Rauf Parfi O’turk


Rauf Parfi O’turk 1943 yil 27 sentyabrda Toshkent viloyatining Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (1999). ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1960—65). Ijodi 60-yillardan boshlangan. Dastlabki she’rlar to‘plami — «Karvon yo‘li» (1968). «Aks-sado» (1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1974), «Ko‘zlar» (1976), «Qaytish» (1981), «Sabr daraxti» (1986), «Sukunat» (1991), «Tavba» (2001), «So‘nggi vido» (2006) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Bayronning «Manfred», Nozim Hikmatning «Inson manzaralari», Karlo Kaladzening «Dengiz xayoli» kabi asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 2005 yilda Toshkent shahrida vafot ettan.

Turon. Turkiston. Vatan. Ko‘z o‘ngimizda turkiylarning qadimiyatdan Ona Yeri, Turk dunyosining tarixiy Vatani — salobatli jug‘rofiy hudud namoyon bo‘ladi. Turkiston g‘oyasi xalqlarimizning azaliy muqaddas orzusi, milliy mafkurasidir.
Bukun Turkiston mavzuida izchil ijod qilayotgan shoir — Rauf Parfi O‘zturkdir.
Ushbu to‘plamdagi she’rlarining aksariyati bir paytlar, zamona zayli bilan «tuzatilgan» holda chop etilgandi. Shoir asl matnni tiklab diqqatingizga havola qilmoqda. 1993 yil 27 sentyabrda R.P.O‘zturk o‘zining ellik yoshini nishonladi. Shu munosabat ila «Ona Turkiston» (qirq she’r) to‘qqizinchi kitobi chin yurakdan O‘zbekiston Istiqloliga, o‘z o‘quvchilariga, Sizga bag‘ishlaydi.

Rauf Parfi O’zturk – Ona Turkiston

Qo’shiqlar ro’plami

Yorum yapın

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Değiştir )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Değiştir )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Değiştir )

Connecting to %s

Takip Et

Get every new post delivered to your Inbox.