Turkistonda

Turkning yuragi – Turkiston vatanimiz bor,

Tuproqlari jannat makon chamanimiz bor.

Dunyolarni zabt aylagan samanimiz bor,

Mayli o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz bo‘laylik,

Turkistonda bir daraxt bir yildiz bo‘laylik.

Nega yuz milyon bo‘ldigu millat bo‘lmadik,
Ahli suvrat bo‘ldik, ammo siyrat bo‘lmadik,
Bobolar bo‘lmadik, sha’nu-shuhrat bo‘lmadik.
Mayli o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz bo‘laylik,
Turkistonda bir daraxt bir ildiz bo‘laylik.

Qullar bo‘lib umr o‘tkazdik, tarix kechirmas,
Qora daftarlardan bizni hargiz o‘chirmas.
Noahil el ekanimiz dunyoga sir emas,
Mayli o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz bo‘laylik,
Turkistonda bir daraxt bir ildiz bo‘laylik.

Bilolmadim bizlar qachon bir jon bo‘lamiz,
Tomirlar birlashib qachon bir qon bo‘lamiz,
Barmoqlar birlashib qutlug‘ turon bo‘lamiz.
Mayli o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz bo‘laylik,
Turkistonda bir daraxt bir ildiz bo‘laylik.

Azal-azal turkiy xalqlar qadrdon erdi,
Yovga qarshi qoplon erdi, pahlavon erdi,
Har biri bir xanjar erdi, beomon erdi,
Mayli o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz bo‘laylik,
Turkistonda bir daraxt bir ildiz bo‘laylik.

Hanuz kishan qo‘limizda, qachon bilurmiz,
Har qadamda yo‘limizda, qachon bilurmiz,
Dushman o‘ngu-so‘limizda, qachon bilurmiz,
Mayli o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz bo‘laylik,
Turkistonda bir daraxt bir ildiz bo‘laylik.

G’anim-g‘ayyur qayta bosib olsinmi yana,
Ona vatan ishg‘olchiga qolsinmi yana,
Sirtmog‘ini bo‘ynimizga solsinmi yana,
Mayli o‘zbek turkman qozoq qirg‘iz bo‘laylik,
Turkistonda bir daraxt bir ildiz bo‘laylik.

Itga aylanib qopmaylik bir-birimizni,
Yovdan himoya qilaylik o‘r-qirimizni,
Qayta kashf etaylik tole-taqdirimizni,
Mayli o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz bo‘laylik,
Turkistonda bir daraxt, bir ildiz bo‘laylik.

Dadaxon Hasan

Yorum yapın

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Değiştir )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Değiştir )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

Follow

Get every new post delivered to your Inbox.