14-Shanghay xalqaro fil’m festivalida eng yaxshi fil’m va eng yaxshi aktyor mukofotlari “Hayda Bre” nomli kinofil’mga taqdim etildi.
Dunyo miqyosida 1600 kinofil’m orasidan tanlanib jami 16 fil’m bilan bellashgan “Hayda Bre” nomli turk kinofil’mi festivalda birinchilikni qo’lga kiritib, Oltin qadah sohibi bo’ldi.
Kinofil’m rejissiyori Orhan Og’uz, mazkur fil’mda tuyg’ular asosiy o’ringa chiqarilganligini bildirdi.
Shuningdek, festivalda Oltin qadahni turk xalqi sharafiga ko’targanligini bildirib, Xitoyliklar dastlabki kundan beri fil’mga katta qiziqish ko’rsatganligini ifoda etdi.
Festivalga qatnashgan Shanghay bosh konsuli Deniz Eke, kinofil’m ijodkorlarini tabriklab, Turk-Xitoy kinofil’mlari o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yilishidan umidvor ekanligini aytib o’tdi.
Qolaversa, dunyo bo’ylab mashhur Shanghay xalqaro fil’m festivalida kelgusi yil yana ham ko’proq turk kinofil’m va aktyorlariga mezbonlik qilishdan bahtiyor bo’lishini tilga oldi.
Festivalga turk rejissiyor Orhan Og’uz bilan bir qatorda bosh ro’lni ijro etgan Nilufar Achikalin va fil’m prodyusseri Yasemin Kuchukchavdar ishtirok etdi.
Mazkur kinofil’mda Makedoniyadagi bir shaharchada yashagan qadimiy turk pahlavonning İstanbulga kelgandan so’ng boshidan o’tkazgan mojarolari hikoya qilinadi. TRT Ozbek

Oqartuv, Türkiye, To'plim, Yangiliklar girildi
