O’zbekiston, Afg’oniston temir yo’l aloqalarini rivojlantirmoqda


O’zbekiston, Afg’oniston temir yo’l aloqalarini rivojlantirmoqda

 

Afg’oniston va O’zbekiston Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida temir yo’l aloqalari bo’yicha hamkorlik memorandumini imzolagan. Hujjat ikki mamlakat o’rtasidagi mavjud temir yo’llarni rivojlantirish va yangi yo’nalishlar bo’yicha rels yotqizishni ko’zlaydi. 
Loyiha Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan moliyalashtiriladi. Sharhlovchilarga ko’ra Afg’oniston-O’zbekiston o’rtasida temir yo’l qatnovini rivojlantirish Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishda katta rol o’ynaydi.
Temiryo’l bo’yicha hamkorlik memorandumini O’zbekiston tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalar, sarmoya va savdo vaziri Elyor G’aniyev, Afg’oniston tomonidan moliya vaziri Anvar Ahadi imzolagan. 
Rasmiy Toshkentga ko’ra, memorandum Afg’oniston va O’zbekiston o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlanishiga xizmat qiladi.
Sharhlovchilar Afg’oniston va O’zbekiston o’rtasidagi temir yo’l aloqalari to’g’risidagi bitim Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi deydi. 
“O’zbekiston Afg’onistondagi amaliyotlarga ko’maklashish maqsadida, insonparvarlik yordamini yetkazish uchun o’z hududini ochib berishi lozim. O’zbekistonda Germaniya bazasi joylashgan, avval esa AQSh  bazasi bor edi, hozir bu masala yana muhokama qilinayapti. NATO sammitida Yevropadan Afg’onistonga temir yo’l orqali yuklarni yetkazish tashabbusiga qo’shilishida O’zbekistonni hissasi bor. O’zbekiston vakillari Afg’oniston tiklanishida faolroq ishtirok etishi kerak, bu juda muhim, chunki hozir faqat kuch bilan vaziyatni barqarorlashtirib bo’lmasligi muhokamada”, – deydi siyosiy sharhlovchi Farxod Tolipov. 
Unga ko’ra Afg’onistondagi tinch vaziyatdan O`zbekiston ham manfaatdor va shu sabab bu jarayonda faolroq ishtirok etishi lozim. 
Afg’onistonni temir yo’l bilan bog’lashning yagona yo’li O’zbekiston orqali o’tadi. Ayni paytda Germaniya O’zbekistondan turib Afg’oniston tomon “Termiz – Hayraton” loyihasidagi temir yo’l qurilishini boshlagani aytilmoqda.
Avval O’zbekiston tomoni NATO yuklarini temir yo’l orqali Afg’onistonga yetkazishga rozilik bergan edi. Afg’oniston-O’zbekiston memorandumida, rasmiy Kobul Mozori-Sharif orqali mamlakatning boshqa hududlarini temir yo’l bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.
Afg’onistonni O’zbekistondagi vakili Muhammad Iso Mesbah “Amerika Ovozi”ga bergan intervyusida Afg’oniston va O’zbekistonni bog’lab turgan Hayraton ko’prigi ahamiyatini ta’kidlab o’tgan edi.
“Afg’oniston va O’zbekiston o’rtasida ko’prik bor, bilasiz. Afg’onistonga kelayotgan yordamlar, un bo’ladimi, boshqa mahsulotmi, qayerdan bo’lishidan qat’iy nazar, hammasi shu ko’prikdan temir yo’l, avtomobil yo’llari bilan O’zbekiston orqali Afg’onistonga yetkaziladi”, – deydi janob Mesbah. 
Afg’onistondagi vaziyat og’irlashib borar ekan, NATO temir yo’l orqali yuklarni mamlakatga yetkazish tadbirini kuchaytirmoqda. NATO o’z yuklarini temir yo’l orqali Afg’onistonga yetkazishni ikki yo’nalish orqali amalga oshirishni ko’zda tutmoqda.
Birinchi yo’nalish Rossiya temir yo’llaridan foydalanib, Qozog’iston, O’zbekiston orqali Afg’onistonga chiqish bo’lsa, ikkinchi yo’nalish Rossiyani chetlab Kazkaz va Kaspiy dengizi orqali mintaqaga chiqishni nazarda tutadi.
Har ikki yo’nalishni Afg’oniston bilan bog’lovchi muhim hudud – O’zbekiston hisoblanadi. Afg’oniston va O’zbekiston o’rtasidagi temir yo’l aloqalaridagi hamkorlik Ozarbayjonda imzolanishi nazarda tutilsa, NATO Kavkaz-Markaziy Osiyo yo’nalishini rivojlantirishni maqsad qilayotgan bo’lishi mumkin. 
Sharhlovchilar keyingi paytda G’arbni O’zbekistonga nisbatan siyosati o’zgarayotgani, sanksiyalar yumshatilishi, Yevropa Ittifoqi va O’zbekiston o’rtasida oliy toifadagi diplomatik aloqalar jonlanayotganini Afg’onistondagi vaziyat bo’yicha hamkorlik bilan ham bog’liq deb ko’rishadi.

Bir Cevap Yazın

Aşağıya bilgilerinizi girin veya oturum açmak için bir simgeye tıklayın:

WordPress.com Logosu

WordPress.com hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Twitter resmi

Twitter hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Facebook fotoğrafı

Facebook hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Google+ fotoğrafı

Google+ hesabınızı kullanarak yorum yapıyorsunuz. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

%d blogcu bunu beğendi: