Yevropa-O’zbekiston: Afg’oniston va energetika bosh mavzu


Yevropa-O’zbekiston: Afg’oniston va energetika bosh mavzu

 

[insert caption here]

O’zbekiston Yevropaga yuzlanmoqda

3 yil avval Andijon voqealaridan so’ng ittifoq qo’ygan sanksiyalar asta-sekin yumshab, o`tgan yili deyarli bekor qilindi. Vaholanki, mamlakatda huquqiy ahvol o’g’ir, huquq himoyachilari va faollarga kun yo’q, rasmiy Toshkent so’z erkinligi bo`yicha islohot o’tkazishni xayoliga ham keltirayotgani yo’q.

Biroq geosiyosiy vaziyatda G`arbga ma’qul burilish kuzatilgan. O`zbekiston yana G`arbga moyillik bildirmoqda. Mintaqa eneriya zaxiralarini Yevropa bozoriga chiqarishning yangi yo`llari muhokamada, NATO bilan hamkorlik faollashgan, Afg`onistondagi vaziyatni yaxshilashda Yevropa O’zbekiston yordamidan umidvor.

2005 yilda qabul qilingan sanksiyalar 2008 yilda deyarli bekor qilindi, asosiy talab – bir nech yuz kishi qurbon bo’lgan Andijon fojeasini xalqaro ekspertlar ishtirokida tergov qilish amalga oshmadi.  

Andijon voqealari bilan tanishish uchun O’zbekistonga kelgan Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi xulosalari mavhumligicha qoldi. 

[insert caption here]

Sanksiya natijasida Andijondagi namoyishni kuch bilan bostirishga ko’rsatma bergan amaldorlar Yevropaga kiritilmay qo’ydi, O`zbekistonga qurol-yarog’ sotish taqiqlandi.

Munosabatlarni tiklashda Germaniya diplomatiyasi hal etuvchi rol o’ynadi 

Germaniya bilan aloqalar bir maromda kechgani e’tiborli. 

Mamlakat Termizda joylashgan harbiy bazani muhofaza qilishga harakat qilgani sir emas. AQSh va G’arbga qarashli qator tashkilotlar O’zbekistondan chiqarib yuborilgan bir paytda Germaniya tashkilotlariga e’tiroz bildrilmadi, rasmiy delegatsiyalar ham avvalgidek kelib-ketib yurdi. 

Nemis diplomatiyasi huquq himoyachilari tomonidan norozilik bilan kutib olindi. 

“Inson huquqlari bilan geosiyosiy manfaatlar barobar olib borilishi kerak. Bundestag [Germaniya parlamenti] vakillari kelganida ham aytgan edik. Inson huqulari Yevropa Ittifoqi uchun shirma bo’lib qolayapti. Ularga asosan yoqilg’i zaxiralari kerak. Yevropa Rossiyaga bog’lanib qolgan, bundan qutulish uchun mintaqada boshqa yo`l qurilishi kerak. Inson huquqlari esa ikkinchi darajali masalaga aylangan”, – deydi huquq himoyachisi Baxtiyor Hamroyev.  

[insert caption here]

Huquq faollari nazarida Rasmiy Toshkentga qarshi jazo choralari kuchaytirilishi kerak.

“Men sanksiyalarni uzaytirish tarafdoriman. Bekor qilishdan avval O`zbekiston hukumatiga aniq talablar qo`yilishi kerak. So`z erkinligini ta`minlash, inson huquqlarini e’zozlash, siyosiy mahbuslarni ozod etish… Diniy e’tiqod yuzasidan soxta ayblovlar bilan qamalgan qancha odamlar qamoqxonalarda azob chekmoqda”, – degan edi ayni paytda 10 yillik qamoq jazosini o`tayotgan huquq himoyachisi A`zam Turg`unov. 

Shu bilan bir qatorda faollar Yevropa bilan boshlangan muloqotdan umidvor.

“Sanksiyalar O`zbekistonni Rossiya, Xitoy bilan yaqinlashtirib, Shimoliy Koreyaga o’xshagan yopiq mamlakatga aylantirib qo`yishi mumkinligi haqida biz avvval aytganmiz. Shu ma’noda Yevropa yon bosib to’g’ri qildi. Lekin bu Yevropa o’tgan qonli voqealarni unutdi, inson huquqlari, demokratik qadriyatlar ahamiyatsiz qoldi degani emas. Muloqot davom etadi”, – degan fikrda sharhlovchi Komron Aliyev. 

