Zahiriddin Bobur ijodi afg’onistonlik tadqiqotchilar nigohida


Zahiriddin Bobur

Zahiriddin Bobur ijodi afg’onistonlik tadqiqotchilar nigohida

Afg’oniston Islom Respublikasining Mozori Sharif shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 525-yilligiga bag’ishlangan «Shoh va shoirning bebaho merosi» mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.

Tadbir Balx provinsiyasining «Bobur» jamg’armasi hamda O’zbekiston Respublikasining Mozori Sharifdagi konsulxonasi hamkorligida tashkil etildi. Anjumanda afg’onistonlik bir qator olimlar va mutaxassislar, Balx universitetining professor-o’qituvchilari va talabalari, shuningdek mumtoz adabiyot shinavandalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

«Bobur» jamg’armasi raisi Abdulla Royon davlat arbobi, sarkarda va buyuk shoirning hayoti hamda ijodi, shuningdek uning kelgusi avlodlarga qoldirgan bebaho adabiy merosi haqida atroflicha hikoya qildi.

Doktor Muhammad Yoqub Vohidiy Zahiriddin Bobur hayoti va ijodi haqida ma’ruza qilar ekan, shoir qalamiga mansub beqiyos «Boburnoma» asariga batafsil to’xtaldi. Olimning ta’kidlashicha, «Boburnoma» – nafaqat muhim tarixiy dalillar keltirib o’tilgan qimmatli manbaa, balki o’sha davrning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o’ziga xosliklarini, shuningdek tabiat va jo’g’rofiya haqidagi noyob ma’lumotlarni o’zida mujassam etgan betakror asar hamdir.

M.Vohidiy buyuk shoir ijodiy merosi va hayotini o’rganishda akademik X.Sulaymonov, S.G’anieva, P.Shamsiev, X.Sultonov, Z.Mashrabov kabi o’zbekistonlik olim va yozuvchilarning xizmatlari alohida ekanini ta’kidlab o’tdi.

Anjuman davomida Nurulla Taluqoniy, Muhammad Amin Andxoiy, Ikrom Yovar, Rahmatilla Munib va A.Baxman kabi afg’onistonlik olimlar ma’ruza qildilar.

Afg’onistonlik shoirlar va Zahriddin Bobur ijodini tadqiq etuvchi olimlar tadbir ishtirokchilariga Afg’onistonda Bobur ijodi va faoliyatini o’rganish bo’yicha olib borilayotgan ishlar, kelgusi avlodlarga uning bebaho ilmiy va adabiy merosini asrab-avaylash yetkazish borasidagi sa’y-harakatlar xususida so’zlab berdilar.

Seminar qatnashchilariga shuningdek, Bobur davridagi  manbaalarni o’rganish bo’yicha O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Balx provinsiyasining «Bobur» jamg’armasiga buyuk bobokalonimiz ijodiy merosi, hayoti va faoliyati xususida hikoya qiluvchi turli ilmiy va adabiy adabiyotlar taqdim etildi.

Tadbirda ishtirok etgan olim va ekspertlar hoki Afg’oniston zaminida abadiy qo’nim topgan Alisher Navoiy, Sulton Xusayn Bayqaro, Mashrab kabi ulug’ ajdodlarimiz hayoti va ijodiga bag’ishlangan bu kabi qo’shma seminarlarni kelgusida ham muntazam tashkil etib borish zarurligini qayd etdilar.

«Jahon» AA

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: