Jenubi Turkiston

Afg’oniston Türklari! O’zbek Türkman Aymoq Qirg’iz Qazoq Totor Hazora Afshor G’uri Qizilbosh

‘Siyosat’ Kategorisi için Arşiv

AQSh bir yarim yilda Afg’onistonda nimaga erisha oladi?

Yazan: Güney Türkistan 08/12/2009

Barak Obama Afg’onistonda qo’shin sonini 30 mingga oshirib, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kelasi bir yarim yil ichida bu mamlakatda tinchlikni tiklaydi deya qayd etmoqda.

Vashington siyosiy doiralarida esa Amerika bunday qisqa vaqt mobaynida mintaqani tinchlantira olmaydi degan fikrlar hukmron. Yazının devamını oku »

Yazı kategorisi: Afg'oniston, Dunyo, Siyosat | » yorum bırak;

Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay qasamyod qildi

Yazan: Güney Türkistan 20/11/2009

Qasamyod marosimiga AQSh kotibasi Hillary Clinton bilan bir qatorda 40 davlatdan vazirlar va bir qator vakillar qatnashdi.

Afg’onistonda bo’lib o’tgan saylovda prezidentlik lavozimiga takror tayin etilgan Hamid Karzay qasamyod qilib o’z vazifasini boshladi. Yazının devamını oku »

Yazı kategorisi: Afg'oniston, Siyosat | » yorum bırak;

Yevropa Ittifoqi Toshkentni jazolash siyosatidan chekinmoqda

Yazan: Güney Türkistan 02/11/2009

ToshkentYevropa nega unday qildi ekan…

Human Rights Watch, Freedom House, Amnesty International kabi xalqaro tashkilotlar Yevropa Ittifoqini inson huquqlari masalasiga befarqlikda ayblamoqda. Yazının devamını oku »

Yazı kategorisi: Dunyo, Siyosat, Turk Dunyosi, Turkiston | » yorum bırak;

Abdulla prezident poygasini tark etdi

Yazan: Güney Türkistan 02/11/2009

عبدالله عبدالله Afg’oniston prezident saylovlariga 6 kun qolganda yana siyosiy inqiroz domida. Ikki nomzoddan biri, sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla 7 noyabrga belgilangan poygani tark etgan.

“Hukumat ovoz berish jarayoni adolatli o’tishini ta’minlamoqchi emas. Jarayonga ishonch yo’q”, – deydi u. Yazının devamını oku »

Yazı kategorisi: Afg'oniston, Jenubi Turkiston, Siyosat | » yorum bırak;

BMT Afg’onistondagi xodimlari xavfsizligi haqida o’ylanib qolgan

Yazan: Güney Türkistan 01/11/2009

Afg’onistonda hafta boshida BMT xodimlariga hujum uyushtirganlik gumoni bilan 6 kishi qamoqqa olingan. Tashkilot Bosh kotibi Pan Gi Mun mamlakatda xavfsizlikni kuchaytirish uchun 40 million dollar zarur demoqda.

Bosh kotib Pan Gi Mun kecha tashkilot yetakchilari bilan majlis qilib,olovli nuqtalarda xizmat qilayotgan BMT xodimlari, ularning xavfsizligi haqida gaplashgan. Yazının devamını oku »

Yazı kategorisi: Afg'oniston, Dunyo, Siyosat | » yorum bırak;

Haqsizlikning achchiq qismati

Yazan: Güney Türkistan 26/10/2009

 Fuqarolar urushida erishgan g‘alabalaridan mag‘rurlanib, jahon inqilobi vasvasasiga tushgan sovet Rusiyasi qonli tig‘ini Sharqqa qaratdi. Dastlab, xalqaro me’yorlarga zid ravishda, 1920 yil fevralida Xiva xonligi tugatildi va sovetlashtirildi. Yazının devamını oku »

Yazı kategorisi: Jenubi Turkiston, Siyosat, Tarix, Turk Dunyosi, Turk Tili, Turkiston, Tushunja,Tahlil | » yorum bırak;

Qirg’izistonda omma Manas emas, tirikchilik haqida o’ylamoqda

Yazan: Güney Türkistan 09/02/2009

 / 

Qirg’iziston Manas aerodromidan AQSh havo kuchlarini chiqarish harakatida ekan, mamlakatda yangrayotgan bayonot va mulohazalarga tayangan holda, jamoatchilik fikrini ikkiga bo’lish mumkin. 

Bir tomon “Amerika ketsin, Rossiya bilan hamkorlik – iqtisodiy foyda” desa, ikkinchi taraf davlat nega chet el bilan hamkorlik qilishni eplay olmayapti, barqaror siyosat bilan chiqa olmayapti deya hunob. 

Yazının devamını oku »

Yazı kategorisi: Siyosat, Turk Dunyosi | » yorum bırak;

Qirg’iziston AQSh bazasini yopishi mumkin

Yazan: Güney Türkistan 04/02/2009

Postdagi AQSh askari. Manas, Bishkek

Qirg’iziston hukumati AQShga qarashli Manas aviabazasini yopishga qaror qilgan. Uning kuchga kirishi uchun parlament hujjatni tasdiqlashi lozim. AQShning Bishkekdagi elchixonasi bundan rasman ogoh etilmaganini aytmoqda. 

Bazani yopish haqida xabarlar bir necha kun oldin Rossiya matbuotida chiqqan edi, ammo rasmiy Bishkek buni na tasdiqlagan va na inkor etgan edi. So’nggi kunlarda Qirg’izistonga AQShning Markaziy Osiyodagi harbiy operatsiyalariga javobgar generali Deyvid Petreyus va NATO bosh kotibining mintaqa bo’yicha vakili Robert Simmons borib, rahbariyat bilan baza masalasini ko’targan edi. Xususan Petreyus uchrashuvlardan baza yopilmaydi degan fikr bilan chiqqan.   Yazının devamını oku »

Yazı kategorisi: Siyosat, Turk Dunyosi | » yorum bırak;

AQSh Afg’oniston masalasida Yevropadan yordam kutmoqda

Yazan: Güney Türkistan 04/02/2009

Odil Ruzaliev

Barak Obama qo’shinlarni Iroqdan chiqarib, Afg’onistonga 30 mingga yaqin askar safarbar qilmoqchi. Qo’shma Shtatlar NATO davlatlari ham bunga o’z hissasini qo’shadi deya ishonch bildirmoqda. Ammo ba’zi mutaxassislar Obama behudaga umid qilyapti deb, asosiy yuk AQSh kuchlari gardanida bo’lishini aytmoqda. AQShdagi Bloomberg axborot xizmati tahliliga ko’ra, Yevropa davlatlarining aksariyati Afg’onistonga ortiq qo’shin yubormasligini yoki yuborganda ham atigi bir necha yuz askarni jo’natishini aytmoqda.

Yazının devamını oku »

Yazı kategorisi: Afg'oniston, Siyosat | » yorum bırak;

Afg’onistonda prezident saylovlari 4 oyga kechiktiriladi

Yazan: Güney Türkistan 03/02/2009

[insert caption here]

Saylovlar 20 avgustga ko’chirilgan. Sabab, deya tushuntiradi saylov komissiyasi rasmiylari, nomzodlarni ro’yxatga olish va notinch hududlarda nazorat o’rnatish uchun ko’proq vaqt kerak.

Bugun Afg’onistonning Uruzgon viloyatida bir odam politsiya idorasiga kirib, o’zini portlatgan. Yana 25 politsiyachi halok bo’lgan. Tolibon hujumni amalga oshirganini aytmoqda.

Muxolifatchi qonunchilar saylovni kechiktirish qaroridan norozi. Mamlakat konstitutsiyaga ko’ra, amaldagi prezident Hamid Karzay 22 may kuni vakolatlarini topshirishi, saylovlar esa bu sanadan bir-ikki oy oldin o’tkazilishi lozim.   Yazının devamını oku »

Yazı kategorisi: Afg'oniston, Siyosat | » yorum bırak;

AQSh-O’zbekiston munosabatlarida Afg’oniston muhim omil

Yazan: Güney Türkistan 19/01/2009

AQSh-O’zbekiston munosabatlarida Afg’oniston muhim omil

  18/01/2009

[insert caption here]

AQSh prezidenti Jorj Bush 8 yillik boshqaruvini yakunlamoqda. Bu davrda Vashington-Toshkent aloqalari murakkab kechdi. 

2001 yilda AQSh-O’zbekiston o’rtasida strategik sheriklik shartnomasi imzolanishi ketidan yangi pog’onaga ko’tarilgan munosabatlar Andijon fojeasidan keyin keskin sovuqlashgan, Amerika harbiy bazasi mamlakatdan chiqarib yuborilgan edi. 

2008 yildan G’arb va O’zbekiston o’rtasida iliqlik boshlandi. AQShning yangi saylangan prezidenti Barak Obama faoliyati aloqalarda bir qadar tiklanish kuzatilgan davrga to’g’i kelmoqda. 

Tahlillarga ko’ra Jorj Bush prezidentiligi davrida O’zbekiston bilan aloqalar asosan xavfsizlik va harbiy hamkorlikka e’tibor qaratish bilan kuzatilgan.  

Yaqinda AQSh hukumati 2009 yilda Markaziy Osiyo davlatlarida demokratiyani qo’llab-quvvatlash uchun rejalangan moddiy yordam hajmini e’lon qildi. Tojikistonga 28 million dollar, Qirg’izistonga 27 million, Qozog’istonga 19, Turkmanistonga 9, O’zbekistonga esa 8 million dollar atrofida mablag’ ajratiladi.

[insert caption here]

AQSh Davlat departamentiga ko’ra, Turkmaniston va O’zbekiston uchun mablag’ kamligi bu mamlakatlarda AQSh nodavlat tashkilotlarining ishlashi qiyinlashgani, hukumatlarning AQSh yordamiga shubha bilan qarashiga bog’liq. 

Toshkent-Vashington aloqalari bir qadar rivojlangan davrda O’zbekistonga yordam miqdori oshgan edi, biroq bu yordamning demokratiyani rivojlantirish uchun samarali bo’lgani kuzatilmadi. 

“Ajratilayotgan mablag’larga qarab demokratiyaga munosabatni belgilash qiyin”, – deydi sharhlovchi Abdusalom Ergashev. “Bush ma’muriyatining birinchi to’rt yillik davrida O’zbekistonda demokratiyani rivojlantirish uchun katta mablag’ ajratilgan edi. Bu mablag’larning yo’naltirilishi kuzatilmadi. Nodavlat tashkilotlarga atalgan mablag’lar davlat tashkilotlariga o’tib ketdi. Bundan tashqari mamlakatdagi korrupsiya va poraxo’rlik darajasidan kelib chiqib, ushbu yordamlar ko’rsatilishi ustidan aniq monitoring o’tkazilishi kerak. Shunda yordamdan natija bo’lishi mumkin”.

AQSh-O’zbekiston o’rtasida imzolangan strategik sheriklik bitimi munosabatlarni iqtisodiy, siyosiy, harbiy hamkorlikdan tortib, demokratik islohotlar, inson huquqlari borasida ham rivojlantirishni nazarda tutadi. 

[insert caption here]

Muxolifatdagi “Erk” partiyasi Bosh kotibi Otanazar Oripovga ko’ra, AQSh bilan bunday bitim imzolangani umid va xavotir bilan kutib olingan. 

“Bir tomondan demokratik davlat bilan shunday bitim imzolangach, bizda ham demokratiya sari harakat boshlanadi degan umid bo’lsa, ikkinchi tomondan hukumatlar o’rtasidagi munosabatlar qalinlashib, xalqlar o’rtasidagi manfaatlardan uzoqlashiladi degan xavotir bor edi. AQSh xavfsizlik masalasida va demokratiyani siljitish bo’yicha barobar ish olib borishni maqsad qildi”, – deydi Oripov. 

“Birlik” muxolifat partiyasi vakili Hamdam Sulaymon fikricha esaAQSh bilan strategik shartnoma imzolanishining ilk yillarida mamlakatda erkinlik shabadasi kuzatilgan. 

“AQSh bilan aloqalar iliqlashgan davrda O’zbekistonda demokratiya shabadalari boshlanganini unutmasligimiz kerak. Bu davrda “Birlik” harakati yana oyoqqa turdi, qurultoy o’tdi, “Birlik” partiyasiga asos solindi. Bu davrda muxolifatga qandaydir yashil chiroq ko’rsatilgandek bo’ldi. Biroq Andijon voqealaridan keyin bularni hammasi to’xtadi”, – deydi Hamdam Sulaymon. 

AQSh, Otanazar Oripov nazarida, asosiy e’tiborni xavfsizlik va harbiy hamkorlikka qaratdi. 

[insert caption here]

“Demokratiyani siljitish nomiga bo’ldi. Aslida esa AQS o’z manfaatlari uchun ishladi, O’zbekistondan foydalandi. Bu davrda qandaydir o’zgarishalr bo’ldi, Fridom Haus, Hyuman Rayts Uotch kabi xalqaro inson huquqlari tashkilotlari O’zbekistonda vakolatxona ochishdi. O’sha paytda hukumat ochiq aytdi – biz demokratiya tarofdorimiz deb. Lekin boshqariladigan demokratiya, boshqariladigan bozor iqtisodini tanladi”.

Tarixchi olim Fayzulla Isxoqovga ko`ra AQSh bilan aloqalar O’zbekiston xavfsizligi, ayniqsa Afg’oniston xavfini bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etdi. 

 

“Afg’onistonda Tolibon harakatini bostirishda Amerika yetakchiligidagi xalqaro kuchlar katta ishlar qildi. Gap shundaki, Tolibon Afg’oniston shimolini ham bosib olgan, O’zbekistonga bevosita tahdid uyg’otayotgan edi. Shuning uchun O’zbekiston hukumati harbiy aerodromni AQSh ixtiyoriga ham topshirdi, lekin albatta bepul emas. Bundan manfaat ko’rayotgan edi”, – deydi Isxoqov. 

AQSh bilan aloqalar demokratik jamoatchilikdan farqli, O’zbekiston hukumati, mamlakat mudofaa tizimi uchun manfaatli bo’ldi. 

[insert caption here]

“Hukumat manfaatidan kelib chiqib qaraydigan bo’lsak, harbiy texnika tomonidan yordam berilgan, qurolli kuchlar, ichki ishlarning malakasini oshirishga yordam berilgan. Bularni ham e’tiborga olish kerak. O’zbekiston chegaralarini, qurolli kuchlarining mustahkamlanishi ham xalq uchun manfaatli”, – deydi Hamdam Sulaymon. 

Tahlilchilar AQSh-O’zbekiston munosabatlarini Andijon fojiasigacha va undan keyingi davrga bo’lishadi. 

2005 yilning mayida Andijonda bir necha yuz fuqaro qurbon bo’ldi. AQSh rasmiy Toshkentni norozilik namoyishini qurol yordamida bostirganlikda, Toshkent Bush ma’muriyatini mamlakat ichki ishlariga aralashayotgalikda aybladi. G’arb tomondan Andijon fojeasini mustaqil tergov qilish chaqiriqlari yangradi. Xonobod aerodromidan AQSh harbiy bazasining chiqarilishi keskinlikning yuqori nuqtasi bo’ldi. 

Sharhlovchi Abdusalom Ergashevga nazarida, AQSh Andijon voqealari yuzasidan munosabatda diplomatik bosim yo’llarini qidirishi kerak edi. 

“Dastlabki 4 yilda ayrim natijalarga erishilgan bo’lsa, albatta bunda AQSh bilan munosabatlarning o’rni katta. Lekin Andijon voqeasi, unga nisbatan AQSh munosabati bularni yo’qqa chiqardi, xalqaro tashkilotlar O’zbekistondan chiqarildi. Andijon voqealariga nisbatan munosabatda diplomatik nuqtalarni topishga harakat qilish kerak edi, Yevropa Ittifoqi kabi. Oqibatda inson huquqlari jiddiy yomonlashdi, boy berishlar ko’p bo’ldi”, – deydi Ergashev.

[insert caption here]

Andijon qatliomidan so’ng O’zbekiston demokratik jamoatchiligi xalqaro hamjamiyatni hukumatga nisbatan keskin chora ko’rishga da’vat etdi. Yevropa Ittifoqi joriy etgan sanksiyalar nisbatan yumshoq baholandi. 

“Biz sanksiyalarni kuchaytirish tarafdorimiz. Faqat xalqaro tashkilotlarning, inson huquqlari himoyachilarining qattiq kurashlari evazigagina sanksiyalarni ushlab turishga muvaffaq bo’lindi”, – deb baholashgan edi o’sha paytdagi vaziyatni mahalliy faollar. 

Sharhlovchilarga ko’ra Andijon voqeasidan so’ng AQSh-O’zbekiston o’rtasida aloqalar Afg’onistondagi vaziyatning beqarorlashishi, geosiyosiy vaziyat bois tiklana boshlandi. 

“Geosiyosiy vaziyat baribir o’z qonuniyatlari bilan ta’sir qildi. O’zbekiston va Rossiya o’rtasida qanday aloqalar, niyatlar bo’lmasin, global vaziyat bunga o’zgartirishlar kiritdi. Biz O’zbekiston tashqi siyosatida o’z hamkorlarini o’zgartirishiga birinchi marta guvoh bo’layotganimiz yo’q”, – deydi sharhlovchi Farxod Tolipov. 

Tarixchi Fayzulla Isxoqov ta’biricha Bush davrida ayniqsa musulmon davlatlarida radikal kayfiyat kuchaydi. 

“Bish ma’muriyatini eng jiddiy xatosi Iroqqa urush boshlagani bo’ladi. Bitta Saddam Husaynni o’ldirish uchun shuncha begunoh qurbonlar berildi, urush olib borildi, lekin Iroqda hech qanday natijaga erishgani yo’q. Shuning uchun ham AQSh prezidentlari orasida eng beobro’si Bush bo’lib qoldi”, – deydi Isxoqov.
 
AQSh yangi prezidenti Barak Obama Afg’onistondagi vaziyatga e’tiborni kuchaytirmoqchi. Bu Afg’onistonga qo’shni davlatlar, jumladan O’zbekiston bilan ham aloqalarni yaxshilashni talab etadi. 

AQSh-O’zbekiston aloqalarida xavfsizlik bo’yicha hamkorlik, deydi sharhlovchilar, bundan keyin ham demokratik qadriyatlarni rivojlantirishdan ko’ra muhimroq deb ko’rilishi mumkin.

Yazı kategorisi: Afg'oniston, Siyosat, Turk Dunyosi | » yorum bırak;

Jahon sahnasida 2008 yil: Voqealar va tahlillar

Yazan: Güney Türkistan 19/01/2009

Jahon sahnasida 2008 yil: Voqealar va tahlillar

Behzod Mamadiyev “Ma’rifat” muxbir

Yangi tarix kitobining 2008-sahifasiga bitilgan satrlar ham o‘z poyoniga yetib qoldi. Hayot atalmish muallifning shafqatsiz, lekin odil qalami hech bir voqeani nazardan chetda qoldirgani yo‘q. Ayrim o‘rinlarda u quvonchu shodlik nomalarini bitgan bo‘lsa, ba’zan satrlarda siyoh emas, qon oqdi. 366 qatordan iborat sahifa shonli va qonli voqealarga boy. Syujet esa murakkab. Ko‘p o‘rinlarda Muallif o‘ta shafqatsiz yo‘l tutgan, qalamidan qon tomadi, ayrim satrlarda esa uning nega bunchalar saxiy ekanidan hayratlanamiz. Ammo voqealar to‘qima emas. Kitobdagi bitiklarning barchasi h**iqat. Zero u hayot kitobidir…
Tarix solnomasiga ana shunday tarzda muhrlanib borayotgan 2008 yil, darh**iqat, turfa voqea-hodisotlarga boy bo‘ldi. Jahon sahnasi xilma-xil o‘yinlarning guvohiga aylandi. Hodisalar rivoji tarix qonuniyatiga binoan o‘tgan yillardagi kabi bir maromda davom etib bordi. Lekin yil o‘ziga xos, bir necha o‘n yilliklarda ko‘rilmagan va kutilmagan voqealarga ham shohidlik qildi.
2008 yilda Iroq, Afg‘oniston, Y**in Sharq, Somali kabi dunyoning qaynoq nuqtalaridagi nizo va urush o‘choqlari yonishda davom etdi. Gruziyadagi siyosiy inqiroz esa kutilmagan va xunuk oqibatlarga boy yangi mojaro bo‘lib tarixga kirdi. Pekindagi yozgi olimpiada o‘yinlari dunyo xalqlari birodarligini kuchaytirgan global sport bayrami sifatida keng nishonlangan bo‘lsa, yil oxiriga kelib bosh ko‘targan dunyo moliyaviy inqirozi ko‘p rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni tizzasiga cho‘ktirdi. **Shda Barak Obamaning prezident sifatida saylanishi esa naf**at yilning, balki butun Amerika siyosiy tarixining eng unutilmas va o‘ziga xos saylovlaridan biriga aylandi. 
Keling, shu kabi yilning eng muhim voqealarini batafsilroq sarhisob qilamiz.

Iroq urushi qachon tugaydi?

So‘nggi o‘n yillikning eng bahsli siyosiy mojarosi bo‘lgan Iroq urushi atrofidagi ko‘ngilsizliklar 2008 yilda ham davom etdi. Yil mobaynida minglab harbiy va tinch aholi vakillari qurbon bo‘ldi. Ayni urush **Sh prezidenti Jorj Bush va u mansub Respublikachilar partiyasi obro‘siga jiddiy putur yetkazib, prezidentlik saylovida respublikachilar nomzodi Jon Makkeynning mag‘lub bo‘lishida asosiy sabab vazifasini bajardi. Joriy yilda Iroq qurboni bo‘lgan **Sh askarlari soni 5000 ga y**inlashdi. Halok bo‘lgan iroqliklar soni esa 100 mingdan oshgan. Bu yil Iroq urushiga oid yana bir muhim voqea shu bo‘ldiki, Iroq parlamentida yangi bitim imzolanib, unga ko‘ra, **Sh harbiy kuchlarining 2011 yilgacha Iroqni butunlay tark etishi kelishib olindi. Ungacha Iroqdagi boshqa ittifoqchi kuchlar, xususan, ular orasida **Shdan keyin ikkinchi o‘rinni band etuvchi Angliya askarlari 2009 yilning iyun oyigacha mamlakatni butunlay tark etishi kutilmoqda. Bu axborot kuni kecha Birlashgan Qirollik Bosh vaziri Gordon Braun tomonidan ham tasdiqlandi.
**Sh va boshqa ittifoqchi kuchlar Iroqni butunlay tark etib, mamlakat boshqaruvi to‘la iroqliklar qo‘liga o‘tgan t**dirda ham o‘lkada kutilgan barqarorlik va tinchlik o‘rnatilishi dargumon. Chunki bir necha yildan beri davom etayotgan urush mamlakatning xavfsizlik tizimini, siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy infratuzilmalarini butunlay izdan chiqargan. Davlat yaxlitligi milliy va etnik nizolar ta’sirida alohida-alohida boshqariluvchi shia va sunniylar Iroqi hamda Kurdiston o‘lkalariga bo‘linib ketish xavfi ostida turibdi. Etnik nizolarning avj olishiga **Sh boshliq ittifoqchi kuchlarning demokratiya niqobi ostida olib borayotgan ayirmachilik siyosati aybdor. Shunday ekan, Iroq urushining qachon yakun topishi hali noma’lum. Hozircha shunisi aniqki, u 2009 yilda ham davom etadi.

Pekinda global birodarlik

Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida shu yil avgustning 8-kunidan 24-kuniga qadar yirik sport bayrami – 29-Olimpiya o‘yinlari o‘tkazildi. Mazkur sport oyligi, shubhasiz, yilning eng muhim voqealaridan biriga aylandi. Ilk bor 1896 yili qadim Gretsiya poytaxti Afina shahrida o‘tkazilishi boshlangan zamonaviy Olimpiya o‘yinlari bugunga kelib turfa siyosiy-iqtisodiy tizimlarga ega, do‘st-dushman mamlakatlar uchun sport olamida birodarlik timsoli vazifasini bajarmoqda. Xitoyda o‘tkazilgan navbatdagi o‘yinlarda dunyoning 200 dan ortiq mamlaktidan 10500 nafar sportchi ishtirok etdi. 
Musob**alar davomida yangi 43 ta dunyo va 132 ta Olimpiya o‘yinlari rekordlari o‘rnatildi. Medal olgan mamlakatlar sonining ko‘pligi bo‘yicha ham musob**a Olimpiya o‘yinlari tarixida rekord ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Shuningdek, u eng ko‘p xarajat sarflangan sport musob**asi sifatida ham tarixda qoladi. Xitoy Olimpiya o‘yinlariga hammasi bo‘lib 42 mlrd. dollar mablag‘ sarflandi. Xarajatlarni o‘tgan musob**alar bilan qiyoslasak, quyidagi manzaraning guvohi bo‘lamiz: 2004 yilgi Afina o‘yinlarida 15 mlrd., 2000 yilgi Sidney musob**ari uchun esa 7 mlrd. dollar sarflangan. 2012 yili Londonda o‘tkaziladigan 30-Olimpiya o‘yinlari uchun, Britaniya Olimpiya Assosiatsiyasi e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, ko‘pi bilan 19 mlrd. dollar mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sportchilari ham muvaff**iyatli ishtirok etib, vatanimizga bir oltin, ikki kumush va uch bronza medali bilan qaytdi.

Gruziyada siyosiy inqiroz

Olimpiya o‘yinlari boshlanishi arafasida mazkur tinchlik va birodarlik bayramining mashhur bir an’anasi qo‘pol tarzda buzildi. 7 avgust kuni Gruziya mint**asida urush olovi yoqildi. Bu ish jahon jamoatchiligi tomonidan dunyoning tinchlik ramzi sifatida alangalangan Olimpiya gulxaniga nisbatan amalga oshirilgan qo‘pol h**orat tarzida qabul qilindi.
Aslida hududdagi inqiroz urug‘lari avvalroq qadalgan edi. Gruziyaning NATO a’zoligi uchun qilayotgan harakatlari uning katta og‘asi Rossiya tomonidan xush qabul qilinmadi. Natijada Rossiya Gruziya tarkibidagi tan olinmagan Abxaziya va Janubiy Osetiya respublikalari bilan aloqalarni kuchaytirib, ularning must**illigini tan olish borasida amaliy qadamlar tashlay boshladi. Bu Gruziya hukumati va ayni paytda Yevropa Ittifoqining nom**bul xatti-harakatiga nisbatan ogohlantirish edi.
Rossiya Gruziyani Abxaziya va Janubiy Osetiya chegaralarida askarlar sonini ko‘paytirib, ularni kuch bilan o‘ziga qo‘shib olishga tayyorlanayotganlikda aybladi va ikki o‘lkada tinchlikparvar rus askarlari sonini oshirishga qaror qildi. Bu Rossiya va Gruziya munosabatlarini yanada yomonlashtirdi. 31 may kuni Rossiya Abxaziyadagi buzilgan temiryo‘llarni ta’mirlash uchun maxsus temiryo‘lchilar harbiy qismini jo‘natdi. Gruziya hukumati bu harakatni Abxaziya hududiga rus askarlarining kiritilishi sifatida baholadi.
9 iyul kuni Rossiya harbiy qiruvchi samolyotlari Gruziya osmonidan uchib o‘tdi. Rasmiy Moskva mazkur xabarni tasdiqlab, u Abxaziyada s**lanayotgan to‘rt nafar askarni ozod qilish uchun Gruziya harbiy kuchlari tayyorlayotgan amaliyotga qarshi ogohlantirish sifatida uyushtirilganini aytdi. Bundan keskin norozi bo‘lgan rasmiy Tbilisi Moskvadagi elchisini Gruziyaga ch**irib oldi. Vaziyat keskinlashgan ayni pallada **Sh Davlat kotibi Kondaliza Raysning Gruziyaga tashrif buyurishi hamda NATOga a’zo bo‘lish masalasida Gruziyani rasmiy Vashington qo‘llab quvvatlashini e’lon qilishi inqiroz oloviga yog‘ sepgandek bo‘ldi.
Va nihoyat 7 avgust oqshomida Gruziya harbiy kuchlari o‘zboshimcha ikki o‘lkaning tanobini tortib qo‘yish uchun quruqlik va havo orqali Janubiy Osetiya poytaxti Sxinvaliga hujum boshladi. Gruziya rasmiylarining aytishicha, mamlakat harbiy kuchlari Janubiy Osetiya uyushtirgan artilleriya hujumiga javoban chegarani kesib o‘tgan. Natijada Rossiya ham zudlik bilan Janubiy Osetiyaga qo‘shin kiritdi. Gruziya kuchlari hujumi qaytarilib, harbiy amaliyotlar Gruziya hududida davom ettirildi. Besh kunga cho‘zilgan og‘ir janglardan so‘ng Gruziya kuchlari Janubiy Osetiya va Abxaziya hududidan butunlay surib chiqarildi. Gruziya g‘arbidagi bir necha shahar rus askarlari nazoratiga o‘tdi. Yevropa Ittifoqi vositachiligida erishilgan tinchlik bitimidan so‘ng Rossiya qo‘shinlari Gruziya hududini tark etgan bo‘lsa-da, chegaradagi tinchlikparvar kuchlar o‘z o‘rinlarida qoldirildi.
26 avgust kuni Janubiy Osetiya va Abxaziya respublikalarining Rossiya tomonidan tan olinishi mazkur siyosiy inqirozning kulminatsion nuqtasi bo‘ldi, deyish mumkin. **Sh va Yevropa Ittifoqi vakillari voqeaning bu tarzda rivoj topishini keskin qoralab, mazkur harakat Gruziya davlati yaxlitligiga rahna solishi bilan mamlakat ichki hududiy ishlariga noqonuniy aralashish sifatida baholandi.
Gruziya va Rossiya munosabatlari hanuz beqarorligicha qolmoqda. Janubiy Osetiya va Abxaziya bilan Gruziya o‘rtasidagi chegara hududlaridagi harbiy nizolar to‘la bartaraf etilgani yo‘q.

Jahon nazariga tushgan saylov

Shu yil dunyo siyosiy sahnasida barcha xalqlar, davlatlar e’tiborini o‘ziga jalb etgan muhim voqealardan yana biri bu **Shda o‘tkazilgan prezidentlik saylovi ekani shubhasiz.
**Sh davlatchilik tizimida har to‘rt yilda bir bor o‘tkaziladigan prezidentlik saylovi bu gal bir necha jihatlari bilan oldingilaridan ajralib turdi hamda mamlakat saylovi tarixida, shuningdek, dunyo siyosiy saylovlari solnomasida o‘ziga xos hodisa sifatida muhrlanib qoldi.
2008 yilning 4 noyabrida o‘tkazilgan saylovda Demokratlar partiyasi vakili Barak Obama r**ibi Respublikachilar vakili Jon Makkeynni yirik hisobda mag‘lub etib, **Shning 44-prezidenti etib saylandi.
Obama **Sh prezidentligiga saylangan birinchi qora tanli fuqarodir. Shuningdek, u tarixda mamlakatning asosiy hududidan tashqarida tug‘ilgan birinchi **Sh prezidenti bo‘lib qoladi. Obamaning onasi **Sh fuqarosi bo‘lgan oq tanli ayol, otasi esa keniyalik qora tanli kishi bo‘lib, Gavayi orolida tug‘ilgan.
Mazkur saylov ko‘p mablag‘ sarflanishi bo‘yicha ham odingi saylov kampaniyalarini ortda qoldirdi. Saylov jarayoni uchun barcha nomzodlar tomonidan yig‘ilgan umumiy mablag‘ 1 mlrd. 644 mln. 712 ming dollardan oshib ketdi. Shaxsan Barak Obamaning o‘zi saylov targ‘iboti uchun 513 mln. 557 ming dollar sarfladi. Bu borada uning asosiy r**ibi Jon Makkeyn ishlatgan pul 346 mln. 666 ming dollarni tashkil etdi.
Mazkur saylov dunyo jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish va ishtiyoq bilan kuzatildi. BBS xizmati so‘rov o‘tkazgan 22 mamlakatning barchasida ishtirokchilarning aksariyati Barak Obamani qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Obama saylovda g‘alaba qozongan kun naf**at **Shning o‘zida, balki dunyoning ko‘plab boshqa mamlakatlarida ham yangi prezidentning muxlislari tomonidan xursandchilik namoyishlari o‘tkazildi. Obamaning ota yurti Keniyada g‘alaba keng bayram sifatida nishonlanib, prezident Kibaki tomonidan 6 noyabr g‘alaba sharafiga rasman dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Obamaning katta farq bilan g‘alaba qozonishida **Shning ichki va tashqi siyosatida yuzaga kelgan muammolar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublikachilar vakili, amaldagi Prezident Jorj Bushning mamlakatda obro‘si tushib ketgani, xalqaro hayotda Bush ma’muriyati olib borgan Iroq va Afg‘oniston urushlari oqibatida **Sh obro‘siga putur yetgani, mamlakat iqtisodining pasayishi kabi omillar mazkur prezidentlik saylovida Demokratlar vakili Obamaning mutl** g‘alabasini ta’minladi. 
Endilikda jahon jamoatchiligi, xususan, Amerika xalqi avvalgi prezidentlardan ko‘p jihatlari bilan farq qiluvchi yosh, serg‘ayrat Barak Obamadan katta ijobiy o‘zgarishlar olib keluvchi ishlarni kutishmoqda.

Dunyo tiz cho‘kdi…

2008 yilning oxirgi choragiga kelib dunyo moliyaviy inqiroz domiga tushdi. **Shda Lehman Brothers moliya firmasining bankrotlikni e’lon qilishi bilan boshlangan jahon moliyaviy bo‘hroni tez fursatda dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlari moliya va bank tizimlarini ham qamrab oldi. Oz v**t ichida dunyoning bir necha yirik bank va firmalari inqirozga uchraganlarini e’lon qildi. Inqirozning kelib chiqishiga uy-joy qurilishi loyihalari uchun chiqarilgan katta miqdordagi kredit mablag‘larining qaytarilmagani asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, dunyo iqtisodini tizzasiga cho‘ktirgan mazkur bo‘hron erkin bozor iqtisodiyoti o‘z-o‘zini nazorat qilib turishi h**idagi afsonaviy qoidaning h**iqatga har doim ham to‘g‘ri kelavermasligini ko‘rsatdi. **Sh boshliq yirik kapitalist o‘lkalarning mamlakat iqtisodini qutqarib qolish uchun davlat himoyasi va aralashuvi zarurligini tushunib yetganlari ular ajratayotgan ulkan miqdordagi yordam loyihalaridan ham anglashilmoqda.
Mutaxassislar jahon iqtisodiyotidagi mazkur global depsinishni 1929-33 yillarda dunyo iqtisodini vayron etgan Buyuk Tushkunlik inqirozidan so‘ng ro‘y bergan eng katta bo‘hron ekanini ta’kidlashmoqda. Hanuz davom etayotgan inqiroz hozirgacha 3 trillion dollardan ortiq moddiy zarar keltirdi. Uni bartaraf etish uchun shu kungacha sarflangan mablag‘ esa 8 trillion dollardan ziyodni tashkil etmoqda.
Nobel mukofoti sovrindori, Jahon bankining sobiq bosh iqtisodchisi Jozef Stiglitzning aytishicha, inqirozning asosiy sababi bugun dunyoda hukm surayotgan bank-moliya tizimining munofiqona qonun-qoidalaridir. Uning ishonishicha, shu paytgacha **Sh boshliq kapitalist dunyosi e’tiqod qilib kelayotgan to‘la erkin bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari va ularning rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiga shart-sharoitlar hisobga olinmagan holda “eksport” qilinishi o‘zini bugun amalda mutl**o oqlamasligi ayon bo‘ldi. Shu boisdan ham mutaxassislar dunyo moliya-iqtisodiyot tizimini o‘z monopoliyasida tutib turgan Jahon banki, Xalqaro Valyuta Fondi kabi global tashkilotlarni isloh qilish, ularda rivojlanayotgan mamlakatlar ko‘proq ovoz va ta’sirga ega bo‘lishlariga yo‘l qo‘yish lozimligini aytishmoqda. Jahon iqtisodiyotining muttasil va bir maromda rivojlanib borishi rivojlangan yetakchi davlatlarga bu kabi islohotlar h**ida o‘ylab ko‘rishga imkon bermayotgan edi. Ularni chulg‘ab olgan hozirgi moliyaviy inqiroz esa ayni masalani qayta ko‘tarish uchun v**t pishib yetilganini ko‘rsatmoqda.

Qisqa satrlarda…

Endi qisqa satrlarda yilning boshqa muhim voqealarini yodga olamiz.
2008 yilning 22 aprel kuni Londondagi Murfilds shifoxonasida ikki nafar ko‘zi ojiz insonga ko‘z ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi birinchi jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
28 aprel kuni Hindiston fazoga bir urinishda 10 ta sun’iy yo‘ldosh chiqarib, bu borada jahon rekordini o‘rnatdi.
23 may kuni Gaagadagi Xalqaro tribunal hudud talashish bo‘yicha Malayziya va Singapur o‘rtasida 29 yil davom etgan mojaroga yakun yasab, Midl Rokni Malayziyaga, Pedra Brankani esa Singapurga berish to‘g‘risida hukm chiqardi. 
28 may kuni Nepalning 240 yil davom etgan monarxiya tizimi bekor qilinib, o‘rniga Nepal federal demokratik respublikasi tashkil topgani e’lon qilindi.
10 iyun kuni atoqli adib Chingiz Aytmatov 80 yoshida vafot etdi.
17 oktyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi Turkiya, Avstriya, Yaponiya, Uganda va Meksikani BMT Xavfsizlik Kengashining ikki yillik muv**qat a’zoligiga sayladi.
21 oktyabr kuni dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarining 10 000 dan ziyod olimlari hamkorligida proton energiyasi bo‘yicha tajribalar o‘tkazish m**sadida yaratilgan Katta Adron Kollayderi (KAK) ning rasman ochilish marosimi o‘tkazildi. 
22 noyabr kuni Mars sayyorasidan muzlagan suv parchasi topildi.

O‘ZBEKISTON YILNOMASI

O‘tgan 2008 yil yurtimiz uchun ko‘p yangilik va o‘zgarishlar yili bo‘ldi. Avvalo, vatanimiz 1 sentyabr kuni 17 yillik navqiron yoshini katta tantana bilan nishonladi. Joriy yilning “Yoshlar yili” deb e’lon qilinishi ham istiqlol farzandlari uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi. “Yoshlar yili” Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Respublikamizda shu kunga qadar barcha manbalar hisobidan 1 trillion 248 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Ayni reja doirasida 184 zamonaviy litsey va kollej barpo etildi. 1 ming 875 maktabda yangi qurilish, rekonstruktsiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 
O‘tgan oylar mamlakatimiz iqtisodiy ko‘rsatkichlari uchun ham yomon kechmadi. Yil oxirigacha 1,5 mlrd. **Sh dollari miqdorida xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi. Ularning 70 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etilgan mablag‘ tashkil etgan. Keyingi yilda ham 1,8 mlrd. **Sh dollaridan ziyod xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Inflyatsiya darajasi 2008 yilning o‘tgan 11 oyi davomida 6,6 foizni tashkil etdi. 
Quyida yilning shu kabi Vatanimizga oid boshqa muhim voqealarini umumlashtirib, yana bir bor yodingizga solmoqchimiz. Qilingan ishlar kelgusidagi ish-rejalarimiz uchun unumli saboqlar chiqarishimizda bizga katta yordamchi bo‘ladi deb umid qilamiz. Zero, tarixni bejiz ustozga o‘xshatishmaydi.

2008 yil 1 yanvar. Shu kundan boshlab O‘zbekison Respublikasida o‘lim jazosi bekor qilindi.
2 aprel. “Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori chiqdi. Unda 2009 yil martda Toshkent shahrida “Toshkentning jahon tsivilizatsiyasi tar**qiyotida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferentsiya o‘tkazish ko‘zda tutildi. Yil davomida yubileyga tayyorgarlik ishlari davom etdi.
28 aprel–4 may. O‘zbekistonda birinchi marta Kimyo fanidan 42-Xalqaro fanlar olimpidasi o‘tkazildi. Unda 15 davlatdan 104 o‘quvchi ishtirok etib, jamoa hisobida birinchi o‘rin O‘zbekison Respublikasi vakillariga nasib etdi.
1 may. “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi. Shu asosda yurtimiz o‘quv maskanlarida yil davomida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, undagi h**-huquqlar kafolatlari va ahamiyati h**ida turli tadbirlar o‘tkazildi. 10 dekabr kuni Respublikamiz maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga bag‘ishlangan umummilliy dars o‘tkazildi.
Sentyabr oyida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 90 yilligi nishonlandi.
4–18 oktyabr kunlari. Toshkent shahrida futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazildi.
14 noyabr. O‘zbekston yoshlari Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finalida ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni egallashdi.
2 dekabr. “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb etish m**sadida Navoiy viloyati xalqaro aeroporti hududi atrofida 30 yil muddatga “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Bu muddat keyinchalik yana uzaytirilishi mumkin. Mazkur hududda eksport mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 3 million yevrodan 10 million yevrogacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 7 yilgacha yer solig‘i, mulk solig‘i, daromad solig‘i, obodonchilik va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yagona soliq to‘lovi (kichik korxonalar uchun), Respublika yo‘l jamg‘armasi va Respublika maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan ozod etiladi. 10 million yevrodan 30 million yevrogacha mablag‘ kiritganlar esa 10 yilgacha yuqoridagi soliqlardan ozod qilinib, keyingi 5 yil davomida foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi hajmi amaldagi stavkadan 50 foiz miqdorida belgilanadi. Yuqoridagi shart bilan 30 million yevrodan ortiq mablag‘ kiritilganda esa, investorlar15 yilgacha soliqlardan ozod etiladi hamda keyingi 10 yil davomida foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi hajmi amaldagi stavkadan 50 foiz miqdorida belgilanadi. Hozirda “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasini tashkil etishning iqtisodiy-huquqiy asoslarini yaratish ishlari davom etmoqda.

Ertaga 2009 yil

Bir kundan so‘ng yangi yilga qadam qo‘yamiz. Shovullab oqayotgan v**t esa ra’yimizga qaramasdan shitob bilan oldinga intilishda davom etyapti. Bir donish zot kun kelib v**t atalmish yaratiliqning o‘z mezonidan ko‘ra tezroq aylanishini bashorat qilgan ekan. Shunday paytlar kelar emishki, yillar oy kabi, oylar kun kabi, kunlar esa soat kabi qisqa va tez o‘tar ekan. Ko‘z yumib ochguncha o‘tib ketayotgan kunlarni ko‘rib, darh**iqat, kunlar soatga aylanib qoldimikin, deya o‘sha mashhur bashorat yodga tushadi. Balki v**timizdan baraka qochgandir? Ha, v**tning nisbiy ahamiyatga ega ekani, u insonning kayfiyati, nima ish qilayotganiga qarab turlicha tasavvurdagi tezlik bilan o‘lchanishi ham bor gap. Ishonchim komil, nasib qilsa, “ko‘z yumib ochguncha” yana siz bilan 2009 yil sarhisobini qilib, shu sahifa orqali diydor ko‘rishamiz. Umid qilamizki, u kunlar bugungisidan ko‘ra nurafshonroq, v**timiz esa barakaliroq bo‘ladi. 

Behzod Mamadiyev “Ma’rifat” muxbiri

Yazı kategorisi: Siyosat, Tushunja,Tahlil | » yorum bırak;

Yevropa-O’zbekiston: Afg’oniston va energetika bosh mavzu

Yazan: Güney Türkistan 16/01/2009

Yevropa-O’zbekiston: Afg’oniston va energetika bosh mavzu

 

[insert caption here]

O’zbekiston Yevropaga yuzlanmoqda

3 yil avval Andijon voqealaridan so’ng ittifoq qo’ygan sanksiyalar asta-sekin yumshab, o`tgan yili deyarli bekor qilindi. Vaholanki, mamlakatda huquqiy ahvol o’g’ir, huquq himoyachilari va faollarga kun yo’q, rasmiy Toshkent so’z erkinligi bo`yicha islohot o’tkazishni xayoliga ham keltirayotgani yo’q.

Biroq geosiyosiy vaziyatda G`arbga ma’qul burilish kuzatilgan. O`zbekiston yana G`arbga moyillik bildirmoqda. Mintaqa eneriya zaxiralarini Yevropa bozoriga chiqarishning yangi yo`llari muhokamada, NATO bilan hamkorlik faollashgan, Afg`onistondagi vaziyatni yaxshilashda Yevropa O’zbekiston yordamidan umidvor.

2005 yilda qabul qilingan sanksiyalar 2008 yilda deyarli bekor qilindi, asosiy talab – bir nech yuz kishi qurbon bo’lgan Andijon fojeasini xalqaro ekspertlar ishtirokida tergov qilish amalga oshmadi.  

Andijon voqealari bilan tanishish uchun O’zbekistonga kelgan Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi xulosalari mavhumligicha qoldi. 

[insert caption here]

Sanksiya natijasida Andijondagi namoyishni kuch bilan bostirishga ko’rsatma bergan amaldorlar Yevropaga kiritilmay qo’ydi, O`zbekistonga qurol-yarog’ sotish taqiqlandi.

Munosabatlarni tiklashda Germaniya diplomatiyasi hal etuvchi rol o’ynadi 

Germaniya bilan aloqalar bir maromda kechgani e’tiborli. 

Mamlakat Termizda joylashgan harbiy bazani muhofaza qilishga harakat qilgani sir emas. AQSh va G’arbga qarashli qator tashkilotlar O’zbekistondan chiqarib yuborilgan bir paytda Germaniya tashkilotlariga e’tiroz bildrilmadi, rasmiy delegatsiyalar ham avvalgidek kelib-ketib yurdi. 

Nemis diplomatiyasi huquq himoyachilari tomonidan norozilik bilan kutib olindi. 

“Inson huquqlari bilan geosiyosiy manfaatlar barobar olib borilishi kerak. Bundestag [Germaniya parlamenti] vakillari kelganida ham aytgan edik. Inson huqulari Yevropa Ittifoqi uchun shirma bo’lib qolayapti. Ularga asosan yoqilg’i zaxiralari kerak. Yevropa Rossiyaga bog’lanib qolgan, bundan qutulish uchun mintaqada boshqa yo`l qurilishi kerak. Inson huquqlari esa ikkinchi darajali masalaga aylangan”, – deydi huquq himoyachisi Baxtiyor Hamroyev.  

[insert caption here]

Huquq faollari nazarida Rasmiy Toshkentga qarshi jazo choralari kuchaytirilishi kerak.

“Men sanksiyalarni uzaytirish tarafdoriman. Bekor qilishdan avval O`zbekiston hukumatiga aniq talablar qo`yilishi kerak. So`z erkinligini ta`minlash, inson huquqlarini e’zozlash, siyosiy mahbuslarni ozod etish… Diniy e’tiqod yuzasidan soxta ayblovlar bilan qamalgan qancha odamlar qamoqxonalarda azob chekmoqda”, – degan edi ayni paytda 10 yillik qamoq jazosini o`tayotgan huquq himoyachisi A`zam Turg`unov. 

Shu bilan bir qatorda faollar Yevropa bilan boshlangan muloqotdan umidvor.

“Sanksiyalar O`zbekistonni Rossiya, Xitoy bilan yaqinlashtirib, Shimoliy Koreyaga o’xshagan yopiq mamlakatga aylantirib qo`yishi mumkinligi haqida biz avvval aytganmiz. Shu ma’noda Yevropa yon bosib to’g’ri qildi. Lekin bu Yevropa o’tgan qonli voqealarni unutdi, inson huquqlari, demokratik qadriyatlar ahamiyatsiz qoldi degani emas. Muloqot davom etadi”, – degan fikrda sharhlovchi Komron Aliyev. 

Andijon voqealaridan bir yil o`tib Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank-Volter Shtaynmayer Toshkentda prezident Islom Karimov bilan uchrashdi. 

Yevropa Ittifoqi raisligi Germaniyaga o`tishi munosabatlarda burilish yasadi. Shu yili Ittifoqning Markaziy Osiyoga nisbatan strategiyasi ma’qullandi.

[insert caption here]

Yevropaning Markaziy Osiyo bo`yicha maxsus vakili Pyer MorelO’zbekistonda prezident saylovlaridan so’ng yanvarda mamlakatga tashrif buyurdi. Konstitutsiyaga zid ravishda uchinchi bor qayta saylangan prezident Islom Karimov bilan uchrashdi.    
2008 yilda Karimov NATO sammitida qatnashdi, NATO yuklarini temir yo`l orqali Afg`onistonga o`tkazishga rozilik berdi. 

 

Yevropa Ittifoqi a`zolari – Litva va Bolgariya rasmiylari rasmiy tashrif bilan O`zbekistonda bo’ldi. Islom Karimov Bolgariyaga taklif etildi. 

Siyosiy sharhlovchi Muqimjon Qirg`izboyevning aytishicha, Yevropa O`zbekiston bilan pragmatik siyosat boshlagan. “O’zbekiston geosiyosiy jihatdan muhim nuqtada joylashgan, bundan tashqari, mamlakat qishloq xo’jaligi, energiya zaxiralariga boy. Bu yerda turli kuchli davlatlarning manfaatlari kesishadi”, – deydi siyosatshunos. 

O’zbekistonda o’lim jazosi bekor qilinishi, qamoqqa olish sanksiyasi sudlar vakolatiga berilgani, bir nechta huquq himoyachilari qamoqdan ozod etilgani inson huquqlari bo’yicha muhim islohot sifatida qabul qilindi.   

[insert caption here]

Yevropa yo’q joyda ijobiy o’zgarish ko’rishga harakat qilmoqda

Yevropa Ittifoqiga raislik Fransiyaga o`tib, O`zbekistonga nisbatan sanksiyalar deyarli bekor qilindi. 

Toshkentda so’z erkinligi bo’yicha o’tgan xalqaro konferensiya natijasiz tugagani, O`zbekiston so`z erkinligi bo`yicha islohot qilish niyati yo`qligini ochiq namoyon etganiga qaramay sanksiyalar olib tashlandi. 

“Muloqot kerak, shunda biz yana ilgari ketamiz deyishayapti. Albatta, muloqot yaxshi, lekin bu muloqot natijaga erishish uchun yuritilishi kerak, shunchaki gaplashish uchun muzokara qilishning samarasi yo’q. Men ayrim davlatlar yo’q joyda ijobiy o`zgarish ko`rishga harakat qilayotganidan xavotirdaman. To’g’ri, bir nechta huquq faoli ozod qilindi, lekin boshqalarini qamash davom etayapti”, – degan edi konferensiyadan amaliy natija kutgan Human Rights Watch vakili.      

“Yevropa rostdan xohlasa, vaziyatga ta’sir qilish uchun richaglarga ega. Hech bir davlat yolg’iz o’zi rivojlanmaydi. Shunday ekan, siyosatchilarimiz Yevropa talablarini inobatga olishga majbur bo’ladi. Ayniqsa, iqtisodiy vaziyatni hisobga olganda. O’zbekiston hukumati yolg’iz o’zi bu vaziyatdan chiqishni uddalay olmaydi. Yevropa yordamiga muhtoj”, – deydi sharhlovchi Bobomurod Razzoqov. 

[insert caption here]

Tahlilchi Iskandar Xudoyberganov nazarida munosabatlar iliqlashayotgani haqidagi fikrlar umumiylikdan iborat. 

 

“Chunki O`zbekiston inson huquqlari bo’yicha aniq o’zgarish qilmas ekan, G’arb bilan aloqalar baribir rivojlanmaydi. G`arb huquq masalasida juda qattiq pozitsiyada turadi”, – deydi Xudoyberganov. 

Ayni paytda Yevropa Ittifoqiga raislik Chexiya Respublikasiga o`tdi. Yevropa davlatlarininf O`zbekistonga qurol-yarog’ sotishini taqiqlovchi sanksiya saqlab qolingan. Buning ahamiyati yo’q, O`zbekiston Yevropadan qurol sotib olmaydi. 

Yazı kategorisi: Afg'oniston, Siyosat, Tushunja,Tahlil | » yorum bırak;