Ozarbayjon xalq maqollari


- Ersiz xotin yugansiz ot kabidir.
- Mix taqani asraydi, taqa – otni, ot – mardni, mard – Vatanni.
- Jinni hammani telba deb o’ylaydi.
- “Yo’q”ni eksang, “hech narsa” o’rasan.
- “Holva-holva” deganing bilan og’zing shirin bo’lib qolmaydi.

- Xo’rozsiz tong otmaydi.

- Oq devorni xohlagan rangingga bo’yaysan.

- Xudo senga tuynukdan hech narsa tashlamaydi. O’zing ishlab top.

- Boyqushning ko’ziga bolasi tovusdan go’zal ko’rinadi.

- Yaxshi kunda – hamma yaxshi, yomon kunda – birodaringni eslab qolasan.

- Birovning qozonida osh qilolmaysan.

- Bo’ri cho’ponga yaramaydi.

- Bo’ri menga tegmayaptimi – ming yil yashasin!

- O’g’ri qutulib qoldi, guvoh qamoqda qoldi.

- Hamma falokat – tildan.

- Poda ketib bo’ldi-yu, u buzoqni qidiryapti.

- Otilgan o’qni qaytarib bo’lmaydi.

- Yukni tuya tashiydi, ko’ppak esa ozadi.

- Mushuklar yo’q bo’lsa, sichqonlar bayram qiladi.

- Semiz ozisa, ozg’inning ruhi uchadi.

- Asosiysi ishni boshla, u o’z-o’zidan nihoya topadi.

- Och hammani och deb o’ylaydi.

- Dushmaning zaif bo’lsa ham xushyor tur.

- Beruvchi qo’l oluvchi qo’ldan afzal.

- Bolalar uchun ota hammadan kuchli.

- Qo’ng’izga uning bolasi – eng go’zal mavjudot.

- Chumoliga shudring – suv toshqini.

- Sichqonga mushuk – sher.

- Yaxshi otni eski egardan ham biladilar.

- Uydagi o’g’rini tutolmaysan.

- Qizga tanbeh – kelinga ishora.

- Agar go’zallik o’n qism bo’lsa, undan to’qqiz qismi – kiyimda.

- Ishing orqaga ketsa, holva yeb ham tishingni sindirasan.

- Bo’riga achinsang qo’ydan ayrilasan.

- Semiz molni terisidan bilib olasan.

- Uylanishga chog’landingmi – ko’zingga emas, qulog’ingga ishon.

- Qiyshiq quvurdan ham tutun to’g’ri kiraveradi.

- Kichkina qamish ham boshni yorishi mumkin.

- Binoning qandayligi xarobasidan ham ma’lum.

- Mingta xola bir ona bo’lolmas.

- Bo’ridan cho’pon chiqmaydi.

- Bitta burgani deb ko’rpani yoqmaydilar.

- Ayol kishi o’z xonadonida ham beka, ham xizmatkor.

- Har maysa o’z ildizidan o’sadi.

- Hammaga o’z maskani shirin.

- Tog’ qanchalik baland bo’lmasin, uning ustidan yo’l o’tadi.

- Tuya qanchalik katta bo’lmasin, eshakning jilovidan tutadi.

- Turmushga chiqish – katta qizdan, pol artish – kichkinasidan.

- Eshakka egar solganing bilan, ot bo’lolmaydi.

- Qozon qanday bo’lsa, osh ham shunday bo’ladi.

- Tashi qanday bo’lsa, ichi ham shunday.

- Ajdodi qanday bo’lsa, avlodi ham shunday.

- Qaysi barmog’ingi kesib olsang ham – og’rig’i bir xil.

- Qimorboz hech qachon vaqtida to’xtatmaydi.

- Bo’tqani yog’ bilan buzolmaysan.

- Otdan ot tug’iladi, eshakdan – eshak.

- Cho’pon ko’p bo’lsa, qo’yni bo’ri yeb ketadi.

- Ishing yurishmasa, o’z iting ham qopadi.

- Ilonning boshi og’risa, yo’l o’rtasida yotib oladi.

- Gapning oxiri boshidan ma’lum.

- Sigir suv ichsa sut bo’ladi, ilon ichsa – zahar.

- Egri chizg’ich bilan to’g’ri chiziq chizolmaysan.

- Kim yoshligida aldasa, katta bo’lganda ham ishonmaydilar.

- Kim boylasa, o’sha yechadi.

- Kamchiliksiz qayliq qidirgan yigit xotinsiz qoladi.

- Qiyinchilik ko’rmagan yaxshi hayot kechirolmaydi.

- Zilziladan omon qolganga yong’in qo’rqinchli emas.

- Shamolga tupursang, betingga yopishadi.

- Atirgul tergan tikandan qo’rqmaydi.

- Kim onasini hurmat qilsa, boshqani so’kmaydi.

- Kim birovning otiga minsa, alaloqibat piyoda qoladi.

- Ikki kemaga chirmashgan cho’kib ketadi.

- Tulki qaerda bo’lsa, dumi ham o’sha yerda.

- Sher – urg’ochi yoki nar bo’lmasin – baribir sher.

- Tulkiga xo’rozning qancha turishi qiziq emas.

- Bekor yurgandan dushmanga tosh tashib bermoq afzal.

- Birovning oshidan o’zingning qattiq noning afzal.

- Ikki marta eshitgandan bir marta ko’rgan afzal.

- O’zga yurtdagi atirguldan, Vatandagi tikan afzal.

- Ayiq bolasini oppog’im deydi, tipratikan yumshog’im deydi.

- Mening otam ayyor – xamirning har bo’lagini sanaydi, onam undan ham ayyor – har bo’lakni bo’lakchalarga bo’ladi.

- Yosh – baquvvat, qari – aqlli.

- Dengizdan qancha olsang ham kamaymaydi.

- Olma shoxida olcha o’smaydi.

- Beozor eshakka ikki kishi minadi.

- Qarilar bilan oila mustahkam turadi.

- Ishning boshlanishi – yarim tugashi.

- Eshitganingga emas, ko’rganingga ishon.

- Quloqqa ishonma, ko’zga ishon.

- Hamma oq narsa qor emas.

- Vovillagan har narsa – it emas, gapirayotgan har narsa – odam emas.

- Hamma tuxumdan ham jo’ja chiqmaydi.

- Qo’shningga ishonma – shamsiz qolasan.

- Mehmonga aytilsang rad etma, taklif etilmagan joyga burun suqma.

- Mehnat qilmasang – rohatlanmaysan.

- Badaniga qarama, kiyimiga qara, qalbiga qara.

- Kim yozganiga emas, nima yozganiga qara.

- Chiroq ko’ringan joyga emas, it hurigan joyga bor.

- Bajarib bo’lmaydigan ish yo’q.

- Chaqirilgan mehmon burchakda o’tirmaydi.

- Baxtsizlik juft keladi.

- Kech tushmagan kun yo’q.

- Omadsiz ovga borsa toqqa tuman tushadi.

- Xunuklik va kambag’allikni qofiya bilan ham, kiyim bilan ham, to’sib bo’lmaydi.

- Hech kim o’z kamchiligini ko’rmaydi.

- Hozirgi chumchuq o’tgan yilgiga chirqillashni o’rgatadi.

- Ko’zlar sevgini so’zlab beradi.

- Mo’l-ko’l arpa otni ham o’ldiradi.

- Dehqonga qovun sotilmaydi.

- Bitta laylak bilan bahor kelib qolmaydi.

- Bitta chiroq qirq kishini yoritadi.

- Bitta gul bilan bahor kelib qolmaydi.

- Bitta asalari bir uya pashshadan afzal.

- Ba’zilar yeyish uchun yashaydi, ba’zilar yashash uchun yeydilar.

- Bir zarb bilan daraxtni qulatolmaysan.

- Bir qo’l bilan qarsak chalolmaysan.

- Bir o’q bilan ikki qushni urolmaysan.

- Burgut pashsha tutmaydi.

- Eshak ot bo’lolmaydi, jigar – go’sht.

- Buqa hazil qilsa ko’zsiz qolasan.

- Ota bolaga bog’ni berdi, bola otaga bir bosh uzumini minnat qildi.

- Otang – piyoz, onang sarimsoq bo’lsa, sen qanday atirgul bo’laqolding?

- Podadan qolgan qo’y, bo’riga yem bo’ladi.

- Tuyadanam kattasi bor – fil.

- Jayron quvigan o’tloqqa boradi, cho’chqa quvigan balchiqqa.

- Eshakka egar topgunimcha, uni bo’ri yeb ketdi.

- Temir ishlab tursa, zanglamaydi.

- Ilonni dumiga tegmasang, seni chaqmaydi.

- Olish oson, berish qiyin.

- Eshakning egari o’zidan katta.

- Cho’chqacha xurxurlashni cho’chqadan o’rganadi.

- O’t va o’tin do’stlasholmaydi.

- Chevar juldur kiyimga yalchimaydi.

- Ishni dangasaga topshirsang, senga aql o’rgatadi.

- Bo’riga qo’ylarni boqishni topshirishibdi.

- Haqqoniy so’z doim achchiq.

- Rostgo’y hammani ro’stgo’y deb o’ylaydi, yolg’onchiga hamma yolg’onchi.

- Kiyimi ho’l yomg’irdan qo’rqmaydi.

- Birovning qo’lidagi yara, devordagi teshikka o’xshaydi.

- Qilich yarasi bitar, til yarasi bitmaydi.

- Ota-onalar bolalarda davom etadi.

- Yaqining kelmay qo’ysa, begonaga aylanadi, begona kelaverib, qarindoshga aylanadi.

- Qo’l qo’lni yuvadi, ikki qo’l – yuzni.

- Qo’l ishlaydi, bosh topshiriq beradi.

- Maqol bilan bahslasholmaysan.

- Egri o’tirsang ham to’g’ri gapir.

- Eshakka bolasi aziz.

- It tuyaga qancha hurimasin, u eshitmaydi.

- Qancha tilni bilsang, shuncha odamni taniysan.

- Shirin gap bilan ilon inidan chiqadi.

- Fil eshak bo’lolmaydi.

- Tashi – qasr, ichi – katak.

- Tishlaydigan it tishini ko’rsatmaydi.

- G’iybatchi – doim yolg’onchi, yolg’onchi – doim g’iybatchi.

- So’rab tog’ oshasan, so’ramay to’g’ri yo’lda ham adashasan.

- Qari tulki qopqonga tutilmaydi.

- Haqiqiy so’z – o’z vaqtida aytilsan so’zdir.

- Sho’x sigirning buzog’i ham to’polonchi.

- Yolg’onchining uyi kuysa, hech kim ishonmaydi.

- Tayoqning ikki tomoni bor.

- Yo’qolgan boltaning sopi oltindan.

- Seni hurmatlashlarini xohlasang, boshqalarga hurmatda bo’l.

- Onasini bilib, qizini ol, ipini ko’rib matoni ol.

- Yirtqich qushni tumshug’idan biladilar.

- Odam o’z kuchini bilmaydi.

- Tom qancha katta bo’lsa, shuncha ko’p qor tushadi.

- Cho’ponning kichigi bo’lguncha, cho’chqaboqarning kattasi bo’l.

- Yomon xabar tez tarqaladi.

- Yolg’on bilan sotilgan mol daromad keltirmaydi.

- Ekkaningni o’rasan.

- Oqib ketgan qaytib kelmaydi.

- Begona xotin qizdek ko’rinadi.

- Begonaga tegma, o’zingnikidan qolma.

- Til qilichdan o’tkir.

Davronbek Tojiali tarjimalari – Ziyouz

Bookmark and Share

Yorum yapın

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Değiştir )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Değiştir )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

Takip Et

Get every new post delivered to your Inbox.