Andijon voqealaridan bir yil o`tib Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank-Volter Shtaynmayer Toshkentda prezident Islom Karimov bilan uchrashdi. 

Yevropa Ittifoqi raisligi Germaniyaga o`tishi munosabatlarda burilish yasadi. Shu yili Ittifoqning Markaziy Osiyoga nisbatan strategiyasi ma’qullandi.

[insert caption here]

Yevropaning Markaziy Osiyo bo`yicha maxsus vakili Pyer MorelO’zbekistonda prezident saylovlaridan so’ng yanvarda mamlakatga tashrif buyurdi. Konstitutsiyaga zid ravishda uchinchi bor qayta saylangan prezident Islom Karimov bilan uchrashdi.    
2008 yilda Karimov NATO sammitida qatnashdi, NATO yuklarini temir yo`l orqali Afg`onistonga o`tkazishga rozilik berdi. 

 

Yevropa Ittifoqi a`zolari – Litva va Bolgariya rasmiylari rasmiy tashrif bilan O`zbekistonda bo’ldi. Islom Karimov Bolgariyaga taklif etildi. 

Siyosiy sharhlovchi Muqimjon Qirg`izboyevning aytishicha, Yevropa O`zbekiston bilan pragmatik siyosat boshlagan. “O’zbekiston geosiyosiy jihatdan muhim nuqtada joylashgan, bundan tashqari, mamlakat qishloq xo’jaligi, energiya zaxiralariga boy. Bu yerda turli kuchli davlatlarning manfaatlari kesishadi”, – deydi siyosatshunos. 

O’zbekistonda o’lim jazosi bekor qilinishi, qamoqqa olish sanksiyasi sudlar vakolatiga berilgani, bir nechta huquq himoyachilari qamoqdan ozod etilgani inson huquqlari bo’yicha muhim islohot sifatida qabul qilindi.   

[insert caption here]

Yevropa yo’q joyda ijobiy o’zgarish ko’rishga harakat qilmoqda

Yevropa Ittifoqiga raislik Fransiyaga o`tib, O`zbekistonga nisbatan sanksiyalar deyarli bekor qilindi. 

Toshkentda so’z erkinligi bo’yicha o’tgan xalqaro konferensiya natijasiz tugagani, O`zbekiston so`z erkinligi bo`yicha islohot qilish niyati yo`qligini ochiq namoyon etganiga qaramay sanksiyalar olib tashlandi. 

“Muloqot kerak, shunda biz yana ilgari ketamiz deyishayapti. Albatta, muloqot yaxshi, lekin bu muloqot natijaga erishish uchun yuritilishi kerak, shunchaki gaplashish uchun muzokara qilishning samarasi yo’q. Men ayrim davlatlar yo’q joyda ijobiy o`zgarish ko`rishga harakat qilayotganidan xavotirdaman. To’g’ri, bir nechta huquq faoli ozod qilindi, lekin boshqalarini qamash davom etayapti”, – degan edi konferensiyadan amaliy natija kutgan Human Rights Watch vakili.      

“Yevropa rostdan xohlasa, vaziyatga ta’sir qilish uchun richaglarga ega. Hech bir davlat yolg’iz o’zi rivojlanmaydi. Shunday ekan, siyosatchilarimiz Yevropa talablarini inobatga olishga majbur bo’ladi. Ayniqsa, iqtisodiy vaziyatni hisobga olganda. O’zbekiston hukumati yolg’iz o’zi bu vaziyatdan chiqishni uddalay olmaydi. Yevropa yordamiga muhtoj”, – deydi sharhlovchi Bobomurod Razzoqov. 

[insert caption here]

Tahlilchi Iskandar Xudoyberganov nazarida munosabatlar iliqlashayotgani haqidagi fikrlar umumiylikdan iborat. 

 

“Chunki O`zbekiston inson huquqlari bo’yicha aniq o’zgarish qilmas ekan, G’arb bilan aloqalar baribir rivojlanmaydi. G`arb huquq masalasida juda qattiq pozitsiyada turadi”, – deydi Xudoyberganov. 

Ayni paytda Yevropa Ittifoqiga raislik Chexiya Respublikasiga o`tdi. Yevropa davlatlarininf O`zbekistonga qurol-yarog’ sotishini taqiqlovchi sanksiya saqlab qolingan. Buning ahamiyati yo’q, O`zbekiston Yevropadan qurol sotib olmaydi. 

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: