir va u Allohning a’lo darajadagi yaratishi bilangina jonlanadi.

Buning aksini da’vo etadigan evolyutsiya nazariyasi esa aqlga tamoman zid bir safsatadir. Evolyutsionistlarning da’volari yuzasidan bir oz bo‘lsa ham mulohaza yuritish, yuqoridagi misol kabi, bu haqiqatni oshkor etadi.

Ko‘z va quloqdagi texnologiya

    

Ko‘z va quloqni kamera va ovoz yozish jihozlari bilan qiyoslaganimizda, bu organlarning yuqori texnologiyaga ega mazqur mahsulotlarga qaraganda ancha murakkab, ancha muvaffaqiyatli ekanligi va anchayin kusursiz konstruktsiyaga ega ekanligini ko‘ramiz.

Evolyutsiya nazariyasi tomonidan javobsiz qolgan boshqa bir mavzu esa ko‘z va quloqdagi sezgining a’lo sifatli ekanligidir.

Ko‘z to‘g‘risidagi mavzuga o‘tishdan oldin, keling, «Biz qanday ko‘ramiz?» degan savolga qisqacha javob beraylik. Biror jismdan chiqadigan yorug‘lik nurlari ko‘zning to‘r pardasiga teskari bo‘lib tushadi. Bu yerda, bu nurlar hujayralar tarafidan elektr signallarga aylantiriladi va miyaning orqa qismidagi bir kichik nuqtaga, ya’ni «ko‘rish markaziga» uzatiladi. Bu elektr signallar shu markazda bir qancha jarayonlardan so‘ng tasvir sifatida idrok etiladi. Mana shu texnik ma’lumotlarni yodda tutgan holda, keling, bir oz fikr yuritaylik.

Miya yorug‘likdan ajratib qo‘yilgan. Bu shuni anglatadiki, uning ichki qismi tamomila qorong‘i bo‘lib, u joylashgan yerga umuman yorug‘lik yetib bormaydi. Shu sababli, «ko‘rish markazi»ga hech qachon yorug‘lik tegmaydi va u yer hatto siz bilgan eng qorong‘i joy ham bo‘lishi mumkin. Ammo siz mana shu qorong‘i joyda yop-yorug‘ dunyo siyratini ko‘rasiz.

Ko‘zda hosil bo‘ladigan tasvir shunchalik aniq va ravshanki, hatto XX asr texnikalari ham bunday tasvirni olishga muvaffaq bo‘la olmagan. Misol uchun o‘qiyotgan kitobingizga, uni ushlab turgan qo‘llaringizga qarang, so‘ngra boshingizni ko‘tarib, atrofingizga nazar tashlang. Siz hech qachon mana shunday aniq va ravshan tasvirni boshqa biror joyda ko‘rganmisiz? Hattoki dunyodagi eng katta televizor ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan eng zo‘r televizor ham siz uchun bunday aniq tasvirni uzatib bera olmaydi. Bu uch o‘lchovli, rangli va o‘ta aniq tasvirdir. 100 dan ortiq yillardan buyon, minglab muhandislar bu aniqlikka erishishga harakat qilmoqdalar. Mana shu maqsadda fabrikalar, ulkan inshootlar barpo etildi, ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirildi, rejalar va konstruktsiyalar qurildi. Yana televizor ekraniga va qo‘lingizda ushlab turgan kitobingizga qarang. U yerda aniqlik va ravshanlikdagi katta farqni ko‘rasiz. Bundan tashqari, televizor ekrani sizga ikki o‘lchovli tasvirni ko‘rsatsa, siz o‘zingizning ko‘zingiz bilan uch o‘lchovli manzarani teranlik bilan kuzatasiz.

Ko‘plab yillardan buyon, o‘n minglab muhandislar uch o‘lchovli televizor yaratishga va ko‘zning ko‘rish sifatiga erishishga harakat qilib kelmoqdalar. Ha, ular uch o‘lchovli televizor sistemasini yaratdilar ham, ammo uni maxsus uch o‘lchovli ko‘zoynaksiz ko‘rishning imkoni yo‘q; bundan tashqari, u faqat sun’iy uch o‘lchovlidir, xolos. Orqa fon ancha xira, oldingi fon esa xuddi qog‘oz bezaklar kabi ko‘rinadi. Ko‘zniki kabi aniq va ravshan tasvirni ishlab chiqishning hech qachon imkoni bo‘lmagan. Kamera va televizorlarning har ikkalasida ham tasvir sifati yo‘qoladi.

Evolyutsionistlarning da’vosiga ko‘ra, bunday aniq va ravshan tasvirni keltirib chiqaradigan mexanizm tasodifan yuzaga kelgan. Agarda kimdir xonangizda turgan televizor tasodiflar natijasida paydo bo‘lgan, uning barcha atomlari birgalashib, tasvir ko‘rsatadigan bu qurilmani hosil qilgan desa, nima deb o‘ylagan bo‘lardingiz? Minglab odamlar qila olmagan narsani shuursiz atomlar qanday amalga oshira olardi?

Modomiki ko‘zga nisbatan ancha ibtidoiy tasvirni ko‘rsatadigan qurilma tasodifan paydo bo‘lmagan ekan, unda ayonki, ko‘z va ko‘z ko‘radigan tasvir ham tasodifan paydo bo‘lmagan. Xuddi shu holat, quloqqa ham tegishlidir. Tashqi quloq mavjud tovushlarni quloq chanog‘i orqali tutib oladi va ularni o‘rta quloqqa yo‘llaydi, o‘rta quloq tovush tebranishlarini kuchaytirib uzatadi va ichki quloq bu tebranishlarni elektr signallarga o‘girib miyaga jo‘natadi. Xuddi ko‘zdagi kabi, eshitish faoliyati miyadagi eshitish markazida yakunlanadi.

Ko‘zdagi holat quloq uchun ham ayni haqiqatdir, ya’ni miya xuddi yorug‘liqda bo‘lgani kabi, tovushdan ham ajratib qo‘yilgan. U hech qanday tovushni ichkariga kiritmaydi.

Shuning uchun, tashqari qanchalik shovqin bo‘lmasin, miyaning ichkarisi batamom sokin bo‘ladi. Shunga qaramay, eng aniqtovushlar miyada his etiladi. Butunlay sokin miyangizda siz simfoniyalar tinglaysiz va g‘ala-g‘ovur joydagi barcha shovqinlarni eshitasiz. Ammo o‘sha onda aniq bir qurilma miyangiz ichidagi tovush darajasini o‘lchagudek bo‘lsa, u yerda butunlay sokinlik hukm surayotganligi ma’lum bo‘lar edi.

    

Darvin ko‘z haqida hatto o‘ylashni ham xohlamagan edi. Ko‘zning tasodifiy ravishda sodir bo‘lishi mumkin emas, chunki ko‘z mukammal va juda murakkabdir. Ko‘zni Alloh yaratganligi ochiq haqiqatdir.

Tasvir xususidagi holat kabi, aslidek aniqtovush ishlab chiqish va uning nusxasini yaratishga o‘nlab yillar davomida harakat qilib ko‘rildi. Bu urinishlarning natijasi ovoz yozish jihozlari, yuqori sifatli tovush chiqaruvchi sistemalar va tovushni his etuvchi sistemalardir. Bu texnologiyalar va ular ustida ishlayotgan minglab muhandis hamda mutaxassislarning borligiga qaramasdan, quloq orqali idrok etiladigan tovushning aynan o‘zidek tiniq va aniq bo‘lgan hech qanday tovushga erishilgani yo‘q. Musiqaviy asboblar sanoatidagi eng katta korxona tomonidan ishlab chiqarilgan eng yuqori sifatli tovush chiqaradigan sistema haqida o‘ylab ko‘ring. Hatto bu qurilmalarda ham ovoz yozilganda uning bir qismi yo‘qoladi yoki bo‘lmasa, yuqori sifatli tovush chiqaruvchi sistemani qo‘shganingizda musiqa boshlanishi oldidan har doim pishillagan tovushni eshitasiz. Ammo inson vujudi texnologiyasining mahsuli bo‘lgan tovush o‘ta tiniq va aniqdir. Inson qulog‘i hech qachon yuqori sifatli tovush chiqaruvchi sistemada bo‘lgani kabi pishillagan tovush yoki atmosfera shovqinlari jo‘r bo‘lgan bir tovushni idrok etmaydi, aksincha, u tovushni qanday bo‘lsa o‘shanday, tiniq va aniq his qiladi. Bu inson yaratilgan kundan buyon shu zayldadir.

Bugungi kunga qadar inson qo‘li bilan yaratilgan hech qanday tasvirli yoki tovushli apparat hissiy ma’lumotlarni idrok etishda ko‘z va quloq kabi sezuvchan hamda muvaffaqiyatli bo‘lmagan. Ammo har qachon ko‘rish va eshitish haqida gap ketar ekan, bularning zamirida juda buyuk bir haqiqat borligini ta’kidlashimiz joiz.

Miyaning ichida ko‘radigan va eshitadigan shuur kimga oid?

Miya ichida rang-barang dunyoni kuzatadigan, simfoniyalar, qushlarning xonishlarini tinglaydigan hamda atirgullarning muattar hidlarini hidlaydigan kim?

    

Biz butun hayotimizni miyamizda kechiramiz. Biz ko‘radigan odamlar, biz hidlaydigan gullar, biz tinglaydigan musiqalar, biz tatib ko‘radigan mevalar biz ko‘llarbilanhisqiladigan namliklar – bularning barchasi miyada «haqiqat»ga aylanadigan taassurotlardir. Ammo u yerda hech qanday rang, tovush yoki suratlar mavjud emas. Biz elektr impulslari muhitida yashaymiz. Bu nazariya emas, balki biz tashqi dunyoni qay tarzda idrok etishimizga beriladigan ilmiy bir izohdir.

Insonning ko‘zlaridan, quloqlaridan va burnidan keladigan stimulyatorlar elektrokimyoviy nerv impulslari sifatida miyaga safar qiladi. Biologiya, fiziologiya va biokimyo kitoblarida bu tasvirlarning miyada qanday hosil bo‘lishiga doir ko‘plab tafsilotlarni o‘qishingiz mumkin. Ammo siz ularda hech qachon eng muhim bo‘lgan bir haqiqatga duch kelmaysiz. Bu elektrokimyoviy nerv impulslarini tasvirlar, tovushlar, hidlar va hissiy voqealar sifatida miyada idrok etadigan kim?

Miyaning ichida ko‘z, quloq va burunga hech qanday ehtiyoj sezmasdan bularning barchasini idrok etadigan shuur mavjud. Bu shuur kimga oid? Albatta, bu shuur nervlarga, yog‘ qatlamiga va miyani tashkil etadigan neyronlarga oid emas. Shu sababdan ham hamma narsa materiyadan tashkil topgan, deb ishonuvchi darvinchi materialistlar bu savollarga javob bera olmaslar.

Chunki bu shuur, Alloh tomonidan yaratilgan ruhdir. Ruh tasvirlarni kuzatmoq uchun na ko‘z, tovushlarni eshitmoq uchun na quloqqa ehtiyoj sezar. Bundan tashqari, u o‘ylash uchun miyaga ham ehtiyoj sezmas.

Bu oshkora va ilmiy haqiqatni o‘qigan har bir inson miyaning ichidagi bir necha santimetr kublik qop-qorong‘i makonda butun koinotni uch o‘lchovli, rangli, soyali va charog‘on qilib sig‘dirgan zot, hamma narsaga Qodir Alloh ekanligini anglamog‘i, Undan qo‘rqmog‘i va Undan panoh izlamog‘i darkor.

Materialistcha bir ishonch

Shu paytga qadar biz havola etgan ma’lumotlar evolyutsiya nazariyasining ilmiy kashfiyotlarga nomuvofiq ekanligini ko‘rsatadi. Nazariyaning hayotning kelib chiqishi haqidagi da’vosi fan bilan uzviy emas, u ilgari suradigan evolyutsion mexanizmlar evolyutsion kuchga ega emas. Jonzotlarning tosh qotgan qoldiqlari oraliq shakllarning hech qachon mavjud bo‘lmaganligini ko‘rsatadi. Shu bois, albatta, evolyutsiya nazariyasi ilmiy asoslanmagan bir g‘oya sifatida chetga surib qo‘yilishi kerak. Xuddi shu yo‘sinda butun tarihdan Yer-markazli koinot modeli kabi ko‘plab g‘oyalar ilm-fan kun tartibidan chiqarib tashlangan edi.

Ammo evolyutsiya nazariyasi fanning kun tartibida saqlab turilmoqda. Hatto ba’zi insonlar nazariyaga qarshi qaratilgan tanqidlarni «fanga hujum», deb talqin qilishga harakat qiladilar. Nima uchun?

Bunga sabab, evolyutsiya nazariyasi ba’zi doiralar uchun aslo voz kechib bo‘lmas dogmatik bir mafkura ekanligidadir. Bu doiralar materialistik falsafaga ko‘r-ko‘rona berilganlar va ular darvinizmni tabiatning amal kilish usulini tushuntirib berish uchun olg‘a sursa bo‘ladigan yagona materialistik tushuntirish bo‘lganligi sababli qabul qiladilar.

Qiziq tomoni shundaki, ular buni ba’zan ochiqchasiga ham tan oladilar. Garvard universitetida faoliyat yurituvchi mashhur genetik va to‘g‘ri so‘z evolyutsionist Richard S. Levontin o‘zining «avval va birinchi navbatda materialist va so‘ngra esa olim» ekanligini e’tirof etadi: Bizni dunyoga materialistik nuqtai nazardan tushuntirish berishga majbur qiladigan narsa ilmiy uslublar va qoidalar emas, balki aksincha,  materializmga o‘zimizning apriori sodiqligimiz bilan, ichki hisga qanchalikqarshi bo‘lishidan qat’i nazar materialistik tushuntirishlarni ishlab chiqaradigan tadqiqot mashinasi va bir qator kontseptsiyalarni yaratishga majburmiz. Bundan tashqari, materializm mutlaqdir, shunga ko‘ra, biz Ilohiy bir g‘oyaning sahnaga chiqishiga izn bera olmaymiz.322

Bu so‘zlar materialistik falsafaga sodiqlik hakdiga darvinizmning sakdanib kelinayotgan bir dogma ekanligini ochiq e’tirof etadi. Bu dogma materiyadan boshqa hech qanday borliqning yo‘qligini ta’kidlaydi. Shu sababdan ham u jonsiz, shuursiz materiya hayotni yaratgan, deb bahs yuritadi. U millionlab jonli turlar (masalan, qushlar, baliqlar, jirafalar, qoplonlar, hasharotlar, daraxtlar, chechaklar, kitlar va insonlar) yog‘ayotgan yomg‘ir, chaqmoq yashinlari va h.k. kabi materiyalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir natijasida jonsiz materiyadan kelib chiqqan, degan da’voni qattiq turib himoya qiladi. Haqiqatda esa, bu ham aqlga, ham fanga to‘g‘ri kelmaydigan qoidadir. Ammo darvinistlar xuddi yuqorida aytib o‘tilganidek, «Ilohiy bir g‘oyaning sahnaga chiqishiga izn bermaslik» uchun uni himoya qilishni davom ettirmoqdalar.

Tirik jonzotlarning kelib chiqishiga materialistik nuqtai nazardan qaramaydigan har qanday kishi bu oshkora haqiqatni ko‘rishi tabiiy: Barcha tirik mavjudotlar hamma narsaga Qodir Qudratli Zot, barcha narsani Bilguvchi va buyuk akd Sohibi, Yaratganning asarlaridir. Yaratgan – butun koinotni yo‘qdan bor qilgan, unga qusursiz, eng mukammal bir shaklni ato etgan va butun tirik mavjudotlarni yaratib shakllantirgan Allohdir.

Evolyutsiya nazariyasi: Dunyodagi eng kuchli afsun

Bid’atga berilmagan va hech qanday bir g‘oya ta’siri ostida qolmagan, faqatgina o‘z aqli va mantig‘ini ishlatgan har qanday kishi bilim va madaniyatdan yiroq jamiyatning xurofotlarini yodga tushiradigan evolyutsiya nazariyasidagi ishonch imkonsiz bir g‘oya ekanligini yaqqol anglaydi.

Yuqorida qayd etib o‘tilgani kabi, evolyutsiya nazariyasiga ishonganlar katta bir bochka ichiga tashlangan bir qancha atomlar va molekulalar fikr, aql yuritadigan professorlar va universitet talabalarini, Eynshteyn va Galiley kabi olimlarni, Hemfri Bogart, Frenk Sinatra va Luchano Pavarotti kabi san’atkorlarni, shuningdek, antilopalarni, limon daraxtlari va chinnigullar kabi o‘simliklarni vujudga keltiradi, deb o‘ylaydilar. Ustiga-ustak, bu bema’ni safsataga ishonganlar olimlar, professorlar, madaniyatli va bilimdon kishilardir. Shu bois, bu nazariya uchun «dunyo tarixining eng kuchli afsuni» degan ifodani ishlatmoq joizdir. Chunki dunyo tarixida u kabi insonlarni bu darajada aqlidan ozdirgan, aql va mantiq bilan mulohaza yuritishga ularga imkon bermagan, xuddi ularning ko‘zini bog‘lagandek, haqiqatni ulardan pinhon tutgan biror-bir ishonch yoki g‘oya bo‘lmagan. Bu hatto qadimgi misrliklarning Quyosh tangrisi Raga, Afrikadagi ba’zi qabilalarning totemlarga, Saba’ xalqining Quyoshga, Ibrohim Payg‘ambar (a.s.) qavmining o‘z qo‘llari bilan yasagan butlariga, Muso Payg‘ambar (a.s.) qavmining oltindan yasalgan buzoqqa sig‘inishlaridan ham yomonroq va aqlga sig‘mas darajadagi so‘qirlikdir.

Aslida, Alloh bu aqlsizlik haqida Qur’onda ta’kidlab o‘tgan. Alloh ba’zi insonlarning qalblari yopilajagi va ular haqiqatni ko‘rishga ojiz bo‘lib qolajaklari haqida bir qancha oyatlarda xabar bergan. Bu oyatlardan ba’zilari quyidagilardir:

Haqiqatan, kufr (imonsizlik)dagi kishilar – ularni ogohlantirsangiz ham, ogohlantirmasangiz ham, ularga baribir – imon keltirmagaylar. Ularning dillari va kuloqlariga Alloh muhr urib qo‘ygan. Ko‘zlarida esa parda (bor). Ular uchun ulkan azob (tayyorlab qo‘yilgandir)! («Baqara» surasi, 6-7-oyatlar)

Jahannam uchun jinlar va insonlarning ko‘pchiligini yaratganmiz. Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan «anglamaydilar». Ularda ko‘zlar bor, (lekin) ular bilan «ko‘rmaydilar». Ularda quloklar bor, (lekin) ular bilan «eshitmaydilar». Ana o‘shalar hayvonlar kabidirlar. Balki ular (yanada) adashganroqdirlar. Ana o‘shalar g‘ofillardir. («A’rof» surasi, 179-oyat)

Bordi-yu, ularga osmondan bir darvoza ochib qo‘ysagu, undan (osmonga) ko‘tarila boshlasalar ham, «shaksiz, bizlarning ko‘zlarimiz bog‘lanib qoldi, balki bizlar sehrlanib qolgan qavmdirmiz», – degan bo‘lur edilar. («Hijr» surasi, 14-15-oyatlar)

Bu afsunning shunchalik keng jamiyatni asoratda ushlab turgan-ligi, insonlarni haqiqatdan naqadar yiroqda tutganligi va uning 150 yil mobaynida buzilmaganligi qanchalik hayratlanarli ekanligini so‘zlar bilan ifodalab bo‘lmaydi. Bir yoki bir necha odamning imkonsiz stsenariylarga, bema’nilik va mantiqsizlik bilan to‘la da’volarga ishonishi mumkinligini tushunsa bo‘lar. Ammo shuursiz va jonsiz atomlarning to‘satdan birlashishga qaror qilib tartib, intizom, aql va shuurli bir benuqson tizim bilan ishlaydigan koinotni, hayot uchun uyg‘un, har turli xususiyatlar sohibi bo‘lgan Yer deb atalmish sayyorani va behisob murakkab tizimlar bilan to‘la jonli mavjudotlarni paydo qilganligiga ishonadigan butun dunyo odamlari uchun uning «sehr» ekanligidan boshqabirizohyo‘qdir.

Aslida Qur’on Muso Payg‘ambar (a.s.) va Fir’avn o‘rtasidagi voqeani ateistik falsafalarni qo‘llab-quvvatlovchi ba’zi odamlar haqiqatda boshqalarga afsun orqali ta’sir qilishlarini ko‘rsatish uchun hikoya qiladi. Fir’avnga haqiqiy din haqida aytishganda, u Muso Payg‘ambar (a.s.)ga o‘z afsungarlari bilan bahslashishni buyuradi. Muso Payg‘ambar (a.s.) ular bilan uchrashgach, ularga o‘z qobiliyatlarini birinchi bo‘lib namoyish qilishlarini aytadi. Oyatlar davom etadi:

(Muso): «Tashlangiz!» – dedi. Bas, tashlagan edilar, odamlarning ko‘zlarini sehrlab, ularni cho‘chitib yubordilar – ulkan sehr keltirdilar. («A’rof» surasi, 116-oyat)

Ko‘rib turganimizdek, Fir’avnning afsungarlari Muso Payg‘ambar (a.s.) va unga ergashganlardan tashqari barchani alday oldilar. Ammo Muso Payg‘ambar (a.s.)ning dalili afsunning ta’sirini yo‘qotadi yoki xuddi oyatda ta’kidlanganidek, «ularning soxtalarini komiga torta boshlaydi».

Musoga: «Asoingni tashla!» – deb vahiy qildik. Birdan u ularning soxtalarini komiga torta boshladi. Bas, haqiqat voqe buldi, ularning qilgan ishlari esa botil bo‘ldi. («A’rof» surasi, 117-118-oyatlar)

Oyatda qayd etilgani kabi, odamlar o‘zlarining afsun ta’siri ostida qolganliklarini va ko‘rgan narsalari bir illyuziya ekanini anglab yetishgach, Fir’avnning afsungarlari bor ishonchni yo‘qotdilar. Bugungi kunimizda ham, shunga o‘xshash afsun ta’siri ostida qolgan va ilmiy niqob ostidagi bu bema’ni da’volarga ishonib, butun umrini ularni himoya qilishda o‘tkazgan kimsalar o‘z xurofiy g‘oyalaridan voz kechmas ekan, ular ham haqiqat yuzaga chiqqanda hamda afsunning kuchi qirqilganda tahqirlanadilar. Aslini olganda, dunyoga mashhur ingliz yozuvchisi va faylasufi Malkolm Maggiridj ham shunday ta’kidlagan edi:

Ishonchim komilki, evolyutsiya nazariyasi, ayniqsa, u tegishli bo‘lgan sohalar, kelajakdagi tarix kitoblarida eng buyuk latifalardan biri bo‘lib qolgusidir. Kelajak avlod bu qadar asossiz va shubhali bir gipotezaning haddan tashqari ishonuvchanlik bilan qabul etilganini hayrat ila qarshi olgusidir.323

Bu kelajak uzoq emas, aksincha, odamlar tez orada «tasodif»ning iloh emasligiga shohid bo‘larlar va orqaga, evolyutsiya nazariyasiga dunyodagi eng yomon yolg‘on va eng dahshatli afsun sifatida nazar tashlarlar. Bu afsun butun dunyo insonlarining gardanidan allaqachon ag‘darilishni boshlagan. Uning haqiqiy basharasini ko‘rgan ko‘plab insonlar bu aldamchi afsunga qay tarzda ilakishib qolganlaridan hayrat va taajjubdalar.

(Ular) dedilar: «Zoti poking haqqi, bizda O’zing bildirganingdan o‘zga ilm yo‘qdir. Albatta, Sen ilmli va hikmatli zotdirsan». («Baqara» surasi, 32-oyat)

Horun Yahyoning “Evolyusiya nazariyasining yanglish ekanligi” risolasidan olindi.

____________________

304. Sidney Foks, Klaus Douz, Molecular Evolution and The Origin of Life (Molekulyar evolyutsiya va hayotning paydo bo‘lishi), W. H. Freeman and Company, San Frantsisko, 1972, 4. 
305. Aleksandr I. Oparin, Origin of Life (Hayotning paydo bo‘lishi), Dover Publications, Nyu-York, 1936, 1953 (qayta nashri), 196. 
306. «New Evidence on Evolution of Early Atmosphere and Life» (Ep atmosferasi va hayotning evolyutsiyasi xususida yangi dalillar), Bulletin of the American Meteorological Society, 63-jild, noyabr, 1982, 1328-1330. 
307. Stenli Miller, Molecular Evolution of Life: Current Status of the Prebiotic Synthesis of Small Molecules (Hayotning molekulyar evolyutsiyasi: kichik molekulalarning biologiyagacha bo‘lgan sintezining hozirgi holati), 1986, 7. 308. Jeffri Bada, Earth (Yer), fevral 1998, 40. 
309. Lesli E. Orgel, «The Origin of Life on Earth» (Yerda hayotning paydo bo‘lishi), Scientific American, 271-jild, oktyabr, 1994, 78. 
310. Charlz Darvin, The Origin of Species by Means of Natural Selection, The Modern Library (Tabiiy tanlanish vositasida turlarning kelibchiqishi,zamonaviy kutubxona), Nyu-York, 127. 
311. Charlz Darvin, The Origin of Species: A Facsimile of the First Edition (Turlarning kelib chiqishi: birinchi nashr faksimile), Harvard University Press, 1964, 184. 
312. B. G. Ranganasan, Origins? (Kelib chiqishlar?), Pensilvaniya: The Banner of Truth Trust, 1988, 7. 
313. Charlz Darvin, The Origin of Species: A Facsimile of the First Edition (Turlarning kelib chiqishi: birinchi nashr faksimile), Harvard University Press, 1964, 179. 
314. Derek A. Ajer, «The Nature of the Fossil Record» (Qazilma hayvon qoldiklari tabiati), Proceedings of the British Geological Association, 87-jild, 1976, 133. 
315. Duglas J. Futuyma, Science on Trial (Sinovdagi fan), Pantheon Books, Nyu-York, 1983. 197. 
316. Solli Zukerman, Beyond The Ivory Tower (Fil suyagi minorasidan tashqarida), Toplinger Publications, Nyu-York, 1970, 75-14; Charlz E. Oksnard, «The Place of Australopithecines in Human Evolution: Grounds for Doubt» (Inson evolyutsiyasida Australopithecines ning o‘rni: shubhaga asoslar), Nature, 258-jild, 389. 
317. «Could science be brought to an end by scientists’ belief that they have final answers or by society’s reluctance to pay the bills?» Scientific American, dekabr 1992, 20. 
318. Alan Uolker, Science, 207-jild, 7 mart 1980, 1103; A. J. Kelso, Physical Antropology (Tabiiy antropologiya), 1-nashr, J. B. Lipincott Co. , Nyu-York, 1970, 221; M. D. Likey, Olduvai Gorge, 3-jild, Cambridge University Press, Kembrij, 1971, 272. 
319. Jeffri Kluger, «Not So Extinct After All: The Primitive Homo Erectus May Have Survived Long Enough To Coexist With Modern Humans» (Butunlay yo‘qolib ketgani yo‘q: Ibtidoiy Homo Erectus Zamonaviy insonlar bilan bir vaqtda yashash uchun uzoq vaqtlardan buyon jon saklab kelgan), Time, 23 dekabr, 1996. 
320. S. J. Gould, Natural History (Ta-biiy tarix), 85-jild, 1976, 30. 
321. Solli Zukerman, Beyond The Ivory Tower (Fil suyagi minorasidan tashqarida), 19. 
322. Richard Levonshn, «The Demon-Haunted World» (Arvoh oralagan dunyo), The New York Review of Books, 9 yanvar, 1997, 28. 
323. Malkolm Maggeridj, The End of Christendom (Nasroniy dunyosining yakuni), Grand Rapids: Eerdmans, 1980, 43. 

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: